Reja: Inklyuziv ta’lim siyosatining huquqiy asoslari


-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining vazifalari



Yüklə 183,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/10
tarix15.04.2023
ölçüsü183,85 Kb.
#125402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Inklyuziv ta\'lim

2-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining vazifalari 
6. Quyidagilar ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining asosiy vazifalari hisoblanadi: 
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — vazirlik) 
tomonidan tasdiqlangan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni o‘qitish maxsus o‘quv 
dasturlari talablari asosida bilim olishni ta’minlash; 
shaxsga va ijtimoiy yo‘naltirilgan ta’lim jarayonida o‘quvchilarning eng maqbul 
rivojlanishini ta’minlash maqsadida tabaqalashtirilgan va individual ta’limni tashkil etish; 
shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy hayotda va mehnat faoliyatida xulq-atvorning eng maqbul 
modelini shakllantirish orqali shaxsni tarbiyalash; 
o‘quvchilarni umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim sharoitida o‘qishga 
tayyorlash; 
o‘quvchilarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlarining shakllanishi uchun 
zarur korreksion (tuzatuvchi) — rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish


o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish jarayonida ularning psixik funksiyalari va salomatligi 
tizimli tarzda kuzatilishini tashkil etish. 
3-bob. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish tartibi 
7. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar 
Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tashkil etiladi va hududiy 
tegishlilik bo‘yicha Davlat xizmatlari markazi tomonidan ro‘yxatga olinadi. 
8. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi vazirlik bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, Toshkent shahar xalq 
ta’limi bosh boshqarmasi (keyingi o‘rinlarda — hududiy xalq ta’limi boshqarmalari) va sog‘liqni 
saqlash boshqarmalari tomonidan hududdagi alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan, maxsus 
sharoitlarda ta’lim-tarbiya olishga muhtoj bolalarning mavjud kontingentini birgalikda o‘rganib 
chiqish yakunlari bo‘yicha tashkil etiladi. 
9. Bunday bolalar kontingenti aniqlangan taqdirda, vazirlik O‘zbekiston Respublikasi 
Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga, 
viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga ekologik qulay sharoitlar mavjud joylarda 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish to‘g‘risida asoslangan taklif bilan murojaat 
qiladi. 
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etish rejalashtirilayotgan hududda oxirgi 5 yilda 3 
yoshdan 16 yoshgacha bolalar o‘rtasida tegishli kasalliklarning ko‘payganligini ko‘rsatadigan 
sog‘liqni saqlash organlarining rasmiy statistika ma’lumotlari bilan asoslanishi kerak. 
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar 
hokimliklari ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasini tashkil etish to‘g‘risidagi taklifni 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar moliya 
boshqarmalariga, shuningdek, hududiy xalq ta’limi boshqarmalariga bir oy muddatda o‘rganish va 
ekologik qulay mintaqadagi mavjud obyektlardan namunaviy binoni yoxud ixtisoslashtirilgan 
ta’lim muassasasini tashkil etishda qo‘yiladigan normativ talablarni hisobga olgan holda ishlab 
chiqilgan maxsus loyiha bo‘yicha yangi bino qurish uchun yer uchastkasi tanlash to‘g‘risida 
topshiriq beradi. 
11. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasi tashkil etish to‘g‘risidagi qaror hududiy xalq 
ta’limi boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent 
shahar moliya boshqarmalarining ijobiy xulosalari mavjud bo‘lgan taqdirda, Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan bir hafta 
muddatda qabul qilinadi. 
12. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, ularning ixtisoslashuviga muvofiq quyidagi (I 
— VIII) turlarga bo‘linadi: 
I — kar (eshitmaydigan) bolalar uchun maktab-internatlar
II — zaif eshitadigan va keyinchalik kar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar (1, 2-
bo‘lim); 
III — ko‘zi ojiz (ko‘r) bolalar uchun maktab-internatlar; 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
IV — zaif ko‘radigan va keyinchalik ko‘r bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar; 
Keyingi
 tahrirga qarang. 
V — nutqida og‘ir nuqsonlar bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar; 
VI — tayanch-harakat apparatida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar; 


VII — psixik rivojlanishi sust bo‘lgan bolalar uchun maktab-internatlar; 
VIII — aqli zaif bolalar uchun (yordamchi) maktablar, maktab-internatlar. 
13. Zarur hollarda I va II turlar, shuningdek, III va IV turlar aralash holdagi 
ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari tashkil etilishi mumkin. 
Aralash turdagi ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarini tashkil etishda kar va zaif 
eshituvchi (keyinchalik kar bo‘lgan) bolalar, ko‘r va zaif ko‘ruvchi (keyinchalik ko‘r bo‘lgan) 
bolalar sinflari bo‘yicha ta’limni alohida olib borish majburiy shart hisoblanadi. 
14. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari (maktab-internatlar) huzurida bolalarni 
maktabga tayyorlash maqsadida bir yil muddatli tayyorlov guruhlari tashkil etilishi mumkin. 
Tayyorlov guruhlarida bolalarni o‘qitish maxsus o‘quv dasturlari asosida olib boriladi. 
15. Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quvchilar soni 250 nafardan oshmasligi 
kerak. 
O‘quvchilar soni 250 nafardan oshishiga sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena 
normativlariga muvofiq, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining o‘quvchilar bilan to‘ldirilish 
sig‘imidan kelib chiqib O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda 
vazirlikning roziligi asosida yo‘l qo‘yiladi. 

Yüklə 183,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin