Iroda manaviyatning mavjudlik shakli sifatida
Reja:
1.Kirish
Asosiy qism
I BOB .Iroda to’g’risida umumiy tushuncha
1.1 Iroda va o’zlikni anglash
1.2.Irodani o’rganinshning yangi qirralari
II BOB Irodani o’rganinshning yangi qirralari
2.1 Iroda manaviyatning mavjudlik shakli sifatida
2.2 Iroda manaviyati
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
O’zbekiston Respublikasai birinchi prezidenti Islom Karimov “Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch”. Asarida “Iroda - bu aslida mustahkam ishonch demakdir. Irodasi baquvvat odam o’ziga ishonadi va har qanday murakkab vazifani ham o’z zimmasiga olishdan qo’rqmaydi. SHuning uchun ham yuksak irodali insonga suyanish mumkin. Bunday kishilar boshingizga biror-bir tashvish yoki muammo tushgudek bo’lsa, loqayd qarab turolmaydi. Hech ikkilanmasdan, yoningizda turib, qo’lidan kelganicha yordam berishga, qiyinchiliklarni siz bilan birgalikda yengishga harakat qiladi”1. Deb ta’kidlaganlar
Shuningdek, Prezidentimiz o’z fikrlarini yanada rivojlantirib mazkur asarlarida yana shunday yozadilar: “Bugungi murakkab mafkuraviy jarayonlarni ilmiy-amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ularning ustuvor yo’nalishlarini, kimga va nimaga qarshi qaratilganini aniqlash, aholi turli qatlamlariga ta’sirini o’rganish, milliy manfaatlarimizga, hayot tarzimizga zid bo’lgan zararli g’oyalar va mafkuraviy xurujlarning mohiyatini ochib berish, fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog’lom dunyoqarash asoslarini mustahkamlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Faqat ana shunday asosda yoshlarni o’z fikriga ega, turli ma’naviy xurujlarga qarshi sobit tura olishga qodir bo’lgan, irodali, fidoyi va vatanparvar insonlar etib tarbiyalashga erishish mumkin”2.
IRodaga taalluqli ta’riflarni umumlashtirgan holda uni mana bunday shaklda tavsiflash mumkin: “Iroda - bu shaxsning oldiga qo’yilgan maqsadlarga erishish jarayonida uchraydigan qiyinchiliklarni yengib o’tishga qaratilgan faoliyati, xulq-atvori va muomalasini ongli ravishda tashkil qilishi, o’zgartirishlar kiritishi hamda o’zini o’zi boshqarishi demakdir. Iroda - bu shaxs faoliyati, muomalasining alohida shakli, sub’ekt xulq-atvorini tashkil etishning u tomonidan qo’yilgan maqsad bilan belgilanadigan o’ziga xos turidir. Iroda tabiat, jamiyat, shaxs kamoloti qonuniyatlarini egallab oladigan va shu tariqa ularni o’z ehtiyojlariga ko’ra o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ladigan shaxsning mehnat, o’yin, o’quv faoliyatida, muomala jarayonida, xulq-atvorida paydo bo’ladi”.
O’smirlar xarakterning irodaviy xususiyatlarini shakllantirish muammosining dolzarbligi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»ning amalga oshirilishi bilan bevosita bog’liqdir. Ushbu muammo mamlakatimizning Prezidenti I.A.Karimov asarlarida, Oliy Majlis sessiyalarida va psixologiyaning sohasiga oid adabiyotlarda ko’p marta yoritilgan. Prezidentimiz o’zining «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» va «O’zbekiston yangilanish va taraqqiyot yo’lida» nomli asarlarida ko’rsatib o’tganidek, O’zbekiston Respublikasi kishilarining ruhiyatini shakllantirishga jiddiy ta’sir qiladigan ulkan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda
Mazkur nuqtai nazardan har bir o’quvchida shaxs fazilatlarini shakllantirish jarayoniga, ayniqsa, uning irodaviy sifatlarni tarkib toptirishga jiddiy e’tibor qaratish orqaligina ijtimoiy taraqqiyotning barqarorligini ta’minlash mumkin.
qo’yilgan maqsadga erishishga nisbatan ishonch tuyg’usi irodaning kuch-quvvati va bosh mezonidir. Zero, qat’iy ishonch maqsadga erishish yo’lidagi qiyinchiliklarni yengishga ham jismonan, ham ruhan asos yaratadi. Falsafa va psixologiya fanlarida turlicha ta’limotlar mavjudligi sababli irodani Ollohga va shaxsga taalluqli deb ham talqin qiladilar. Xuddi shu bois, Olloh irodasi va bandaning irodasi degan so’z birikmalari, tushunchalar vujudga kelgan. Ayrim ta’limotlarda Olloh irodasi tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonunlarining o’ziga xos me’yori va muvozanatini belgilovchi kuch sifatida tavsiflanadi. Ammo har bir jamiyat taraqqiyoti, uning ilg’or g’oyalarini turmushda amalga oshirish ko’p jihatdan mazkur jamiyat a’zolarining irodasiga bog’liq holda ro’yobga chiqadi. Ilmiy falsafiy va psixologik nuqtai nazardan, xalq va millat irodasini shakllantirishga ajdodlarimiz qadimdan muhim e’tibor qaratganlar. Hamisha iroda bilan e’tiqod uyg’unlikda tavsif qilingan. CHunki bu ikki tushuncha muayyan qarashlar, ta’limotlar e’tiqodlarning g’oyaviy-ma’naviy asosi hisoblanadi. Ma’lumki, e’tiqodning zaif yoki mustahkamligi, umuminsoniy va milliy manfaatlarga mos kelishi (mutanosibligi) yoki mos kelmasligi (nomutanosibligi) ham irodaning mustahkam, puxta, kuchli shakllanishida muhim rolb o’ynaydi.
Dostları ilə paylaş: |