O‘quvchilarning maktab hududidagi hayoti va sog‘lig‘i uchun javobgarlik maktabga
yuklanadi.
58. Maktablar inklyuziv ta’lim sohasida o‘quvchilarning ota-onalari, fuqarolarning o‘zini
o‘zi
boshqarish organlari, boshqa ta’lim tashkilotlari va nodavlat notijorat tashkilotlar bilan uzviy
aloqada faoliyat ko‘rsatadi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktabrdagi 638-son
qaroriga
2-ILOVA
Jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalar uchun davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob.Umumiy qoidalar
1.
Ushbu Nizom jismoniy, aqliy, sensor yoki ruhiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarning
(keyingi o‘rinlarda — alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar) ta’lim tizimini takomillashtirishga
yo‘naltirilgan, shuningdek, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalar uchun davlat
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining (keyingi o‘rinlarda — ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalari) maqomini belgilaydi va ularning faoliyatini tartibga soladi.
2.
Ixtisoslashtirilgan
ta’lim
muassasalari
o‘z
faoliyatida
O‘zbekiston
Respublikasi
Konstitutsiyasi
va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining
qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga,
boshqa qonunchilik hujjatlariga hamda o‘z ustaviga amal qiladi.
3. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ta’lim-tarbiya berish,
korreksiyalash va
davolash-sog‘lomlashtirish muassasalari hisoblanadi hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan
bolalarning umumiy o‘rta ta’lim olishda va ularni bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalashda,
ularning jamiyatga moslashuvi va integratsiyalashuvida ko‘maklashish, shuningdek, ijtimoiy
yordamga muhtoj oilalarga farzandlarini tarbiyalash va ularga ta’lim berishda yordam ko‘rsatish
maqsadida tashkil etiladi.
4. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi davlat muassasasi
shaklidagi yuridik shaxs
hisoblanadi.
5. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari akkreditatsiyasi attestatsiya asosida, vakolatli
davlat organi tomonidan amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: