Reja: kiris I. Bob. Jismoniy tarbiya va sport fanidan o’quvchilarning mustaqil darslari


O’quvchilarninglarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya boʼyicha ishlarni tashkil etish



Yüklə 55,53 Kb.
səhifə3/11
tarix16.02.2023
ölçüsü55,53 Kb.
#123434
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.2.O’quvchilarninglarning kundalik hayotida jismoniy tarbiya boʼyicha ishlarni tashkil etish
Jismoniy tarbiya mashgʼulotlari bolalarni jismoniy mashqlarga muntazam oʼrgatishning asosiy shaklidir.
Mashgʼulotlarning ahamiyati harakatlar madaniyatini mujassam shakllanishi, sogʼlomlashtirish, taʼlimiy va tarbiyaviy vazifalarni muntazam amalga oshirishdan iboratdir.
Mashgʼulotlar xushchaqchaq, intizomli, atrof-muhitda yaxshi harakat qila oladigan, belgilangan vazifaga muvofiq tez va ishonch bilan, maqsadga yoʼnalgan holda faoliyat koʼrsata oladigan, shuningdek, axloqiy sifatlar va ijodiylik namoyon eta oladigan shaxslarni tarbiyalashga xizmat qiladi.
Jismoniy mashgʼulotlar kuzda, qishda va bahorda binoda hamda ochiq havoda oʼtkaziladi. Yoz paytida oʼyinlar, mashqlar ochiq havoda, jismoniy tarbiya maydonchasida oʼtkaziladi.
«Bolajon» tayanch dasturida har bir yosh gruhi uchun belgilangan jismoniy mashqlar mashgʼulotlarning mazmunini tashkil etadi. Mazmuniga koʼra xilmaxil mashgʼulotlarni oʼtkazishda vazifalarning aniq va oydin boʼlib qolishi, dasturni oʼtishda izchilikka rioya qilish, shuningdek bolalarning yosh va oʼziga xos xususiyatlarini hisobga olish shartdir.
Mashgʼulotlar tuzilishi jismoniy mashqlarning bolalar tomonidan izchil bajarilishidan iboratdir. U qoʼyilgan vazifalar, nerv tizimining ish qobiliyati va bola organizmining har bir alohida yosh bosqichidagi xususiyatlari bilan belgilanadi.
Mashgʼulot paytida bola organizmining dinamikasi va uning psixologiyasini nazorat qilish tarbiyachining asosiy vazifalaridan biridir.
1.Kirish – tayyorgarlik.
2.Аsosiy qism.
3.Yakuniy qism.
Taʼlimiy, tarbiyaviy va sogʼlomlashtirish vazifalari mashgʼulotning har bir qismi uchun baravar muhim ahamiyatga egadir.
Mashgʼulotning kirish qismini mazmuni va vazifalari Jismoniy tarbiya mashgʼulotining birinchi qismi koʼyilgan vazifalar va uning asosiy qismidagi mashqlar mazmuniga koʼra turlicha boʼlishi mumkin.
Mashgʼulotning bu qismi vazifasi bolalarda unga nisbatan qiziqish va emotsional kayfiyat paydo qilishdan, diqqatning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan, ayrim harakat koʼnikmalarini aniqlashtirishdan, bola organizmini asta-sekin mashgʼulotning asosiy qismida kechadigan birmuncha intensiv tez faoliyatga tayyorlashdan iboratdir.
Shu maqsadda bolalarga toʼgʼri qad-qomatni tarbiyalashga, yassi tovonlikni oldini olishga yordam beradigan, fazoda hamda jamoada moʼljal olish bilan bogʼliq, bajarilishi koʼp vaqtni talab qilmaydigan tanish mashqlar va ularning variantlarini bajarish taklif etiladi.
Bunday mashqlarga quyidagilar kiradi:
-saflanish mashqlari – turlicha saflanishlar va qayta saflanishlar;
-turli topshiriqlar bilan bajariladigan yurish va yugurish;
-tarqalib yengil yugurish hamda keyinchalik katta va kichik davra, kolonna va hakozo boʼlib saflanish;
-turli koʼrinishdagi va yassitovonlikning oldini olish maqsadidagi yurishlar tovonda, oyoq uchida, poldagi qalin shnur ustida, narvonda yurish va boshqalar.
Kirish qismi bolalarning kolonnaga uch toʼrttadan boʼlib saflanishi, tarqalishi… bilan yakunlanadi. Bu bolalarni mashgulotning asosiy qismi boshlanishidagi umumrivojlantiruvchi mashqlarni oʼrgatishga oʼtish uchun xizmat qiladi.
Bu qism kichik gruhlarda 2-4 dakikagacha, oʼrta gruhlarda 3 dan 5 dakikagacha, katta gruhlarda 4 dan 6 gacha davom etadi.
Mashgʼulotning asosiy qismi vazifalari va mazmuni.
Mashgʼulotning bu qismida bir holatda dastlab bolalarni umumrivojlantiruvchi mashqlarga, soʼngra asosiy harakatlarga oʼrgatish va jismoniy sifatlarni tarbiyalash vazifalari belgilanadi; ikkinchi bir holatda asosiy harakat mashqlariga oʼrgatish belgilanadi. Bu mashqlar yangi harakat materiali bilan tanishtirishni, avvaldan tanish mashqlarni turli variantlardan foydalanib takrorlashni, mustahkamlanish bosqichidagi harakat koʼnikmalarini takomillashtirishni koʼzda tutadi. Shundan soʼng barcha bolalarni intensiv harakatga tortadigan qoidali harakatli oʼyinlar oʼtkaziladi.
Bolalarning psixik ish qobiliyatining davomsizligini hisobga olib, murakkab vazifalar asosiy qismning boshida belgilanadi (bolalarni yangi material bilan tanishtirish yoki juda murakkab koordinatsiyali mashqlarni bajarish).
Umumrivojlantiruvchi mashqlarni bolalar kichik buyumlar, bayroqchalar, tayoqchalar, chambaraklar, lentalar, shnurlar bilan bajaradilar. Chunki ular organizmning funktsional holatini yaxshilashga taʼsir etadi.
Dastlab toʼgʼri qad-qomatni shakllantirish va nafas olishni tartibga solish maqsadida qoʼl mushaklari va yelka kamari mushaklarini rivojlantirish hamda mustahkamlash mashqlari beriladi. Ikkinchi navbatda gavda uchun, orqa mushaklarni mustahkamlash va umurtqa egiluvchanligini rivojlantiruvchi (oldinga, orqaga va yon tomonlarga egilish, gavdani aylantirish) mashqlari beriladi. Uchinchi navbatda qorin va oyoq mushaklarini mustahkamlovchi (choʼqqayish, tizzadan bukilgan oyoqlarni koʼtarish…) mashqlari beriladi.
Shundan soʼng asosiy harakatlarni oʼrgatishga oʼtiladi. Bunda ulardan biri bolalar uchun yangi, boshqalari esa oʼrganish va takomillashtirish bosqichida boʼladi.
Mashgʼulotning umumrivojlantiruvchi mashqlarni oʼrgatish bilan olib boriladigan asosiy qismi davomiyligi: kichik gruhlarda 15 dan 18 dakikagacha; oʼrta gruhda 20 dan 22 dakikagacha; katta gruhda 25 dan 28 daqiqagacha boʼladi.
Umumrivojlantiruvchi mashqlarsiz oʼtkazilganda esa uning davomiyligi kichik gruhlarda 8-12 daqiqa, oʼrta gruhda 12-15 daqiqa, katta gruhda 15-20 daqiqani tashkil etadi.
Mashgʼulot yakunlovchi qismi.
Mashgʼulotning oʼyindan soʼnggi yakunlovchi qismi tobora sekinlashadigan intensiv suratdagi yurishni oʼz ichiga oladi. U umumiy qoʼzgʼaluvchan ishga yordam beradi; yurish jarayonida bolalar bir necha nafas olish mashqlarini bajarishlari mumkin. Baʼzi hollarda yurish barcha bolalar ishtirokidagi kam harakatli oʼyin bilan almashtirilishi mumkin. Yurish yoki uni almashtiruvchi oʼyin soʼnggida mashgʼulotga yakun yasaladi. Yakunlovchi qism: kichik gruhda 2 dan 3 daqiqagacha, oʼrta va katta gruhlarda 3 dan 4 daqiqagacha boʼladi.
Butun mashgʼulotning davomiyligi:
-kichik gruhlarda 15-20 daqiqa;
-oʼrta gruhlarda 20-25 daqiqani;
-katta gruhlarda 30-35 daqiqani tashkil etadi.


Yüklə 55,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin