Reja Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi



Yüklə 219,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix01.07.2023
ölçüsü219,28 Kb.
#128440
  1   2   3   4


11-mavzu. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI 
 
Reja 
 
1. Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi. 
2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari. 
3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining oʻzgarish tamoyillari. 
4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi. 
5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi. 
1. Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi 
Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) oʻz faoliyati 
natijalaridan koʻproq foyda olishga harakat qiladilar. Har qanday korxona oladigan foyda nafaqat 
oʻzining tovarini ancha yuqori narxlarda sotishga, balki tovar ishlab chiqarish va uni sotishga 
qilinadigan xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi. 
Ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari – bu mahsulot ishlab chiqarish uchun ijtimoiy zaruriy 
mehnatning umumiy (jonli va moddiylashgan) sarflaridir. Ular mazkur mahsulotni ishlab 
chiqarish jamiyat uchun qanchaga tushganligini koʻrsatadi. Tovar ishlab chiqarish sharoitida 
ijtimoiy xarajatlar pul shaklida namoyon boʻladi va tovar qiymatiga muvofiq tushadi, ya’ni: 
w = c + v + m, 
bu yerda: w – ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari yoki mahsulot qiymati; s – iste’mol 
qilingan ishlab chiqarish vositalari qiymati; v – ishchi kuchi qiymati (ish haqi); m – qoʻshimcha 
qiymat. 
Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari faqat tovarni ishlab chiqarish bilan bogʻliq 
xarajatlarni oʻz ichiga olib, tovar birligi qiymatining faqat bir qismini tashkil qiladi. Ishlab 
chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam boʻladi.
Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bogʻliq boʻlib, shu 
tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi.

Yüklə 219,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin