Demak, intonatsiyasiz gap ham bo’lmaydi: har bir gapning o’ziga xos intonatsiyasi borligi ham shundan. Intonatsiya bir qator prosodik elementlardan tarkib topadi. Bunday elementlarga quyidagilar kiradi:
INTONATSIYA NUTQ MELODIKASI NUTQ RITMI TEMP NUTQ INTENSIVLIGI NUTQ TEMBRI PAUZA
Intonatsiyaning yuqorida sanab ko’rsatilgan prosodik elementlar ishtirokida shakllangan maxsus ko’rinishlari mavjud:
INTONATSIYANING
TURLARI
TUGALLANGAN
INTONATSIYA
TUGALLANMAGAN
INTONATISYA
DARAK
INTONATSIYASI
SO’ROQ
INTONATSIYASI
UNDOV
INTONATSIYA
CHAQIRUV YOKI
UNDASH
INTONATSIYASI
SANASH
INTONATSIYASI
Tugallangan intonatsiya. Har bir gap nisbiy tugal intonatsiyaga ega no’ladi.
Tugallanmagan intonatsiya. Ayrim so’z yoki so’z birikmasining gap emasligini bildiradigan intonatsiya.
Darak intonatsiyasi – tinch ohang.
So’roq intonatsiyasi – ko’tariluvchi ohang.
Undov intonatsiyasi – fikrni kuchli his bilan ifodalashda qo’llanadigan ohang. Bu ohang emotsional gaplarda qo’llanadi.
Chaqiruv yoki undash intonatsiyasi – undalmalarga, vokativ gaplarga, buyruq gaplarga xos intonatsiya.
Sanash intonatsiyasi – teng grammatik munosabatda bo’lgan so’zlarni – uyushiq bo’laklarni bog’lovchi fonetik vosita.