Reja: Kirish Asosiy qism


Yalpi taklif va unga ta'sir etuvchi omillar



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə4/7
tarix15.04.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#125345
1   2   3   4   5   6   7
1. Kurs ishi.Yalpi talab yalpi taklif modeli

2.Yalpi taklif va unga ta'sir etuvchi omillar
Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo'lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi. Umumiy taklif tushunchasi ko'pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida qo'llaniladi. Yalpi taklif - bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va taklif qilinishi mumkin bo'lgan iste'mol hamda investitsiya tovarlari va xizmatlarning umumiy miqdoridir. Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va xizmatlarning alohida narxlarini umumlashtiruvchi Jami narx tushuniladi. Narxlari narxlar darajasiga, Jami iste'molchilarning to'lov qobiliyatli talabini Jami talabga, barcha tovar va xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. Ko'rsatkichlarni yiriklashtirishni bu usulidan makroiqtisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanib turiladi. Makrodarajada iqtisodiyotni usiz tahlil qilib yoki oldindan aytib bo'lmaydi. Yalpi talab va taklif hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar tuzilishining asosi hisoblanadi. Oddiy ko'rinishda bu ko'rsatkichlarning o'zaro bir-biriga bog'liqligi grafik yordamida aks ettiriladi (4-chizma).

4-chizma. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar darajasi o`rtasidagi o`zaro bog`liqlik
Yalpi taklif hajmiga taʼsir taʼsir kiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan tashqari bir qator omillar taʼsir koʻrsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining oʻzgarishi yalpi taklifning oʻzgarishiga sabab boʻladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta umumiy hususiyatga ega: agar ular oʻzgarsa, mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlari ham oʻzgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizigi joyini oʻzgartiradi. Yalpi taklifga Narxdan tashqari taʼsir qiluvchi omillar.
Resurslar narxining oʻzgarishi. Resurslar narxi tayyor mahsulot narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar oʻzgarmay qolganda, resurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning koʻpayishiga, resurs narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib keladi. Resurs narxlariga bir qator omillar taьsir koʻrsatadi. Resurslar taklifining koʻpayishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar kamayadi. Resurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib keladi. Endi alohida resurslar taklifi oʻzgarishining yalpi taklifga taʼsirini qarab chiqamiz.
Yer resurslari - yangi yerlarning ochilishi, sugʻorish, yangi - texnik takomillashuvlar tufayli koʻpayish mumkin. Yer resurslari taklifining koʻpayishi yerga boʻlgan sarflarning kamayishiga olib keladi va shu orqali mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlarni pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shaxobchalarining kengayishi, intensiv dehqonchilikni qoʻllash tufayli yer resurslarining kamayishi qarama-qarshi natijaga olib keladi.


Ishchi kuchi (Mehnat) resurslari. Korxona xarajatlarining asosiy kismi ishchi va xizmatchilarga ish haqi toʻlash uchun ketadigan xarajatlar hisoblanadi. Boshqa sharoitlar oʻzgarmay kolganda, ish haqining oʻzgarishi mahsulot birligiga toʻgʻri keladigan xarajatlar darajasiga sezilarli taʼsir koʻrsatadi. Mavjud ishchi kuchi (mehnat) resurslarining koʻpayishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish haqining oshishiga olib keladi.
Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zahirasini oʻstirib borsa, yalpi taklif oʻsish tamoyiliga ega boʻladi. Masalan, agar jamiyat oʻz daromadining asosiy kismini tejab, uni investitsion tovarlar sotib olishga yoʻnaltirsa, yalpi taklif oʻsadi. Xuddi shunday asosiy kapital sifati yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari kamayadi va yalpi taklif koʻpayadi. Korxona oʻzining eski, sifati past boʻlgan qurilmalarini, yangi va ancha takomillashgan kurilmalar bilan almashtirishi bunga misol boʻla oladi. Agar mamlakatda asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati yomonlashsa, yalpi taklif qisqaradi.
Tadbirkorlik layoqati. Vaqt oʻtishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar soni koʻpayadi va bu yalpi taklifga taʼsir koʻrsatadi. Masalan keyingi vaqtda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy eʼtiborni qaratilishi bunday faoliyat bilan shugʻullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining koʻpayishiga olib kelishi muqarrar va bu oʻz navbatida Yalpi taklifni oshiradi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin