1. Xediv devoni. U ichki ishlar vazirligiga o’xshab ketgan va unda politsiya, xavfsizlik zobitlari kabi bir nechta bo’lim idoralari bo’lgan. Uning tarkibiga shuningdek, Quyi, o’rta va yuqori Misrda uch bo’limi bo’lgan Devoni Katxudo ham kirgan. Mazkur bo’limlar rahbarlarini ham Muhammad Ali o’zi tayinlagan.
2. Import devoni. Buni moliya vazirligiga yenglashtirish mumkin. Muhammad Ali bu devonga juda katta e’tibor qaratgan va u orqali mamlakatning moliyaviy ishlarini tartibga slogan. Uning bir necha boshqarmalari bo’lgan, eng muhimi yer maydoni va irrigatsiya bilan bog’lig’i hisoblangan.
3. Jihod devoni. Bu devon mamlakatni himoya qilish va harbiy, ya’ni armiyani tuzish, uni ta’minlash, xizmatga chaqirish kabi qator ishlar bilan mashg’ul bo’lgan.
4. Dengiz floti. Bu devon Iskandariyada joylashgan bo’lib, dengiz bilan bog’liq barcha ishlar bilan shug’ullangan.
Har bir devonda maslahat majlisi bo’lgan va u masalalarni uzil-kesil yechish uchun so’nggi hal qiluvchi so’zga ega hukmdorga taqdim etgan. Mazkur majlislardan eng muhimi Oliy majlis bo’lib, u shuningdek, “Mashvara Majlisi” deb atalgan.
Muhammad Ali 1847-yilda “Xususiy majlis” va “Umumiy majlis”ni tashkil etgan hamda Xususiy majlisni eng muhim va boshqa majlislardan ustun deb belgilagan. Ibrohim posho boshqargan ushbu majlisga hukumatning oliy ishlari, qonunlar loyihalari va hukumatga oid barcha ta’limotlarni chiqarish huquqi berilgan.
Muhammad Alining davlat boshqaruvidagiyana bir o’ziga xos xususiyati qishloq xo’jaligi mahsulotlari va ularning savdosiga hamda sanoatga hukumat monopoliyasining o’rnatilishi bo’ldi.
XULOSA
Muhammad Ali shubhasiz, o’z ishlari bilan dunyodagi buyuk shaxslar qatoridan o’rin olgan inson edi. U oddiy askardan Misr taxtining sohibigacha bo’lgan yo’lni bosib o’tib, katta mulkni o’z tarkibiga olgan ulkan va kuchli davlatni tashkil etgan. Ayni paytda Nil vodiysidagi ilmu irfon va madaniyatni rivojlantirishga ham katta hissa qo’shgan. Uning buyukligi va ulkan mamlakatni barpo etishi aql zakovati kuchliligi, katta iqtidori va ishlash qobiliyati yuksakligida aks etgan.
Muhammad Ali tuzalmas kasali bilan 1849-yilning 2-avgustida Iskandariyada vafot etgan. Jasadi Qohiraga olib kelinib, Qal’adagi masjidda dafn etilgan. Shu bilan uning ismi Misr davlatiga asos slogan va uni mustaqilikka olib kelgan buyuk inson, sharafli kishisi sifatida mamlakat tarixiga kirgan. Muhammad Ali to’g’risisda gap borganda misrlik tarixchilar uni doimo “Buyuk inson” deb ta’riflagan.
Muhammad Alidan keyin taxtga o’tirgan avlodlari:
Ibrohim posho (1848)
Abbos posho I (1848-1854)
Said posho (1854-1863)
Ismoil posho (1863-1879)
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
1. R. M. Bahodirov “Misr Muhammad Ali va uning sulolasi davrida” Toshkent 2013.
2. Osiyo va Afrika mamlakatlarining yangi va eng yangi tarixi. T.1982
3. Ergashev Sh “Jahon tarixi. Yangi davr. 2-tom” T-2016
4. The Cambridge History of Egypt.Volume 2 Modern Egypt, from 1517 to the end of the twentieth century, Cambridge University press, 2008.
5. История стран Азии и Африки в новое время – М.: Изд-во МГУ, 1989.
6. Internet ma’lumotlari
Dostları ilə paylaş: |