Reja: Iste‘mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning o’zaro bog’liqligi. Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar. Jamg’arma va investitsiya o’rtasidagi muvozanatni ta‘minlash



Yüklə 23,01 Kb.
səhifə5/5
tarix05.04.2023
ölçüsü23,01 Kb.
#124830
1   2   3   4   5
Reja Iste‘mol va jamg’armaning iqtisodiy mazmuni hamda ularning

Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta‘sir ko’rsatadi:
1) Mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko’rsatish xarajatlari;
2) Tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) Texnologik o’zgarishlar.
Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko’ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
Yalpi investitsiyalar - joriy yil davomida iste‘mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga muljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo’shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o’z ichiga oladi.
Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo’shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat.
Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish
manbalari bo’yicha tarkibi (%):

Ko’rsatkichlar



Y i l l a r



2000

2001

2002

2003

2004

2005

2006

2007

Asosiy kapitalga investitsiyalar
(mln. so’m)

744,5


1320,9


1442,4


1867,4


2473,2


3012,9


3838,3


5479,7


Davlat byudjeti

29,2

21,5

25,0

17,7

14,9

12,8

10,7

9,0

Korxonalar mablag’lari

27,1

31,0

40,0

41,8

43,2

48,5

48,3

59,0

Aholi mablag’lari

12,0

10,3

12,0

11,1

12,4

11,8

11,7

12,8

Hukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy investitsiyalar

19,8

23,2

15,7

19,2

14,5

6,0

4,9

22,8

To’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar

3,4

4,8

4,7

7,1

10,0

13,2



14,1

.-

Bankning markazlashgan kreditlari

5,2

5,9

0,1

0,0

0,0

0,0

0,0

0,0

Tijorat banklarning kreditlari

1,7

2,2

1,5

1,9

2,3

2,9

3,4

3,1

Nobyudjet fondlar mablag’lari

1,2

0,5

0,3

0,4

2,4

4,7

6,9

6,1

Boshqa qarz mablag’lari

0,4

0,6

0,7

0,8

0,3

0,2

0,0

0,0

JAMI:

100

100

100

100

100

100

100

100

Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat staistika ko’mitasi ma‘lumotlari
Sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o’sishini ta‘minlaydi.
Asosiy tayanch tushunchalar:
Iste‘mol – jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarish natijalaridan va ishlab chiqarish omillari (ishchi kuchi) dan foydalanish jarayoni.
SHaxsiy iste‘mol – iste‘molchilik tasifidagi ne‘matlar va xizmatlaridan foydalanishini, ya‘ni ularning individual tarzda iste‘mol.
Unumli iste‘mol – ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchidan foydalanish.
Iste‘mol sarflari – aholi daromadlarining tirikchilik ne‘matlari va xizmatlar uchun ishlatiladigan qismi.
Jamg’arish – aholi, korxona (firma) va davlat joriy daromadlarining kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadida tuplanib borilishi.
Iste‘molga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning iste‘molga ketadigan ulushi.
Jamg’arishga o’rtacha moyillik – shaxsiy daromadning jamg’arishga ketadigan ulushi.
Iqtisodiy jamg’arish - milliy daromadning bir qismidan asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyoj va zahiralarini ko’paytirish uchun foydalanish.
Jamg’arish normasi – jamg’arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi ifodasi.
Investitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko’rsatish sohalarini kengaytirishga, ya‘ni asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo’yilma.
Investitsiyalar samaradorligi – milliy daromad (foyda) o’sgan qismining investitsion sarflar summasiga nisbatining foizdagi ifodasi.
Yüklə 23,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin