Yurtboshimiz ana bunday tasvirlaydi: 1. Kommunistik g'oyaning mavhumligi, uning emirilishi odamlar ongida bo'shliqni tashkil etdi. Bundan “chala mullalar” dinni, Islomni o'zlaricha talqin qilib tor maqsadlari uchun foydalanib jamiyatga katta zarar etkazishi mumkin.
2. Milliy o'zlikni anglash tuyg'usining o'sib borishi, istiqlol tufayli qanot qoqdi. Buyuk din arboblaridan faxrlanamiz va ayni vaqtda dinni niqob qilib tor manfaati uchun kurashayotganlardan nafratlanamiz.
3. Hududdagi ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy sohadagi keskin o'zgarishlar ham ta'sir ko'rsatdi. Bu qiyinchiliklardan noto'g'ri xulosa chiqarishda bilindi.
4. O'zbekiston va Markaziy Osiyoda Islom dini turlicha tushunishlik holatlari mavjud. Ba'zilari o'ta fanatik hisoblanib, boshqa dinlar bilan munosabatda nohaqliklarga yo'l qo'yadi. g'ki to'g'ridan-to'g'ri murosasiz siyosat olib boradi. Ba'zilari esa Islomni o'z siyosiy faoliyatiga bo'ysundirmoqchi bo'ladilar. Bularning hammasi mustaqil davlatimizning barqarorligiga tahdiddan boshqa narsa emas. Demak, diniy ekstremistlar qanday ko'rinishda yoki “chiroyli” shiorlar bilan niqoblanmasin, baribir ularning tor manfaatlari uchun qilinayotgan riyokorlikdir. Bundan faqat bir hovuch amalparastlar yutadi. Lekin omma bundan aziyat chekadi. Ularni chalg'itadi. Quruq va'dalar bilan ular ko'ngliga g'ulg'ula soladi. Vahhobiylikning asoschisi – Muhammad Abdul Vahob XVII asrda Arabistonda yashagan va bu g'oya uning nomi bilan paydo bo'lgan.
“Turg'unlik, tanglik va jamiyatning parchalanish yillarida, - deb yozadi Islom Karimov, - ajnabiy vahhobiylikning ommaga yoqish yo'lidagi urinishlari adolatni yuzaki tushunib targ'ib qilishda, islomning ma'naviy-axloqiy me'yorlariga qattiq rioya etishni talab qilishda hamda zeb-ziynatdan va manfaatparastlikdan voz kechishni e'lon qilishda namoyon bo'lmoqda”.1 Yurtboshimizning mazkur jumlalarini talabalarga to'laroq tushuntirib, vahhobiylikning asl mohiyatini anglatish darkor. Vahhobiylikdagi fanatizm, odamlar manfaatiga bir yoqlamalik bilan qarash og'ir oqibatlarga olib kelishini talabalarga bot-bot qayd etish joiz. Ammo ularning asl mohiyati hokimiyat uchun kurash, islom davlatini qurish, bir so'z bilan aytganda, xalqni qonga botirishdan boshqa narsa emas.
Yuqorida qayd etganimizdek, istiqlol, mustaqillik diniy e'tiqodga shunchalik ko'p erkinliklar berdiki, buni so'z bilan izohlash mushkul. Dindorlarni himoyalaydigan huquqiy hujjatlar, ayniqsa, Konstitutsiyamizdagi kafolatlar nihoyatda ahamiyatlidir. Bularning hammasi istiqloldan burun faqat orzu edi.
Istiqlol qisqa muddat ichida shunday qulayliklar yaratdiki, uning ahamiyati nihoyatda katta. Xullas, mustaqillik dinga e'tiqod qiluvchilarga hamma imkoniyatlarni yaratdi.
“Biz, - deb yozgan kitobida Islom Karimov, - din bundan buyon ham aholini eng oliy ruhiy, axloqiy va ma'naviy qadriyatlardan, tarixiy va madaniy merosdan baxramand qilishi tarafdorimiz”.2 Ammo dinning davlat ishlariga, siyosatga aralashishiga yo'l qo'yib bo'lmaydi. Chunki ularning xatti-harakatlari, asl maqsadlari mustaqilligimizning dastlabki yillarida o'zini ko'rsatdi. Shuning uchun islom fundamentalizmi, aqidaparastligi davlatimizning mustaqilligiga tahdid soladi. Uning tahdidi nimalardan iborat.