Reja Ishlab chiqarish harajatlari tushunchasi va uning tarkibi


 Ishlab chiqarish harajatlari turlari



Yüklə 219,28 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix01.07.2023
ölçüsü219,28 Kb.
#128440
1   2   3   4
2. Ishlab chiqarish harajatlari turlari 
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi boʻyicha korxona ishlab chiqarish jarayonida 
foydalaniladigan resurslar oʻz resurslari yoki jalb qilingan resurslar boʻlishi mumkin. SHunga 
koʻra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga boʻlinadi.
Tashqi xarajatlar korxona tomonidan zarur resurs va xizmatlarni tashqaridan toʻlov 
asosida jalb etishi uchun sarf qilingan xarajatlardir.
Korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan foydalanishi bilan bogʻliq xarajatlar 
ichki xarajatlar deyiladi.
Ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga (qisqarishi yoki ortishiga) ta’sir qilmaydigan 
xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. 
Oʻzgaruvchi xarajatlar (OʻX) deb ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishiga ta’sir qiladigan 
xarajatlarga aytiladi. Unga xomashyo, material, yonilgʻi, transport xizmati, ishchilar ish haqi va 
shu kabilarga qilinadigan sarflar kiradi. 
Ishlab chiqarishning har bir darajasida doimiy va oʻzgaruvchi xarajatlar yigʻindisi 
umumiy xarajatlar (UX)ni tashkil qiladi. 
 
3. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish harajatlarining oʻzgarish tamoyillari 
Ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olishda vaqt omili, ya’ni xarajat qilingandan 
pirovard natija olinguncha oʻtgan davr sezilarli ta’sir koʻrsatadi. SHu sababli vaqt omilidan kelib 
chiqib, ishlab chiqarish xarajatlarini qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. 


Qisqa muddatli davr – bu korxonaning faqat oʻzgaruvchi xarajatlari miqdorini 
oʻzgartirish uchun taqozo etiladigan davrdir.
Bunday xarajatlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) jonli mehnat xarajatlarini oshirish, ya’ni qoʻshimcha ishchi kuchini yollash va ulardan 
foydalanish; 
2) xomashyo, material, elektr energiyasi va boshqa xarajatlar miqdorini koʻpaytirish; 
3) nisbatan arzon va ishlab chiqarishga osonlik bilan joriy etish mumkin boʻlgan mehnat 
vositalari miqdorini koʻpaytirish va h.k. 
Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band 
boʻlgan resurslari miqdorini oʻzgartirish uchun yetarli boʻlgan davrdir.
Uzoq muddatli davrda barcha xarajatlar, shu jumladan, doimiy xarajatlar ham 
oʻzgaruvchi hisoblanadi.

Yüklə 219,28 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin