Reja: kirish. Asosiy qism



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə1/3
tarix14.01.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#122229
  1   2   3
10-11-sinf darsliklaridagi masalalarni yechish


Mavzu: 10-11 sinf darsliklaridagi masalalarni yechish metodikasi

REJA:
KIRISH.
Asosiy qism.

1.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika ta’limi va uning maqsad vazifalari.


2.10-11-sinf fizika darsligidagi masalalarni yechish va unga qo’yilgan talablar.
3.Mehanika va elektrostatika bo’limlariga doir masalalar yechish metodikasi.
Xulosa .

Kirish.
Fizikadan masalalar ishlash – o’quv ishining zaruriy elementlaridan biridir. Masala ishlash o’quvchilarda fizik hodisalar orasidagi bog’lanishlarni, qonunlarni chuqur o’zlashtirishga, ularning mantiqiy fikrlashini va izlanuvchanlik qobilyatini yanada rivojlantirishga, maqsadga erishish ko’nikmalarini shakllantirishga xizmat qiladi. Olgan nazariy bilimlardan turli vaziyatlarda foydalanishga va nazariya bilan amaliyot orasida bog’lanish o’rnatishga o’rgatadi. Masala ishlash usullarini quydagicha sinflarga ajratish mumkin:



  • masalada ma’lumotlar berilishi bo’yicha;

  • masalani ishlash yo’li bo’yicha;

  • masalani mazmuni bo’yicha va boshqalar;

Fizika masalar berilish shartiga ko’ra to’rt turga bo’linadi: matnli turdagi masalalar, eksperemental masalalar , grafik turdagi masalalar va tadqiqot masalalari. Masalalar murakkabligiga ko’ra yengil yoki og’ir, ko’nikmaga bag’ishlangan yoki ijodkorlikni talab qiladigan masalalarga bo’linadi. Masalalarning sharti matn turida berilsa, ularga matnli masalalar deyiladi. Ularning ichida kerakli barcha ma’lumotlar, fizik kattaliklarning son qiymatlari beriladi va hisoblash yo’li bilan yechiladi.
Sifat masalalar – yechilishi hisoblashni talab qilmasdan, u yoki bu hodisani tushuntirishni, hodisani boorish shartlarini tanlashni, turli qarashlarning sifat tansiflarini ochishni talab qiladigan masaladir. Bularda sonli ifodalar tog’ridan – tog’ri berilmaydi.
Hisoblashga doir masalalar – berilgan savolning javobi hisoblashlar orqali topiladigan masaladir. Bunday masalarni yechish uchun, dastlab ular sifat jihatdan tahlil qilinadi. Natijada hisoblash yo’llari va yechishda qo’llash mumkin bo’lgan variantlar aniqlanadi hamda hisoblash uchun arifmetik, algebraik, geometrik va grafik usullar qo’llaniladi.
Masalalarni arifmetik yo’l bilan yechishda, asosan, arifmetik amallardan foydalanilsa, algebraik usuldan foydalanganda esa, formulalar va tenglamalar ishlatiladi. Masalan geometrik yo’l bilan yechishda geometriyaning tenglamalaridan foydalanilsa, grafik usulda esa, grafik chizish yoki berilgan grafikni tahlil qilish usullari qo’llaniladi.
Matnli masalalarning ham bir necha turini ko’rsatish mumkin: abstrakt masalalar, ishlab chiqarish va texnik mazmundagi masalalar. Abstratk masalalarda hayotiy dalillar haqiqiy real modellar va ideal obyektlar orqali beriladi. Bular o’quvchilarning nazariy va obrazli fikr yuritishni rivojlantirishga xizmat qiladi. Egallangan bilimlarni turli notanish vaziyatlarda qo’llashga imkon yaratadi.
Texnik mazmundagi masala kitoblarda kitoblarda berilgan bo’lib, o’qituvchi ularni kundalik matbuotdan, radio va teleko’rsatuvlardan olingan ma’lumotlar asosida qayta tuzib, o’quvchilarga taklif qilish mumkin. Masalani yechishda ekspriment quydagi ikki xil ma’noda ishlatiladi. Birinchisi berilgan masalalarning javobini toppish uchun, albatta, ekspriment o’tkazish kerak. Ikkinchisi masalada berilgan bog’lanishlarni aniqlash uchun yoki berilgan kattalikning son qiymatini topish uchun ekspriment o’tkaziladi. Kerakli natijani olish uchun esa, zarur matematik hisoblash qo’llaniladi.
Grafik usulda berilgan masalalar ham 2 turga bo’linadi. Birinchi turdagi masala ham grafik ko’rinishda beriladi. Uni tahlil qilish va kerakli amallarni bajarish orqali javobi topiladi. Ikkinchi turida, oddatdagiday shart berilgan masala chiqariladi, javobi esa ikki kattalikning bog’lanishini ifodalovchi funksional grafik tuzish orqali topiladi.
Ayrim hollarda,masalaning shartida son qiymatlar yetarlicha berilmay qolgan bo’ladi. Bularga berilishi to’la bo’lmagan masalalar deyiladi.yetishmagan son qiymatlari jadvallardan,qo’llanmalardan yoki boshqa manbalardan olinadi. Bunday masalalarga o’quvchilar hayotda juda ko’p duch kelishadi. Shuning uchun bunday masalalarni ishlash, ular uchun juda foydalidir .
Mavzuning dolzarbligi: Fizikada masalalar yechish jarayonida o’quvchilarning mantiq fikrlashlari kengayadi, ijodiy qobilyatlari rivojlanadi. Fizik hodisalarning tub mohiyatini kengroq tushunadilar, fizikadagi qonunlaring ammalda qo’llanilishini chuqurroq anglaydilar. Ko’pgina fizik o’lchov asboblarning vazifasi, tuzulishi, ishlash prinsiplari bilan tanishadilar, ular bilan ishlash ko’nikma va malakalariga ega bo’ladilar. Shuningdek masalalar o’quvchilarda mehnatsevarlik, jur’atlilik, iroda va xarakterni tarbiyalaydi.
Mavzuning maqsadi: Fizik ma’vzusida masala yechishning ahamiyati 10-11-sinflar misolida ko’rsatib berish.
Mavzuning vazifasi:10-11-sinf fizika darsligidagi masalalar yechish metodi, masalar haqida umumiy tushunchalar, fizik masalalarning turlari, o’quv masalalar ularning tuzulishi va xususiyatlari, masala yechishning asosiy bosqichlari, fizik masalalar yechish jarayonida fanlararo aloqani amalga oshirish usullari; fizik masalalar yechishning algoritmik usuli, ijodiy masalalar va yechish usullari masala shartini tahlil qilish, masala yechish rejasini tuzish, fizika o’qitishda masala yechishning ahamiyati, nazorat ishlarini o’tkazish metodikasi, ularning maqsad va vazifalari, olimpiada masalalari, masalalar yechishda zamonaviy pedagogik texnalogiya vositalaridan hamda innavatsion texnologiya metodlaridan foydalanish kabilarni bayon etilishi vazifalarini o’rganishdan iborat.

1.Umumiy o’rta ta’lim maktablarida fizika ta’limi va uning maqsad vazifalari.


Ma’lumki, fizika o’qitishda nazariy va amaliy metodlar mavjud.amaliy metodlar ichida fizikadan masalalar yechishning ahamiyati salmoqlidir. Masala yechish jarayonida o’quvchilarga bilim berish bilan birga o’quvchilar qobilyatlarini rivojlantirish, o’quvchilarga tarbiya berish kabi muhim masalalar hal qilinadi.
Ko’pgina metodik adabiyotlarning tahliliga ko’ra , mantiqiy xulosalar, matematik amallar va fizikadagi qonunlar hamda metodlarga asoslangan holda eksperiment yordamida yechiladigan muammo, odatda fizik masala deyiladi. Fizik masala qo’yilgan muammoni hal etish, masala yechishdan iboratdir.
Masalaning klassifikatsiyasi
Fizikadan masalalar to’plamida hamma masalalarni turlariga ko’ra klassifikatsiyalanadi.
Masalan, masalalarning murakkablik darajasiga ko’ra, sodda masalalar, qiyinroq masalalar, masala shartida, darslikda va darsda ko’rib chiqilgan masalalarda tavsiflanganiga nisbatan kamroq tanish bo’lgan holat tavsiflangan masalalar, o’quvchilarning yangi bilim olish uchun foydalanish mumkin bo’lgan masalalardir.
Masalalar mazmuniga qarab, mexanikaga, molekulyar, elektrga doir va hokazo bo’lishi mumkin. Bunday bo’linish shartli ekanini bilamiz, chunki ko’pincha bitta masalaning shartida fizikaning bir nechta bo’limlaridagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Shuningdek politexnik mazmunga ega bo’lgan, ijodiy qobilyatlarni rivojlantirishga qaratilgan, tarixiy xarakterdagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan masalalarga klassifikatsiyalanadi.
Yechish usuliga ko’ra masalalar: sifat, eksperimental, grafik va ijodiy masalalarga bo’linadi. Bunday bo’linish ham shartlidir, chunki eksprimental masalalarni yechishda ham og’zaki mulohazalardan, grafikdan hisoblash ishlarida foydalanamiz. Biroq bu masalalarning har biri mazmun va murakkablik jihatidan xilma-xildir. Bu masalalarning yechimlari aniq bir maqsadga qaratilgan bo’lib, yechilish usullariga ega. Bu masalalarning har bir turlari uchun alohida adabiyotlar mavjud. Shunday bo’lsada bu masalalar bo’yicha qisqacha to’xtalib o’tamiz.
Sifat masalalar
Fizik qonunlariga, fizik formulalarga tayangan holda, mantiqiy fikrlash orqali hal qilinadigan masalalar sifat masalalar deyiladi. Bunday tipdagi maslalarda arifmetik hisoblash ishlari bajarilmaydi.
Sifat masalalarning metodik afzalliklari ko’pdir. Fizik qonunlaraga asoslangan, mantiqiy xulosalar chiqarishdan iborat bo’lgan bu masalalarning yechish metodi, fikrlashning ajoyib maktabi bo’lib xizmat qiladi. Sifat masalalar o’quvchilarga fizik hodisalar va ularning qonuniyatlarini aniq tushuntirib beradi, nazariy bilimlarni amalda qo’llashni o’rgatadi. Darsda o’tilgan materialni mustahkamlash maqsadida sifatga oid masalalar beriladi. Fizikaning gidrodinamika bo’limida asosan sifat masalalar yechilishi bizga ma’lum. Bu bo’limda miqdoriy masalalar deyarli yechilmaydi. Sifat masalar temtikasi, mazmuni va murakabligi jihatdan xilma-xildir, ya’ni sifatga oid sodda va murakkab masalalar bo’ladi. Sifat ma’salalarning na’munalari va ularni yechish metodlari adabiyotlari to’liq keltirilgan.
Eksperimental masalalar
Nazariyani amaliyot bilan bog’lanishning eng samarali usulidan biri eksperimental masalalar yechishdir. Eksperimental masalalrning xarakterli xususiyati shundaki, ularni yechishda laboratoriya yoki demonstratsion eksperimentlardan foydalaniladi. Eksperimental masalalarning yechish jarayonida o’quvchilarning faolligi va mustaqilligi oshadi. Chunki ular masala yechish uchun kerakli ma’lumotlarni darslikdan, masalalar to’plamidan tayyor holda olmasdan, balki o’zlari bajaradigan fizik o’lchashlardan oladilar. Eksperimental masalalarning yana bir afzalligi shundaki, bu masalalarning yetarlicha fikrlamasdan turib yechib bo’lmaydi. Ya’ni tajribada sodir bo’ladugan hodisalarni o’quvchilar muhokama qilib olishlari kerak. Chunki eksperimental masalalarda, laboratoriya ishlaridagidek nazariya berilmaydi, ishni bajarish tartibi ko’rsatilmaydi. Kerakli asbob-uskunalar, materiallar berilib, topilishi kerak bo’lgan ma’lumot so’ralishi bilan kifoyalanadi. Yuqorida aytganimizdek o’quvchilar qator fikr va mulohazalardan, eksperimentda qanday fizik hodisani yo’qotganini, qanday fizik qonun ifodalanayotganligini bilib oladilar. Va nihoyat, eksperimental masalada topilishi kerak bo’lgan fizik kattalik uchun oxirgi ifodani keltirib chiqadilar. Oxirgi ifodani tahlil qilib, masala yechish uchun kerakli kattalikni bevosita o’lchash yo’li bilan oladilar. Aytilganlarni quydagi sodda eksperimental masalada ko’raylik:
Masalani yechish. O’quvchilar fikrlash yordamida mayatnikning tebranish davri uchun T=2 formulani yozadilar (g=9.81 m/s2 –erkin tushish tezlanishi ) Bu yerda mayatnik uzunligi l=l+D/2 ekanligini esga oladilar. Mayatnikning l uzunligi masshtabli chizg’ich, sharchaning D diameti esa shtangensirkul yordamida o’lchaydilar. Tajriba yordamida mayatnikning n marta tebranishi uchun ketgan vaqtni bir necha marta o’lchab, ularning o’rtacha qiymati olinadi va T=t/n formulaga ko’ra mayatnikning tebranish davri aniqlanadi. So’ngra o’lchashlar natijasida aniqlangan tebranish davri bilan nazariy hisoblab topilgan davr taqqoslanib, tegishli xulosalar chiqariladi. Umuman olganda, eksperimental masalalarni yechishga o’quvchilarni qiziqishlari katta bo’ladi. O’qituvchi fizika kabineti sharoitidan kelib chiqib, o’quvchilar bilan birgalikda eksperimental masalalarni yechish maqsadga muvofiqdir. O’qituvchilar bazi laboratoriya ishlarini va masalalar to’plamlaridagi masalalarni eksperimental masala qilib berishlari, yoki ijodkor o’qituvchilar o’zlari eksperimental masalalar tuzib, o’quvchilarga yechish uchun tafsiya qilishlari mumkin.
Grafik masalalar
Grafik masalalarning umumta’lim va politexnik ahamiyati kattadir. Grafik masalalarni yechish jarayonida o’quvchilar fizika fani asoslarini chuqur o’zlashtiradilar. Darsda grafik masalalarni yechish jarayonida, hamda uy vazifalarini mustaqil bajarish jarayonida o’quvchilar fizika va matematika fanlarining o’zaro bog’liqliklarini amalda ko’radilar.
Grafik masalalar ham, o’quvchilarning fikrlash qobilyatlarini rivojlantiradi. Fizika kursining barcha bo’limlarida amaliy ahamiyatga ega bo’lgan grafik masalalar bor. Eng sodda holda ikkita fizik kattaliklarning (P,V; P,T; V,T) bog’lanish grafiklaridan iborat bo’lgan masalalar grafik masalalar deyiladi.
Grafik ba’zi hollarda masalaning shartida beriladi, ba’zi hollarda masalaning shartiga tayanib olingan natijalar asosida yasash kerak bo’ladi. Grafik masalalarning yechishning algoritimi quydagicha: fizik kattaliklar orasidagi bog’lanish grafigi berilgan bo’lsa, grafikni sinchiklab o’qib tushunib, alohida qismdagi bog’lanishning xarakterini o’rganish lozim. Chizmadagi masshtabdan foydalanib, grafikdan izlanayotgan kattaliklarning absissa va ordinata o’qlaridagi qiymatlarini topish kerak. Bog’lanish grafigi berilmagan hollarda masalaning shartiga yoki masaladan olingan natijaga ko’ra grafik yasaladi. Buning uchun koordinata orqali chiziladi, ularda har bir fizik kattalikka mos keluvchi ma’lum masshtablab tanlanadi, kerak bo’lsa jadvallar tuziladi, shundan keyin koordinata orqali joylashgan tekislikka tegishli absissa va ordinata orqalariga mos nuqtalar qo’yiladi. Bu nuqtalarni birlashtirib, fizik kattaliklar orasidagi bog’lanish grafigi yasaladi va uni tahlil qilib xulosalar chiqariladi, Fizikani o’qitishda grafik metodining ahamiyatini hamda grafikka tegishli mashq va masalalarni o’qib bilish mumkin.
O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidagi fizika faniga doir masalalar ko’p belgilariga qarab masalan, ularning mazmuniga, qanday maqsadda berilganiga, biror masalani qanday darajada tadbiq qilinishiga, yechish usullariga, shartlarning berilish usullariga, qiyinlik darajasiga va boshqa belgilariga ko’ra klassifikasiyalash mumkin. Masalalarni mazmuniga qarab ulardagi fizikaviy materiallarga ko’ra ajratish mumkin. Mexanikaga, molekulyar fizikaga, elektr yoki magnetizmga, optika, atom yoki yadro fizikasiga doir va hokazo masalalar bo’lishi mumkin. Bunday turlarga bo’lish shartli, chunki ko’pincha, masalaning shartida fizkaninig bir necha bo’limlardagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Fizikaga oid masalalarni, shuningdek, murakkablik darajasiga qarab ham klassifikasiyalash mumkin. Mazmunan murakkab bo’lmagan, masalan, formulalarning ma’nosini tahlil qilib berish, birliklar sistemasini tanlash, tayyor formuladan biror fizik kattalikni topish singarilarni, odatda, mavzuni o’rganish jarayonida yechiladi. Murakkabroq masalalar esa muammoli vaziyatni va yangilik elementlarini o’z ichiga oladi. Fizika mashg’ulotlarida ana shunday masalalarga katta ahamiyat beriladi.
Masalalarning yuqorida ko’rsatilgan turlari orasida keskin chegara yo’q. Masalalarni tobora murakkablashtira borib, ko’pincha turmushda bo’ladigandek, faqat muammo qo’yilgan va “hech qaysi kattalik berilmagan” masalalarga kelinadi. Bunday masalalarni uslibiyatchilar “ijodiy” masalalar deb yuritadilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19.03.2021 yildagi «Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» gi PQ-5032-son qaror bilan 2021−2023 yillarda Fizika fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini oshirish va fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilandi: maktablarda fizika fanini o‘qitish sifatini oshirish, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalarini takomillashtirish; fizika fani bo‘yicha kadrlarni, xususan, qishloq joylardagi maktablarning o‘qituvchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini rivojlantirish; ta’lim jarayoniga axborot – kommunikatsiya texnologiyalarni keng joriy qilish; yangi va ta’lim bozorida talab yuqori bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha kadrlar tayyorlashni yo‘lga qo‘yish orqali yoshlarning fizika ta’limi bilan qamrab olish darajasini oshirish; fizika sohasidagi ilmiy tadqiqotlarning ishlab chiqarish bilan uzviy bog‘liqligini ta’minlash. Fizika elementar zarrachalardan to galaktikagacha bo‘lgan — ob’ektlar va turli tuman hodisalarni o‘rganadi. Fizika tabiiy fanlar sohasiga mansub bo‘lib, tabiat haqida sifatiy va miqdoriy bilimlarni egallashga imkon beradi. Fizikani o‘rganish insonlarning bilish va mantiqan fikrlash qobiliyatlarini rivojlantiradi. Hozirgi jamiyatda har bir insonning muvaffaqiyatli hayot kechirishi uchun fizikadan sifatli bilimga ega bo‘lishi davr talabi hisoblanadi. Fizika ilmiy — texnika taraqqiyoti va tabiiy–ilmiy bilimlarning asosi hisoblanadi. Mamlakatimizning XXI asrdagi muvaffaqiyoti, tabiat resurslaridan samarali foydalanish, ekologik muammolarni yechish, kosmosni o‘zlashtirish, mudofa salohiyati, texnika va energetikaning rivojlanishi, fan manbalari uchun materiallar hamda zamonaviy texnologiyalarni yaratish kabi barcha yo‘nalishlar fizika fani va fizika ta’limi darajasiga bog‘liq. Fizikadan davr talablariga mos ravishdagi bilimlarga ega bo‘lmasdan Vatanimiz ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishining uzoq muddatli maqsadi va vazifalarini yechishda erishib bo‘lmaydi. Mamlakatimizning rivojlanishi va hozirgi davrda texnologik jadal taraqqiyotga erishishda fizika ta’limi va fizikaning fan sifatida rivojlanishiga mavjud imkoniyatlaridan samarali foydalanishga asosiy e’tibor qaratilishi lozim. Jahon hamjamiyatining hozirgi rivojlanish davrida fizika na faqat tabiiy–ilmiy ta’limning rivojlanishiga asos bo‘lib qolmasdan balki ,ijtimoiy–iqtisodiy–gumanitar ta’limning bir qismi sifatida zamonaviy ilmiy fikrlashning paradigmasi ham bo‘lib hisoblanadi. Hozirgi davrda fizika ta’limi saviya (daraja) sini oshirish mamlakatimiz aholisini munosib sifatli kasbiy (ixtisosli) mutaxasisliklarga bo‘lgan talablarini qondirishni ta’minlaydi. Fizika o‘zining rivojlanish tarixida tabiatni o‘rganish (bilish) ning barcha samarali usullari haqida ko‘pgina foydali ma’lumotlarni to‘pladi. Kuzatish, tajriba va modellashtirish fizikaning ilgari o‘tkazilgan barcha tadqiqotlarida foydalanilgan va bundan keyin ham foydalaniladi. Ushbu usullar nafaqat fizikada, balki boshqa fanlarda ham qo‘llaniladi. Shuning uchun yillar davomida o‘rganilgan olamni o‘rganishning fizik usullari har tomonlama qadriyatga ega. Fizikada tushunchalar, qonunlar va prinsiplarning nazariy va eksperimental tadqiqot usullarini mukammal ishlab chiqilgan o‘z tili mavjud. Hozirgi kunda ham fizika fani umumiy o‘rta ta’lim maktablarida eng muhim va asosiy fanlardan biri hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, umumiy o‘rta ta’lim makablarida fizika ta’limini rivojlantirish va uni o‘rganish bilan bog‘liq bir qator muammolar mavjud bo‘lib, ushbu muammolarni quyidagi asosiy guruhlarga birlashtirish mumkin. Maktab fizika xonalarini asbob va uskunalar bilan ta’minlanish muammosi–o‘quv dasturlarida berilgan barcha namoyishli tajribalar, uy sharoitida bajarilishi mumkin bo‘lgan tajribalar bo‘lib, XXI asr fan–texnika taraqqiyoti darajasidagi laboratoriya ishlari va namoyish tajribalari ko‘rsatilishi va bajarilishi uchun zarur laboratoriya va multimediya asbob va uskunalari yaratilishi va fizika laboratriyasida mavjud bo‘lishi lozim. Zamonaviy kompyuterlar, shu jumladan, Internet tarmog‘i ta’limda fizikani o‘rganishda bir qator ijobiy xususiyatlarga ega. Xususan, animatsion fizik modellar bilan o‘qitish dasturlari, kompyuterda namoyish etiladigan videolavhalar, avtomatlashtirilgan laboratoriya qurilmalari va boshqalar uzluksiz ta’lim tizimida fizika fanini o‘qitishni zamonaviy darajasini oshiradi. Davlat ta’lim standarti nafaqat ta’lim mazmunini balki o‘qitishning rejalashtirilgan natijalarini, axbortlashgan ta’lim muhitiga ma’lum talablarni joriy qilishning tarkibiy qismi bo‘lib, moddiy–texnik va axborot bilan ta’minlashi hisoblanadi. Jumladan, ushbu sharoitda olingan u yoki bu ta’lim natijalari, ta’lim dasturi mazmuniga bog‘liq. Agarda fizika dasturlari hamin qadar XIX–XX asr qobig‘ida shakllantirilgan bo‘lsa, davr talablariga muvofiq ravishdagi sifatli ta’limni egallash imkoniyati bo‘lmaydi. Ta’limning hozirgi kundagi muhim ko‘rsatgichlaridan biri, uning sifati, qaysiki, xalqaro ekspertlar fikriga ko‘ra, ta’lim jarayonini tashkil qilishga bog‘liq. So‘ngi yillarda bir qator rivojlangan mamlakatlar ta’lim tizimida o‘z qarashlariga qarshi o‘laroq asta sekin aniq va tabiiy–ilmiy fanlar sohasiga ko‘proq e’tibor qaratmoqdalar. Lekin so‘ngi yillarda mamlakatimizda aniq va tabiiy–ilmiy ta’lim sifati pasayganligi kuzatilmoqda. Bilimlarni bunday pasayib borish tendensiyasi butun dunyo bo‘ylab ildiz otib oxir oqibat ta’lim krizisiga olib kelishi olimlar tomonidan e’tirof qlinmoqda. Bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimi, shu jumladan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fani ta’limiga salbiy ta’sir qiluvchi omillardan biri –bu uni o‘rganish uchun ajratilgan soat miqdorining kamligi bo‘lib hisoblanadi. Mazkur soat miqdorini sinflar kesimida ko‘paytirib uluksizlik va uzviylik prinsipi asosida o‘rganilishini yo‘lga qo‘yish lozim deb hisoblayman. Muhim muammolardan yana biri–fanlararo ichki bog‘lanishning yetishmasligidir. Ya’ni, fizikani o‘rganishni amaldagi 6–sinfdan emas, 7–sinfdan boshlash maqsadga muvofiq shunda fanlararo o‘zaro ichki bog‘lanish yuzaga kelib, uzluksiz va uzviylik prinsipi asosida tayyorlangan fizika ta’limi o‘quv dasturi va darsliklari yaratiladi. Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizikaning mexanika, molekular fizika va termodinamika asoslari, elektrodinamika, kvant fizikasi elementlari kabi bo‘limlari o‘quvchilarning bilish imkoniyatlariga moslashtirilgan ma’lumotlar o‘rganiladi. Bunda fizikaning har bir bo‘limi “o‘z” tushuntirish apparatiga ega bo‘lib, ko‘pchilik fizik hodisalarni sifatli qarab chiqishda ularning ko‘pincha takrorlanish imkoniyatlarini chegaralaydi. Natijada moddiy olam jarayonlari va ob’ektlari o‘rtasidagi tabiatda mavjud ichki bog‘lanish o‘quvchilar uchun aniq bo‘lmagan bo‘lib, ular diqqatidan chetga qolishga sabab bo‘ladi. Birinchi navbatda 9–11–sinf o‘quvchilari bilan ishlash amaliyotidan ma’lum bo‘lishicha, fizikadan masalalar yechishda matematik qiyinchliklar paydo bo‘ladi. Ushbu qiyinchiliklar quyidagi bir qator sabablardan kelib chiqadi: Masalan fizikadan masala yechishda zarur bo‘lgan o‘quv material matematika kursidan o‘rganilmagan yoki o‘rganilgan bo‘lsa ham u kerakli bo‘lgan darajadi qayta ishlanmaganligi tufayli o‘quvchilar ushbu materialni fizikadan masala yechishda qo‘llay olmaydi yoki “buni matematikadan o‘rganilganku deb” e’tibordan chetga qoldiradilar. Birinchidan ushbu muammo “fizika–matematika” o‘rtasidagi fanlararo bog‘liqlik e’tiborga olinmaganligi bo‘lsa, ikkinchidan ushbu fanlar o‘quv dasturlari mazmuni o‘rtasidagi mavzularni o‘rganishdagi o‘zaro bog‘liqlik e’tibordan chetga qolganligidir. Matematikadan quyidagi mavzularni ajratib ko‘rsatish mumkin: – to‘g‘ri burchakka doir masalalarni yechishda; – vektorlar ustida amallarni bajarishda (qo‘shish, ayirish, songa ko‘paytirish, koordinatalar o‘qidagi vektorlar proeksiyalari, vektor modulini tushunishda); – bir va ikki noma’lumli tenglamalarni yechishda; – quyidagi bog‘liklar ko‘rinishida (chiziqli, qayta proporsional, kvadrat ildiz) va ularning grafiklarini tuzish ko‘nikmasi; – trigonometrik almashtirishlarda, trigonometrik ayniyatlarlardan foydalanishda; – aylana uzunligini, yuzasini va shakl hajmini hisoblashga doir ishlarda. Test sinov nazorati tahlillaridan ma’lum bo‘lishicha, bitiruvchilarning ko‘pchiligi fizikaviy hodisalarn tushuntirishda jadval yoki grafik ko‘rinishidagi ma’lumotlarni qayta ishlashda, turli jarayonlarni sodir bo‘lishida fizik kattaliklarni o‘zgarish tavsifini aniqlashda fizikaviy hodisalarni tushuntirishda topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklarga duch kelishadi. Fizika o‘qitishda yuqori darajadagi muvafaqiyatga erishishning muhim sharti bo‘lib, barqaror darsliklarning mavjud emasligi hisoblanadi. Muammoning mohiyati shundan iboratki, amaldagi mavjud darsliklar davr talablariga javob bermaydi, o‘quvchilar uchun qiziqarli emas, olam va texnika haqida yangi tasavvurlarni aks ettirmaydi, o‘quvchilarni shaxsiy imkoniyatlarini amalga oshirishga yordam bermaydi. Kadrlar muammosi ham mavjud bo‘lib, Oliy ta’limni bitiruvchilari pedagogik yo‘nalishda kerakli pedagogik institutlarda pedagogik bilim va ko‘nikmalarga ega emaslar. Fizika va pedagogik mutaxasisliklar intelektual o‘sishiga qodir emas umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagog va fizika fani o‘qituvchisi talablariga javob bera olmaydi. Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fizika fani o‘qituvchilari yetishmaydi. Konsepsiyaning maqsadi va vazifalari. O‘quvchilar uchun fizikani o‘rganish tushunarli va ichki intiluvchan jarayon bo‘lishi talab etiladi. Buning uchun atrofdagi olamning universal tadqiqot metodlarini o‘zlashtirish, ushbu fanning tamoyillari va asosiy qonunlarini mohiyatini tushunadigan fizika tilini mukammal egallagan o‘quvchi va o‘qituvchiga yordam beradigan mexanizmlar ishlab chiqilishi kerak. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika ta’limi nafaqat kelgusida fizikani professional kasb qilib olgan mutaxasisga zarur, balki o‘z kelajagini oldindan ishonchli aniq to‘g‘ri harakat va samarali aytib bera oladigan va o‘ylaydigan har qanday madaniyatli inson uchun zarur. Fizikani o‘qitish va o‘rganish o‘quvchilarni fizikadan olgan bilimlarini amaliyotga va boshqa sohalarda qo‘llashga tayyorgarliklarini ta’minlaydi. Shuningdek, boshqa fanlarni mazmuniga va o‘qitishda, o‘quvchilarning intellektual tayyorgarliklariga ta’sir qiladi. Ushbu konsepsiyaning maqsadi– mamlakatimiz umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika ta’limi saviyasini hamdo‘stlik va rivojlangan mamlakatlar umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika ta’limi darajasiga olib chiqishga yordam beradi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi: jamiyat va ta’lim oluvchilar talablari bilan muvofiq ravishda fizika ta’limi o‘quv dasturi mazmunini takomillashtirish; – har bir o‘quvchi uchun asosiy bilimlarni egallashni ta’minlash, o‘qituvchilar uchun tashxis qilishning avtomatlashtirilgan tizimini taqdim etish; – umumiy o‘rta ta’lim maktablari fizika xonasi va laboratoriyasida namoyish va laboratoriya asbob va uskunalari bilan ta’minlash, fizika ta’limi o‘quv dasturini amalga oshirish uchun zarur axborot resurslari bilan shu jumladan, elektron formatda pedagog va ta’lim oluvchilarning faoliyatlarini optimallashtirsh va ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash; – fizika o‘qituvchilari kasbiy sifatini oshirish mexanizmi yordamida ularning moddiy va ijtimoiy qo‘llab, jahon va hamdo‘stlik davlatlari fizika ta’limini pedagogik fani yutuqlari va zamonaviy ta’lim texnologiyalari, ular tomonidan o‘z shaxsiy pedagogik yondashuvlari va mualliflik dasturlarini yaratish va amalga oshirish; – o‘quv yili mobaynida fizika o‘qituvchilari uchun doimiy ravishda stajirovka, seminar, master–klasslarni tanlangan savollar bo‘yicha tashkil qilingan maydonchalarda o‘tkazish; – bloklari bo‘yicha fizik tajribalarni namoyish qilish; – sinflar bo‘yicha laboratoriya ishlarini o‘tkazish; 9–10–11–sinflar uchun fizikadan praktikum ishlarini o‘tkazish; – zamonaviy ta’lim texnologiyalari va resurslarini qo‘llash (ularni turlari bo‘yicha) – barcha mavzu bloklari bo‘yicha sifatli masalarni yechish usuli; – kombinatsiyalashgan masalalarni yechish usuli; – fizika kursi bo‘yicha ayrim murakkab mavzularni bayon qilish metodikasi; – maktab fizika kursi populyarizatorlari bo‘yicha o‘qituvchilarni aniqlash va usullarni o‘zlashtirish bo‘yicha murakkab mavzularni tushuntirish bo‘yicha master–klasslarni o‘tkazish. Konsepsiyaning amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari. Fizikani o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish uchun o‘qitishni shaxsga yo‘naltirilgan ta’limni tashkil etish lozim: – muqobil o‘qitish an’analar o‘rtasida qulay munosiblarini tanlash; ilmiylik; – tushunarlilik, ta’lim standartlaring tushunarliligi; – shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim fanlarni tabaqalashtirish; – fanlararo integratsiya. Fizika o‘qitishda loyihalashtirish va tadqiqot usullari asosiy usul bo‘lishi ularning vazifalari o‘quvchilarning kompetentligini rivojlanishidan iborat bo‘lishi zarur. Loyihalashtirish fizika ta’limi bilan birgalikda — taxminan kundalik turmushdagi amaliyotga yaqin o‘quv muammolarni yechish bo‘yicha o‘quvchini mustaqil ijodiy ishlashga majbur qiladi. Loyiha — laboratoriya sharoitida pedagog tomonidan tashkil qilingan yetarli darajada ishlab chiqilgan muhim harakatdir. Loyiha bilan ishlash natijasida quyidagi: kommunikativ, ijtimoiy va fan kompetensiyalar shakllantiriladi. O‘quvchilarning mustaqil ravishda ishlashlari: umumlashtirilgan jadvallarni to‘ldirishda, fizik praktikum ishlari va frontal laboratoriya ishlarini bajarishda, masalalar yechish jarayonida asosiy nazariy materialni mustahkamlash va mustaqil ravishda takrorlashga asosiy e’tibor qaratilishi zarur. Dars jarayonida o‘quvchilarning darslik bilan mustaqil ishlashlari katta e’tibor qaratilishi kerak. Darslik bilan ishlash jarayonida o‘rganilgan hodisa va jarayonlarni tushunirish, material ichidan mantiqan bog‘liqlikni tushunish va ko‘rish, matndan asosiy materialni ajratish ko‘nikmasini shakllantirish zarur. Asosiy o‘quv material o‘quvchilar tomonidan dars jarayonida o‘zlashtiilishi zarur. Ushbu holat esa o‘qituvchidan har doim dars o‘tish metodikasini o‘ylab tashkil etishni talab qiladi. Yuqori sinflarda o‘quv materialini suhbat shaklida yoki ma’ruza shaklida o‘quv muammolarni ilgari surish orqali bayon qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi. O‘quv eksperimentidan keng foydalanish (namoyish tajribalari, frontal laboratoriya ishlari, shu jumladan qisqa muddatli) o‘quvchilarni mustaqil ishlashi. Darsning asosiy vaqti yangi mavzuni mustahkamlashga va tushuntirishga bag‘ishlangan bo‘lib, o‘quvchilar bilimini nazorat qilish va takrorlash usullarini takomillashtirish zarur. Bularning hammasi tayanch vazifani yechishga — fizika darsi samaradorligini oshirishga yordam beradi.
2. 10-11-sinf fizika darsligidagi masalalarni yechish va unga qo’yilgan talablar.
Fizika fanini o’rganish 7-sinfda boshlanib, dastalbki bosqichda mexanika, issiqlik, elektr, yorug’lik, tovush hodisalari hamda modda tuzulishi haqida boshlang’ich ma’lumotlar beriladi. Fizika fanini izchil kurs sifatida 7- sinfda fzikaning “MEXANIKA” kursi, 8-sinfda “ ELEKTR” kursi, 9-sinfda “MOLEKULYAR FIZIKA ASOSLARI” , “ OPTIKA” , “ATOM VA YADRO FIZIKASI ASOSLARI” va “KOINOT HAQIDA TASAVVURLAR” kurslari orqali o’rganiladi.
Keying bosqichda esa, umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’rganilgan o’quv materiallar o’rta maktabning 10-11- sinflarida, akademik litsey va kasb- hunar kollejlarida takrorlanmasligi, o’quvchilarning yosh va psixologik xususiyatlari, o’rta ta’lim tayyorgarligiga mos kelishi hamda fizik tushunchalarni asta- sekin oddiydan murakkabga shaklantirish e’tiborga olingan.
Qo’limizda 10-11- sinfa darsligi tabiatdagi jarayon va hodisalarni kuzatish, tahlil qilish, fizik hodisalarni o’rganishda asboblardan tog’ri foydalana olish, fizik tushuncha va kattaliklarni matematik formulalar bilan ifodalay olish, fan sohasida erishayotgan yutuqlar, ularning amaliyotdagi tatbiqi orqali o’quvchilarning ilmiy dunyo qarashlarini rivojlantirishga qaratilgan bo’lib, mexanika, kinamatika, dinamika, mexanikada saqlanish qonunlari, statika va gidro dinamika, mexanik tebranishlar va to’lqinlar, termodinamika asoslari, elektrodinamika, o’zgarmas tok qonunlari va turli muhitlarda elektr toki, magnit maydoni, elektomagnit induksiya, elektromagnit tebranishlar, elektomagnit to’lqinlar va to’lqin optikasi, nisbiylik nazariyasi va kvant fizikasi elementlari, atom yadrosi mavzularini qamrab olgan.
1-masala.
Motorli qayiq daryoda manzilga yetib borish uchun 1,8 soat, qaytib kelish uchun esa 2,4 soat vaqt sarfladi. Agar sol jo‘natilsa, manzilga qancha vaqtda yetib boradi?

Berilgan


  solning yetib borish vaqti

Yechilishi:



   




 
 
ts=? solning yetib borish vaqti
2-masala
Qo‘zg‘almas blok orqali o‘tkazilgan arqonning uchlariga 50 g va 75 g li yuklar osilgan. Arqon va blok massasi hisobga olinmaydigan darajada kichik. Arqonni cho‘zilmas deb olib, yuklarning harakatlanish tezlanishini va arqonning taranglik kuchini toping.

Berilgan





Yechilishi:

 

3-masala
Massasi 6,6 t bo‘lgan kosmik kema orbita bo‘ylab 7,8 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, uning kinetik energiyasi nimaga teng bo‘ladi?




Berilgan

 

 
4-masala

Yechilishi:

 





Uzunligi 10 m, massasi 900 kg bo‘lgan rels ikkita parallel tross bilan ko‘tarilmoqda. Troslardan biri relsning uchiga, ikkinchisi boshqa uchidan 1 m narida joylashgan. Troslarning
taranglik kuchlarini toping. (Javobi: 4 kN; 5 kN).


Berilgan

 






Yechilishi:
 




   

 


mg



5-masala
Davrning qanday bo‘lagida nuqtaning tezligi uning maksimal qiymatining yarmiga teng bo‘ladi? Garmonik tebranishlarning boshlang‘ich fazasi nolga teng. (Javobi: T).

Berilgan

 

6-masala


Yechilishi
 
   
   
   






Temperaturasi 27° С bo‘lgan 160 g kislorod izobarik qizdirilganda uning hajmi ikki marta ortdi. Gazning kengayishida bajarilgan ishni, kislorodni qizdirishga ketgan issiqlik miqdorini, ichki energiya o‘zgarishini toping. (Javobi: 12,5 kJ; 44,2 kJ; 31,7 kJ).


Berilgan





Yechilishi
 






   


7-masala
Yassi kondensator qoplamalaridagi kuchlanish 150 V, zaryadi 80 μC bo‘lsa, kondensatordagi maydon energiyasi nimaga teng? (Javobi: 6 mJ).


Berilgan





Formulasi:





Yechilishi:  =6 mJ Javobi: 6 mJ


8-masala
Tok manbayi elementining EYuK 1,5 V. Qisqa tutashuv toki 30 A. Elementning ichki qarshiligi nimaga teng? Agar elementni qarshiligi 1 Ω bo‘lgan g‘altakka ulansa, element qutblaridagi kuchlanish qanchaga teng bo‘ladi?


Berilgan



 

Formulasi:




Yechilishi:

9-masala
Nima sababdan bir xil kuchlanishda to‘g‘ri p–n o‘tishdagi tok, teskari o‘tishdagi tokka nisbatan ancha katta bo‘ladi? Javob : P+ ga n-ga ulanganda ichki va tashqi maydon yo’nalishi bir xilda bo’ladi va maydon zaryadlangan zarralar ko’proq kiradi.
Masala - bu kundalik hayotimizda uchraydigan vaziyatlarning tabiiy tildagi
ifodasidir. Masala asosan uch qismdan iborat bo’ladi.
1. Masalaning sharti - o’rganilayotgan vaziyatni xarakterlovchi ma’lum va no’malum miqdoriy qiymatlar hamda ular orasidagi miqdoriy munosabatlar haqidagi ma’lumot demakdir.
2. Masalaning talabi - masala shartidagi miqdoriy munosabatlarga nimani topish kerakligini ifodalash demakdir.
3. Masalaning operatori - masala talabini bajarish uchun shartdagi miqdoriy
munosabatlarga nisbatan bajariladigan amallar yig’indisi.
Murakkab masalalarni yechish, uni sodda masalalarga ajratish va shu sodda masalalarni yechishga keltiriladi.
O'quvchilarni fizikadan masalalar yechishga yo'naltirishni biz fizika fanining 7-sinf 1-soatidan boshlashimiz kerak. Har bir mavzuni o'rganishda masalalar yechishni ham to'g'ri rejalashtirsh lozim. Masalalar tanlangan metodikaga mos keladigan aniq sistemani tashkil etish va o'qitishning ma'lum maqsadga javob berishi kerak.
Masalalar tanlashga ko'rsatilgan didaktik talabdan tashqari har bir masalani tanlashda o'qituvchi mo'ljallagan maqsadni amalga oshirish ahamiyatga ega. Masalalar yechishni analitik va sintetik metodlari mavjud.
Masalalar yechishning analitik metodi murakkab masalani bir qator oddiy (analiz) masalalarga ajratishdan iborat bo'lib, shu bilan birga masalani yechish masalada qo'yilgan savolga bevosita javob beradigan qonuniyatni tanishdan boshlanadi. Natijaviy hisoblash formulasi xususiy qonuniyatlarni sintez qilish orqali hosil qilanadi.
Sintetik metodda masalani yechish topilishi kerak bo'lgan kattalikdan boshlanmasdan, masala shartidan bevosita topilishi mumkin bo'lgan kattaliklardan boshlanadi. Oxirgi formulaga izlanayotgan kattalik kirmaguncha, masalani yechish asta sekin tarmoqlanib boradi.
Yuqoridagi masalani shu usulda yechish uchun lift tezlanishini hisoblashdan boshlanadi, shundan keyin esa unga tezlanish beradigan kuchlar hisoblanadi. Bu kuchlar kanatning taranglik kuchidan va liftning og'irlik kuchidan iborat bo'ladi. Shundan keyin kanatning taranglik kuchi uchun ifoda hosil qilanida va unga hamma oraliqda topilgan kattaliklar qo'yiladi.
Didaktik maqsadlarga ko'ra masalalarni turli sinflarga ajratish mumkin.

  1. Sodda masalalar

  2. Qiyinroq masalalar

  3. Masala shartida, darslikda va darsda ko'rib chiqilgan masalaldarda tavsiflanganga nisbatan kamroq tanish bo'lgan holat tavsiflangan masalalar

Masalan: Agar darsda yoki darslikda gorizontal yo'nalish bo'yicha jismlar sitemasini harakati ko'rib chiqilgan bo'lsa, u holda shunga o'xshash, ammo vertikal yo'nalish bo'yicha jismlar sistemasining harakatiga tegishla masala taklif qilinishi mumkin.
4. O'quvchilar yangi bilimlar olishi uchun foydalanishi mumkin bo'lgan masalalar. Bunda o'quvchilar muammoli vaziyat sharoitida bo'lib qoladilar.
Maxsus masalalar gruppasiga, ijodiy masalalar deb ataluvchi masalalar kiradi. Bu masalalarni ikita asosiy ko'rinishga bo'linadi: «nima uchun» degan savolga javob berishni talab etadigan «tadqiqot» va «qanday bajarish mumkin» degan savolga javob beradigan.
Sifat masalalariga, ularni yechish uchun hisoblashlar talab etilmaydi, unday masalalarni afzallik tomonlari ko'ppdir. Masalan: Suyuqlikning zichligi kubning zichligidan 5 marta katta bo'lgan suyuqlikda suzayotgan kubni chizishni taklif etish mumkin. Hisoblash masalalariga eng sodda, mashq masalalari kiradi. Masalan: Dinamikaning ikkinchi qonunini o'rganishda kuch va massa bo'yicha tezlanishni yoki jism massasi va tezlanishi bo'yicha kuchni topishga bag'ishlangan 1 ta, 2 ta masalani ishlatish mumkin.
3.Mehanika va elektrostatikaga doir masalalar yechish.
Metrodagi eskalator odamni 30 s da yuqoriga olib chiqadi. Agar odam va eskalator birgalikda harakat qilsa, 10 s da ko‘tariladi. Eskalator tinch tursa odam qancha vaqtda yuqoriga chiqadi? (Javobi: 15 s).

Berilgan


 



Yechilishi:











Jism 80 m balandlikdan erkin tushmoqda. Tushishning oxirgi sekundidagi ko‘chishni toping. Harakat davomidagi o‘rtacha tezligini aniqlang. Jismning boshlang‘ich tezligini nolga teng deb hisoblang. (Javobi: 35 m, 20 m/s).



Berilgan

 




Formulasi:


Yechilishi:


 
Agar vertikal yuqoriga otilgan jism yo‘lning oxirgi 1/4 qismini 3 s da bosib o‘tgan bo‘lsa, u qancha vaqt ko‘tarilgan? Uning boshlang‘ich tezligi qanday bo‘lgan? (Javobi: 60 m/s, 6 s).

Berilgan


 



Formulasi:




Yechilishi:

   

Agar boshlang‘ich tezliksiz erkin tushayotgan jism oxirgi sekundda 75 m yo‘lni o‘tgan bo‘lsa, u qanday balandlikdan tushgan? Harakatning oxiridagi tezligi nimaga teng? (Javobi: 320 m, 80 m/s).



Berilgan


 



Formulasi:




Yechilishi:
   

   




 
Ikki sharcha bir nuqtadan 20 m/s boshlang‘ich tezlik bilan 1 sekund vaqt intervali bilan yuqoriga vertikal otildi. Birinchi sharcha otilgandan qancha vaqt o‘tgach, sharlar uchrashadi? (Javobi: 2,5 s).

Berilgan


 



Formulasi:

1 – jismni hisoblaymiz
2 -

Yechilishi:
  2,5 s, 1,5
Maxovik aylanganda gardishidagi nuqtalar tezligi 6 m/s ulardan o‘qqa 1,5 sm yaqin masofada bo‘lgan nuqtalar tezligi esa 5,5 m/s bo‘lsa, maxovikning radiusi qancha? (Javobi: 18 sm).

Berilgan



 

Formulasi:

   



Yechilishi:

     


Mexanik harakat I g‘ildirakdan II g‘ildirakka tasma orqali uzatiladi. Agar II g‘ildirakning burchak tezligi 100 πs–1, g‘ildiraklarning radiuslari mos ravishda 30 va 10 sm bo‘lsa, I g‘ildirak minutiga necha marta aylanadi? (Javobi: 300 marta).

Berilgan




 



Formulasi:




Yechilishi:


Magnitofon o‘ragichi 4 m/s tezlik bilan 40 s da tasmani o‘rab oldi. Agar o‘ragichning boshlang‘ich radiusi 2 sm, oxirgi radiusi 6 sm bo‘lsa, tasmaning qalinligini aniqlang. (Javobi: 0,063 mm).


Berilgan




 

Formulasi:





Yechilishi:

  d=R-r

h balandlikdan   boshlang‘ich tezlik bilan gorizontal otilgan jism borib tushgan nuqtasiga aynan tushishi uchun uni h/3 balandlikdan qanday gorizontal tezlik bilan otish kerak?



Berilgan






Formulasi:






 
   
Uyning tomi gorizontga nisbatan 30o ni tashkil etadi. Tom ustida yurgan odam oyoq kiyimining tagcharmi bilan tom usti orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti qancha bo‘lganda, u sirpanmasdan yura oladi? (Javobi: 0,58).

Berilgan


 



Yechilishi:

 



Qo‘zg‘almas blok orqali o‘tkazilgan arqonning uchlariga 50 g va 75 g li yuklar osilgan. Arqon va blok massasi hisobga olinmaydigan darajada kichik. Arqonni cho‘zilmas deb olib, yuklarning harakatlanish tezlanishini va arqonning taranglik kuchini toping. (Javobi: 1,96 m/s2; 0,6 N).



Berilgan





Yechilishi:

 

Arava ustida suyuqlik quyilgan idish qo‘yilgan. Arava gorizontal yo‘nalishda a tezlanish bilan harakatlanmoqda. Suyuqlik sirti barqaror holatda bo‘lganida, gorizont bilan qanday burchak tashkil qiladi? (Javobi: α = tgα).



Berilgan




Yechilishi:




O‘zgarmas kuch ta’sirida harakat boshlagan jism birinchi sekundda 0,5 m yo‘l bosdi. Agar jismning massasi 25 kg bo‘lsa, ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? (Javobi: 25 N).



Berilgan
M=25 kg
S=0,5 m



Yechilishi:

   

O‘zgarmas kuch ta’sirida harakat boshlagan 50 g massali jism 2 sekundda 1 m yo‘l bosdi. Ta’sir etuvchi kuch nimaga teng? (Javobi: 0,025 N).



Berilgan
m=0,05 kg
t=2 s
S=1 m
F=?

Yechilishi:




Liftdagi suv solingan chelakda jism suzib yuribdi. Agar lift yuqoriga (pastga) a tezlanish bilan harakatlansa, jismning botish chuqurligi o‘zgaradimi?



Berilgan
  bo’lsa  
  bo’lsa   ortadi
  pastlasa   kamayadi.


Massasi M bo‘lgan silindrga ip o‘ralgan. So‘ngra silindrni pastga tashlab yuborilib, ipni yuqoriga tortib turiladi. Bunda silindrning massa markazi ipning yoyilishi davrida aynan bir xil balandlikda qoldi. Ipning taranglik kuchi nimaga teng.



Berilgan
m=M
T=?

Yechilishi:







8-masala
Gorizontal joylashgan taxtachada yuk turibdi. Yuk va taxtacha orasidagi ishqalanish koeffi tsiyenti 0,1. Taxtachaga gorizontal yo‘nalishda qanday α tezlanish berilsa, uning ustidagi yuk sirpanib tushadi? (Javobi: 1 kg).


Berilgan
 



Yechilishi:    





Qog‘oz varaq ustida to‘g‘ri silindr turibdi. Silindr balandligi 20 sm va asosining diametri 2 sm. Qog‘ozni qanday minimal tezlanish bilan tortilsa, silindr ag‘darilib tushadi. (Javobi: a = 0,1 m/s2).




Berilgan

 



Yechilishi:




h
ma

Massasi 6 t bo‘lgan, yuk ortilmagan avtomobil 0,6 m/s2 tezlanish bilan harakatlana boshladi. Agar u o‘sha tortish kuchida joyidan 0,4 m/s2 tezlanish bilan qo‘zg‘alsa, unga ortilgan yukning massasi qancha bo‘lgan? (Javobi: 3 t).



Berilgan

 

mashq 1-masala 0,3 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 20 t massali vagon 0,2 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan 30 t massali vagonni quvib yetadi. Agar to‘qnashish noelastik bo‘lsa, ular o‘zaro urilgandan keyin vagonlarning tezligi qanday bo‘ladi?



Berilgan

 



Yechilishi:

 
 


Odam massasi 2 kg bo‘lgan jismni 1 m balandlikka 3 m/s2 tezlanish bilan ko‘targanda qancha ish bajaradi? (Javobi: A = 26 J).




Berilgan






Yechilishi:




Massasi 6,6 t bo‘lgan kosmik kema orbita bo‘ylab 7,8 m/s tezlik bilan harakatlanayotgan bo‘lsa, uning kinetik energiyasi nimaga teng bo‘ladi? (Javobi: Ek = 200 GJ).




Berilgan

 

 

Yechilishi:

 





5 m balandlikdan erkin tushayotgan 3 kg massali jismning yer sirtidan 2 m balandlikdagi potensial va kinetik energiyalari nimaga teng? (Javobi: Ep=60 J; Ek=90 J).




Berilgan

 

 
 



Yechilishi:


 -  yoki  





5m 2m

Koptokni yerdan qaytib 2h balandlikka ko‘tarilishi uchun uni h balandlikdan pastga qanday boshlang‘ich tezlik 0 bilan tashlash kerak? To‘qnashish absolyut elastik deb hisoblansin.


Berilgan




Yechilishi:


 
 







2h h

Massasi 1 kg bo‘lgan moddiy nuqta aylana bo‘ylab 10 m/s tezlik bilan tekis harakatlanmoqda. Davrning to‘rtdan bir ulushida, davrning yarmida, butun davrda impulsning o‘zgarishini toping. (Javobi: 14 kg·m/s; 20 kg·m/s; 0).

Berilgan


 



Yechilishi:
 
Pifagordan




 





   

Massasi 0,5 kg bo‘lgan jism 4 m/s tezlikda yuqoriga vertikal otildi. Jism maksimal balandlikka ko‘tarilishida og‘irlik kuchining ishini, potensial energiyasining va kinetik energiyasining o‘zgarishini toping. (Javobi: 4 J; 4 J; – 4 J).




Berilgan


 



Yechilishi:
   



 

 





Massalari 1 kg va 2 kg bo‘lgan noelastik sharlar bir-biriga tomon, mos ravishda, 1 va 2 m/s tezlik bilan harakatlanmoqda. To‘qnashgandan keyin sistema kinetik energiyasining o‘zgarishini toping (Javobi: 3 J).




Berilgan

 


 



Yechilishi:


 =1,5j



Massasi 15 t bo‘lgan trolleybus joyidan 1,4 m/s2 tezlanish bilan qo‘zg‘aldi. Qarshilik koeffi tsiyenti 0,02. Dastlabki 10 m yo‘lda tortish kuchi bajargan ishni va qarshilik kuchi bajargan ishni toping. Bunda trolleybus qancha kinetik energiya olgan? (Javobi: 240 kJ, – 30 kJ, 210 kJ).



Berilgan

 


 



Yechilishi:



Ek= 

Chana balandligi 2 m va asosi 5 m bo‘lgan tepalikdan tushadi va tepalik asosidan 35 m gorizontal yo‘lni bosib o‘tib to‘xtaydi. Ishqalanishni butun yo‘l davomida bir xil deb hisoblab, ishqalanish koeffi tsiyentini toping. Shunga o‘xshash usul bilan tajribada, masalan, gugurt qutisi va chizg‘ich orasidagi ishqalanish koeffi tsiyentini toping. (Javobi: 0,05).



Berilgan

 





Yechilishi:
1-usul






Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin