Reja: Innovatsiya tushunchasi va ularga qaratilgan investitsiyalar


Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida



Yüklə 52 Kb.
səhifə3/4
tarix25.11.2023
ölçüsü52 Kb.
#134562
1   2   3   4
Venchurli moliyalashtirish jarayoni tarkibi

3. Innovatsiya faoliyati tadbirkorlik taraqqiyotini yuksaltirish omili sifatida
Jahon sivilizatsiyasi tarixi tasdiqlashicha, iqtisodiyotni rivojlantirishning bosh kuchi bo’lib tadbirkorlik xizmat qiladi. Tadbirkor har qanday imkoniyatni boy bermasdan, o’z manfaatida o’zi uchun iloji boricha maksimal yutuq maqsadida, hech qanday talofatlardan qo’rqmay tashabbusni qo’lga oluvchi, kuchli va harakatchan insondir. A. Smitni ko’zga ko’rinmas qo’l qoidasiga binoan, tadbirkor har qanday imkoniyatni nafaqat o’zi uchun balki jamiyat kelajagi uchun ishlatuvchidir. Tadbirkor bo’lish, demak, yangi ishni amalga oshirish qarorini qabul qilishdir.
Tadbirkorlik, iste’molchilarni turli tovar va xizmatlar bilan ta’minlash yo’li bilan, daromadni oshirishga qaratilgan turli faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati doimiy ravishda o’z mulkiy mas’ulligidan, o’z qo’rquv va tavakkalligidan kelib chiqib yuritiladigan faoliyat hisoblanadi. Haqiqiy tadbirkor faqat o’z g’oyasiga ega bo’lgan insonlardir, olimlarni fikriga ko’ra, dunyodagi insonlarni faqat 15-20 foizigina tadbirkordek fikr yuritish va harakat qilish qobiliyatiga egadirlar. Amerikaliklar tadbirkorlarning millatini “oltin foyda” deb atashadi. Nobel’ mukofoti laureati, taniqli iqtisodchi Fridrix Fan Xayekni fikricha, tadbirkorlikning mohiyati yangi iqtisodiy imkoniyatlarni izlashdir, uni axtarib topishdadir.
Tadbirkorlik oddiygina faoliyat emas, u yaratuvchanlikka mos va xos faoliyatdir. Tadbirkorlikni yuritish va yuksaltirish uchun tadbirkor ijodiy xislatga ega bo’lishi kerak. Tadbirkor o’z ishini boshlar ekan, uni u aniq bir jarayon sifatida tasavvur qila olishi va bilishi zarur.
Tadbirkorlikka xos bo’lgan xislatlar bular: tashabbuskorlik; yaratuvchanlik; ijodkorlik; yangilikka intiluvchanlik; o’zining g’oyasiga ega bo’lmoqlik; tavakkalchilik va qaltislikni o’z bo’yniga olmoqlik; novatorlik, eskini buzib, ijodiy ravishda yangilikni kiritmoqlik, ya’ni doimiy rivojlanmoqlik; faoliyat oqibatlarini ko’ra bilmoqlik; o’z majburiyatlarini bajarmoqlik; o’z qaroridan qaytmaslik; uddaburonlik va doimiy intiluvchanlik, yaratuvchanlik.
Qayd etilgan xislatlarga ega bo’lganlargina tadbirkorlikni aniq jarayon sifatida tasavvur qila oladilar, buzish qobiliyatiga ega bo’la oladilar, yangilikni yaratish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Tadbirkorlik taraqqiyoti novatorlikdadir, ya’ni eskini ijodiy yondashuv asosida buzib, yangisini ijod etishdadir. Taniqli nemis iqtisodchisi D.A.Shumpeterni fikriga ko’ra, texnologiya taraqqiyoti iqtisodiy yuksalishni boshqaradi, novatorlik ya’ni doimiy ijodiy yondashuv va yaratuvchanlik rivojlanishni ta’minlaydi.



Yüklə 52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin