Reja: Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik – demokratik jamiyat qurish asosi. Ijtimoiy siyosat. Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning shartlari va millatlararo munosabatlar. Milliy xavfsizlik, diniy ekstremizm va terrorchilikka qarshi kurash


Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning shartlari va millatlararo munosabatlar



Yüklə 83,5 Kb.
səhifə3/7
tarix16.12.2022
ölçüsü83,5 Kb.
#121242
1   2   3   4   5   6   7
1548923646 73928

Ijtimoiy-siyosiy barqarorlikning shartlari va millatlararo munosabatlar
Taraqqiyotning yangi vazifalari va bosqichlari yurtboshimiz asarlarida aniq va ravshan qilib belgilab berilgan. Bunda demokratiyani yanada chuqurlashtirish, huquqni mustahkamlash, aholining siyosiy, huquqiy, madaniy va fuqaroviy faoliyatini oshirishga yo'naltirilgan.
Ular quyidagilardan iborat:
1. Jamiyatda ijtimoiy muvozanatni tartibga solish bo'yicha zarur qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (jamiyatda haddan tashqari boylarga va haddan tashqari kambag'allarga tabaqalashuvi ixtilofi kelib chiqishi mumkin).
2. Bozor munosabatlarida kishilarning moddiy jihatdan tengsizligi muqarrar. Ammo davlat, jamiyatning barcha a'zolariga o'z tashabbus va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun keng imkoniyatlar yaratib berish kerak. Kichik va xususiy tadbirkorlikni rag'batlantirish va rivojlantirish, aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qiladigan qonunlar qabul qilindi.
3. Davlat organlari faoliyatining huquqiy asoslarini tashkil etuvchi qonunlarni takomillashtirish (jamiyatni ortiqcha boshqaruv tarmoqlaridan toboro ozod etish. O'zini o'zi boshqarish organlarini faollashtirish).
4. Hokimiyatning sud tarmog'i, huquqni himoya qilishning butun tizimi faoliyatining yo'nalishlarini va mazmunini jiddiy isloh qilishdan iborat mazkur muammo Islom Karimovning “Adolat - qonun ustuvorligida” asarida batafsil bayon etilgan.
5. Fuqarolarning siyosiy jarayonlarda, davlatni boshqarishda ishtirok etishning huquqiy asoslarini takomillashtirish.
6. Bozor islohotlarini qonun bilan mustahkamlash ishlarini muntazam takomillashtirish.
1997 yil avgust oyida Oliy Majlisning IX sessiyasida O'zbekiston Respublikasining Milliy xavfsizlik kontseptsiyasi qabul qilindi. O'zbekistonda ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlashda millatlararo tinchlik, totuvlikni saqlash muhim ahamiyatga ega. Istiqlolning birinchi kunlaridan ushbu muammoni hal qilish yo'llari belgilab olingan edi. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini II bob 8-moddasida “O'zbekiston xalqini millatidan qat'i nazar, O'zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi”.75 V bob 18-moddasida “O'zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo'lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqodi, shaxsi, ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilanib qo'yiladi hamda ijtimoiy adolat printsiplariga mos bo'lishi shart”.76 Insonparvarlik g'oyalari yo'g'rilgan, bunday yo'riqnomalar mamlakatda istiqomat qilayotgan 100dan ortiq millatlarning totuvligi uchun kafolatdir. Milliy masalani to'g'ri hal qilinishi, ular o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlaydi, demak, jamiyatning taraqqiyotiga, rivojlanishiga xizmat qiladi.

Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin