4. Foydaning mazmuni. Foyda normasi va massasi Korxonalarning faoliyatiga baho berishda sotilgan mahsulotlarning hajmi, ularga qilingan
sarf-xarajatlar va foyda tushunchalaridan keng foydalaniladi.
Korxonalarda tovar va xizmatlarni sotishdan olingan mablagʻlar ularning pul tushumlari
yoki pul daromadlari deyiladi.
Korxona pul daromadlaridan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi
foyda deb yuritiladi. Ayrim adabiyotlarda bu iqtisodiy foyda deb ham yuritiladi.
Foydaning tarkib topishi ikki bosqichdan oʻtadi:
birinchi bosqichda foyda ishlab chiqarish jarayonida yangi qiymatning yaratilish chogʻida
vujudga keladi. Yangidan yaratilgan qiymat tarkibidagi qoʻshimcha qiymat foydaning asosiy
manbai hisoblanadi, biroq u hali aniq foyda shaklida namoyon boʻlmaydi;
ikkinchi bosqichda ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan foyda tovarlarni sotilgandan
soʻng olingan pul daromadi bilan xarajatlarning farqi koʻrinishida toʻliq namoyon boʻladi.
Foyda miqdoriga ta’sir koʻrsatuvchi ikkinchi omil – korxona oʻz mahsulotlarini sotuvchi
narx darajasi boʻlib, bu oʻrinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi oʻrtasidagi nisbatning beshta
asosiy holatini ajratib koʻrsatish mumkin.
Korxona foydasining mutlaq miqdori uning massasini tashkil qiladi. Foyda massasining
ishlab chiqarish xarajatlariga nisbati va uning foizda ifodalanishi foyda normasi deyiladi.
Amaliyotda foyda normasini hisoblashning ikki variantidan foydalaniladi. Bular
foydaning joriy sarflarga – korxona xarajatlariga yoki avanslangan mablagʻlarga (asosiy va
aylanma kapital) nisbatidir.
5. Foydaning taqsimlanishi va ishlatilishi Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli toʻlovlar amalga oshiriladi.
Bu toʻlovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan
pul mablagʻlari uchun toʻlanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat
va mahalliy hokimiyat organlari byudjetiga soliqlar toʻlaydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga
mablagʻlar kiritadilar. Mablagʻlarning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U
korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek jamgʻarish (ishlab chiqarishni
kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa
maqsadlarga sarflanadi.