Reja: I. Kirish II. Asosiy qism 1Tuproq profilining tuzilishi


\ 2.5Tuproq morfologik belgilarini o`rganishning tuproqshunoslikdagi ahmiyati



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə8/11
tarix13.12.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#139739
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
3 seminar

\
2.5Tuproq morfologik belgilarini o`rganishning tuproqshunoslikdagi ahmiyati
Bo’z tuproqlarning genezisi va morfologik tuzilishi. Bo’z tuproqlarning kelib chiqishi (genezisi) ga doir ko’plab tadqiqotlar V.V.Dokuchayev, N.M.Sibirsev, K.D.Glinka, P.S.Kossovich, N.A.Dimo, L.I.Prasolov, A.I.Bessonov va boshqalarning faoliyati bilan bog’liq.
Ayniqsa S.S.Neustruyevning bu sohada olib borgan ishlari alohida o’rin tutadi. Olim 1908 yilda Sirdaryo viloyatida olib borgan tadqiqotlari asosida bo’z tuproqlarning kelib chiqishi haqida dastlabki to’la ma’lumotlarni beradi. S.S.Neustruyev mustaqil tip sifatida ajratib «bo’z tuproqlar» atamasini fanga kiritgan «Bo’z tuproqlar» termini (atamasi) hozirgi vaqtda vatanimiz va horijiy mamlakatlar adabiyotiga kiritilgan.
Keyinchalik bo’z tuproqlarning genezisi sohsidagi ancha to’liq va mukammal tadqiqotlar mashhur tuproqshunos N.A.Rozanov tomonidan olib borildi hamda uning «O’rta Osiyo bo’z tuproqlari» (1951) monografiyasida batafsil bayon etildi.
O’zbekiston olimlarining ko’plab ishlari ham bo’z tuproqlarni o’rganishga qaratilgan (M.Bahodirov, M.Umarov, A.Rasulov va b.)
Bo’z tuproqlar haqidagi ko’pgina materiallar O’rta Osiyo jumhuriyatlari tuproqlariga doir ko’plab monografik asarlarda yoritilgan.
Ko’rsatilgan asarlarda bayon etilgan va shuningdek, olib borilgan keyingi tadqiqotlar asosida bo’z tuproqlarning genezisi haqidagi uchta nuqtai nazarni ko’rsatish mumkin. Birinchi nuqtai nazarga ko’ra bo’z tuproqlarning kelib chiqishi va xossalari hozirgi zamon omillari va jarayonlari bilan bog’liq (I.S.Kaurichev, 1982). Bunda bo’z tuproqlarda kechadigan biologik va biokimyoviy jarayonlar jadalligi hamda maromini belgilovchi o’ziga xos gidrotermik rejimlarga alohida e’tibor beriladi.
Boshqa bir nuqtai nazarga ko’ra bo’z tuproqlar eng qadimgi tuproqlar jumlasiga kiradi. Muzliklar davrida ham bo’z tuproqlarning tuzilishi deyarli buzilmagan va bir necha ming yillik murakkab shakllanish, shuningdek, rivojlanish tarixiga ega. Bo’z tuproqlar ko’plab bosqichlarni, jumladan, bir qancha o’ta namlik davrlarini kechirgan bo’lib, shu sababli tuproqda gil to’planish (gillanish) va profilining ancha miqdorda temir bilan boyishi singari alomatlar rivojlangan (N.A.Rozanov, 1951).
Uchinchi nuqtai nazar asosida (V.A.Kovda, 1973, I.N.Stepanov, 1980) bo’z tuproqlar dastlab gidromorf va so’ngra yarim gidromorf tuproq paydo bo’lish bosqichlarini o’tgan. Shu sababli bu tuproqlarda gumusning, shuningdek, kalsiy, magniy karbonatlari, gips va boshqa moddalarning ko’p to’planishi ro’y bergan. Keyinchalik bo’z tuproqlar ishqorsizlanib, quruq (arid)lashgan tabiiy sharoitlarga uchragan. Bu fikr O’rta Osiyodagi lyoss va lyossimon jinslarning allyuvial, prolyuvial, delyuvial kelib chiqishi bilan tushuntiriladi. Demak, bo’z tuproqlar genezisini yagona bir xildagi nazariya bilan tushuntirish mumkin emas. Xullas, bo’z tuproqlarda hozirgi zamon jarayonlarining belgilari bilan bir qatorda, qachonlardir boshqacharoq omillar tufayli yuzaga kelgan xususiyatlar ham aks etgan.
Struktura - Tuproq unumdorligi va ekinlar xosildorligini belgilovchi muxim agronomik xossadir. Tuproqning qator fizikaviy, fizik-mexanik xossalari, suv-xavo, issiklik va ozika rejimi xamda Tuproqda kechadigan mikrobiologik jarayonlar, uning strukturasi bilan bevosita boglik. Tuproq paydo bo`lish jarayonlari natijasida Tuproqdagi turli mexanik elementlar bir-biri bilan (asosan gumus va kalgptsiy tahsirida) birikib xar xil donador boplakchalar (uvokchalar) xosil kiladi va unga s t r u k t u r a a g r e g a t l a r i yoki boplakchalari deyiladi. Tuproqning aloxida agregatlar (boplakchalar) ga ajralib (boplinib) ketish kobiliyatiga s t r u k t u r a x o l a t i, turli oplcham, shakl va sifat tarkibli struktura agregatlarining yigindisiga uning s t r u k t u r a s i deb ataladi. Kum va qumlok Tuproqlarda mexanik elementlar, odatda agregatlarga birikmagan aloxida zarrachalardan tashkil topgan. Qumok va soz Tuproqlar esa strukturali va strukturasiz yoki kam strukturali xolatda bopladi uraning agronomik axamiyati.
Strukturani o`rganayotganda unga Tuproqning muxim morfologik belgisi sifatida va ikkinchidan agronomik nuktai nazardan karash kerak. Strukturaning Tuproq fizikaviy xossalariga, yerga ishlov berish sharoitlariga, Tuproqning suv-xavo rejimlari va umuman unumdorligi, xamda opsimliklarning rivojlanishiga tahsiri kabi masalalar V.V.Dokuchaev, p.A.Kostichev, K.K.Gedroyts, A.G.Doyarenko, I.N.Antipov-Karataev, N.A.Kachinskiy, N.I.Savvinov, p.V.Vershinin, A.F.Tyulin, D.V.Xan, S.N.Rijov, M.U.Umarov, L.T.Tursunov singari mamlakatimiz va chet el mamlakatlari olimlari tomonidan batafsil oprganilgan.
Turli tabiiy sharoitlarda xosil bopladigan Tuproqlarning struktura agregatlari nafakat katta-kichikligi, balki shakli bilan xam fark kiladi. Xar bir Tuproq tipi uchun opziga xos struktura xarakterli. Strukturaning asosan: kubsimon, prizmasimon va plitasimon kabi uch xil shakli ajratiladi Agronomik nuktai nazardan p.V.Vershinin bopyicha, Tuproq strukturasi oplchami (katta-kichikligi) ga kopra kuyidagi gruppalarga: 1) >10 mm, kesakli struktura; 2) 10-0,25 mm gacha makrostruktura; 3) 0,25-0,01 mm gacha dagal mikrostruktura; 4) 0,01 mm dan kichik nozik mikrostrukturaga boplinadi. Odatda Tuproq strukturasi: 0,25-10 mm gacha boplgan m a k r o s t r u k t u r a va 0,25 mm dan kichik agregatlardan iborat m i k r o s t r u k t u r a g a ajratiladi. Tadkikotlardan mahlumki, kumok va soz mexanik tarkibli Tuproqlarda optimal xolidagi strukturaning boplishi uchun 0,25 mm dan katta agregatlar mikdori 70-80 foiz (jumladan, suvga chidamli agregatlar 40-60 foizni) tashkil etishi muxim axamiyatga ega. Yirik makrostrukturalar Tuproqdagi eng kulay suv-xavo xossalarini yuzaga keltiradi. Makrostruktura bilan bir katorda Tuproq unumdorligida, ayniqsa 0,25 dan 0,05 mm gacha oplchamli mikrostrukturalarning roli xam katta. Mikrostrukturalar O’rta Osiyoning soz tuproqlari sharoitida ekinlardan yukori xosil olishni tahminlaydi.
Strukturaning kimmati (sifati) ularning nafakat oplchami bilan balki suvga chidamliligi va mexanik jixatdan mustaxkamligi bilan xam belgilanadi. SHunday xususiyatga ega boplgan strukturalar uzok vakt buzilmasdan saklanadi, ular yomgir va sugorish suvlari tahsirida changlanib ketmaydi, yerga mexanik ishlov berilganda barkaror, chidamli boplib koladi. Turli tabiiy zonalardagi Tuproqlarning xaydalma katlamida suvga chidamli strukturalar mikdori bir xil emas. CHimli podzol Tuproqlarning xaydalma katlamida 10 dan 0,25 mm gacha boplgan suvga chidamli agregatlar mikdori 30-40 foiz, tipik va oddiy kora Tuproqlarda 60-70, kashtan Tuproqlarda 15-25, bopz Tuproqlarda - 5-10 foiz atrofidadir. Turli zona koprik yerlari Tuproqlarida makrostrukturaning mustaxkamligi turlicha.

Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin