Reja: I. Bob. Ta’limda innovatsion uslublarni ishlab chiqish va joriy etishning ilmiy- nazariy asoslari



Yüklə 289,44 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/8
tarix31.03.2023
ölçüsü289,44 Kb.
#124639
1   2   3   4   5   6   7   8
Innovatsiya

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


23 
2.2 Ta’lim tizimida innovatsion uslublarni ishlab chiqishda yangiliklar 
kiritishning ahamiyati. Pedagogik texnologiyada qo‘llaniladigan usul va 
vositalar 
Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini 
o‘rganishga kirishishdan oldin «Pedagogik tizim» va «Pedagogik tizimda 
yangiliklar kiritish» tushunchasini aniqlab olaylik. Pedagogik jarayon bilamizki, 
pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik tizim - bu tashkil 
etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham 
barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir 
mumkin bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa 
hususiyatli tizim yuzaga keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam 
birlashuvidir
1
.
Har qanday pedagogik tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar 
yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega. 
O‘quvchi, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; o‘qituvchilar 
(yoki TTV - ta’limning texnik vositalari), tarbiyaviy ishlarning tashkiliy 
shakllaridan iborat bo‘ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday 
darajada elementlarga bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rilgan tizimni 
mukammal tarkibiy tuzilish emas deb hisoblashga asoslarimiz bor. Ko‘rsatib 
o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, 
shuningdek, 
«natijalar», 
«o‘quv 
tarbiyaviy 
jarayonni 
boshqarish», 
«texnologiya»lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin. Ular berilgan 
chizmadagi pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi. Maqsadlar natijalar bilan 
mos kelib, uzluksiz jarayon tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos 
kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi
2
.
Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan 
mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga egadir. 
Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar birligi 
deb ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining texnologiyasi 
deb ko‘rsatadilar. Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga 
erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni 
ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi 
bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy «to‘plamidan» ajratib olish 
osondir. Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqa bo‘ysunuvchi imkoniyatlarini 
1
Azizxo’jayeva N. Pedogogik texnologiyalar va pedogogik mahorat. – Toshkent: O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi 
Adabiyot jamg’armasi nashriyoti, 2006. 93-bet 
2
Yosh tadqiqotchi jurnali., Axrorjon Yo’ldashev - yangi innovatsion texnologiyalarva ularni ta’lim olish muhhitida 
qo’llanishi., 3 – son., 2022. 25-26-betlar. 


24 
belgilovchi tizimning ichki sifatidir. Shu bilan birga topshiriqni baholash 
darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. 
Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, 
ajoyib xodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga 
oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik «tajribalarni 
umumlashtirishdan» farqli «mumkin emas» xulosasini bermaydi. Texnolog uchun 
bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, 
tekshirib ko‘rilgan, asoslangan, shubha qilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. 
Texnolog tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi. 
Texnologiya variantlikka yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan 
natija olishdir, u har doim ham asosiy yechimida oddiydir. Asosiy yechimni 
tushunish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi, tartibining mazmunini 
ochib beradi.
Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u yerda ortiqchasi 
bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi 
o‘qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning 
maktabdagi hayoti natijasining noaniqligini kuchaytiradi. Har doim, ayniqsa «aniq» 
fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun 
koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek pedagogika tizimi modellarini 
reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida pedagogika 
tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba’zi prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib 
o‘tamiz. Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga 
erishishi aniq hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu 
imkoniyatlar tizimining aniq hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda 
biz ta’lim va tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, 
unda shunga mos pedagogik tizim haqida o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi 
pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va intensivligini ta’minlashi zarur 
1

Buning 
natijasi, 
o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq 
samaradorligi, har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bu juda 
murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga dunyoda endi kirishilmoqda. Hozirgi, 
umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli ko‘rsatgich, «harajat» va “natija”larni 
to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu muammoning foydaliligini aniqlash esa uni 
iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish imkonini beradi. Intuitiv va sub’ektiv baholarni 
juda oson noto‘g‘ri deyish mumkin va bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina 
fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy 
samarasi 100% ko‘zlangan maqsadga to‘la erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar 
1
“Murabbiy” ilmiy – ma’rifiy jurnali., Eryigitov., D., X – Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik – texnalogiyalar 
qo’llash., 1 – son., 2021. 189-192-betlar 


25 
uchun ilgari erishilgandan pastroq darajada bo‘lmasa mumkin bo‘ladi. Yana biron-
bir pedagogik tizim tuzilishiga nazar tashlaylik, u «yomon» va «yaxshi» pedagogik 
tizim uchun ham birdir. Uning uchun o‘qituvchi ham birdir. Uni o‘qituvchi, 
o‘quvchilar munosabatigacha soddalashtiramiz. Bu munosabatlar ilgari o‘rganilgan 
edi va umumiy xulosa ma’lum: deyarli 50% o‘qituvchidan, 50% esa o‘quvchiga 
bog‘liq. Bundan kelib chiqadiki, masalan: eng yomon pedagogik tizimning 
samaradorligi, aytaylik o‘qituvchi, umuman hech qanday harakatlarni amalga 
oshirmagan holda, ammo tizim ishlasa 50% dan kam bo‘lmaydi. An’anaviy 
pedagogik tizimning foydali harakat koeffitsenti 60% dan oshmaydi deb 
hisoblanadi. Bu esa maktab tarbiyalanuvchilarining faqatgina yarmidan ozgina 
ko‘prog‘i dasturni to‘la o‘zlashtira oladi deganini bildiradi. Yana bir muhim fikr, 
tizimning umumiy nazariyasidan ma’lumki tizimni baravariga bir necha parametrlar 
bo‘yicha yaxshilash mumkin emas. To‘g‘ri yo‘l yangilikni asta-sekin, uning 
foydaliligiga ishonch hosil qilib, har tomonlama tekshirib ko‘rib, keyingi ishlarni 
o‘ylab kiritishdan iborat.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki har bir yaratilgan yangilik oldiniga albatta 
ilgarigisidan ham yomon ishlaydi. Chunki bu jarayonni o‘rganish, moslashish, 
sustkashlikni yengish kerak. Pedagogik tizimni takomillashtirishning asosiy yo‘llari 
ikkita: intensiv va ekstensiv. Intensiv rivojlanish pedagogik tizimni ichki 
imkoniyatlar xisobiga, ekstensiv yo‘l esa qo‘shimcha kuchlar jalb etish - ya’ni, 
vositalar, asbob-uskunalar, texnologiyalar xisobiga takomillashtirishni ko‘zda 
tutadi. Pedagogik texnologiyaning, intensiv rivojlanish imkoniyatlari tugagan deb 
hisoblanadi: maktabning mavjudligi ming yilliklar davomida hamma yo‘llarni sinab 
ko‘rib bo‘lgan, hozirgi pedagoglar nasibasi qaytarish, tarbiya mazmuni va 
vazifasini, mantiqiy chuqur esga olish, uning birlamchi asoslariga chuqur tushib 
borishdan iborat. Yana bir bor qaytarib aytamiz, agarda maktab hali o‘lmagan bo‘lsa 
agarda u yashayotgan, rivojlanayogan va bolalarni o‘qitayotgan bo‘lsa, bu faqatgina 
o‘zining konservativ tabiati hisobigadir. Ba’zi nazariyotchilar aytadilarki, juda yaqin 
vaqt ichida pedagogikada innovatsiya bir ma’noni - orqaga, o‘tmishga, o‘ylab va 
oqilona tarbiyalash, ma’naviy tarbiyalovchi, yangiliklarsiz va tirishishlarsiz tinch 
tizimga qaytishnigina bildiradi degan fikrni aytmoqdalar.
G‘arb maktablari ekstensiv yo‘l bilan pedagogik mahsulotni yangi 
informatsion texnologiyalar, vaqtni turli xil o‘quv faoliyatlariga taqsimlash, sinfdagi 
differensatsiya va individuallashtirish hisobiga oshirish bilan rivojlanib bormoqda. 
Shu bilan pedagogik mahsulot sifati yaxshilanmoqdaki, bu savol aniqligicha 
qolmoqda: ko‘pchilik mustaqil ekspertlar bunga ishonchsizlik bildirmoqdalar. Bu 
holatdan chiqish yo‘li «O‘zaro bog‘liqlikdagi innovatsiya (yangiliklar)» deb 
ataluvchi, intensiv va ekstensiv yo‘llarni birlashtirishga imkon beruvchi pedagogik 


26 
tizim rivojlanishi hisoblanadi. Bu pedagogikaning foydalanish imkoniyatlarini 
chuqur tekshirishni talab qiladi, bu esa ular turli ko‘rinishdagi turli harakterli va turli 
darajadagi pedagogik tizim tashkil etuvchilari uchrashgan nuqtada namoyon bo‘ladi. 
Bo‘sh joylarini yangi texnologiyalar bilan mustahkamlab, pedagogik tizimning 
umumiy samarasini yaxshilashga urinsa bo‘ladi. Bunday yondashishda innovatsiya 
o‘ylab topilgai «tashqi» chora bo‘lib ko‘rilmaydi, balki chuqur mazmunli talab va 
tizimni bilish, anglab yetilgan qayta tuzish hisoblanadi.
Agar shunday nuqtai nazar bilan innovatsion chaqiriqlarga qaralsa ularda 
deyarli yangi jihatlar yo‘qdek tuyuladi. Jumladan, eski muammolarni hal etish uchun 
yangi «retsept»lar ham yo‘q. Umuman olganda innovatsion g‘oyalarga insoniyat 
taraqiyoti jarayoni haqidagi yangi bilimlarga asoslangan, pedagogik muammolarni 
hal qilishga ilgari qo‘llanilmagan nazariy yondashuvlar, aniq amaliy 
texnologiyalardan olingan yuqori natijalarni kiritishga majburmiz. Pedagogika 
fanida berilgan g‘oyalarni ishlanganlik darajasining muvofiqlik jihatlari bo‘yicha 
umumiy va qisman innovatsion loyihalar miqdori, shuningdek, pedagogik 
amaliyotda ulardan foydalanishning tahliliy umumiy pedagogik innovatsiyalarga 
kiritish imkonini berdi. 1) Pedagogik fan tizimi va pedagogik amaliyotni, yangi 
bo‘lmagan biroq doimiy dolzarb va o‘zidan o‘quv-tarbiya jarayonini 
bitimlashtirishning umumiy g‘oyalari va amaliy texnologiyalarini o‘ziga mujassam 
qilgan. 2) Insonparvarlik pedagogikasini barcha nazariy qoidalari va amaliy 
texnologiyalarining yig‘indisi jamlangan. 3) Pedagogik jarayonlarni tashkil etish va 
boshqarish yangi g‘oyaviy yondashuvga asoslangan. 4) Axborotlashtirish, ommaviy 
kommunikatsiyalashning yangi g‘oyalari va vositalarini qo‘llashga asoslangan 
texnologiyalar innovatsion texnologiyalar hisoblanadi.
Pedagogik tizimda innovatsion tuzilmalarning bosh yo‘nalishi: yaxlit 
pedagogik tizim; o‘quv yurti; pedagogik nazariya; o‘qituvchi; o‘quvchilar;
pedagogik texnologiya; mazmun; shakl, metodlar, vositalar; boshqaruv; maqsad 
va natijalar. Tizim osti tuzilmalarining chuqurligi bo‘yicha innovatsion yangi 
kiritmalarning mohiyati, sifati va maqsadga muvofiqligi haqida xulosa qilish 
mumkin. Jamiyat hayotining jadal tarzda rivojlanishi, taraqqiyot ehtiyojlari va 
imkoniyatlarining kengayishi, turli-tuman axborotlar oqimining tezlashishini 
hisobga olib, zamonaviy pedagogik texnologiya fani pedagogik prognostikaning 
yangi shakl, vosita va usullaridan foydalanish mexanizmini yaratishni o‘z 
zammasiga olmog‘i talab etiladi. Bugungi kunda turli tipdagi ta’lim muassasalarida 
amalga oshirilayotgan ta’limning o‘rni va darajasini aniqlashga yo‘naltirilgan 
tadqiqotlarda pedagogik prognostikaning imkoniyatlaridan keng foydalanishni 
taqozo qiladi. Shundagina ta’lim jarayonining natijalari fan, ishlab chiqarish, 
madaniyat, iqtisod hamda jamiyat hayotining barcha sohalarini rivojlantirishga 


27 
xizmat qila oladi.
Pedagogik prognostikaga tayangan holda yaratilgan nazariyalargina uzluksiz 
ta’lim jarayonini uning bosqichlari va komponentlarining mazmuni, shakli va 
vositalarini, ta’lim natijalarining jamiyat hayotiga ko‘rsatadigan ta’sir darajasini 
oldindan loyihalashtirishga asos bo‘la oladi. Demak, shundagina o‘quv-tarbiya 
jarayonini yangi prinsiplar va yangi mafkuraviy negizda qayta qurish, ta’lim 
sohasida islohotlarni amalga oshirish mumkin. Shuningdek, pedagogik 
texnologiyalar ta’lim jarayonini tashxis qilish va yaratilgan nazariyalar, o‘quv-
metodik majmualar tajriba-sinov asosida amaliyotga joriy qilishning metodologik 
asoslari, aniq mexanizmlari, usul va vositalarini ishlab chiqishi kerak. Ta’lim 
jarayonining tashxis qilish mexanizmi shu jarayonning yutuq va kamchiliklari, 
ta’lim natijasining sifat ko‘rsatkichlari, ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan 
pedagogik nazariyalar, zamonaviy texnologiyalarning ta’lim amaliyotini rivojlantira 
olish yoki ta’limning taraqqiyotiga to‘sqinlik qilish darajasini aniqlashga 
yo‘naltirilishi kerak.
Pedagogik tajriba-sinov esa amalga oshirilgan tadqiqot natijalarining 
samaradorlik darajasini aniqlashda alohida ahamiyatga ega. O‘tkazilayotgan tajriba-
sinovning xarakteri bilan bog‘liq tarzda o‘quv dasturlari, darslik va dars 
ishlanmalari, metodik qo‘llanmalar, didaktik ishlanmalar yaratilishi va tajriba-sinov 
jarayoniga taqdim etilishi zarur. Agar o‘quv dasturi tajribadan o‘tkazilayotgan 
bo‘lsa, kuzatilayotgan ta’lim jarayonini, ya’ni darslik yoki dars ishlanmalari, texnik 
vositalar, ko‘rgazmali qurollar, o‘quv qo‘llanmalari bilan ta’minlashga erishish talab 
etiladi. Bunda asosiy e’tibor o‘qituvchining qaysi metod yoki pedagogik 
texnologiyani qo‘llaganligiga emas, balki o‘quv dasturi doirasida taqdim etilayotgan 
o‘quv materiallarining samaradorligini aniqlashga qaratiladi.
Chunonchi, tajriba-sinov jarayoniga jalb etilgan nazariyalar hamda tajriba 
sinflaridan olingan natijalar statistik jihatdan ishlanishi talab etiladi. Amalga 
oshiriladigan tajriba-sinov jarayoni va ularning natijasi ekspertizasiga nufuzli ilmiy-
pedagogik jamoalar hamda yetakchi mutaxassislar jalb etilishi talab qilinadi. Keng 
ko‘lamli tajriba-sinovlarning amalga oshirilish jarayoni va natijalarining 
ekspertizasi ilmiy-pedagogik jamoalar tomonidan oldindan tasdiqlangan nizom 
talablari asosida amalga oshirilishi kerak. Bugungi kunda jamiyatimiz rivojlanishida 
pedagogik prognostika o‘zining aniq belgilab olingan maqsad va vazifalari, ob’ekti 
va predmeti, tadqiq etayotgan muammolarning mantiqiy asoslari, rivojlanish 
qonuniyatlari, o‘zining tayanch metodologiyasiga ega bo‘lgan pedagogika fanining 
muhim tarmog‘i sifatida namoyon bo‘ladi. Pedagogik prognostika ilmning ustuvor 
sohasi sifatida davlat va jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan uzluksiz ta’lim 
tizimini yangidan-yangi pedagogik nazariyalar negizida vujudga kelgan ta’lim 


28 
modellari va texnologiyalari bilan qurollantirish asosida kadrlar tayyorlash sifatini 
oshirishga yo‘naltirilgandir.
Pedagogik prognostika o‘quvchi shaxsining yosh xususiyatlari va rivojlanish 
dinamikasini hisobga olgan holda ta’lim texnologiyalarini tanlaydi. Tanlab olingan 
muayyan ta’lim texnologiyalari doirasida o‘quvchi-talabalarga turli darajadagi 
tushunchalarni hamda mujassamlashgan bilimlarni taqdim etish yo‘llarini, shakl va 
vositalarini taklif qiladi. Muayyan bir pedagogik texnologiyani nazariy jihatdan 
asoslaganda pedagogik prognostika o‘quvchi hamda o‘qituvchining jonli faoliyat 
ko‘rsatishini ta’minlashga, uning erkin fikrlash, ijodkorlik qobiliyatini 
rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayonini tashkil etishni nazarda tutmog‘i 
lozim. Ta’lim jarayoniga tatbiq qilinadigan har qanday pedagogik texnologiya, 
uning komponentlari xoh ta’lim mazmuni, xoh o‘quv dasturi yoki darslik, xoh 
o‘qituvchi faoliyati orqali o‘tishidan qat’iy nazar, o‘quvchining jonli tarzdagi erkin 
va ijodiy faoliyatini jadal rivojlantirishga xizmat qilishiga erishish talab qilinadi. 
Bunda pedagogik texnologiyalar, birinchi navbatda, har bir o‘quvchi-talabaning 
boshqa o‘quvchi-talabalar, dars materiallari hamda o‘qituvchi (pedagog) bilan erkin 
tarzda muloqot qilishini, fikr almashishini ta’minlaydi
1
.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar pedagogik amaliyotning o‘quvchi yoki 
talaba shaxsiga qonunlar majmuini, tabiat va jamiyat hodisalarini, kishilik 
madaniyati va axloq-odobini, muayyan fan asoslarini tanituvchi shakli sifatida 
namoyon bo‘lishi lozim. Bu sohada nazariy jihatdan qat’iy asoslangan, har 
tomonlama sinovdan o‘tgan hamda aniq amal qiluvchi qonuniyatlarga tayanish 
maqsadga muvofiqdir. Pedagogik texnologiyaning asosiy mohiyati har bir shaxsda 
mavjud bo‘lgan uning ehtiyoji, qiziqishi, iqtidori va imkoniyatlari asosida ularda 
ijobiy xislat va fazilatlarni shakllantirish, rivojlantirish sanaladi. Bu o‘rinda ta’lim 
mazmuni shaxsning shakllanishi va rivojlanishi uchun muhit sanaladi. Shuning 
uchun ta’lim mazmuni insonparvarlikka yo‘naltirilgan gumanistik g‘oya va 
me’yorlarni o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim. Pedagogik munosabatlarni 
insonparvarlashtirish va demokratlashtirish asosidagi pedagogik texnologiya yakka 
hokimlik texnologiyasiga tubdan qarshi bo‘lib, pedagogik jarayonda hamkorlik, 
g‘amxo‘rlik, o‘quvchi-talabalar shaxsini hurmat qilish, e’zozlash orqali shaxsni 
rivojlantirish va ijod qilishga qulay muhit yaratadi
2
.
An’anaviy ta’limda o‘qituvchi (pedagog) ta’lim mazmunining sub’ekti, 
o‘quvchi-talabalar pedagogik jarayonning ob’ekti deb qaralsa, hamkorlik 
1
Shokirova. H - Ta’limda innovatsion texnologiyalarning o‘rni., Toshkent., “Yangi asr avlodi”‚ Toshkent., 2013. 64-
bet. 
2
Ta’lim tizimida innovatsiya, integratsiya va yangi texnologiyalar., VI Respublika ilmiy-amaliy anjumani 
materiallari, Namangan, 26-aprel 2021. 89-bet 


29 
pedagogikasida o‘quvchi-talaba o‘z o‘quv faoliyatining sub’ekti sanaladi. Shu 
sababli hamkorlik pedagogikasida yagona ta’lim jarayonining ikkita sub’ekti 
hamkorlikda o‘quv-tarbiya vazifalarini hal etadi. Ushbu pedagogik texnologiyada 
ta’lim tizimi markazida barkamol inson shaxsini shakllantirish va rivojlantirishga 
qaratilgan insonparvarlik g‘oyasi muhim o‘rin tutadi. Bu g‘oya qay darajada amalga 
oshirilganligi ta’lim jarayonining asosiy natijasi pedagogik jamoa mehnatining 
sifatiga 
berilgan 
baho 
asosida 
aniqlanadi. 
Pedagogik 
munosabatlarni 
insonparvarlashtirish va demokratlashtirishda o‘quv-tarbiyaviy jarayonning asosiy 
natijasini aniqlovchi muhim omil shaxsga bo‘lgan munosabat hisoblanadi. 
Insonning boshqa mavjudotlardan farqi – o‘z oldiga ma’lum bir maqsad qo‘yib, 
so‘ng unga tomon harakat qilishidadir.
Kishining maqsadi sari qiladigan harakati, ya’ni faoliyati jarayonida muayyan 
tabiiy va sun’iy to‘siqlarni yengib o‘tadi. Bu to‘siqlarni bartaraf etish uchun u bir 
qator tadbir va choralardan foydalanadi. Maqsadga yetishda muayyan to‘siqni 
yengib o‘tish uchun qo‘llanadigan tadbir va choralar majmui usul deb ataladi. Inson 
maqsadga yetishda bir necha, ba’zan esa o‘nlab-yuzlab to‘siqlarni yengishga to‘g‘ri 
keladi. Bu to‘siqlarni yengish uchun tegishli usullar ma’lum bir tizimda qo‘llanadi. 
Maqsadga yetishda qo‘llanadigan usullar tizimini uslub deb ataladi. Usullarni 
ma’lum bir uslubda qo‘llash jarayonida har bir harakat maqomi muayyan maqsad 
ko‘rsatkichlariga bo‘ysundiriladi. Undan tashqari, inson maqsadga yetish jarayonida 
bir qator qonuniyatlarga ham tamoyil sifatida amal qiladi. Ta’lim uslubi – o‘qituvchi 
(pedagog) bilan o‘quvchi-talabalar orasida bilim berish va uni olish maqsadida 
amalga oshiriladigan o‘zaro aloqalarni tizimga soluvchi pedagogik tadbirdir. 
O‘qitish uslublari o‘quv jarayonining asosiy qismi hisoblanadi. Tegishli uslublarsiz 
pedagogik faoliyatni amalga oshirib bo‘lmaydi. Uslublar bilimlarni uzatish va qabul 
qilish xarakteriga qarab so‘z orqali ifodalash, ko‘rgazmali va amaliyga bo‘linadi. 
Ta’lim mazmunini o‘zlashtirishda o‘quvchi-talabalarning ta’lim faoliyatiga 
munosib ravishda quyidagi uslublar: tushuntirish – illyustrativ, reproduktiv, 
muammoli bayon, xususiy qidirish yoki evristik hamda yarim tadqiqot uslublari 
qo‘llaniladi. Muammoli-qidiruv uslublari muammoli ta’lim jarayonida qo‘llanadi. 
Bu uslublardan foydalanishda o‘qituvchi (pedagog) avvalo muammoli vaziyat 
yaratadi, savollar qo‘yadi, masalalarni, topshiriqlarni taklif qiladi, muammoli 
vaziyatni yechishga qaratilgan muhokamani uyushtiradi, xulosalarining to‘g‘riligini 
tasdiqlaydi. O‘quvchi-talabalar oldingi bilim va tajribalariga asoslanib muammoli 
vaziyatni hal qilish yo‘llari to‘g‘risidagi takliflarini aytadi va oldin olgan bilimlarini 
umumlashtiradi, muammoli vaziyatni yechishning eng oqilona variantini tanlaydi. 
Bu uslub o‘quvchi-talabalarning bilimga qiziqishlarini oshiribgina qolmay, ularda 
fikrlash qobiliyatini ham rivojlantiradi. Pedagogik maqsadlarga erishganlik yoki 


30 
erishmaganlikni bilishning aniq vositalari bo‘lgandagina, pedagog o‘zining mehnati 
samarali ekanligiga va tanlagan metodlari maqsadga muvofiqligiga yoki, aksincha, 
samarasiz ekanligiga ishonch hosil qilishi mumkin.
O‘qitish uslubini tadqiq qilishda pedagogik texnologiya tarafdorlari aynan shu 
narsani nazarda tutishgan edi. Pedagog jamiyatdan buyurtmani umumiy ko‘rinishda 
oladi. Hattoki, o‘quv dasturlarida belgilangan maqsadlar ham bir nechta 
tushuntirishlar bilan cheklangan. Bu yerda maqsadlarni aniqlashtirishning o‘ziga xos 
pillapoyasini tuzish mumkin: jamiyatning umumiy talablaridan – ta’lim tizimi 
vazifalariga, ulardan–ma’lum o‘quv yurti, o‘quv predmeti, uning mavzuli bo‘limlari 
va alohida o‘quv maqsadlariga o‘tish mumkin. M.V.Klarin ta’limoti bo‘yicha 
pedagoglar tomonidan maqsadlarni belgilashning an’anaviy usullari quyidagilar: 1. 
O‘quv materialining rejasidan kelib chiqib, maqsadni belgilash. 2. Maqsadni 
pedagog faoliyati orqali ifodalash. 3. Talabaning intellektual, emotsional, shaxsiy 
rivojlanishi ichki jarayonlari va qonununiyatlari orqali o‘quv maqsadni qo‘yish. 4. 
O‘quv maqsadlarini talabalar faoliyati orqali qo‘yish. Shu munosabat bilan 
o‘qitishning maqsadlarini ta’lim mazmuni, pedagog yoki talabaning faoliyati orqali 
belgilash ta’limda kutilayotgan natijalar haqida aniq tasavvurga ega bo‘lishga imkon 
bermaydi. Bu natijalar haqida talabalar faoliyatining faqat tashqi namoyon 
bo‘lishidan xulosa chiqarish mumkin
1
.
Pedagog o‘qitish natijasini aniqlashtira borib, uning kuzatish mumkin bo‘lgan 
tashqi belgilarini, ya’ni so‘zlashish, harakatlanish jarayonini to‘la tasvirlashga 
intiladi. Ba’zida, tasvirlash jarayoni tashqi belgilarini sanab chiqishga olib keladi va 
ushbu jarayon orqali natijani sezilarli darajada soddalashtirish mumkin. Ilg‘or 
ijodkor pedagoglar, an’anaviy ta’lim texnologiyasidagi kamchiliklarga javob topish, 
talabaning aqliy mehnatini amalga oshirish usullarini izlanishlari natijasida o‘ziga 
xos ta’lim usuli vositalarini yaratadilarki, buning oqibatida yangicha pedagogik 
fikrlash tarzi vujudga keldi. Mana shu izlanishlar zamirida zamonaviy pedagogik 
texnologiyaga asos solgan pedagogik texnologiyalar yaratila boshlandi. 
Qo‘llanadigan pedagogik texnologiyalarni bir tizimga solish, unga maqsadli 
yo‘nalish berish ta’limni amalga oshirishdagi shakl va mazmun yaxlitligi 
ta’minlangan holdagina kutilgan zarur natijani berishi mumkin
2
. Ta’limga testlar, 
diagnoz va diagnostik tahlilning olib kirilishi, bilimlarni ko‘p balli baholash tizimida 
aniqlashga o‘tish, bo‘lim mazmunini yaxlit holda o‘zlashtirishni modellashtirish, 
tizimga solingan nazorat turlarida, talabalarning ishlashi va an’anaviy dars 
shakllarining vujudga kelishi, biz shu paytgacha o‘rganib qolgan an’anaviy ta’lim 
1
Yosh tadqiqotchi jurnali., Axrorjon Yo’ldashev - yangi innovatsion texnologiyalarva ularni ta’lim olish muhhitida 
qo’llanishi., 3 – son., 2022. 25-26-betlar 
2
 
www.ziyonet.uz
 


31 
o‘rniga vujudga kelgan pedagogik texnologiyalar bo‘lib, ular yangicha fikrlash 
tizimidagi ta’limga o‘tishni taqozo qiladi. Ta’limni amalga oshirish jarayoniga 
zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish quyidagilarga asoslanadi, ta’lim 
jarayonida ishtirok etuvchi talaba shaxsi ustuvorligini ta’minlash, ta’lim 
maqsadining natijaga erishuvini amalga oshirish, ta’lim jarayoni boshqariluvchi 
jarayon ekanligidan kelib chiqqan holda uning maqsadli boshqariluviga erishish, 
ta’lim mazmunini ta’minlovchi vosita, usul shakllari texnologiyasini yagona bir 
tizimga keltirish.
O`qituvchi mahorati darsni aniq rejalashtirishda o`z aksini topadi. Darsni 
shunday rejalashtirish lozimki unda nima qilinishi mo`ljallanayotganligi aniq o`z 
aksini topsin va boshqacha reja tuzish mumkinligiga o`rin qolmasin. Ba'zan yosh 
o`qituvchilar va amaliyotga chiqqan talabalar faoliyatida darsni rejalashtirish 
sohasida xatolarga yo`l qo`yilganligining guvohi bo`lamiz. Yosh o`qituvchilar va 
talabalar faoliyatida yo`l qo`yilayotgan xatolarni quyidagi guruhlarga bo`lish 
mumkin. 1. Maqsadda aniqlikning yo`qligi. Ya'ni talabalar aslida nima qilishlari va 
nimani o`rganishlari aniq belgilanmaydi. 2. Ta'lim maqsadining talablari darsning 
natijasi bilan to`g`ri kelmagan hollar bo`ladi. 3. O`rganish uchun tavsiya qilingan 
materiallar darsning maqsadiga to`g`ri kelmaydi. 4. O`qituvchi berayotgan 
yo`llanmalar talabaning darsda bilimlarni samarali o`rganishini ta'minlamaydi. 5. 
Dars rejasida ko`rsatilgan talabalarning xulqlri dars maqsadini amalga oshirishning 
samarali vositasi bo`la olmaydi. Umuman tuzilgan rejalar qayta ko`rib chiqilishi va 
xatolarni bartaraf etish ustida ishlanishi lozim. Dars rejasi sizni va sizning 
talabalaringizni ma'lum natijalarga erishishingizga asos bo`lishi lozim. Darsni 
shunday rejalashtirish lozimki uni boshqacha yo`l bilan amalga oshirishga o`rin 
qolmasin.
Har qanday darsning tayanch printsipi rejada aks etishi lozim. Bu printsip 
darsni eng yaxshi va oson yo`llar bilan samarali maqsadga erishishni ta'minlashini 
ko`zda tutadi. Shuning uchun ham dars rejasi qo`yilgan maqsadni amalga oshirish 
uchun bir qancha elementlarni o`z ichiga olishi lozim. 

Yüklə 289,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin