Internet tarmog’ida biznes jarayonlarini tashkil etish.
Reja:
1.Internet.
2.Tarmoqlar.
3.Biznes jarayonini tashkil etish.
Internet (lotincha: inter – aro va net – tarmoq) – standart internet protokoli orqali maʼlumot almashuvchi kompyuter tarmoqlarining butunjahon va omma uchun ochiq toʻplamidir. Bu maʼlumotlarning asosiy tashuvchi protokoli TCP/IP dir. TCP/IP oʻzaro bogʻliq protokollar yigʻindisi boʻlib, internetda maʼlumot tarqalishida asosiy oʻrin egallaydi. Internet tarmogʻini minglab akademik, davlat, tijorat va xonadon tarmoqlari tashkil etadi. Internet elektron pochta, chat hamda oʻzaro bogʻlangan sahifalar va boshqa Butunjahon oʻrgimchak toʻri servislaridan tashkil topadi.
Tarmoqlar
Tarmoq - bu ikki yoki undan ortiq qurilmalarni bog'lanishidan hosil bo'ladigan aloqadir. Bunga misol qilib ixtiyoriy narsa olish mumkin. Masalan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumot uzatish yoki bir necha kishilik yoki jamoaviy o'yinlarni o'ynash imkoniyati mavjud. 2ta insonni telefon orqali suhbat qurishida ham asosi sifatida tarmoq yotadi. Qisqacha aytadigan bo'lsak, har qanday qurilmani boshqa qurilmalar bilan aloqa qilishida tarmoq tushunchasi yotadi. Biznes - jamiyatdagi muommolarni hal qilish orqali foyda topish imkoniyati. Muommo bor - ushbu muommoni qandaydir foyda evaziga(albatta qonun doirasida) hal qila oladigan tadbirkor bor.
Biznes - bu doimiy ravishda o'z ustida ishlash, rivojlanish.
Biznes - bu o'ylash, tafakkur qilish. Shu orqali yon-atrofdagi imkoniyatlarni ko'ra olish.
Biznes - bu doimiy harakat, oldinga yurish.
Biznes - jamiyat, davlat so'roviga javob berish. Muommo bor - uni hal qilish kerak. Talab bor - uni qondirish kerak.
Biznes - bu doimiy ravishda tajribalar qilish, uni natijasi foyda bo'lishi mumkin, uni natijasi ziyon bo'lishi mumkin.
Biznes - bu biron bir yangilik qilish jarayoniga o'zini baxshiyda qilish.
Biznes - imkoniyatlardan foylanishdan qo'rqmaslik va buni evaziga mukofot olish.
Biznes - bu insonning yashash tarzi.
Biznes - bu insondagi ba'zi sifatlar to'plami: aql, kreativlik, maqsadga intiluvchanlik.
Biznes - bu FOYDA = DAROMADLAR - XARAJATLAR. Shu birgina formula orqali biznes va biznes yuritishni tushuntirish mumkin. Qolganlari esa, ikkinchi darajalati narsalar yoki biznesning detallaridir.
Biznesni muvaffaqiyatli bo'lishi uchun ichki va tashqi omillar muhim ro'l o'ynaydi.
Biznes jarayonlarini tavsiflash juda oson. Ammo haqiqatning eng katta muammosi shundaki, mamlakatimizdagi har qanday korxonalarda turli xil ishlab chiqarish jarayonlarining samaradorligini oshirishga qiziqadigan odamni kamdan-kam hollarda topishingiz mumkin. Kichik va o'rta biznes xarajatlarni kamaytirish uchun uzoq vaqt davomida eskirgan usullardan foydalanishga harakat qilmoqda, G'arbda ular biznesning muvaffaqiyati uning ishidan maksimal natijalarni olishdan manfaatdor bo'lgan vakolatli yollangan menejerga bog'liqligini allaqachon tushunishgan.
Biznes jarayonlarini yaratish aniq tushunchani beradi: kim qaysi bosqich uchun javobgar, u qanday lavozimni egallaydi va nima qilishi kerak. Ushbu tuzilish ishlab chiqarishni tashkil qilishni shaffof qiladi va boshqarishni osonlashtiradi. Maqsad daraxtini xodimlarga etkazish orqali siz ularning ishlarining umumiy maqsadlarga qaratilganligini namoyish qilib, ularning g'ayratlarini oshirishingiz mumkin. Bundan tashqari, biznesni shu tarzda tashkil etish moliyaviy va vaqt resurslarining ortiqcha xarajatlarini aniqlashga yordam beradi.
Internetning eng muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi: vaqtga bog‘lanmaganligi (ma’lumot resurslari har kuni 24 soat mobaynida butun yil davomida foydalanish uchun qulay), foydalanuvchining manziliga bog‘lanmaganligi (geografik olislik ahamiyatga ega emas); integratsiyalashuv (Internet tarmog‘ida alohida komponentlar va servislar o‘zaro bog‘langanligi). O‘zbekiston Internet tarmog‘idan foydalanish orqali biznes faoliyati rivojlanishining dastlabki bosqichida turibdi. Shu bilan birga, ushbu jarayon boshlangan. Internetdan foydalanuvchilar soni sezilarli darajada o‘sishi kuzatilmoqda. Hozirgi paytda Respublikamizda elektron biznesning predmetini asosan kitoblar, audio hamda videokassetalar va xizmatlarning ba’zi turlari tashkil qiladi. Qayd etilgan tovarlar tanlovi ularni xaridorga yetkazish nisbatan osonligi bilan izohlanadi. Bu esa respublikada yaxshi rivojlanmagan transport infratuzilmasi uchun ayniqsa muhimdir. Ekspert ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan elektron magazinlar soni 100 taga yaqin. Ularning 70 foizi Toshkentda joylashgan. Ushbu magazinlarda chop etilgan nashrlarning elektron versiyalarini sotib olish, kitoblar, musiqa hamda video-kompakt disklar, kompyuter o‘yinlari, tibbiy maqsaddagi tovarlar va xizmatlar, video-mahsulot montaji uchun uskunalar hamda dasturiy ta’minotni, san’at asarlarini sotib olish mumkin. Maxsuslashtirilgan elektron magazinlaridan tashqari, tovarlarni keng assortimentini taklif etadigan savdo uylari ham mavjud (avtomobil ehtiyot qismlari, kompyuterlar va maishiy texnika, xo‘jalik tovarlari, qurilish materiallari, ofis mebeli, antikvariat ). Internet yordamida, shuningdek, moliya, ishga yollash, turizm so-hasida fond, riyelterlik, kompyuter va boshqa bozorlarida ishlaydigan firmalarning turli xil xizmatlaridan foydalanish mumkin. Misol tariqasida biz www.korzinka.uz oziq-ovqat mahsulotlari uchun mo‘ljallangan elektron magazin, www.yarmarka.uz esa texnika mahsulotlarini sotib olish uchun mo‘ljallangan elektron magazinlarni aytib o‘tishimiz mumkin.
Elektron biznes tizimlaridan foydalanish muammolari
Oldi-sotdi harakatlari va pul muomalasi bilan bog‘langan hamma narsa kabi, elektron biznes xaridorlar uchun ham ijobiy, ham salbiy oqibatlarga ega. Amerikaning SIO Communications korporatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, oddiy xaridorlar va ekspertxaridorlar elektron biznes tizimlari yordamida tovarlar va xizmatlarni sotib olish borasida bir xil shubha bildiradilar. (Ekspertlar guruhiga Internet bilan yaqindan tanish bo‘lganlar kiritilgan – biznes hamda axborot texnologiyalari sohasidan mansabdor shaxslar). SIO jurnali so‘rovda qatnashish uchun 300 ta oddiy xaridorni va biznes hamda axborot texnologiyalari sohasidan 200 ta mansabdor shaxsni jalb qildi. Ular elektron biznes tizimini qo‘llash bilan bog‘liq ehtimolli muammolar bo‘yicha prognoz baholarini berdilar, shuningdek, o‘z salbiy tajribalari bilan tanishtirdilar. Shunisi aniqlandiki, xaridorlarning ikkala guruhi kredit kartalari bilan qalloblikdan, Internet-xaridorning ismi va manzilini bilib olgan shilqim tovar tarqatuvchilardan, shaxsiy hayotga aralashuvdan, tovarni yetkazish vaqtida aldovdan hamda xaridorni shaxsiy identifikatsion xarakteristikalarini o‘g‘irlashlaridan xavfsiraydilar.
O‘zbekistonda elektron biznesni rivojlantirish istiqbollari O‘zbekistonda elektron biznes hali Internet orqali amalga oshiriladigan oldi-sotdi harakatlari hamda ishbilarmon bitimlar imzolashning keng tarqalgan shakliga aylanganicha yo‘q. Bugungi kunda O‘zbekiston elektron biznes tizimi infratuzilmasi elementlarini ishlab chiqish va ulardan foydalanish borasida rivojlangan mamlakatlardan sezilarli darajada orqada qolmoqda. Milliy iqtisodiyotning yetarli darajada rivojlanmaganligi sababli O‘zbekiston jahonda yangi iqtisodiy tartibni shakllantirishda juda kam ishtirok etmoqda. Uning asosini esa eng yangi axborot texnologiyalari, global telekommunikatsiya tarmog‘i tashkil qiladi. So‘nggi yillarda elektron aloqa sohasida texnologik revolutsiya ro‘y berdi. Elektron ma’lumotlar almashinuvi tizimlari tez rivojlandi, jumladan EDIFAKT standartlaridan, elektron pochtasi va Internetdan foydalanish asosida elektron to‘lov tizimlari ishga tushdi. O‘zbekistonda 2007-yildan boshlab www.webmoney.uz to‘lov tizimi ishlay boshladi. Bu tizimdan foydalanuvchi davlatlar AQSh, Kanada, Yevropa, Rossiya, Ukraina va O‘zbekistondir.
Elektron biznes tizimlarini takomillashtirishning asosiy yo‘nalishlari Elektron biznes tizimlarini tashkil qilinishi nazariy va uslubiy jihatdan yaxshi ishlab chiqilmaganligi sababli quyidagi eng muhim muammolarni hal qilish talab etiladi:
– elektron biznesni boshqarish tizimida qo‘llanadigan asosiy kategoriyalar va tushunchalarni aniqlashtirish;
– elektron biznes tizimini qurishning asosiy ilmiy tamoyillarini ishlab chiqish;
– Internet-iqtisodiyotni tuzilmaviy modelini ishlab chiqish hamda undagi elektron biznes tizimining o‘rnini asoslash;
– Internet yordamida amalga oshiriladigan elektron biznes tizimi modellarini qurilish xususiyatlarini ochib berish;
– Internet tarmog‘ida amalga oshiriladigan elektron biznesning tashkiliy-iqtisodiy modellarini har xil turlarining klassifikatsiyasi;
– elektron biznesni qo‘llashning eng maqsadga muvofiq sohalarini asoslab berish; – elektron biznesni an’anaviy savdodan farqlaydigan, uni prinsipial xususiyatlarining klassifikatsiyasi;
– elektron biznes tizimi asosiy elementlari tarkibini asoslash;
– elektron magazinni tashkil qilishga qo‘yiladigan asosiy talablarni ifodalash;
– elektron biznes tizimida qo‘llanadigan zamonaviy texnologiyalar bahosi hamda ulardan maqsadli foydalanish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;
– elektron biznes tizimida hal qilinishni lozim bo‘lgan asosiy tashkiliy-iqtisodiy vazifalar majmuyini asoslash;
– elektron magazinni tashkil qilish uchun maqsadga muvofiq dasturiy vositani tanlovini asoslash bilan bog‘liq metodikani ishlab chiqish. Ushbu metodika an’anaviy bir maqsadli yondashuv asosida emas, mazkur vazifani yechishga ko‘p maqsadli (ko‘p mezonli) yondashuv asosida amalga oshiriladi hamda nisbatan yuqori iqtisodiy samaradorlikni ta’minlaydi;
– elektron biznesni barcha qatnashchilari tomonidan olinadigan umumiy iqtisodiy manfaatlarni tartiblashtirish;
– ishlab chiqaruvchi – firmalar oladigan asosiy iqtisodiy-tashkiliy afzalliklarning majmuyini aniqlash. Elektron biznesni rivojlantirishda bugungi kunda O‘zbekistonda bir qator muammolar mavjud. Bular:
– respublika to‘lov tizimlarini xorijiy to‘lov tizimlarini bilan uyg‘unlikda qo‘llash bo‘yicha amaliy tavsiyalar yo‘qligi;
– elektron biznes tizimlarining zamonaviy infratuzilmasini yaratishda davlat tomonidan kerakli va keng miqyosdagi qo‘llab-quvvatlashning cheklanganligi;
– elektron biznes qatnashchilari o‘rtasida ma’lumot almashish xavfsizligini yuqori darajasini ta’minlashning imkoni yo‘qligi.
– intellektual mulkka huquqlarni samarali himoya qilishni ta’minlash muammosi hal etilmaganligi; bu, ayniqsa, elektron usul bilan tarqatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarga tegishlidir;
– ochiq tarmoqlarda elektron biznesni amalga oshirishni kerakli maxfiyligi hamda xavfsizligini kafolatlaydigan ishonchli mexanizmlar ishlab chiqilmaganligi;
– elektron biznes tizimida samarali ishlay oladigan malakali mutaxassislarni etishmasligi (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida biznes sohasi mutaxassislarini tayyorlash asosan savdoni olib borishning an’anaviy shakllariga mo‘ljallangan);
– elektron biznes qatnashchilari salohiyatli xaridorlarning ko‘pchilik qismi talablariga javob beradigan tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan narxlar tizimiga tayanmasligi;
– elektron biznes qatnashchilarining o‘zaro munosabatlarini tartibga soladigan huquqiy bazaning nomukammalligi;
– Internet-kompaniyalari (jumladan elektron magazinlar) ni tashkil qilish va amal qilishining iqtisodiy samaradorligini to‘g‘ri baholashga xizmat qiladigan maxsus metodikalar yo‘qligi;
– elektron biznes tizimlarini rivojlantirish sur’atlari yuqori bo‘lmagani sababli qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil qilish imkoniyati cheklanganligi. Yuqorida qayd etilgan muammolardan ba’zilarini global va davlat miqyosida hal qilish mumkin.
Elektron biznes – bu elektron usulda amalga oshiriladigan ishbilarmonlik operatsiyalarining har qanday shakllarini o‘z ichiga oladigan umumiy konsepsiyadir. Elektron biznes tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi: · xarid uchun elektron to‘lov (pullarni elektron o‘tkazmasi, kredit kartochkalari, elektron pullar, elektron cheklardan foydalangan holda); · xaridorga mahsulotni yetkazib berish, jumladan jismoniy shaxslarga tovarlar yetkazib berishni boshqaruvi hamda uning nazorati, shuningdek, elektron usulda tarqatilishi mumkin bo‘lgan tovarlarni bevosita yetkazib berish; · mustaqil amal qiladigan firmalar uchun qulay bo‘lmagan mahsulot va xizmatlarni taqdim etish imkoniyatini olish uchun mustaqil kompaniyalar guruhidan iborat virtual korxonani tashkil qilish; · ishlab chiqaruvchi – firma va uning savdo hamkorlari bilan birgalikda amalga oshiriladigan mustaqil biznes-jarayonlar realizatsiyasi. Biznes-jarayon – bu ma’lum bir tashkiliy tuzilma doirasida kompaniyaning aniq biznes (tadbirkorlik) maqsadi amalga oshirishga yordam beradigan o‘zaro bog‘langan operatsiyalar yig‘indisidir. Bunda tuzilmaviy bo‘linmalar funksiyalari hamda ularning o‘zaro aloqalari oldindan aniq belgilangan va qat’iy tasdiqlangan. Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyat sohalari ham turlicha. Elektron biznes amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan faoliyatning asosiy sohalariga quyidagilar kiradi:
· elektron marketing (Internet-marketing);
· elektron magazinlarni tashkil qilishni moliyalashtirish, shuningdek, ularni sug‘urta qilish;
· buyurtma olish, tovarni sotish va to‘lovdan iborat biznes operatsiyalari;
· bir nechta kompaniya tomonidan yangi mahsulot yoki xizmatni birgalikda ishlab chiqish;
· mahsulotni birgalikda ishlab chiqarishni tashkil qilish;
· biznes ma’muriyati (soliqlar, bojxona, ruxsatlar, konsessiyalar );
· transport xizmatlari, yuk tashish texnikasi va ta’minot usullari.
Internet-iqtisodiyotni amal qilish tamoyillari Ishbilarmonlik operatsiyalari bevosita firmalar o‘rtasida, firmalar va buyurtmachilar o‘rtasida, shuningdek, firmalar hamda davlat muassasalari o‘rtasida amalga oshirilishi mumkin. Elektron biznes Internet-iqtisodiyot doirasida amalga oshirilib, u yana Tarmoq iqtisodiyoti deb ataladi. Tarmoq iqtisodiyoti – “bu shunday muhitni, unda iqtisodiy tizimning istalgan nuqtasida joylashgan istalgan kompaniya yoki shaxs birgalikda ishlash, savdo uchun, g‘oyalar va nou-xaularni almashish yoki shunchaki zavqlanish uchun oson va minimal xarajatlar bilan ulanishi mumkin”. Elektron biznes tizimida qo‘llanadigan zamonaviy axborot texnologiyalari o‘z ichiga dasturiy va apparat ta’minoti maxsus infratuzilmasini, umumiy xizmatlarni, maxsus ilovalarni, shuningdek, huquqiy tuzilmani hamda tegishli andozalar va qoidalarni oladi. Kommunikatsiya texnologiyalarining asosiy turlariga quyidagilar kiritiladi: elektron pochta, faks, ma’lumotlarni elektron almashish texnologiyasi (EDI) hamda elektron to‘lovlar (EFT). Texnologiyalarning har bir turi elektron biznes tizimi me’yorida faoliyat ko‘rsatishini ta’minlash uchun kerak. Elektron biznes tizimi amal qilishining asosini elektron (virtual) magazinlar tashkil qiladi. Elektron magazinlar Internet tarmog‘ida web-serverni tashkil qilish asosida bizneschi tomonidan amalga oshirilgan vakolat degani. Bunday korxonani tashkil qilishning bosh maqsadi Internet tarmog‘ining boshqa foydalanuvchilariga tovar sotishni ta’minlash, xizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Elektron biznes tizimini qo‘llash sohalari turlidir. Ularga ishbilarmonlik operatsiyalari (biznes operatsiyalari) va bitimlarni keng ko‘lami kiradi: · salohiyatli buyurtmachi va tovar yetkazib beruvchi o‘rtasida aloqa o‘rnatilishi;
· zarur ma’lumotni elektron almashish;
· elektron magazinda tovar sotib olgan mijozni sotishdan oldin va sotishdan keyin qo‘llab-quvvatlash (mahsulot yoki xizmat haqida batafsil ma’lumot bilan ta’minlash, mahsulotdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnoma berish, xaridorda paydo bo‘ladigan savollarga tezkor javob qaytarish).
Elektron biznes tizimini qurish tamoyillari “Internet-iqtisodiyot” atamasiga maxsus adabiyotda tarmoq iqtisodiyoti, raqamli iqtisodiyot, yangi iqtisodiyot kabi sinonim tushunchalar taalluqlidir. Biroq asosan “Internet-iqtisodiyot” atamasini afzal ko‘radilar. Shuning uchun biz ham bundan keyin eng ko‘p takrorlanadigan atama – Internet-iqtisodiyotdan foydalanamiz.
Bugungi kunda ushbu tushunchaning har xil ta’riflari mavjud va eng ma’qul deb quyidagi ta’rif topilgan.
Internet-iqtisodiyot – bu iqtisodiy subyektlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning tarmoqli, tizim asosida tashkil qilingan tuzilmadan iborat. U o‘ziga yangi axborot texnologiyalari va mahsulotlarni tashkil qilish hamda ulardan foydalanish sanoatini, telekommunikatsiya xizmatlarini, elektron biznesni, elektron biznesni, elektron bozorlarni va boshqa tarkibiy qismlarni oladi. Internet-iqtisodiyotni mavjudligi kompyuterlarni katta soni joriy qilinishi bilan emas, mazkur kompyuterlarning kommunikatsiyalari bilan bog‘liq. Bir butunga birlashgan ko‘p sonli kompyuterlar maxsus tarmoqni tashkil qiladi. Bu tarmoq an’anaviy iqtisodiyot uchun xos bo‘lgan tamoyillardan ancha farq qiladigan tamoyillar asosida amal qiladi. Bugungi kunda tarmoq iqtisodiyotida kompaniyalarni samarali faoliyat ko‘rsatishini tashkil qilish bilan bog‘liq bir qator nazariy va uslubiy muammolar kam ishlangan yoki jiddiy aniqlashtirishni talab etadi. Jumladan, gap Internet iqtisodiyot amal qilishning asosiy tamoyillari haqida ketmoqda. Biroq ularni jiddiy aniqlashtirish va ularga qo‘shimchalar qilish kerak. Mazkur tamoyillarni tarkibi va mazmunini aniqlab, ularni to‘ldiramiz. Ijobiy teskari aloqa tamoyili. Internet-iqtisodiyotni paydo bo‘lishi ikkita asosiy jarayonni o‘zaro harakati va bir-biriga ta’sirini ta’minlash bilan bog‘liq, ya’ni chiplar kattaligini kamaytirish (va tegishlicha narxni pasaytirish) hamda ular o‘rtasida aloqalar sonini ko‘p marotaba o‘sishi bilan. “Telekosmos” yordamida neyron tarmoqqa bog‘langan shaxsiy kompyuterlar jahon o‘rimchak to‘rini tashkil qildilar.
Tarmoq – bu optik tolalar va havo orqali trillionlab obyektlarni birlashtiruvchi ko‘p sonli shaxsiy kompyuterlarning jamoaviy o‘zaro harakatidir. Paydo bo‘lgan tarmoq Internet-iqtisodiyot yaratilishiga asos bo‘lib xizmat qildi. Internet tarmog‘i va uning tarkibiga kiruvchi lokal tarmoqlarni yaratish tamoyillarining o‘zaro iyerarxik bog‘liqligi
Elektron biznes har xil darajada amalga oshirilishi mumkin: milliy va xalqaro miqyosda. Mazkur darajalarda ishbilarmonlik operatsiyalarini amalga oshirishda farqining asosini texnik-texnologik ko‘rsatkichlar emas (chunki elektron biznes global xarakterga ega), qonunchilik me’yorlari tashkil qiladi. Xalqaro miqyosda (ichki milliydan farqli o‘laroq) elektron biznes tizimini amalga oshirish jiddiy murakkablashadi. Bu quyidagi omillarga bog‘liq: soliq solishni, bojxona yig‘imlarining har xil tizimlarini qo‘llash, har xil mamlakatlar o‘rtasida o‘ziga xos va bir-biriga o‘xshamagan bitimlarni imzolash, bank operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘llanadigan qoidalardagi farqlar. Milliy darajada elektron biznes tizimlarini amal qilishi asosan tarmoqda firma taqdimoti, reklama, shuningdek, sotuvdan oldin va sotuvdan keyingi qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq. Internet tarmog‘ida to‘liq biznes operatsiyasi, odatda, elektron usulda o‘tkaziladi. Unga tovarni buyurtma qilish, tashish, qabul qilish, hisoblarni yozish va to‘lovni amalga oshirish kiradi. Bunda bojxona va soliq majburiyatlarini bajarish maqsadida muallif markazlari bilan kerakli o‘zaro aloqalar ta’minlanadi. Transaksiya – bu ishbilarmonlik operatsiyasidir. Transaksiya qiymatiga mahsulot (hizmat)ni izlash bo‘yicha xarajatlar, yetkazib berish rejasini tuzish, manfaatdor tomonlar bilan kerakli muzokaralar olib borish, bitim shartlarini asoslash, bitimni imzolash, shuningdek, bitimni bajarish hamda nizom masalalarni hal qilish kiradi.
Natijada tovarlar (xizmatlar) sotuv hajmi o‘sib, biznes-jarayonlar qatnashchilari oladigan foydaning hajmi oshadi. Qayd etish joizki, Internetiqtisodiyot an’anaviy iqtisodiyotdan bir qator prinsipial farqlarga ega. Birinchidan, an’anaviy iqtisodiyotda bozorga yetkaziladigan tovar bir chiziqli qonunga bo‘ysunadi, Internet-iqtisodiyotda mahsulot tannarxi pasayishidan kompaniyalarning cheklangan miqdori (yoki bittasi) manfaatdor bo‘lsa (qo‘shimcha foyda olish hisobiga), Internet-iqtisodiyotda barcha qatnashchilar iqtisodiy manfaat ko‘rib, olingan foydani tegishlicha o‘rtalarida bo‘lishadilar. Shubhasiz, hamma ham bir xil foyda olmaydi. Biroq uning katta qismi tarmoqni rivojlantirishga sarmoya qilinadi. Narxni teskari shakllantirish tamoyili. Uning mohiyati shundan iboratki, Internet-iqtisodiyotda uchraydigan barcha eng yaxshi tovarlarning narxlari yildan yilga pasayish tendensiyasiga ega. Internet-iqtisodiyotda tovar (xizmat) ning qimmatligi taklifning ortiqchaligi bilan ham, uning jahon miqyosida keng tarqalganligi bilan ham shartlangan. Boshqacha aytganda, “faks effekt” paydo bo‘ladi. Ya’ni tarmoqda tovar qancha ko‘p bo‘lsa, u shuncha qimmat bo‘ladi. Biroq ushbu tamoyil an’anaviy iqtisodiyotning tegishli qonuniyatlarini rad etadi. Birinchi aksioma: qimmatlik tovarning noyobligi (olmoslar, oltin ) bilan belgilanadi, chunki uning miqdori cheklangan. Ikkinchi aksioma: tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish (masalan, talabdan ko‘p bo‘lgan) ularning qiymati pasayishiga olib keladi. Biroq Internet-iqtisodiyotda qimmatlik ham taklifning ortiqchaligi, ham tovarlar va xizmatlar keng tarqatilishi bilan shartlanadi. Internet-iqtisodiyotni rivojlantirish sur’atlari har yili joriy qilinayotgan WEB-serverlar soni bilan izohlanishi mumkin. WEB-server – bu WEB-tugunda ma’lumotlarni boshqaradigan, mazkur ma’lumotga kirishni nazorat qiladigan va WEB-brauzer so‘rovlariga javob beradigan dasturiy ta’minotdir. WEB-brauzer – bu HTML – hujjatlarga hamda jahon o‘rgimchak to‘ridagi tegishli fayllarga kirish uchun server bilan bog‘lanishga, shuningdek, hujjatga yoki bir betdan boshqasiga zanjir bo‘ylab o‘tishga ruxsat beradigan dasturiy ta’minotdir. HTML – (Hyper Text Makkup Language) – WEB-hujjatlarni tashkil qilish uchun qo‘llanadigan kodlarni andozaviy to‘plami.
Elektron biznes tizimlari infratuzilmasi Elektron biznesning ilmiy asoslangan va samarali amal qiladigan tizimi muayyan shartlarga javob beradigan asosiy elementlar tanlanishini ko‘zda tutadi. Elektron biznes tizimining asosiy elementlarini ikkita katta va mustaqil guruhga bo‘lish maqsadga muvofiq. Elementlarning birinchi guruhiga elektron biznes tizimi infratuzilmasining barcha komponentlari kiradi, ikkinchisiga esa – uni amalga oshirish tashkiliy shakllarining turlari kiradi. Birinchi guruhning asosiy elementlariga elektron biznes tizimi infratuzilmasining asosini tashkil qiladiganlar kiradi. Ushbu elementlar an’anaviy magazinlardagi elementlardan katta farq qiladi. Farq elementlarning tarkibida hamda mazmunida namoyon bo‘ladi.
Elektron biznesdan foydalanish an’anaviy muhitda avval qo‘llanmagan komponentlarni ishlab chiqish zaruriyatini belgilaydi. Elektron biznes tizimlarini tashkil qilish va amal qilishiga bag‘ishlangan maqolalar soni ko‘p. Zamonaviy adabiyotda elektron biznes tizimlarini loyihalashtirishning turli muammolari yoritilgan bo‘lishiga qaramay, uning infratuzilmasi elementlari to‘liq ochib berilmagan. Bu esa mahalliy bizneschilarga Internet tarmog‘idan foydalangan holda o‘z biznesini tashkil qilishni ancha murakkablashtiradi. Infratuzilma elementlarini to‘liq klassifikatsiyasini keltiramiz. Elektron biznes tizimi infratuzilmasining asosiy elementlari quyidagilardir:
1) maxsus dasturiy ta’minot;
2) ma’lumotlar bazalari va ilovalarni boshqarish tizimi;
3) telekommunikatsiya va aloqa;
4) tovarlar va xizmatlar oldi-sotdisining xavfsizligini ta’minlaydigan tizim;
5) yuridik, huquqiy ta’minot;
6) virtual bank tizimi;
7) maxsus to‘lov tizimlari;
8) avtomatlashtirilgan ombor xo‘jaligi;
9) tovarlarni yetkazish va xizmat ko‘rsatish tizimi;
10) moliyaviy institutlar (brokerlik va boshqa idoralar);
11) soliq solish va bojxona ta’riflari tizimi;
12) marketing tizimi: bannerli reklama, sotuvlar bo‘limi, web-sahifalar dizayni bo‘limi, narxlarni shakllantirish bo‘limi. Elektron biznes tizimi infratuzilmasining eng muhim komponentlariga sharh beramiz. Elektron magazin. U Internet tarmog‘ida bizneschi tomonidan web-serverni tashkil qilish asosida amalga oshirilgan vakolatni bildiradi.
Bunday korxonani tashkil qilishdan asosiy maqsad – Internetning qolgan foydalanuvchilariga tovarlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatishni ta’minlashdan iborat. Serverga kirgan salohiyatli xaridor gipermatnli ishoralar yordamida va ko‘p sonli multimedia imkoniyatlardan foydalanib, mahsulot haqida o‘zini qiziqtirgan ma’lumotni to‘liq hajmda olishi mumkin. Tovar barcha talab etilayotgan iste’mol xususiyatlariga javob bergan taqdirda xaridor buyurtma berishi mumkin. Elektron magazin faoliyat ko‘rsatishini har xil variantlari mavjud. Ba’zida bitimlar va tovar yetkazishlarni Internet yordamida faqatgina kuzatib borilishi ko‘zda tutiladi: tovarni tanlash, buyurtma berish, ba’zida to‘lov ham. Biroq tovarni bevosita yetkazilishi an’anaviy usulda olib boriladi (tovar – bu avtomobillar, kompyuterlar, maishiy texnika va boshqalar). Boshqa hollarda tarmoqni qo‘llash tovarni yetkazishni Internetdan foydalanish yordamida ko‘zda tutadi. Maxsus dasturiy ta’minot. Unga: dasturlashtirish tillari (Java, HTML, HML va boshqalar); ma’lumotlarni kiritish va chiqishi uchun qoliplar; matnlarni ko‘p tilliligini qo‘llab-quvvatlash; web-sahifalar dizayni hamda ularni tayyorlash usullari; maxsus dasturiy ta’minot va boshqalar kiradi. HTML (HyperText Markup Language) - web-hujjatlarni tashkil qilish uchun qo‘llanadigan kodlarning andozaviy to‘plamidir; kompyuterda o‘rnatilgan foydalanuvchining brauzeri HTML yordamida ekranga matnni, rasmlarni hamda multimedianing boshqa elementlarini qanday ko‘rinishda olib chiqish kerakligini aniqlaydi. Elektron magazin yoki tizimning savdo qismini boshqarishning dasturiy majmuyi – bu onlayn rejimida ishlaydigan savdo tizimini ishlab chiqish va saqlab turishga yordam beradigan dasturiy ta’minotdir. Web-kontentni boshqarish tizimlari – bu o‘zgaruvchan axborot websaytlarini ishlab chiqish va qo‘llab-quvvatlashga yordam beradigan dasturiy ta’minotdir. Oldi-sotdi harakatlari xavfsizligini ta’minlaydigan tizim. To‘lovlarni o‘tkazishning samarali, arzon va eng muhimi, xavfsiz vositasini ta’minlash elektron biznes tizimidan samarali foydalanishning eng ahamiyatli shartlaridan biri hisoblanadi. Internet tarmog‘ida kommunikatsiyalarni himoya qilishning har xil usullari mavjud. Elektron raqamli imzoda ochiq kalitli kriptografiya ommaviylashgan. Bu degani elektron raqamli izmodan foydalanish. Ma’lumotning muhofazasini samarali vositalarini joriy etish uchun qaysi daraja mosligi hali aniq emas. Qayd etish joizki, ruxsat etilmagan kirishdan ma’lumotni himoya qilishning taklif etilayotgan variantlari ichida ulardan bittasini shubhasiz afzal ko‘rish mumkin emas. To‘lovlarni himoya qilishning eng yaxshi vositasini muayyan vaziyatda mutaxassislar tanlashlari kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1 www.intalev.ru/b_p/publication/
2 www.management.ua/business_process/
3 Hammer M., Champy J. Reengineering the Corporation: A Manifesto for Business Revolution. -N-Y: Harper-Collins, 2018
4 http://csm.ru/encyclopedia/analysbp/
5 http://valex.net/articles/process.html
Dostları ilə paylaş: |