7. Ma’ruza. Immun tizimi hujayralari.
Reja:
1. Immun tizim hujayralari haqidagi malumotlar.
2. Limfoid hujayralar va uning vazifasi.
3. Immunokompitent hujayralar va ularning vazifalari.
4. Limfoid murtaklar
Tayanch iboralar: Immun tizim, antigen, antitana, limfoid tugunlari, limfotsitlar, T-B limfositlar, Limfoid murtaklar
Keyingi 1520 yil ichida immunologiya fani jadal taraqqiy etdi. Faoliyati bo`yicha bir-biridan keskin farq qiluvchi T- va B- limfotsitlarning topilishi, immun-himoya jarayonlarida mikromuhit hujayralarining salmoqli roli borligining aniqlanishi hamda bu jarayonlarni boshqarishda ishtirok etuvchi moddalarning ochilishi immunitet to`g`risidagi tushunchalarni tubdan o`zgartirdi.
Klassik immunologiyaning asoschilari bo`lib Lui Paster va I. I. Mechnikovlar hisoblanadi. Bundan 3040 yil avval klassik immunologiya organizmni faqat har - xil yuqumli kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikroblar va viruslardan himoya qilish mexanizmlarini o`rganish bilan cheklandi. Boshqacha qilib aytganda, immunologiya deganda tor doiradagi infeksiya immuniteti tushunilib kelingan.
Hozirgi zamon immunologiyasi nazariy va amaliy meditsinaning barcha sohalariga taaluqlidir. Bejiz emaski, u hozir turli - xil kasalliklarda kuzatiladigan immunitet yetishmovchiligini (immunodefitsitlarni) aniqlash va davolashda, har xil azolarni (yurak, buyrak, jigar va boshqalarni) ko`chirib o`tkazishda (transplantatsiya qilishda) tug`iladigan muammolarni yechishda ham keng qo`llanilmoqda. Immunologiyaning rivojlanishida akademik P. B. Petrov hamda mamlakatimiz vakili professor P. M. Haitov va ularning shogirdlari qo`shgan hissalari juda katta. Immunitet jarayonlarida ishtirok etuvchi hujayralarning kelib chiqishi, tuzilishi, faoliyati hamda o`zaro muloqotda bo`lishini o`rganuvchi fan endilikda o`zida gistologiya va immunologiya elementlarini mujassamlashtirgan bo`lib, uni immunomorfologiya deb atashdi.
Limfoid hujayralar.
Limfotsitlar asosan birlamchi yoki markaziy limfoid a`zolar (timus va suyak ko`migi)da yuqori nisbatda (109/kun) hosil bo`ladi. Bu hujayralarning ma`lum bir qismi ko`chib, ikkilamchi limfoid to`qimalarga (limfatik tugun, kapsulaga ega bo`lmagan limfoid to`qimalar va taloq) kelib tushadi. Limfoid hujayralar oq qon hujayralarining (leykotsit) qariyb 20 foizini tashkil etadi. Ko`pgina yetuk limfoid hujayralar uzoq yashaydigan bo`lib, tsirkulyatsiya doirasida xotira hujayralari holatida ko`p yillar davomida saqlanib qoladi. Limfotsit immunologik tizimning asosiy hujayrasi hisoblanadi.
Bundan tashqari, limfotsit kabi juda muhim vazifani bajaradigan makrofaglarni ham alohida ta`kidlash zarur
B - Limfotsitlar.
Bu tipga oid hujayralar qushlarning fabritsius xaltasi va sutemizuvchilarning suyak ko`migida hosil bo`lgani uchun B - limfotsitlar deb atalgan. B - limfotsitlar immunitetni yuzaga keltirishda juda muhim vazifani bajaradi. Ularning eng katta ahamiyatga ega bo`lgan mahsuloti - gumoral immunitet vakillari bo`lgan immunoglobulinlar hisoblanadi. Immunoglobulin molekulalar organizmning boshqa hech qaysi bir hujayrasi yordamida voyaga yeta olmaydi. Ularning nihoyatda turli-tuman bo`lishi, bir necha million B - hujayra klonlarining mavjudligi bilan ifodalanadi. Har bir klon immunoglobulinning maxsus, o`ziga xos xususiyatiga ega bo`lgan turini vujudga keltiradi
Odatda B – hujayraning faollashuvi ikki turli bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda, hujayraning bo`linishi tufayli proliferatsiya (lot.proles avlod, nayel va facio-bajaraman) ning soni ortadi. Ikkinchi bosqichda esa ko`paygan hujayralarning darajalanish jarayoni yuzaga keladi. Proliferativ reaktsiyaning sodir bo`lishi juda katta ahamiyatga egadir,chunki uning natijasida, begona antigenga nisbatan yo`nalgan hujayralarning soni birmuncha oshadi va shu bilan birga ularning qarshi tana sodir qiluvch ihujayralarga aylanish qobiliyati keskin ko`tariladi. O`tkazilgan tadqiqotlarning ko`pchiligi shuni ko`rsatdiki, B -limfotsitlar uch xil turli antigenlarga nisbatan ta`sirlanadi. Ular quyidagilardir: timusga bog`liq bo`lmagan antgenlarning I va II turlari, timusga bog`liq bo`lgan antigenlar.
T - hujayralar.
T - limfotsitlar asosan timusda hosil bo`ladi va shu yerning o`zida xususiy dastur orttiradi. Ko`pgina hollarda ular asosan uzoq umr kechiradigan hamda qon va limfa oralig`ida aylanib yuradigan hujayralar hisoblanadi. T - limfotsitlarining bunday «ozod» harakati ularga ko`pchilik antigen bilan to`qnashishga imkon yaratadi. Xuddi B - limfotsit kabi, T - hujayra ham faqat o`ziga xos bo`lgan antigen bilan o`zaro munosabatda bo`ladi. Bundan tashqari, bamisoli B- hujayralar kabi, ular ham o`z sirtlarida maxsus noyob retseptorlarini tashib yuradi
T - hujayraning asosiy boshqaruv vazifalaridan biri B -hujayrani bo`linish va antitanalar sodir qiluvchi hujayraga aylantirishni rag`batlantirish hisoblanadi. B hujayraning ko`pchilik oqsil antigenlariga bo`lgan javob reaktsiyasi T hujayra yordamiga to`liq ravishda bog`liq bo`ladi. Bunday antigenlar odatda, timusga bog`liq antigenlar deb ataladi
Limfosidlar immunologik tizimning asosiy hujayralari
Qon tarkibida limfosidlar miqdorining ortib ketishi
Immun jarayonida ishtirok etadigan hujayralar immunokompitent hujayralar deyiladi. Bunday hujayralarni asosan ikki turga ajratish mumkin:
Limfositlar ularning ozi ikki turga bolinadi:
T-limfositlar (timusga tobe) ; B-limfositlar (suyak komigiga tobe)
Bundan tashqari immunitetda va T- va B-limfositlarga mansub tabiiy killerlar ishtirok etadi.
2. Yordamchi hujayralar asosan makrofaglarni kiritish mumkin, ularga interdigidlovchi va dendiritli hujayralar ham kiradi. Bu hujayralar immun tizimi a`zolarida T va B limfositlar uchun maxsus mikromuhit yaratish bilan birga limfositlarni antigenlardan zararsizlantirish jarayonida ham faol ishtirok etadi,
eozinofil, bazofil toqima bazofillarni ham kiritish mumkin.
T va B- limfositlarning kopayishi va shakllanishi antigenga bogliq va bogliq bolmagan holga keltirish mumkin. Antigenga bogliq bolmagan kopayish va shakllanish jarayoni immun tizimning markaziy a`zolarida (timusda va qizil suyak komigida) amalga oshadi. Bu a`zolarda T va B- limfositlar mikromuhit hujayra ta`sirida yetiladi. Antigenga bogliq jarayon esa periferik immun himoya a`zolarda sodir boladi.
Organizmga antigen turli yollar bilan tushishi mumkin. Antigen uchun eng yaqin asosiy darvozalar ovqat hazm qilish, nafas olish, siydik chiqaruv yollari va boshqa a`zolarning shilliq pardalari hisoblanadi. Teri orqali ham tushadi. T-limfositlar hujayraviy immunitetning asosiy tuzilmalaridir. Bundan tashqari ular gumoral immunitetga ham faol himoya reaksiyalari boshqarishda muhim orin tutadi. Hozirgi paytda T-limfositlaring bajaradigan vazifasiga kora quyidagi asosiy turlari (subpopulyasiya) farq qilinadi:
a) Tkillerlar, ya`ni qotil limfositlar ular yot hujayralarga ta`sir etib, ularni oldirish va yemirishda ishtirok etadi.
b) Txelperlar (yordamchi) gumoral va hujayraviy immunitetda yordamchi vazifasini otaydi. Ular antigenni tanib olib B-limfositlarni plazmatik hujayralarga aylantirishga yordam beradi. Plazmatik hujayralar (antigenga qarshi antitana ishlab chiqaruvchi hujayralar).
s) T-supressor (pasaytiruvchi) B-limfositlarni plazmositlarga aylanish jarayonini susaytiradi va shu tufayli antitana hosil bolishini boshqaradi.
d) Tamplefeyerlar (kuchaytiruvchi). Tkiller bilan Txelperlarning faoliyatini kuchaytiradi.
e) Tdifferensiyalovchilar (belgilovchi) qonning ozak hujayralarga ta`sir ularning mavsum yonalishda kopayishini va shakllanishini boshqaradi. Bundan tashqari T limfositlar orasida antigen togrisida ma`lumotni eslab qoluvchi hujayralar borligi aniqlangan. T-limfositlarning B-limfositlardan farq qiluvchi asosiy belgisi ularning qobigida joylashgan reseptor hisoblanadi.
Limfoid murtaklar
Limfoid murtaklar diffuz holda joylashgan limfoid to`qimalardan iborat. Hazm qilish va nafas olish yo`llarining boshlanadigan joyida toq xalqum va til murtaklari, juft nay va tanglay murtaklaridan tashkil topgan limfoid toqimalar halqasi muvjud (N.I.Pirogov).
Xalqum murtagi. Bu toq murtak bo`lib, xalqumnig yuqori gumbazida chap va nay murtaklar orasida joylashgan. Voyaga yetgan odamlarda uzunligi 13-21mm, eni 10-15mm ga teng bo`ladi.
Xalqum murtaginig kurtagi embrion taraqqiyotinig 3-4 oylarida boshlanadi va chaqaloqlarda (1 yoshga to`lganda) limfoid to`qimalar deyarli shakllanadi, uzunligi 12mm, kengligi 6-10mm ga teng bo`ladi. 30 yoshdan keyin xalqum murtagi sekin-asta kichiklasha boshlaydi, qariyalarda sezilarli darajada kichiklashib qoladi. Xalqum murtagi yuqoriga ko`tariluvchi xalqum arteriyasi tarmoqlari orqali qon bilan ta`minlanadi. Asab tolalarini esa yuz asabi, adashgan asab va til xalqum asablaridan oladi.
Til murtagi. Til murtagi (tonsillalingualis) toq murtaklarining ikkinchisi bo`lib, tilni ildiz sohasida, tilning shilliq qavatini qoplab turuvchi ko`p qavatli yapaloq epiteliy ostida joylashgan. Til ildizi til murtagining joylashgan sohasi g`adir-budir bo`lib ko`rinadi, do`mboqlararo kamgaklarda (kriptalar) tilning shilliq bezlari ochiladigan teshiklar joylashgan.
Til murtagi bolalik davrida ayniqsa tez rivojlanib, avji yetilgan vaqti o`smirlik davriga to`g`ri keladi. Bu bezning haddan tashqari kattalashib ketishi (adenoid) ko`proq bolalarda uchraydi. Til murtagining til arteriyasidan chiquvchi tarmoqlar qon bilan ta`minlansa, til, xalqum va adashgan va simpatik asablar innervasiya qiladi.
Tanglay murtagi. Tanglay murtagi (tonsilla palatinae) bir juft bo`lib, tanglay til, tanglay xalqum burmalari orasida, murtak chuqurchasi(fossa tonsillaris)da joylashgan. Og`izni katta ochgan vaqtda tomoq teshigining ikki yon tomonida bo`rtib ko`linib turadi. Tanglay murtaklarining shakli bir oz bo`yiga cho`zilgan yong`oq shakliga ega bo`lib, avji yetilgan vaqtda uzunligi 13-28mm, eni 14-22mm ga teng bo`ladi. Tanglay martaklarining lateral yuzalari murtak chuqurchasiga yopishib yotsa, medial (bir-biriga qaragan) yuzalari yutqinga kirib boruvchi tomoq teshigining yon chegaralarini tashkil qiladi. Murtakning lateral yuzasini o`rab olgan biriktiruvchi to`qima (murtak kapsulasi) bez bag`riga kirib, uni bo`laklarga bo`lib yuboradi.
Medial yuzasi esa (xalqumga qaragan) ko`p qavatli yapaloq epiteliy bilan qoplangan, unda 20 ga yaqin murtak chuqurchalari (fissura tonsillaris lar) mavjud. Murtak bag`rida yumaloq shaklli limfoid to`qimalar yoki to`qimalar (nodilymphatici tonsillaris) joylashgan. Limfoid tugunchalar ayniqsa bolalik va o`smirlik (12-16 yoshlarda) davrida ko`p uchraydi. Tanglay martaklari embrion taraqqiyoti davrida ancha barvaqt (12-14 haftalardayoq) kurtak hosil qiladi. Xomila 5 oyga to`lganda murtak to`qimalari 2-3mm ga teng bo`ladi. Yangi tug`ilgan chaqaloqlarda murtaklar ancha kattalashadi, bir yoshga to`lgan bolalarda 10 12mm ga teng bo`ladi. 25- 30 yoshlardan keyin murtak kichiklasha boshlaydi. Tanglay murtagi xalqumning yuqoriga ko`tariluvchi arteriya qoni bilan ta`minlanadi, uni yuz, til, xalqum, adashgan va simpatik asablar innervasiya qilinadi.
Nay murtagi. Nay murtagi tonsilla tubaria bir juft bo`lib, Evstaxiy nayini xalqumga ochiladigan teshiklari oldida joylashgan. Nay murtaklarining kurtaklari ilk bor 7-8 oylik embrionda hosil bo`ladi. YAngi tug`ilgan chaqaloqda anchagina takomillashgan bo`lib, kattaligi 7-7,5mm ga teng bo`ladi. Bolalar 4-7 yoshga etganda nay murtaklari avji yetiladi. O`smirlik davriga borib qayta takomillana boshlaydi. Qon bilan ta`minlanishi va innervasiyasi yuqoridagi murtak bilan bir xil bo`ladi.
Nazorat savollari:
1. Immun tizim hujayralari haqidagi nimalarni bilasiz?
2. Limfoid hujayralar va uning vazifasi nimadan iborat?
3. Immunokompitent hujayra nima va u qanday vazifani bajaradi
4. B - limfotsitning faollashuvi deganda nimani tushunasiz?
5. Limfositlar qanday vazifalarni bajaradi?
6. T-limfositlaring bajaradigan vazifasiga kora necha xilga bo`linadi?
7. Til murtagi qanday vazifalarni bajaradi?
8. Nay murtagi qanday vazifalarni bajaradi?
Dostları ilə paylaş: |