6- Mavzu.Immunoterapiya va Immunoprofilaktika.
Reja:
1.Immunoterapiya to’g’risida ma’lumot.
2.Immunoprofilaktika haqida ma’lumot
3.Infeksiyaga qarshi emlashlar va ularning turlari.
Immunoterapiya (immunitet... va terapiya) — bemor
organizmiga vaksinalar, shifobaxsh zardoblar (biopreparatlar)
yuborib, infeksion kasalliklarni davolash. Bunda organizmga
kiritilgan vaksina bemorning uz kuchlarini infeksiyaga qarshi
kurashga safarbar qilishiga turtki beradi. Shifobaxsh
zardoblar bilan davolashda organizm muayyan infeksion
kasallik mikrobi yoki shu mikrob toksinlaridan himoya
qiladigan immun jismlar (antitelolar)ni tayyorgina oladi. Bun-
day holda immunitet 1 — 1,5 oygina sak,lanib turadi.
Immunoterapiyaga, asosan, utkir infeksion kasalliklar
(difteriya, kuydirgi va h.k.)da seroterapiya, vaksinoterapiya
(brutsellyoz, furunkulyoz kabi kasalliklar uzok, chuzilganda)
va b. kiradi.
Vaksinoterapiyada avtovaksina va anatoksindan ham
foydalaniladi. Keyingi yillarda uzoq vaqtgacha
tuzalmaydigan kasalliklarni, masalan, oʻsmalarni
nospetsifik silga qarshi vaksina (BSJ) bilan davolash
ham Immunoterapiyaga kiritildi Immunoterapiya-
organizm immun tizimi funksiyasini dori moddalar
va turli vositalar yordamida kuchaytirish, susaytirish
va o'rnini bosishga yo'naltirilgan davolash va oldini
olishga qaratilgan soha hisoblanadi
JSST ga ko'ra davolash va oldini olishning maxsus
shakllari ishlab chiqilgan:
-Immunostimulyatsiya
(immunokorreksiya,immunomodulyatsiya);
-Immunosupressiya;
-O'rnini bosuvchi terapiya;
-ASIT -Vaksinasiya, immunizatsiya.
Hozirgi kunda immunoterapiya bemorlarda ularning
kasallikning nofizologik shakllariga, yoshiga, jarayonning
darajalariga bog'liq holda turli usullarda olib boriladi.
Immunoterapiyaga ko'rsatmalar:
-birlamchi va ikkilamchi immunodefisit holatlarda;
-allergopatiya;
-autoimmun kasalliklar;
-onkologik kasalliklar (xususan,limfoproliferativ
kasalliklar);
-yuqumli kasalliklar;
-allotransplantasiyadan keyingi holatlar
(xususan,"transplantatga xo'jayin organizmining
qarshiligi" reaksiyalarida);
-regeneratsiya buzilishlari bilan kechadigan
kasalliklarda.
Immunoterapiyaning asosiy qoidalari:
-immun sistemada buzilishlarning namoyon
bo'lishi(klinik yoki laborator ko'rsatkichlarda);
-muvofiq keluvchi immunotrop vositalarni qo'llash;
-davolash samaradorligini klinik va alborator
nazoratqilib borish;
-olingan natijalarni baholash;
-olingan natijalarni registrasiya va tahlil qilib borish.
Immunotrop vositalarning samaradorligi
-ularning ayniqsa odam organizmi immun
sistemasiga selektiv ta'siriga bog'liq.
Immunoprofilaktika (immunitet va profilaktika) —
amaliy immunologiyantg bir bulimi. Immunitet hrsil
qilish uchun organizmga vaksina, immun zardob,
gamma-globulin kabi immunologik preparatlar
yuborib, infeksion kasalliklarning oldini olish.
Poliomiyelit, difteriya, qoqshol, qizamiq, sil, ich
terlama, virusli A va B gepatit kabi infeksion
kasalliklarga qarshi emlash. Odamning virus
infeksiyasiga qarshi vaksina topish
Immunoprofilaktika oldida turgan muhim
vazifalardan biridir.
Emlash yoki vaksinatsiya, odam va hayvonlarda
infeksion kasalliklar yuqishining oldini olish usuli, bunda
organizmga vaksinalar, immun zardoblar yoki
gammaglobulin yuborib, sunʼiy faol yoki passiv
immunitet hosil qilinadi. Sunʼiy faol immunitet hosil
qilish uchun odam vaksinalar bilan emlanadi, bunda
organizmda yuborilgan vaksina tarkibidagi antigenlarga
qarshi faol immunitet rivojlanadi.Emlashda vaksinalarni
teri ustiga, teri ostiga, muskul orasiga, burun va ogʻiz
orqali yuborish mumkin. Vaksinalar bilan emlash jadvali
har xil: bir marotaba, ikki, uch marotaba va hokazo.
Sunʼiy faol immunitet immunizatsiya tugaganidan soʻng
2—3 hafta oʻtgach paydo boʻladi va oylab, hatto yillab
saqlanib qoladi. Takror emlash (immunitet darajasi
susayganda) revaksjatsiya deb ataladi.
Sunʼiy passiv immunitet organizmning himoya
faoliyatini oshirish, koʻzda tutilgan tegishli yuqumli
kasallikka qarshi chidamlilik yoki boshlangan
kasallikning kechishini yengillashtirish maqsadida
qilinadi. Vir qancha yuqumli kasalliklar (odamlarda
gepatit V, sil, boʻgʻma, qoqshol, koʻkyoʻtal, qizamiq,
tepki, poliomiyelit; hayvonlarda brutsellyoz,
quturish, oʻlat, oqsim va boshqalar) ga qarshi rejali
ravishda; ayrim yuqumli kasalliklar (gripp, ich
terlama, kuydirgi, tulyaremiya va boshqalar)ga
qarshi esa epidemiologik zaruriyat boʻyicha
emlanadi (Shuningdek qarang:
Immunoprofilaktika).
Emlash poliklinikalarda yoki emlash markazlarida
maxsus tayyorlangan tibbiyot xodimi tomonidan
vrach nazoratida oʻtkaziladi. Bolani emlashdan avval
uning gavda harorati oʻlchanadi va qanday
kasalliklar bilan ogʻriganligi soʻrab surishtiriladi;
vrach bolani sinchiklab tekshirib, uni emlash
mumkin yoki mumkin emasligini aniqlaydi.
Yuraktomir, markaziy nerv sistemasi kasalliklaridan
tuzalgan yoki surunkali kasalliklari bor bolalar
tegishli mushassislar koʻrigidan oʻtganidan soʻng
emlanishi lozim. Bola emlanganda baʼzan kuchli
reaksiya yuzaga keladi, shuning uchun emlangandan
keyin u maʼlum bir vaqt davomida vrach nazoragada
boʻlishi kerak.
Emlash mahalliy va umumiy taʼsir koʻrsatishi, yaʼni
emlangan joy sal qizarishi, shishishi, ogʻrishi, harorat
koʻtarilishi va umumiy darmonsizlik kuzatilishi mumkin.
Emlangan bola juda bezovtalansa, qattiq isitmalasa darhol
vrachga murojaat qilish zarur.Bolalar yoki kattalarning
emlanganligi haqidagi maʼlumotlar ularning tibbiy
hujjatiga qayd etiladi. Otaonalar bolasiga qanday emlash
oʻtkazilganini va qaysilari qachon qilinishi kerakligini
yaxshi bilishlari, shuningdek, E.ning belgilangan
muddatda oʻtkazilishiga amal qilishlari zarur, chunki oʻz
vaqtida oʻtkazilgan emlash juda yaxshi naf beradi.Hugungi
kunda respublikamizda koʻpgina ogʻir kechuvchi yuqumli
kasalliklarga qarshi rejali ravishda va epidemiologik
holatlarga qarab bolalar va xavfli guruhga kiruvchi katta
kishilar davlat tomonidan bepul emlanadi. Oʻtkazilgan
choratadbirlar tufayli Oʻzbekiston hududida shol kasalligi
oxirgi yillarda qayd etilmayapti, shuningdek, boʻgʻma,
qizamiq, tepki, gepatit V kasalliklari bolalar orasida keskin
kamaydi
Etiboringiz uchun rahmat
Dostları ilə paylaş: |