Neolit davri madaniyati
Mintaqamizning iqtisodiy-geografik joylashuvi, tarixiy manbalarva asarlarda ko’rsatilishicha, eramizdan avvalgi VI- IV ming yilliklar oralig‘ida Markaziy Osiyo geografik joylanishuvi va iqlim sharoitiga ko‘ra ikkita yirik madaniy-tarixiy hududga bo‘lingan. Mazkur bo‘linish o‘sha davr kishilarining xo‘jalik yuritishida, turmush tarzi va o’zaro madaniy aloqalari hamda san’atida o‘z aksini topgan. Janubi-g‘arbiy hududlarda (hozirgi Turkmanistonning janubiy hududlarida) dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi o‘troq qabilalar yashagan bo‘lsa, shimoliy hududlarda ovchilik, baliq ovlash va yig‘uvchi-terimchilik bilan shug‘ullanadigan kishilar istiqomat qilganlar. Ular o‘rtasida tosh qurollardan foydalanish uzoq davrlargacha saqlanib qolgan. Albatta, xo‘jalik yuritishning cheklanganligi shimolda yashovchi turli qabilalar madaniyati va san’atining janubiy hududda yashovchi qabilalar madaniyatidan orqada qolishiga sabab bo‘lgan
. Faqat eramizdan avvalgi 11 ming yillikka kelibgina shimolda yashovchi kishilar dehqonchilik bilan shug‘ullanishni yo‘lga qo‘ya boshlaganlar, o‘troq hayot kechirishga o’tishgan, metall (bronza)dan mehnat qurollari yasashgan. Albatta, mazkur o‘zgarishlar ma’naviy madaniyat, ayniqsa, uning tarkibiy qismi hisoblangan san’atda o‘z ifodasini topa boshlagan.
Dehqonchilik bilan shug‘ullanish qo’shni hududlarda yashovchi turli qabilalar bilan madaniy aloqalar o‘rnatishga olib kelgan. Ularning ma’naviy madaniyati Bolqon yarim orolidan Hindistongacha cho‘zilgan ulkan hududda birmuncha ertaroq shakllangan.
Neolit davri Markaziy Osiyo xalqlari ma’naviy madaniyatining shakllanishi va rivojlanishiga qadimgi Sharqning yuksak madaniyatga erisligan Elam (Eronning togkli hududlari. Eramizdan avvalgi III ming yillikdan VI asrning o ‘rtalarigacha bo’lgan davrini o‘z ichiga olgan davlat. Eramizdan avvalgi XIII-XII asrlarda davlatchilik va madaniyat gullab-yashnagan) va Shumer, qadimgi Misr va buyuk Hind sivilizatsiyasi hisoblangan Moxinjondora (hozirgi Pokistondagi Sind viloyati hududida eramizdan avvalgi III va II ming yilliklardagi buyuk shahar madaniyati) va Harrapa (hozirgi Pokiston hududidagi Panjob viloyati, eramizdan avvalgi III va II ming yillikning birinchi yarmida yuksalgan shahar madaniyati) sivilizatsiyalari o‘z ta’sirini ko‘rsatgan.
Eramizdan avvalgi V ming yillikda yashagan qabilalar madaniyatining asosiy xususiyati diniy qarashlaming vujudga kela borganligi va bu bilan bog‘liq bo‘lgan terrakota haykalchalarining ko‘proq ona timsolini tasvirlaganligidir.
Qo‘lda yasalgan sopol idishlarga qizg’ish-qora rangdagi tabiiy bo‘yoqlar bilan turli geometrik shakllar chizilgan. Ayniqsa, uchburchak, to‘rsimon, o‘simlik shoxlari ko‘rinishidagi va bir-birini kesib o‘tuvchi chiziqlardan keng foydalanilgan.
Ayrim idishlarning tashqi tomonlariga hayvonlarning ko‘proq. tog‘ echkisining suratlarini tushirish rasm bo’la borgan. Bu esa dehqonchilik madaniyati bilan shug‘ullanuvchi qabilalar o‘rtasida totemistik qarashlarning kurtaklari paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi.
Neolit davri (eramizdan avvalgj VI-IV ming yilliklar oralig’i) insoniyatning tayyor mahsulotlardan foydalanishi, mahsulotlarni ishlab chiqarishga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Bu davrga kelib chorvachilik va dehqonchilik paydo bo’ladi, tosh qurollar yanada takomillashtirilib, kulolchilik va qurilish ishlari rivojlanadi, to‘qimachilik va hayvon terilaridan buyumlar ishlab chiqarish vujudga keladi.
Hayot kechirish manbalarining ko‘payishi, kishilaming yashash uchun yangidan yangi hududlarga ko‘chib o‘tishi kengayadi. Bu esa qabilalar o‘rtasida hosildor yerlar va ov qilinadigan maskanlarni egallash uchun kurashlarni vujudga keltiradi. Mazkur o’zgarishlar kishilarning tabiat bilan o‘sha davr madaniyatining rivojlanishida o‘z ifodasini topgan. ya’ni kishilarning dunyoqarashi, ishlab chiqarish m unosabatlarini, hayot shart-sharoitlarida tub o‘zgarishlaming vujudga kelishiga olib kelgan. Mehnat taqsimotining osha borishi, qabilaviy munosabatlarning kuchayishi va mustahkam lanishi, matriarxat davridan patriarxat davriga o‘tish kishilar o‘rtasidagi munosabatlami yanada murakkablashtirgan. Magik qarashlar kuchaygan. Dehqonchilikka oid afsonalar rivojlangan.
Shunga qaramasdan, neolit davri san’atida kishilarning mehnat faoliyatini aks ettirish asosiy mavzuligicha qolgan. Loydan turli xil kichik haykalchalar yasash, o’ta sodda badiiy hunarmandchilik va naqqoshlikning rivojlanishi amaliy-dekorativ (bezak) san’atining paydo bo‘lishi neolit davri madaniyatining xarakterli xususiyati hisoblanadi. O‘sha davr badiiy hunarmandchiligida kishilar mehnat jarayonlarida estetik tomonlarni his qila boshlaganligi ko‘zga tashlanadi. Ularning obyektiv dunyo qonuniyatlarini qanchalik darajada anglab borganligi ham turm ushda ishlatilgan ko‘plab buyumlar va amaliy bezak san’atida o‘z ifodasini topgan. Predmetlarda aks etgan naqshlar, o‘z xarakteriga ko‘ra, turli xil: parallel chiziqlar, qo‘sh spiral, egri chiziqlar, doira va boshqa shakllarda bo‘lgan.
xulosa
Zarafshon vodiysida yashagan neolit davri qabilalari shaxta yo’li bilan xom-ashyo qazib chiqarish usulini ixtiro qiladilar. Neolit davri odamlari toshning xususiyatlarini o’rganishga e’tibor bergan. Ular ma’lum darajada nam tortgan (chaqmoqtosh qancha ko’p nam tortsa, undan istalgan shaklda yuqori sifatli qurol yasash oson bo’lgan) chaqmoqtosh topish ustida harakat qilgan. Chaqmoqtosh sirlarini yaxshi bilgan neolit davri ustalari ana shu chaqmoqtoshni izlash natijasida yangi kashfiyotlar qildilar. Ya’ni ular shaxta yo’li bilan xom-ashyo olish usulini ixtiro qiladilar. 1960 yilda arxeolog Ya./ulomov Navoiy viloyatining Uchtut degan joyida mehnat qurollari yasash uchun juda boy xom-ashyo markazini ochdi. Arxeologlar M.Qosimov va T.Mirsoatov Uchtut yodgorligini tadqiq qildilar. Uchtutda Chaqmoqtosh xom-ashyosi olish uchun 4,5 va 5 metrli o’ralar kovlangan. Kerakli xom-ashyoni olish uchun esa o’raning har tomoniga qo’shimcha yo’laklar ochilgan.
Neolit davrida dastlabki shaxtalar Angliya, Frantsiya, Daniya, Shimoliy Germaniya hududlarida ham ko’plab mavjud edi. Bu davrda xom-ashyoni ixtisoslashgan tarzda qazib olish keng ko’lamda bo’lib, u san’at darajasiga ko’tarilgan. Ibtidoiy san’atning rivojlanish bosqichi ham neolit davriga to’g’ri keladi. Yuqorida keltirib o’tganimiz madaniyat yodgorliklaridan topilgan idishlarga, kulolchilik buyumlariga har xil rangdagi bo’yoqlardan naqshlar, odam va hayvon suratlari chizilgan.
Neolit davri uzoq davom etgan tosh asrining so’nggi bosqichi bo’lib, odamlar bu davrda ho’jalikning ilg’or, unumdor shakli – dehqonchilik va chorvachilikni kashf etgan. Bu jarayon arxeologiyada neolitning inqilobi deb yuritiladi. (ingliz olimi G.Chayl fikri) kishilarda yaratuvchanlik faoliyatini aktivlashuvi mehnat qurollarida yangi shakl va xususiyatlarni, ishlab chiqarishda esa yangi ko’nikmalarni paydo etdi. Natijada, to’qimachilik, ip yigirish, qayiqsozlik, uysozlik, suvda suzish, . . . o’rganildi va o’zlashtirildi. Bu davrda hunarmandchilikka asos solindi. Maishiy munosabatlar ma’lum ma’noda tartibga kela boshladi. Odamlarda fiziologik o’zgarishlar yasashga xissa qo’shgan xususiyat-pazandalik sohasida go’shtni pishirib eyish va ovqatlar tayyorlash imkoniyatiga ega bo’lindi. Xususan, neolitda odamzod rivojlanish sari katta qadam tashladi.
Kaltaminor madaniyatiga mansub yodgorliklar Zarafshon vodiysining quyi oqimidan ham topib oʻrganilgan. Darvozashrliklar chaplasi nomi bilan yuritilgan bu yodgorlikdagi chayla toʻgʻri burchakli toʻrtburchak shakdda qurilgan. Sahnining uz. 11,6 m, kengligi 7 m, maydoni 81,5 kv.m ga teng. Unda 30—35 nafardan iborat ovchi va baliqchilar jamoasi istiqomat qilgan. Chayla tashqarisida bir qancha oʻchoq oʻrinlari qayd qilinib, undan chaqmoqtosh qurollar (oʻq-yoy paykonlari, oʻroq, randa, keskich, qirgʻich, teshgich, soʻzan, parma va bolta), sopol idish boʻlaklari, baliq, parranda va yovvoyi hayvon suyaklari topiladi.
Dehqonchilik va chorvachilik xoʻjaliklari hamda oʻtroq hayot bilan bogʻliq turli xildagi kasb-hunarlarning kengayib borishi oqibatida chaqmoqtoshga boʻlgan talab oshadi. Shu boisdan togʻ va togʻ oldi hududlarida yashovchi qabilalar jamoasida togʻlardan yuqori sifatli xom ashyo konlarini izlab topish va ulardan chaqmoqtosh qazib oluvchi konchilar guruhi paydo boʻladi. Xom ashyo, dastavval togʻ yuzasiga chiqib qolgan tosh harsanglaridan sindirib olingan, soʻngra qazib chiqarilgan. Buning uchun oʻra va lagʻmlar kavlanib, konlar barpo etilgan. Bunday shaxtali Neolit davri konlaridan biri Navoiy viloyatining Uchtut qishlogʻi yaqinida topib tekshirilgan (miloddan avvalgi 5—3-ming yilliklarga mansubdir.). Oʻrta Osiyoda, xususan, Oʻzbekiston hududida bundan 5—7 ming yil muqaddam ilk bor kon sanoatiga asos solingani maʼlum boʻldi. Neolit davri shaxtalari Angliya, Fransiya, Keniya, Shvetsiya, Germaniya va Belarus kabi hududlarida ham oʻrganilgan. Neolit davrining oxirida odamlar metalldan, dastlab misdan har xil taqinchoqlar, buyum va qurollar ishlashni oʻrganib oladilar.
foydalangan adabiyotlar
1:. Asqarov A., Oʻzbekiston tarixi, T., 1994;
2.Massoy V. M., Poseleniye Djeytun, L., 1971;
3.Tolstov SP., Qadimgi Xorazm madaniyatini izlab, T., 1964.
4.Violatti, Kristian. Neolit davri. Ancient.eu-dan olingan
5.Luiz Enrique Neolitik inqilob.
Dostları ilə paylaş: |