2. Yuqori riskli (venchurli) investitsiyalarni moliyalashtirish. Investitsiyalarni moliyalashtirish kelajakda aniq mahsadlarga erishishni nazarda tutishi bilan tavsiflanadi. Investitsiyalarni moliyalashtirish iqtisodiy samaraga erishish, ijtimoiy samara olish, tabiatni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash, ishlab chiqarishni rivojlantirish yoki samaradorlikni oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi. Investitsiyani kiritish va moliyalashtirish qarorlari aniq hisob-kitoblar va tahlil hamda ekspertiza asosida amalga oshiriladi. Demak, investitsiyalarni moliyalashtirishdan avval ularni kelajakdagi maqsadlariga erishish imkoniyatlari naqadar erkinligi aniqlanadi.
Yuqori riskli (venture capital), ya’ni venchurli moliyalashtirish natijalarini noaniqligi, mavhumligi, tahlikaligi, qaltisligi, xavf-xatarliligi yoki riskliligi bilan tavsiflanadi. Bir so’z bilan ifodalaganda, investitsiyalarni moliyalashtirishni risklilik darajasi yuqori bo’lganligi bilan xarakterlanadi. Bunda qo’ldan keladigan investitsiyalarni kelajakda maqsadlariga erishish imkoniyatlari past bo’lishi, yoki umuman qo’yilayotgan maqsadni qo’lga kiritilishi noaniq bo’lishi, yoki umuman kiritilayotgan kapital yo’qotish imkoniyatlari yuqori ekanligi oldindan noma’lum bo’lishi bilan aniqlanib turadi. Venchurli investitsiyalarni qimorga tikish, kazino, ruletka kabi o’yinlarga mablag’ tikish bilan taqqoslash mumkin bo’lgan investitsiyalardir. Venchurli investitsiyalar o’zlarining oqibatlarini noma’lum ekanligi bilan ajralib turadi.
Venchurli moliyalashtirish – bu moliyalashtirishning shunday turiki, bunday venchur kapitali egalari va kompaniya egalari yuqori riskli (xatarli) va yuqori daromadli loyihalarni realizatsiyasi bo’yicha hamkorlik qiladilar. Venchurli moliyalashtirishning ob’ekti bo’lib sinalmagan g’oya – venchur loyiha hisoblanadi. Shuningdek, “venchur” termini yangi texnologiyani barpo etish bilan bog’liq loyihalarni joriy etish faoliyati sifatida ham talqin etiladi.
Venchur loyihalarini moliyalashtirishning asosiy afzalligi o’rtacha daromadlilik darajasining yuqoriligi bo’lib, mamlakat iqtisodiyoti bo’yicha ko’riladigan daromaddan 2-3 barobar ko’p miqdorni tashkil etadi.
Venchur loyihasini amalga oshirishda kamida uchta bosqichda kapitalga ehtiyoj seziladi:
dastlabki bosqich – tashkiliy ishlar va korxonani tashkil etish tadbirlari, marketing izlanishlari, loyiha qidiruv va ilmiy tekshirsh ishlari kabi loyiha oldi tadbirlari uchun;
o’rta bosqich – rivojlanish bosqichi bo’lib, mahsulot namunalarini ishlab chiqishdan normal ishlab chiqarish va iste’mol faoliyatiga o’tish uchun;
oxirgi bosqich – muvaffaqiyatni mustahkamlash bosqichi bo’lib, korxona aktsiyalarini birjada erkin muomala uchun emissiya qilinishi ro’y beradi va ishlab chiqarish ko’rsatkichlarini mustahkamlash uchun mablag’ talab qilinadi.
Venchur fondi o’z kapitalini turli rivojlanish darajasidagi korxonalarga joylashtirishdan manfaatdor va kapital diversifikatsiyasi tarafdoridir. Venchur kompaniyada fondni nazorat qilish uchun moliyaviy menejr lavozimiga ishonilgan shaxs saylanadi. Venchur kompaniya fondga egalik qilmaydi, faqat boshqaradi.
Investitsiya risklari o’zlarining aniqligi, noaniqligi, miqdor jihatdan hisob-kitob qilinishi, sifat jixatidan aniqlanishi hamda turli usullar bilan o’lchanishi bilan tavsiflanadilar. Risklarni aniqlashda hisoblashdan, o’lchashdan, miqdorligini belgilashdan maqsad ularni boshqarish yo’llarini ishlab chiqishdir. Investitsiya risklarini boshqarish maqsadida ularni ta’sirini kamaytirish, oldini olish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi va qo’llaniladi.