Reja: Kirish Asosiy qism



Yüklə 55,54 Kb.
tarix10.11.2022
ölçüsü55,54 Kb.
#119227
anvarMicrosoft Word (2)


Mavzu: Korxonalardagi pul mablag’lari tahlilini takomillashtirish
Reja:
Kirish
Asosiy qism
1. Pul mablag`larining korxona iqtisodiyotidagi o`rni va ularning asosiy vazifalari.
2. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik sub’ektlarining pul mablag’lari harakatini tahlili
3. Moliyaviy faoliyatdagi pul mablag’lari harakatining tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Ma`lumki, iqtisodiyotni rivojlanishing barcha boskichlarida naqd pulsiz hisob kitoblar aloxida axamiyatga ega bulgan va ularni hisobga olish tartibi usha davrdagi iqtisodiyotning rivojlanishi darajasidan kelib chiqkan. Chunki xar kanday boskichda iqtisodiyotning rivojlanishi u yoki bu modeliga amal kilgan va uning ajralmas kismi sifatida esa buxgalteriya hisobi ishtirok etgan. Tarakkiyotning yukori pogonasiga kutarilish esa xar doim iqtisodiyot fanlarining, chunonchi buxgalteriya hisobining rivojlanishi xam belgilab bergan va ular xam ta`sir etgan. Bozor munosabatlarining shakllanishi va uning chukurlashuvi naqd pulsiz hisob kitoblar hisobining uslubiy asoslari va ularning xarakatini ifodalovchi kursatkichlarning sifat jixatidan uzgarishini talab kilmokda. Shuning uchun xam naqd pulsiz hisob kitoblarning hisobini tartibga soluvchi konuniy va me`yoriy hujjatlarni tubdan kayta kurib chiqishni talab kildi. Shu asosda Respublikamizda naqd pulsiz hisob kitoblar hisobini tartibga soluvchi konuniy va me`yoriy hujjatlar oxirgi yillarda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelab chiqkan xolda ishlab chiqildi va bu buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini tula islox kilinishini ta`minlay olmaydi. Chunki asosiy e`tibor tashki foydalanuvchilarni kiziktiradigan kursatgichlarni ishlab chiqishga karatildi va bu borada ancha muvaffakiyatlarga xam erishildi. Tugrirogi naqd pulsiz hisob kitoblarni xalkaro andoza talablariga ancha yakinlashtiradi va ularni hisoblash uchun zarur ma`lumotlar bilan ta`minlovchi buxgalteriya hisobi esa eskicha kolaveradi.


Korxona amalga oshiradigan xar qanday faoliyat turi pul mablag`larini talab kiladi. Korxona pul mablag`lari asosida maxsulot, ish va xizmatlarni sotishdan, shuningdek kimmatbaxo kogozlarni va mol mulkni sotishdan kelib tushadi. Yangi tashkil bulayotgan korxonalarga esa tasvirchilar ustav kapitalini shakllantirish uchun bankdagi hisoblash schyotiga naqd pul topshirishi yoki utkazib berish (yuridik shaxslar) mumkin.
Korxonalarga pul mablag`larining buxgalteriya hisobini yuritish kup jixatdan ularning turkumlanishiga boglik. Chunki pul mablag`larini manbalardan kelib tushishi va kaysi yunalishlar buyicha sarflanishini taxlil kilish asosida ulardan samarali va maksadga muvofik foydalanish mumkin.
Hozirgi kunda dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda buxgalteriya hisobi yagona yondoshuv asosida yuritilmoqda, ammo har bir alohida olingan mamlakatda uning iqtisodiyoti, mulkchilik tizimi va xo’jalik yuritish tizmining xususiyatlarini hisobga olgan holda, mana shu xususiyatlarni nazarda tutuvchi milliy andozalarni qabul qilish orqali hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o’rtasida munosib muomala tili bo’lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalarni chuqur o’rganish va ularni mamlakatimiz amaliyotida keng qo’llanish zarurligi sabab bo’lmoqda. Shu boisdan ham buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanmoqda.

Pul mablag`larining korxona iqtisodiyotidagi o`rni va ularning asosiy vazifalari


Bozor iqtisodiyoti sharoitida naqd pulsiz hisob kitoblardan samarali foydalanish korxonalar iqtisodiyotining barkaror rivojlanishining ta`minlovchi asosiy omillaridan biridir. Chunki korxonalar faoliyatining uzluksiz davom etishini ta`minlash uchun zarur ishlab chiqarish zaxiralari va mexnat vositalari sotib olish, davlat budjetidan tashkari fondlar uchun tulovlarni amalga oshirish uchun ma`lum mikdorda naqd pulsiz hisob kitoblar talab kilinadi. Shuning uchun xam korxonalar mavjud pul mablag`larini yukorida kursatilgan maksadlarga sarflashda iqtisodiy jixatdan manfaatli va tejamli bulgan xamda korxonaga uz mablag`laridan ratsional foydalanish imkonini berishni birinchi navbatda hisobga olish zarur. Yukoridagi fikr va muloxazalar ushbu mavzuning dolzarbligini belgilab beradi va bozor munosabatlari sharoitida korxonalarning pul mablag`lari va ularning xarajati tugrisidagi boshqaruv apparati uchun zarur ma`lumotlarni buxgalteriya shakllantirish masalalarini urgatadi.
Ma`lumki, iqtisodiyotni rivojlanishing barcha boskichlarida naqd pulsiz hisob kitoblar aloxida axamiyatga ega bulgan va ularni hisobga olish tartibi usha davrdagi iqtisodiyotning rivojlanishi darajasidan kelib chiqkan. Chunki xar kanday boskichda iqtisodiyotning rivojlanishi u yoki bu modeliga amal kilgan va uning ajralmas kismi sifatida esa buxgalteriya hisobi ishtirok etgan. Tarakkiyotning yukori pogonasiga kutarilish esa xar doim iqtisodiyot fanlarining, chunonchi buxgalteriya hisobining rivojlanishi xam belgilab bergan va ular xam ta`sir etgan. Bozor munosabatlarining shakllanishi va uning chukurlashuvi naqd pulsiz hisob kitoblar hisobining uslubiy asoslari va ularning xarakatini ifodalovchi kursatkichlarning sifat jixatidan uzgarishini talab kilmokda. Shuning uchun xam naqd pulsiz hisob kitoblarning hisobini tartibga soluvchi konuniy va me`yoriy hujjatlarni tubdan kayta kurib chiqishni talab kildi. Shu asosda Respublikamizda naqd pulsiz hisob kitoblar hisobini tartibga soluvchi konuniy va me`yoriy hujjatlar oxirgi yillarda bozor iqtisodiyoti talablaridan kelab chiqkan xolda ishlab chiqildi va bu buxgalteriya hisobining uslubiy asoslarini tula islox kilinishini ta`minlay olmaydi. Chunki asosiy e`tibor tashki foydalanuvchilarni kiziktiradigan kursatgichlarni ishlab chiqishga karatildi va bu borada ancha muvaffakiyatlarga xam erishildi. Tugrirogi naqd pulsiz hisob kitoblarni xalkaro andoza talablariga ancha yakinlashtiradi va ularni hisoblash uchun zarur ma`lumotlar bilan ta`minlovchi buxgalteriya hisobi esa eskicha kolaveradi.
Korxona amalga oshiradigan xar qanday faoliyat turi pul mablag`larini talab kiladi. Korxona pul mablag`lari asosida maxsulot, ish va xizmatlarni sotishdan, shuningdek qimmatbaxo kogozlarni va mol mulkni sotishdan kelib tushadi. Yangi tashkil bulayotgan korxonalarga esa tasvirchilar ustav kapitalini shakllantirish uchun bankdagi hisoblash schyotiga naqd pul topshirishi yoki utkazib berish (yuridik shaxslar) mumkin.
Korxona uziga tegishli bulgan pul mablag`larini uzining asosiy va qo`shimcha faoliyatni rivojlantirish, tovar moddiy kiymatliklarini sotib olish, ishchi va xizmatchilarga ish xaki tulash, kapital kuyilmalarni (ishlab chiqarish va madaniy-maishiy obyektlarni kurish, avtomobillar, traktorlar va boshqa asosiy vositalarni sotib olish, kup yillik mevali va manzarali daraxtlarni utkazish va ustirish, shuningdek asosiy podani tashkil kilish) uzlashtirish va davlat budjeti va budjetdan tashkari fondlarga va boshqa yuridik va jismoniy shaxslarga kursatgan xizmatlari uchun xujalik subyektlarining faoliyatini tartibga soluvchi konu-niyatlar va meyeriy hujjatlarda kilinmagan maksadlarga sarflash mumkin.
Yuridik shaxslarning pul mablag`larining tashkil topishi, saklanishi va ulardan foydalanish tartibi Uzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan nazorat kilinadi. 1998 yil 12 dekabrda ruyxatga olingan va 1998 yil 24 yanvarda Uzbekiston Adliya Vazirligi tomonidan tasdiklangan "Yuridik shaxslarning kassa muammolarini yuritish koidalari"da batafsil yeritib berilgan.
Pul mablag`larining kaysi manbalardan tashkil topishi va ularning sarflanishini asosiy axamiyati esa "Buxgalteriya hisobi tugrisidagi" Uzbekiston Respublikasining konuni asosida ishlab chiqilgan va buxgalteriya hisobining Milliy andozalarining 9-son "Pul okimlari tugrisi-da hisobot"ida anik kursatilib utilgan bulib, u Uzbekiston Moliya Vazirligi 1998 yil 16 oktabrda tasdiklangan va Uzbekiston Adliya Vazirligi tomonidan 1998 yil 4 oktabrda ruyxatga olingan.
"Yuridik shaxslarning kassa muammolarini yuritish koidalari"da barcha yuridik shaxslar kuyidagilarga amal kilishi shart:



  • mulkchilik shaklidan kat`iy nazar pul mablag`larini bank muassasalarida saklashlari shart;

  • yuridik shaxslar urtasidagi, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi fukarolar ishtirokidagi hisoblashlar fakat bank muassasalari orkali hisob-kitoblarning naqd pulsiz shaklida amalga oshirilishi zarur;

  • bank muassasasidan olingan naqd pullar kaysi maksadlar uchun olingan bulsa, usha maksadlarga sarflanishi mumkin;

  • tashkilot uz kassasida fakat bank muassasasi raxbari tomonidan tashkilot raxbari bilan kelishilgan xolda belgilangan limit chegarasida saklashi mumkin;

  • tashkilot uz kassasida limitdan ortikcha naqd pullarni fakat mexnat xaki, stipendiya, mukofot, nafaka berish vaktida 3 kun muddatda saklashi mumkin;

  • savdo va xizmat kursatish soxalaridan kelib tushgan tushumlarni mexnat xaki, pensiya va nafakalarni tulash uchun sarflash takiklangan;

  • xizmat safarlari uchun beriladigan pul kiymati usha xududda belgilangan sarf-xarajatlar me`yorida bulishi zarur;

  • sarflanmagan naqd pullar tashkilot kassasiga 3 kun ichida kaytarilishi shart va naqd pul olgan hisobdor shaxs buxgalteriyaga avans hisoboti topshirishi shart.

Pul mablag`larining saklanishi va ularning tugri foydalanish javobgarligi korxona raxbari va buxgalteriga yuklatiladi. Ular kassa va bank muammolari koidalariga rioya kilishi va ularni belgilangan kat`iy tartibda tugri rasmiylashtirishlari zarur. Ishlab chiqarish jarayoni uzluksiz bulganligi uchun korxona mablag`lari bir vaktning uzida aylanishning barcha boskichida bulishi mumkin, bunda pul mablag`lari korxona iqtisodiyotida aloxida axamiyatga ega. Chunki ishlab chiqarish jarayonining barcha boskichlari ta`minotchi ishlab chiqarish va sotish boskichlarida pul mablag`lari u yoki bu mikdorda sarflanadi. Shuning uchun xam korxonada doimo ma`lum mikdorda pul mablag`larini bulishi takazo etadi.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarning moliyaviy barkaror-ligi kup jixatdan ularning tulov kobiliyatiga boglikdir.
Ma`lumki, tulov kobiliyatining mazmuni eng avvalo bush pul mablag`larining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Chunki pul mablag`lari eng yukori likvidlikka ega bulgan aktivlar hisoblanadi. Shuning uchun xam korxonalarda mavjud bulgan bush pul mablag`laridan samarali foydalanish uchun ularni oborotga kiritish aloxida axamiyatga ega. Umuman, korxonalarning pul mablag`larining asosiy vazifalari kuyidagilardan iborat:
1.Pul kiymat ulchovi bulib- bu tovarning ma`lum kiymatidagi pul summasiga tengligini kursatadi va tovar kiymatining mikdori hisoblanadi. Pulda ifodalangan tovar kiymatining baxosi hisoblanadi. Kiymat ulchovi vazifasi asosan baxo orkali amalga oshiriladi. Uning yordami bilan korxona ishlab chiqkan tovarning kiymati bozor yoki preyskurant (shartnoma) baxosi uchun asos buladi va mamlakatning milliy valyutasida va uning boshqa mamlakatlar valyutalariga tenglashtirilgan xolda aks ettiriladi.
2.Korxonalarning pul mablag`lari muomala jarayonida ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bulgan resurslarni sotib olish va kursatilgan xizmat va bajarilgan ish xajmlari uchun tulov vositasi hisoblanadi. Pulga korxona xamma zarur resurslarni sotib olish va barcha tulovlarni amalga oshirishi mumkin. U xujalik subyektlari urtasidagi barcha hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi universal ulchovdir.
3.Pul jamgarish vositasini bajarganda boylik tuplashga xizmat kiladi. Albatta, pul boylikning asosiy shakli, lekin uning yagona shakli emas, ammo pul boylik tuplashning eng kulay vositasi hisoblanadi. Ammo buning uchun pul kadrli bulishi kerak. Respublikamizning milliy valyutasini kadrli bulishini ta`minlash mamlakatimizning eng asosiy iqtisodiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Ushbu masala buyicha mamlakatimiz Prezidenti shunday deb ta`kidlagan edi: "Qachon milliy valyuta kuchli va obruli bulsa, iqtisodiyot ushandagina mukammal buladi".
Korxonalarning bankdagi hisoblashish schyoti va valyuta schyotlarida saklanayetgan pul mablag`lari mamlakatimiz iqtisodiyotining poydevorini mustaxkamlashga xizmat kiladi. Chunki ular banklarni aktiv operatsiyalarini jonlantirilishini ta`minlaydi, milliy va chet el valyutalarining ishlab chiqarish jarayonidagi aylanishini ta`minlaydi va u bunda birdaniga ikkita muxim vazifani bajaradi. Birinchidan, korxonalarning ishlab chiqarish jarayoniga jalb kilish yuli bilan pulning aylanishini ta`minlaydi va milliy valyuta hisobiga yaratilayotgan yalpi ichki maxsulot va yalpi milliy daromadni usishini ta`minlaydi. Ikkinchidan esa, korxonaning hisoblashish va valyuta schyotlari pul mablag`larini ishlab chiqarish jarayoniga jalb kilganligi uchun bank uz mijozlariga xam ma`lum mikdorda xak tulaydi.
Shunday kilib, pulning birinchi vazifasi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishga xizmat kilsa, ikkinchi vazifasi esa korxonalarga ma`lum mikdorda daromad keltiradi.
Pul tulov vazifasini xam bajaradi. Bunda pul korxona mol yuboruvchilar, pudratchilar va boshqa izmat kursatvuchi xujalik subyektlariga va davlat budjeti va budjetdan tashkari fondlarga bulgan karz majburiyatlarini bajaradi.
Pul mablag`larining korxona iqtisodiyotida tutgan o`rni uning asosiy vazifalarini bajarish uchun buxgalteriya hisobi boshqaruv apparatini tegishli ma`lumotlar tuplami bilan ta`imnlanishi zarur. Buning uchun esa pul mablag`lari hisobining oldida kuyidagi asosiy vazifalar turadi:



  • korxonaning pul mablag`larini samarali boshqarish uchun zarur ma`lumotlar iblan ta`minlash;

  • tulov va hisob-kitoblarni pul muomalalarini tartibga soluvchi meyeriy hujjatlarda kursatilgan tartiblarga rioya kilgan xolda uz vaktida amalga oshirish;

  • hisob registrlarida pul mablag`larini naqdligi va xarakatlarini uz vaktida aks ettirish, chunki pul mablag`larining xarakati korxonaning faollik darajasining asosiy kursatkichlaridan biridir.

  • pul mablag`larining belgilangan maksadlarga sarflanishi, smeta va limitlarga amal kilishini nazorat kilish;

  • pul mablag`larining inventarizatsiyasini belgilangan muddatlarda utkazishini ta`minlash va uzaro hisob-kitoblar, muddati utgan debitorlik va kreditorlik karzlarini tulanishini nazorat kilish;

  • kassadagi, hisoblashish, valyuta va bankdagi boshqa schyotlarda saklanayetgan pul mablag`larining saklanishining nazoratini ta`minlash;

  • pul resurslarining xarakat okimini prognozlash va optimizatsiya kilish buyicha tegishli boshqaruv karorlarini kabul kilish.

Ushbu masalalarning muvaffakiyatli bajarilishi korxonaning pul mablag`laridan samarali foydalanishni ta`minlovchi boshqaruv karorlarini kabul kilish imkoniyatini yaratadi. Albatta, yukoridagi vazifalarni bajarish uchun pul mablag`larining buxgalteriya hisobini tugri tashkil kilish zarur buladi. Buning uchun esa korxonalarda mavjud mablag`larni turkumlash aloxida axamiyatga egadir.


Korxonalarga pul mablag`larining buxgalteriya hisobini yuritish kup jixatdan ularning turkumlanishiga boglik. Chunki pul mablag`larini manbalardan kelib tushishi va kaysi yunalishlar buyicha sarflanishini taxlil kilish asosida ulardan samarali va maksadga muvofik foydalanish mumkin.
Xozir amaliyotda pul mablag`lari kuyidagicha turkumlanadi va ular buxgalteriya hisobini yuritishda foydalaniladi1.



  1. Valyutalarni turlari buyicha guruxlash.

  2. Qaysi joyda saklanish buyicha guruxlash.

  3. Qaysi maksadlarga sarflanishi buyicha guruxlash.

  4. Qaysi manbalardan kelib tushishi buyicha guruxlash.

  5. Pul mablag`larining turlari buyicha guruxlash.

Respublikamizda xujalik subyektlariga nafakat Uzbekiston milliy valyutasi sumda balki boshqa chet el valyutalarida xam banklarda hisob rakamlarini ochish imkoniyatlari berilgan. Uzbekiston Respublikasi Markaziy bankining karoriga kura barcha xujalik subyektlari 1999 yil 1 iyulidan bir necha banklarda uzlarining hisob rakamlarini turli valyutalarda ochish imkoniyatiga ega buldilar.
Sodir bulgan xujalik muomalalarining mazmuni kuyidagicha:
Bankdagi hisob-kitob schyotidan korxona kassasiga turli maksadlar uchun naqd pul olib kelishdi.
Hisobdor shaxslar avans hisobotiga asosan ortikcha oshgan pullarni korxona kassasiga topshiriladi.
Yakka uy-joy kurish uchun olingan ssudani xodimlar tomonidan kassaga topshirganda.
Kvartirada turuvchi xodimlar va farzandlari bolalar muassasalarida tarbiyalanganligi uchun ota-onalar tomonidan uz karzlarini kassaga topshirsa.
Maxsulot, ish va xizmatlarni sotishdan tushgan naqd pullar kassaga topshirilsa.
Kassa limitidan ortikcha pullar bankdagi hisob-kitob schyotiga topshirilsa.
Kassadan ishchi va xizmatchilarga ish xaki va nafaka berilganda.
Kassadan hisobdor shaxslarga avans berilganda.
Kassadan dividendlar tulanganda.
Ish xaki, mukofotlar va boshqa shunga uxshash tulovlarning deponentga utkazilgan summalari kassadan tulanganda.
Kassa muomalalarining hisob (dastlabki hisobdan to balansda umumlashtirilgunga kadar bulgan davrni) jarayonini sxemada kuyidagicha aks ettirilish mumkin.
Xar bir korxona bankida hisob-kitob schyoti ochiladi. Bu schyotda korxona uz pul mablag`larini saklaydilar va turli tashkilotlar bilan naqd pulsiz hisob-kitoblar olib boradilar. Korxonalarning pul mablag`lari hisob-kitob schyotida saklanganligi uchun bank ma`lum mikdorda foyz tulaydi. Korxonalar hisob-kitob schyoti ochish uchun kuyidagi hujjatlrni topshiradi: belgilangan shaklda maxsus ariza. Bu arizaga korxona raxbari va bosh buxgalteri imzo kuyadi: imzolar kuyilgan va pechat bosilgan kartochka (ikki nusxada). Korxona raxbari va bosh buxgalterning kartochkada kuyilgan imzolari yukori organ tomonidan tasdiklanadi.
Hisob-kitob schyotidagi pul mablag`lari kuyidagi xujalik muomalalari natijasida kupayishi mumkin: davlatga sotilgan maxsulot uchun pul olinganda; chet tashkilotlarga bajargan ish va xizmatlar uchun pul olinganda; banklardan ssudalar olinganda; kassadagi limitdan ortikcha pullar utkazilganda; asosiy xujalik faoliyatidan boshqa daromadlar tushganda. Hisob-kitob schyotiga tushadigan pul mablag`lari bank koidalariga muvofik namunaviy hujjatlar asosida rasmiylashtiriladi. Masalan, sotilgan maxsulot, bajarilgan ish va kursatilgan xizmatlar uchun tayyorlov tashkilotlari va boshqa xujaliklardan tushadigan pullarni bank bu tashkilotlarning uz karzlari uchun pul utkazishi tugrisidagi hujjatlariga asosan utkazadi. Korxona kassadagi naqd pulini bankdagi hisob-kitob schyotiga naqd pul topshirish tugrisida yozilgan ma`lumotnomaga asosan topshiradi. Bunda bank pul kabul kilinganligi tugrisida kvitansiya beradi. Ayrim xollarda tovar muammolariga doir pul mol yuboruvchining hujjatlariga asosan xam undirilishi mumkin. Bunday xollarda xujalik uziga xizmat kursatuvchi bankka maxsus hujjat tulov talabnomasi yozib topshiradi. Bank shu hujjatga asosan hisoblangan pullrani tulovchi schyotidan mol yuboruvchining schyotiga utkazadi. Korxonaning hisob-kitob schyotidagi pul kuyidagi tulovlar hisobiga kamayishi mumkin: boshqa tashkilot va korxonalardan olingan mol va moddiy boyliklar xamda kursatilgan xizmatlar uchun pul tulaganda; mexnatga xak tulash va turli xujalik extiyojlari uchun kassaga naqd pul olib kelinganda; davlat budjeti va sugurta organlariga majburiyat yuzasidan pul utkazib berilganda; bankdan olingan ssudalar va ularning foizi kaytarilganda; xujalik faoliyatiga doir boshqa tulovlar tulanganda. Naqd pul hisob-kitob schyotidan pul chyokiga asosan beriladi. Xujalikning farmoyishi bilan tulanadigan boshqa barcha naqd pulsiz tulovlar tulov topshirigiga asosan rasmiylashtiriladi. Bu hujjat uch nusxada tuzilib bankka topshiriladi. Tulov topshirigining 1- 2- nusxasini bank olib koladi, 3 nusxasiga pul tulanganligi tugrisida belgi kuyib tulovchi tashkilotga kaytarib beradi. Bank xujalikning hisob-kitob schyotidan mustakil ravishda mol yuboruvchining tulov talabnomasiga asosan xakdor tashkilotga utkazadi. Bunday vaktda tulovchi korxonadan xech kanday farmoyish hujjatlari talab kilinmaydi. Xujalik xak tulashini belgilangan tartibda asosli rad etgan vaktdagina bank pul utkazib bermaydi. Ba`zi hujjatlarga asosan bank korxonaning hisob-kitob schyotidan suzsiz (tulovchining rozi bulishi yoki bulmasligiga karamasdan) pul oladi. Bunday hujjatlarga xalk sudining ijro varakalari, davlat arbitraji organlarining buyruklari kiradi. Bunday hujjatlarga asosan kreditor tashkilot tulov talabnomasi yozib bankka topshiradi. Bank bu pulni suzsiz undirib beradi. Korxonaning hisob-kitob schyotidan sarflanadigan pulni bank tomonidan hujjatlarning kelib tushish ketma-ketligiga karab tulaydi. Korxonaning uz hisob-kitob schyotidan pul mablag`lari xarakati ustidan nazorat kilib turish uchun bankdan vakti vakti bilan ko`chirma olib turadi. Bu ko`chirma hisob-kitob schyoti buyicha bankda yuritiladigan shaxsiy schyotning ikkinchi nusxasi hisoblanadi. Ko`chirmada hisob-kitob schyotiga tushgan va undan tulangan xamma pul mablag`lari kursatiladi. Pul mablag`lari xujalik-ning buyrugidan tashkari hisob-kitobidan sarflangan xollarda ko`chirma-ga tegishli hujjatlar ilova kilinadi. Bunda shuni e`tiborga olish kerakki, bank uchun korxonalarning hisob kitob schyotlari passiv schyot bulib hisoblanadi. Shuning uchun uning kreditida kupayishi, debetida kamayishi aks ettiriladi. Banklar (korxona bilan kelishgan xolda) ko`chirmani berish muddatini belgilaydi, shu bilan birga ko`chirmani tekshirish muddati, ya`ni bank yozuvlariga norozilik bildirish muddati xam belgilanadi. (2 kun) Ko`chirmalarni tekshirish paytida aniklangan xatolar hisob-kitob schyotida bank tomonidan yozilgan summada aks ettiriladi.
Shu bilan birga xato yozilgan summa 63 "Da`volar buyicha hisob-kitob" schyotiga utkazib kuyiladi. Bildirilgan da`volar bank tomonidan xal etilganda bu schyot yepiladi. Bu xildagi hisob-kitob schyoti xujalik ma`lumotlari buyicha xam bir xilda koldikka ega bulish imkonini beradi. Hisob-kitob schyotining koldigi doimo debetida buladi. Bankning ko`chirmasida keltirilgan summalar karshisiga korrespondentlanuvchi schyotlarning nomerlari yozib chiqiladi, sung kirimga olingan pul mablag`lari summasiga 51 schyot debetlanib, chiqim summalariga esa 51 schyot kreditlanadi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida xo’jalik sub’ektlarining pul mablag’lari harakatini tahlil
Respublikamiz o’zining mustaqilligiga erishganidan so’ng Prezidentimiz boshchiligida respublikaning o’ziga xos bo’lgan siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish modeli ishlab chiqildi. Ushbu rivojlanish modeli asosida respublikamizda yangi iqtisodiy tizim - bozor iqtisodiyotiga o’tilmoqda. Turli-tuman mulk shakllarining paydo bo’lishi, davlat mulkining xususiylashtirilishi, hissadorlik jamiyatlari, hamkorlikdagi qo’shma korxonalar, kichik korxonalarning vujudga kelishi o’tish jarayoniga xos xususiyatlardandir. Bunday sharoitda tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasida haqiqiy raqobat hukm surishiga, korxonalar mustaqil ravishda chet el korxonalari bilan aloqa o’rnatishga, mahsulot sotishning yangi zamonaviy usullarini rivojlantirishga, tijorat banklari, xususiy banklar, birjalar, kim oshdi savdolari faoliyatini rivojlantirishga imkoniyatlar paydo bo’la boshladi.
Hozirda mulkiy birlik va munosabatlarning shunday tizimini shakllantirish lozimki, bu harakat avvalo faoliyat yakunida yuqori unum va natijaviylikni, butlik va manfaat uyg’unligini, eng muhimi bozor to’kin-sochinligi va jamiyatimiz farovonligini ta’minlasin. Bozor iqtisodiyotiga o’tish jarayonida ushbu jihatga bosh masala sifatida qarash lozim.
Prezidentimiz bu haqda fikr yuritib, o’zining asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari surgan: «Pirovard maqsadimiz ijtimoiy yo’naltirilgan barqaror bozor iqtisodiyotiga, ochiq tashqi siyosatga ega bo’lgan kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir».
Moliyaviy axborot bilan ishlashning eng muhim jihatlaridan biri uni tahlil qilishdir. Tahlil qilishda xo’jalik faoliyatini o’rganishda hamda xulosalar chiqarishda asos bo’ladigan bir qator ko’rsatkichlardan foydalaniladi.
Korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilish bilan shug’ullanayotgan har bir xodim moliyaviy hisobot shakllarini, shu jumladan, "Pul oqimi to’g’risidagi hisobot" shaklini erkin o’qiy olishi, uning moddalarini tushunishi, shuningdek xulosalar chiqarish va tavsiyalar berishni bilishlari kerak.
Moliyaviy hisobot moddalaridan foydalanib, korxona to’g’risida katta hajmda ma’lumot olish, uning moliyaviy ahvolini xizmat va bozor faolligini tahlil qilish mumkin.
"Pul oqimlari to’g’risida hisobot" da korxona moliyaviy resurslaridagi barcha o’zgarishlar pul mablag’lari tuqtai-nazaridan aks ettiriladi:

  • Xo’jalik faoliyatida olingan pullar harakati;

  • olingan hamda to’langan foizlar va dividendlar;

  • to’langan soliqlar;

  • olingan va qo’yilgan investitsiyalar;

  • aksiyalar va zayomlar, shuningdek ijara majburiyatlari bo’yicha tushumlar va to’lovlar.

Kundalik xo’jalik faoliyati jarayonida sodir bo’lgan pul mablag’laridagi barcha o’zgarishlar shunday tartibda aks ettiriladiki, u pul mablag’lari qoldig’i bilan ularga ekvivalent bo’lganlar o’rtasida, ya’ni, qisqa muddatli yuqori likvid investitsiyalar, erkin ayirboshlanadigan pul mablag’lari o’rtasida o’zaro bog’liqlikni aniqlash imkonini beradi.
4-son shaklga "Valyuta mablag’larining harakati to’g’risida ma’lumotnoma" ilova qilinib, unda davr boshi va oxiriga bo’lgan qoldiqlar, valyuta mablag’lari tushumi va xarajati to’g’risidagi ma’lumotlar keltiriladi.
Korxonaning moliyaviy ahvoli ko’p jihatdan real pul aylanmasiga bog’liq. Korxonaning hisob-kitob va o’zga hisob raqamlari orqali o’tadigan pul mablag’larining kelib tushishi va ularning sarflanishiga pul mablag’lari oqimi deyiladi.
Korxona ishining samaradorligiga, barqaror moliyaviy holatga korxonaning hisob-kitob va o’zga hisob raqamlariga pul mablag’lari o’z vaqtida va to’la hajmda kelib tushishi va to’lanishi natijasida erishish mumkin.
Pul mablag’lari oqimini tahlil qilish uchun 4-shakl "Pul mablag’lari to’g’risidagi hisobot" moliyaviy xisoboti, shuningdek, 1-sh shaklidagi "Korxona (tashkilot) moliyaviy faoliyatining asosiy ko’rsatkichlari to’g’risida" gi statistika hisoboti asosiy ma’lumot manbai bo’lib xizmat qiladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot – moliyaviy hisobot hujjati bo’lib, unda joriy xo’jalik faoliyati jarayonida pul mablag’lari kelib tushishi, sarflanishi va ularning yil boshi va oxiridagi qoldig’i, shuningdek, investitsiya va moliyaviy faoliyatga yo’naltirilgan pul mablag’lari aks ettiriladi.
Pul mablag’lari oqimiga so’m va valyutadagi pul mablag’lari kiritiladi. Shu tufayli 4-shakl "Pul mablag’lari to’g’risidagi hisobot" moliya hisobotida maxsus "Valyuta mablag’larining harakati to’g’risidagi ma’lumotnoma" bo’lib, unda ularning davr boshi va oxiridagi qoldig’i va ularning kelib tushish va sarflanish summasi ko’rsatiladi.
Pul mablag’lari oqimini o’rganishda ishlatiladigan asosiy atamalar quyidagilardan iborat2:
Pul oqimlari – pul va pul mablag’larining hamda so’m va o’zga ekvivalentlarining kirimi (kelib tushishi) va chiqimi (sarflanishi).
Pul ekvivalentlari – bu pul mablag’lariga erkin almashtiriladigan qisqa muddatli likvidlanadigan, qiymati o’zgarishi xatariga kamroq moyil bo’lgan investitsiyalar.
Pul mablag’lari – bu kassadagi naqd pul va talab bo’yicha beriladigan depozitlar, shuningdek, hisob-kitob, valyuta va o’zga bank hisob raqamlaridagi mablag’lar.
Operatsiya faoliyati – bu investitsiya va moliyaviy faoliyatni istisno qilganda, korxonaning daromad keltiradigan asosiy va boshqa faoliyati.
Investitsiya faoliyati – pul ekvivalentlariga kiritilmagan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish.
Moliyaviy faoliyat – xo’jalik yurituvchi sub’ektning faoliyati bo’lib, u natijada o’z sarmoyasi va qarz olingan mablag’lar hajmi va tarkibining o’zgarishiga olib keladi.
Pul mablag’larining oqimini quyidagi asosiy ko’rsatkichlar ta’riflaydi:

  1. Pul mablag’larining kelib tushishi va sarflanishi summasi.

  2. Kelib tushgan va sarflangan pul mablag’larining tuzilmasi.

  3. Kelib tushgan va sarflangan pul mablag’larining o’zaro saldosi.

  4. Kelib tushgan va sarflangan pul mablag’lari nisbatining koeffitsiyenti (pul mablag’lari oqimi koeffitsiyenti).

Kelib tushgan va sarflangan pul mablag’larini summasi moliyaviy hisobot shakli bo’lmish 4-shakl "Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot" bo’yicha to’rt guruhga guruhlashtirilgan.
Bundan tashqari, pul mablag’lari oqimini chizma ko’rinishida tasvirlash mumkin.
Haridorlardan olingan pullar (kirim), hisobot davrida korxonaning bank schyotlariga, yoki veksel ko’rinishida yuklab jo’natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan mablag’lar summasini ko’rsatadi. Ushbu summani 4-shakl "Pul mablag’lari to’g’risidagi hisobot" moliyaviy hisobotidan (quyida 4-Sh) va 1-sh shakli statistika hisobotidan olish mumkin.
Boshqa pul tushumlari va royaltidan, turli ko’rinishdagi mukofotlar, komission yig’imlardan olingan pul mablag’lari va ularning ekvivalentlari summasini ko’rsatadi.
Korxonaning boshqaruv rahbariyati uchun bu hisobot korxonaning qisqa muddatli kreditorlik qarzlarini uzishga mavjud mablag’ni yetarli yoki yetishmasliligi, hissadorlarga to’lanadigan dividendlar miqdorini ko’paytirish yoki kamaytirish hamda korxonani investitsiya va moliya masalalari bo’yicha siyosat kabi masalalarni hal etish zarurdir.
Pul oqimlari to’g’risidagi manbalar asosida investorlar kompaniyani faoliyatini o’rganadi va ularni faoliyatiga baho beradi. Jumladan, korxona rahbariyati pul mablag’lari harakatini boshqara olish, korxona schyotidan kreditor qarzlarni uzish hamda hissadorlarga dividend to’lash, qo’shimcha moliyalashtirish maqsadlari uchun yetarli miqdorda pul mablag’larini jamlash imkoniyatlari aniqlanadi. Bu hisobot shakli orqali sof foyda bilan pul mablag’lari harakati o’rtasidagi bog’liqlik va tafovutlari aniqlanishi mumkin. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot korxonani investitsiya va moliyaviy faoliyati natijalarini o’zida aks ettiradi.
Korxonaning pul oqimini tahlil qilishda moliyaviy tahlil quyidagi vazifalarni bajaradi:

  • pul mablag’larining harakatiga to’g’ri, aniq va xolisona baho berish;

  • operatsion faoliyatdagi pul mablag’larining harakatiga baho beish;

  • korxonaning joriy, investitsiya va moliyaviy faoliyatlari bo’yicha pul mablag’larining sof kirimini va chiqimini aniqlash hamda baho berish;

  • pul mablag’lari kirimi bo’yicha manbalarini, chiqimi bo’yicha harakatlarining tarkibini chuqur o’rganish;

  • pul mablag’lari miqdorining optimal variantini aniqlash;

  • korxonaning valyuta mablag’lari harakatini o’rganish va unga ta’sir etuvchi omillarga baho berish;

  • korxonani sof pul oqimlarida ijobiy saldoni ko’paytirish imkoniyatlarini aniqlash va hakozolar.

“Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot”da joriy (operatsion), investitsiya, moliyaviy va soliqqa tortish faoliyatlari bo’yicha pul mablag’larini kirimi va chiqimi ifodalangan.
Joriy (operatsion) faoliyat – xo’jalik jarayonlarini korxonaning pul mablag’lariga, foyda miqdoriga ta’sirini ifodalaydi. Bu bo’limga quyidagilar kiradi:



  • jo’natilgan tovarlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun kelib tushgan pul mablag’lari;

  • mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to’langan pul mablag’lari;

  • xodimlarga va ular nomidan to’langan pul mablag’lari;

  • operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to’lovlari.

Korxonalarda pul mablag’larini harakati asosan korxona xo’jalik faoliyatida sodir bo’ladi.


Investitsiya faoliyati – korxona investitsiya faoliyatida nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish, uzoq muddatli moddiy aktivlar, ya’ni ko’chmas mulk bo’lmish bino, jihozlar va boshqa asosiy vositalarni sotib olish uchun yetkazib beruvchilarga to’langan pullar va unga tenglashtirilgan mablag’lar chiqim ustunida aks ettiriladi.
Kirim ustunida esa uzoq muddatli aktivlarni sotishdan tushgan tushum hisoblanadi. Korxonalar harid qilingan uzoq va qisqa muddatli qo’yilmalar moddasini chiqim ustunida vositalarga komission to’lovlar va boshqa birjada to’langan foizlarni hisobga olmagan holda qimmatli qog’ozlarni sotib olish uchun to’langan, pul mablag’larini ko’rsatadilar. Kirim ustunida o’zlik bo’lmagan qimmatli qog’ozlarni shu bilan birga bank va boshqa yuridik shaxslarni qisqa muddatli va uzoq muddatli ssuda va qarzlarini sotishdan kelgan tushum ko’rsatiladi.
Bozor munosabatlari sharoitida xo‘jalik yurituvchi subektlarning ishlab chiqarish jarayonida doimo boshqa xo‘jaliklar bilan iqtisodiy aloqada bo‘ladilar. Bunday aloqalarini olib borish xo‘jaliklarning asosiy faoliyati hisoblanadi va ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligi, mahsulotlarni o‘z vaqtida jo‘natish hamda sotish jarayoni ta’minlanadi. Xo‘jalik aloqalari shartnomalar bilan rasmiylashtirilib, ularga asosan bir tomon mahsulot (ish va xizmat) larni taklif etuvchi (sotuvchi), ikkinchi tomon esa – xaridor sifatida qatnashib, to‘lovni amalga oshiruvchi bo‘lib qatnashadi. Mahsulot (ish va xizmat) larni etkazib beruvchi bilan uning haqini to‘lovchilar orasidagi hisoblashishlar o‘z vaqtida tashkil etilishi aylanma mablag‘larning aylanish tezlashishiga ta’sir qilib, olinadigan va to‘lanadigan mablag‘larning paydo bo‘lishiga barham beradi. SHuningdek, xo‘jaliklarning budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tegishli idoralar hamda ishlab chiqarishda, boshqaruv apparatida faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlar bilan hisoblashishlar vujudga keladi. Xo‘jalikning boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hisoblashishlari naqd pullik yoki naqd pulsiz, ya’ni pul o‘tkazish yo‘li orqali to‘lovni oluvchining hisob raqami ochilgan bankka o‘tkazib beriladi. Bugungi kunda subektlar o‘rtasida o‘zaro hisob-kitob operatsiyalari bo‘yicha hisoblashishlar nizomga3 ko‘ra pul o‘tkazish yo‘li orqali amalga oshiriladi. Tijorat banklari yuridik va jismoniy shaxslarning bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilish, ularning boshqa xo‘jalik hamda tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob – kitoblarini amalga oshirish, shuningdek, qaytarib olish to‘lovlilik va muddatlilik sharti bilan bo‘sh mablag‘larni joylashtirish maqsadida tashkil etilganligidir. Respublikamizda bank tizimi davlat Markaziy banki va tijorat banklaridan tashkil topgan bo‘lib, ular o‘z mijozlariga shartnoma asosida xizmat ko‘rsatadi. Mijozlar bank xizmatlaridan foydalanishda mustaqil ravishda o‘zlari tanlagan bir yoki bir nechta banklarda hisob-kitob-pul bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshiradi.4 SHu bilan birga ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida bankning kredit resurslaridan foydalanishlarilari va maqsadli kredit munosabatlari yuzasidan kredit shartnomalarini rasmiylashtirishlari mumkin. Korxonalar banklarda hisob– kitob va valyuta schyotlaridan tashqari, maxsus joriy schyotlari (limitlashtirilgan chek daftarchalari, akkreditivlar, maxsus schyotlar va b.) dan ham foydalanishlari mumkin. Xo‘jalik yurituvchi subektlarning pul mablag‘lar hisobi buxgalteriya hisobi schyotlar rejasining beshinchi bo‘limi, majburiyatlari bo‘yicha hisob–kitoblar esa oltinchi va ettinchi bo‘limida tayinlangan schyotlarda yuritiladi. Xo‘jaliklarda mavjud pul mablag‘laridan maqsadli foydalanish va ularni samarali boshqarish, shuningdek, olinadigan mablag‘lar va majburiyatlarni o‘z vaqtida so‘ndirish buxgalteriya hisobi orqali nazorat qilinadi. SHu boisdan, ushbu nazoratni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tashkil etishda uning oldiga bir qator vazifalarni bajarishni taqozo etadi. Ular quyidagilardan iborat:
−pul mablag‘lari va hisob–kitob operatsiyalarini o‘z vaqtida tegishli hujjatlarda to‘g‘ri rasmiylashtirib borish;
−kassadagi kirim va chiqim qilinayotgan mablag‘larni to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda ularni kassa daftarida qayd qilib borish;
−kassadagi naqd pul mablag‘lari va unga ekvivalent bo‘lgan pul hujjatlari, qimmatli qog‘ozlarning butligini kundalik nazorat qilib borish;
−pul mablag‘laridan to‘g‘ri foydalanish va ularning maqsadli sarflanishini doimiy nazorat qilish;
−budjet, budjetdan tashqari mablag‘lar, banklar, xodimlar va boshqa tashkilotlar, xaridor va buyurtmachilar bilan shartnomada belgilangan to‘lov shakllariga amal qilib borishni nazorat qilish;
−qarzlarni qaytarish muddatidan o‘tkazib yubormaslik maqsadida debitor va kreditorlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob – kitoblarni o‘z vaqtida taqqoslama dalolatnomalar bilan rasmiylashtirish hamda uni so‘ndirish bo‘yicha choratadbirlar ko‘rish;
−xo‘jalikning pul mablag‘lari harakatini oldindan prognozlash va pul oqimini meyorlashtirish bo‘yicha tegishli tadbirlar ishlab chiqishdan iboratdir.
Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot ma’lum bir hisobot davrida korxonaning pul mablag‘lari holatiga operatsion, investitsiya va moliyaviy faoliyati ta’sirini aks ettiradi va shu davr ichida pul mablag‘lari o‘zgarishini ko‘rsatadi. Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlaridan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni beradi: - korxonaning pul mablag‘lari va ularning ekvivalentlarini ishlab topish qobiliyatini, shuningdek shunga o‘xshagan pul mablag‘laridan foydalanishda korxona ehtiyojini baholash;
- korxonaning sof aktividagi o‘zgarishlarni, moliyaviy tarkibi va uning o‘zgaruvchan vaziyat hamda imkoniyatlarga moslashish maqsadida pul oqimlarining summalari, shuningdek, o‘z vaqtida tushishiga ta’sir etish qobiliyatini baholash;
- turli korxonalarning operatsion faoliyati to‘g‘risidagi hisobotni taqqoslash. CHunki bu xo‘jalik faoliyatining bir xil muomala va vaqealari uchun buxgalteriya hisobining turli usullaridan foydalanish oqibotlarini bartaraf etadi. Pul oqimi to‘g‘risidagi hisobotda pul mablag‘lari oqimi quyidagi faoliyatlar bo‘yicha tasniflanadi: operatsion faoliyati; investitsion faoliyati va moliyaviy faoliyati.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida har bir korxonadan pul mablag’laridan samarali foydalanishni taqozo qilinadi. Korxona va tashkilotlarda pul mablag’laridan to’g’ri va samarali foydalanish ularning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar, qolaversa, xorijiy kompaniyalar bilan aloqasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’laridan foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yishda, avvalo, pul mablag’larining hisobi, auditi va tahliliga muhim e’tibor qaratish lozim. Ma’lumki, mustaqillikka erishilgan vaqtdan boshlab respublikamiz buxgalteriya tizimida muhim islohotlar o’tkazilib, uni bosqichma-bosqich xalqaro andozalarga moslashtirmoqda. Buxgalteriya hisobi uzoq vaqtlar davlat mulki ustidan markazlashtirilgan hisob olib borishning vositasi bo’lib keldi. Respublikamiz mustaqillikka 24 erishganidan keyin buxgalteriya hisobi sohasida ham bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bugungi kunda buxgalteriya hisobining ayrim tomonlari davr talabiga to’la javob bermay qoldi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish va bozor munosabatlarini rivojlantirish buxgalteriya hisobini ham isloh qilishni taqozo etmoqda. Bu masalada iqtisodchi olimlarimiz o’z fikr mulohazalarini bildirib, turli xil qarashlar, munozaralar olib borishmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishni isloh qilish, shuningdek buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasini xalqaro hisob standartlariga moslashtirish, buxgalteriya hisobi va auditning milliy standartlarini ishlab chiqish va ularni amaliyotda qo’llash hamda har bir tarmoq xususiyatlariga mo’ljallangan hisob uslubiyatlarini ishlab chiqish borasida bir talay ishlar qilinmoqda. Jumladan, «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunda korxona faoliyati to’g’risidagi ma’lumotlar barcha foydalanuvchilar uchun foydali bo’lishi lozimligi uqtirib o’tilgan. Qonunning 7-moddasiga binoan, pul mablag’lari buxgalteriya hisobining ob’ektlaridan biri bo’lib hisoblanadi4 . Shu sababli pul mablag’lari buxgalteriya hisobida boshqa ob’ektlar singari hisobda o’z vaqtida va to’g’ri eks ettirilishi lozim. Hozirgi kunda dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda buxgalteriya hisobi yagona yondoshuv asosida yuritilmoqda, ammo har bir alohida olingan mamlakatda uning iqtisodiyoti, mulkchilik tizimi va xo’jalik yuritish tizmining xususiyatlarini hisobga olgan holda, mana shu xususiyatlarni nazarda tutuvchi milliy andozalarni qabul qilish orqali hisobga olinadi. Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bunga, birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o’rtasida munosib muomala tili bo’lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi, ikkinchidan, xalqaro andozalarni chuqur o’rganish va ularni mamlakatimiz amaliyotida keng qo’llanish zarurligi sabab bo’lmoqda. Shu boisdan ham buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro andozalarga tayanmoqda. Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini amalga kiritish zarurati asosan buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya usullarini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasida hisobning o’ziga xos xususiyatlarini qo’llashdan iboratdir. Respublikamizda pul mablag’larini buxgalteriya hisobida aks ettirishni tartibga solish maqsadida buxgalteriya hisobining milliy andozalari ishlab chiqilgan.

Moliyaviy faoliyatdagi pul mablag’lari harakatining tahlili


Moliyaviy faoliyat – bo’limida aksiya chiqarishdan kelib tushgan tushum, uzoq va qisqa muddatli qarzlarni kelib tushishi va chiqimlar aks etadi. Bulardan tashqari korxona pul ishtirokisiz investitsiya va moliyaviy faoliyat bo’yicha chiqimlarni amalga oshirishi mumkin. Masalan, asosiy vositalarni uzoq muddatli kredit hisobiga sotib olish, kreditor qarzlarni aksiyani chiqarish va kreditlarga qo’shimcha aksiyani berish orqali bo’lishi mumkin.
Korxona moliyaviy holatining sog’lomligini sharti bo’lib, pul mablag’larini kirimi korxonaning majburiyatlarini qoplay olishidir. Minimal miqdordagi pul mablag’larini yetishmasligi moliyaviy holat tangligiga sabab bo’ladi. Ortiqcha mablag’larga ega bo’lish inflyatsiya natijasida pulni qadrsizlanishiga, hamda ortiqcha mablag’larni samarali foydalanishga yo’naltirmaslik natijasida qo’shimcha daromad ololmasligi mumkin. Shu bois pul mablag’larini ratsional boshqarishni doimo nazorat qilish va tahlil qilish lozim. Bunday tahlil etishni amalda bir qancha usullari mavjuddir.
Moliyaviy holat tangligini sabablaridan biri bu korxona joriy aktividagi pul mablag’larini joriy majburiyatlarga nisbatan keskin kamayib borishidir. Shu bois har oyda pul mablag’lari bilan muddati kelgan majburiyatlarni bir-biri bilan taqqoslab, tahlil kilish lozim.
Xo’jalik sub’ektlarining faoliyatini tahlil qilish jarayonida ikkala uslub (to’g’ri va egri)ning qo’llanilishi bir-birini to’ldirib boradi hamda hisobot davrida korxonani pul mablag’lari oqimining harakati haqidagi real holatini ko’rsatib beradi.
Xo’jalik sub’ektlarining pul mablag’lari oqimini egri uslub orqali o’rganish uchun aloxida analitik hisobot tayyorlash lozim bo’ladi. Analitik hisobot tuzish uchun quyidagi axborot manbalaridan foydalaniladi:



  • «Buxgalteriya balansi» (1 shakl);

  • «Moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot» (2 shakl);

  • «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot» (3 shakl);

  • Bosh daftar;

  • Jurnal-orderlar;

  • Buxgalteriya hisobi ma’lumotnomalari va boshqalar.

Pul oqimlari tahlilining egri uslubi natijalari bo’yicha quyidagi savollarga javob olishimiz mumkin bo’ladi:



    1. Qanday hajmda va qaysi manbalardan pul mablag’lari kirim qilindi hamda qanday asosiy yo’nalishlarga pul mablag’lari sarflandi?;

    2. Korxona joriy faoliyati natijasida to’lov mablag’lari (pul qiymatliklari zahirasini) kelishini ko’paytirishni ta’minlay oladimi?;

    3. Korxona debitorlik qarzlarini undirish hisobiga qisqa muddatli majburiyatlarini qoplash holatiga egami?;

    4. Investitsiya faoliyatiga yo’naltirish uchun o’zlik mablag’lari (sof foyda va amortizatsiya ajratmalari) yetarlimi?;

    5. Korxonaning olgan sof foydasi uning pul mablag’lariga bo’lgan joriy talabini qoplash uchun yetarlimi?.

Egri uslub orqali pul oqimlarini tahlil etishda yuqoridagi singari analitik hisobot tuziladi va pul oqimlarini hisoblash tizimi yaratiladi. Mazkur tizim orqali korxonaning pul oqimlariga har bir faoliyat turi qanday ta’sir ko’rsatayotganligi o’rganiladi. Egri uslubni qo’llash orqali har bir ko’rsatkich pul mablag’lariga qanday va qancha miqdorda ta’sir ko’rsatganligini ko’rishimizga imkon beradi. Jadvaldan ko’rinadiki, har ikkala uslub orqali ham pul mablag’lari qoldig’i bir xil natijani bermoqda. Bundan ko’rinadiki korxonada pul mablag’lari harakati buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to’g’ri aks ettirib borilgan.


Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul oqimlarini tahlil qilish natijasida pul mablag’larining taqchillik sabablari to’g’risidagi dastlabki xulosalarni qilish mumkin bo’ladi.
Bunday sabablarga quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin:



  • Xo’jalik sub’ektlarining mol-mulk va mahsulot sotish rentabelligini pastligi;

  • Soliqlar va dividend to’lovlarining yuqori ekanligi;

  • Korxonalarda qoplash manbalaridan yuqori bo’lgan kapital xarajatlarining katta miqdorda amalga oshirilishi;

  • Me’yordan ortiqcha bo’lgan zahira va xarajatlarni tashkil etishga pul mablag’larining yo’naltirilganligi;

  • Korxonalarda aylanma mablag’lar aylanishining pastligi, ya’ni aylanma mablag’larning aylanishi sekinligi hisobiga korxona oborotiga pul mablag’larining qaytishi sekinligi natijasida oborotga qo’shimcha pul mablag’larini jalb etilganligi;

  • Balans passivida qarz majburiyatlari ulushining ortishi hisobiga qarz va kreditlarni qoplashga hamda foiz to’lovlariga yuqori miqdorda to’lanmalar qilinganligi.

Bugungi kunda xo’jalik sub’ektlarining umumiy pul oqimiga asosan mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushgan tushum dinamikasi, mol-mulkning iqtisodiy rentabelligi va qarz mablag’lari bo’yicha to’langan foizlar summalari ta’sir etmoqda.


Ma’lumki, pul oqimlarining dinamikasiga baho berishda har bir mamlakatning o’ziga xos xususiyalari va ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab baho beriladi. Hozirda iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda pul oqimlarining dinamikasini o’rganish va ularga baho berishga katta ahamiyat qaratib kelinmoqda.
Bizga ma’lumki, korxonalarda “Pul oqimlari to’g’risidagi” hisobot shakli bilan birga ushbu shaklga ilova qilinib, “Valyuta mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotnoma” ham beriladi. Ushbu ma’lumotda asosan korxonaning valyuta mablag’larini harakati aks ettiriladi. Ya’ni, korxonada mavjud bo’lgan valyuta mablag’larining yil boshiga qoldig’i; jami valyuta tushumlari; shulardan, sotishdan tushgan valyuta tushumi, konvertatsiya hisobiga tushgan tushum, valyuta hisobida olingan kreditlar, va boshqa manbalar hisobiga kelib tushgan tushumlar; jami sarflangan valyuta mablag’lari; shulardan, ishlab chiqarish sarflariga qo’shiladigan xarajatlar, ishlab chiqarishni rivojlantirish xarajatlari, mol yetkazib beruvchilarga to’langan valyuta to’lovlari, valyuta hisobiga olingan kredit uchun to’lovlar va ularning foizlari hamda boshqa maqsadlar uchun to’langan valyuta mablag’lari bo’lishi mumkin va nihoyat hisobot davri oxiridagi valyuta qoldig’i aks ettiriladi.
Pul mablag’lari oqimi koeffitsiyentining birdan pastligi pul mablag’lari sarfi kelib tushishiga nisbatan ko’proq bo’lganligidan, hisobot davri oxirida pul va valyuta mablag’lari qoldig’i kamayganligidan dalolat beradi.
Mazkur koeffitsiyent korxona hisobot davri boshida muayan pul qoldiq summasiga ega bo’lganida birdan past bo’lishi mumkin.
Pul mablag’lari oqimi o’zgarishining moyilligini, ularning korxona moliyaviy ahvoliga ta’sirini aniqlash, pul mablag’lari oqimini prognozlash uchun pul mablag’lari oqimining so’nggi bir necha yil ichidagi summasi, tuzilmasi va koeffitsiyentining o’zgarishini tahlil qilish lozim bo’ladi.
Pul mablag’larining manbalari va foydalanish yo’nalishlarini baholash, ham shu asosda ular bo’yicha xulosa qilish va tavsiyalar berish maqsadida tahlil qiluvchi quyidagi savollarga javob topishi kerak:



  • Korxona bundan keyin ham asosiy vositalarni hisobdan chiqarishni korxonaning o’zida to’plangan pul mablag’lari hisobiga moliyalashtira oladimi?

  • Ishlab chiqarishni kengaytirish va yangi korxonalar sotib olish qay yo’sinda moliya bilan ta’minlangan?

  • Tashqi manbalardan moliyaviy ta’minlanishiga bog’liqlik qay darajada?

  • Dividend siyosati yuritish, ya’ni aksiyalar, qimmatli qog’ozlar va qarz berishga pul joylash hisobiga daromad olish qay darajada?

Bir necha yillik pul oqimlarining tahlili ishlab chiqarishni kengaytirishga pul mablag’larini jalb qilish istiqbolini va bo’lg’usi kutilmagan noxush holatlarning oldini olish imkoniyatlarini, ya’ni rahbariyatga korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo’yicha uslubiyat va taktikani belgilab olish imkonini beradi.


Operatsion faoliyatidan olinadigan pul mablag‘lari hajmi korxona faoliyati samarasining hal etuvchi ko‘rsatkichi hisoblanadi. CHunki u tashqi moliyalash manbalarisiz ssudalarni qaytarish, mehnat unumdorlik darajasini saqlash, dividendlar to‘lash va yangi kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Operatsion faoliyatidan bo‘lgan pul mablag‘lari harakati birinchi navbatda daromad olish bo‘yicha asosiy faoliyat natijasi hisoblanadi. Investitsion faoliyat – bu pul ekvivalentiga kirmaydigan uzoq muddatli aktivlar va boshqa investitsiyalarni sotib olish va sotish, qaytariladigan kreditlarni berish va olish. Bularga bino, asbob – uskuna, nomoddiy va boshqa aktivlarni sotish va sotib olish, aksiya yoki boshqa qarz majburiyatlarini sotishdan tushgan tushum va boshqa korxonalarning aksiyalari va qarz majburiyatlarini sotib olish, fyuchers, forvard, opsion va svop – shartnoma bo‘yicha tushumlar va ular bo‘yicha to‘lovlar kiradi. Fyuchers shartnoma – ma’lum miqdordagi moliyaviy instrumentlarni yoki belgilangan miqdordagi tovarlarni erkin savdo birjasida kelishilgan narxda oldi – sotdi to‘g‘risidagi shartnoma. Forvard kontrakti – tovar yoki moliyaviy instrumentlarni kelajakda jo‘natish va hisob – kitob qilish bo‘yicha oldi – sotdi to‘g‘risidagi bitim. Opsion kontrakt (mukofatli bitim) – bu ma’lum miqdordagi moliyaviy instrumentlar yoki tovarlarni kelishilgan muddat ichida belgilangan miqdorda mukofat to‘lash evaziga qayd etilgan narxda sotib olish yoki sotish huquqi. Moliyaviy faoliyat – bu shunday faoliyat turiki, uning natijasida korxonaning xususiy kapitali va qarzlari hajmi va tuzilishida o‘zgarish hosil bo‘ladi. Quyidagi pul mablag‘larining harakati bunga misol bo‘ladi:



Pul mablag‘larini tushumi

Pul mablag‘larining chiqimi

Aksiyalar chiqarishdan olinadigan tushumlar

Xususiy aksiyalarni sotib olish bo‘yicha to‘lanmalar

Qarzga olingan mablag‘lar tushumi

Qarzlarning qaytarilishi




Aksionerlarga dividendlar to‘lash va kapitalning boshqa ko‘rinishdagi taqsimlanishi




Moliyalashtiriladigan ijara bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlar bo‘yicha to‘lovlar

Pul oqimlari to‘grisidagi hisobotda quyidagi moddalar o‘z aksini topadi: «Mahsulot (tovar, ish va xizmat) larni sotishdan kelib tushgan pul mablag‘lari» (010–satr.) moddasida yuklab yuborilgan mahsulot (tovar, ish va xizmat) lar uchun hisobot davrida korxonaning bankdagi hisob – kitob schyotiga va kassasiga tushgan mablag‘lar ko‘rsatiladi. «Material, tovar va xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari» (020-satr.)moddasida uzoq muddatli aktivlarni sotib olish uchun to‘lanmalardan tashqari, materiallar, tovarlar, ish va xizmatlar uchun mol etkazib beruvchilarga to‘langan pul mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi «Xodimlarga va ular nomidan to‘langan pul mablag‘lari» (030–satr.) moddasida pul mablag‘larining quyidagi maqsadlar uchun sarflanishi ko‘rsatiladi: xodimlarga to‘langan mehnat haqi, mukofotlar, maqsadli davlat fondlariga to‘lanmalar, budjetga daromad solig‘i to‘lash; kasaba uyushmasiga ajratmalar, aliment to‘lovlari, turar joy fondiga to‘lovlar, xodimlarga berilgan bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar va shunga o‘xshagan xodimlarga va xodimlar nomidan kassadan


va bankdagi schyotlardan to‘lanadigan boshqa pul mablag‘lari aks ettiriladi.
«Operatsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari» (040-satr.)
moddasining «chiqim» degan xonasida olingan royalti, turli rag‘batlantirishlar va
boshqa daromadlar, savdo korxonalari bilan tuziladigan bitmlar bo‘yicha olingan
komission yig‘imlar aks ettiriladi.
«Jami operatsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (050-satr.) moddasida.
Pilus, minus, alomatlariga qarab 010,020,030,040-satrlar yig‘indisi ko‘rsatiladi.
«Asosiy vositalarni sotib olish va sotish» (060-satr.) moddasining «Kirim»
ustunida turli asosiy vositalarni sotishdan tushgan mablag‘lar summasi, «CHiqim»
ustunida mol etkazib beruvchilarga xarid qilingan asosiy vositalar uchun to‘langan
summa ko‘rsatiladi.
«Nomoddiy aktivlarni sotib olish va sotish» (070-satr.) moddasining
«CHiqim» ustunida mol etkazib beruvchilarga xarid qilingan nomoddiy aktivlar
uchun to‘langan summasi, «Kirim» ustunida nomoddiy aktivlarni sotishdan
tushgan mablag‘lar summasi ko‘rsatiladi.
Uzoq va qisqa muddatli investitsiyalarni sotib olish va sotish» (080-satr.)
moddasining «CHiqim» ustunida birjada to‘langan komission xarajatlar va foizlar
qo‘shilgan holda qimmatli qog‘ozlar va boshqa investitsiya instrumentlarini sotib
olish uchun to‘langan pul mablag‘lari summasi, «Kirim» ustunida qimmatli
qog‘ozlar va boshqa investitsiya instrumentlarini sotishdan tushgan pul
mablag‘lari aks ettiriladi.
«Investitsion faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari» (090-satr.)
moddasining «CHiqim» ustunida boshqa investitsion faoliyat bo‘yicha to‘langan
summa, «Kirim» ustunida – olingan pul mablag‘lari ko‘rsatiladi.
«Jami investitsion faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (100-satr.) moddasida
060, 070, 080, 090-satrlarning pilus bilan yozilgan summalarini jamlab «Kirim»
ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «CHiqim» ustunida
ko‘rsatiladi.
«Olingan va to‘langan foizlar» (110-satr.) moddasining «Kirim» ustunida
olingan, «CHiqim» ustunida to‘langan foizlar summasi ko‘rsatiladi.
«Olingan va to‘langan dividendlar» (120-satr.) moddasining «Kirim»
ustunida olingan, «CHiqim» ustunida to‘langan dividendlar summasi aks ettiriladi.
Aksiyalarni chiqarishdan yoki xususiy kapital bilan bog‘liq boshqa
instrumaentlardan kelgan pul tushumlari» (130-satr.) moddasida xususiy kapital
bilan bog‘liq hisobot davrida chiqarilgan (sotilgan) aksiyalar yoki boshqa
instrumentlar bo‘yicha aksionerlardan tushgan pul mablag‘lari summasi aks
ettiriladi.
«Xususiy aksiyalar sotib olingandagi pul to‘lovlari» (140-satr.) moddasida
keyinchalik tarqatish yoki bekor qilish uchun korxonada turgan xususiy aksiyalar
bo‘yicha egalariga to‘langan pul mablag‘lari summasi ko‘rsatiladi
«Uzoq va qisqa muddatli kredit va qarzlar bo‘yicha pul tushumlari va
to‘lovlari» (150-satr.) moddasining «Kirim» ustunida hisobot davrida tushgan
kreditlar va qarzlar, «CHiqim» ustunida to‘langan kreditlar va qarzlar ko‘rsatiladi.
«Uzoq muddatli ijara (moliyaviy lizing) bo‘yicha pul tushumlari va to‘lovlari»
(160-satr.) moddasining «CHiqim» ustunida ijara (lizing) ga beruvchiga to‘langan
summa, «Kirim» ustunida – ijara (lizing) ga oluvchidan tushgan pul mablag‘lari
summasi ko‘rsatiladi
«Moliyaviy faoliyatning boshqa pul tushumlari va to‘lovlari» (170-satr.)
moddasining «CHiqim» ustunida boshqa moliyaviy faoliyat bo‘yicha to‘langan,
«Kirim» ustunida olingan pul mablag‘lari ko‘rsatiladi
«Jami: moliyaviy faoliyatning sof pul kirimi/chiqimi» (180-satr.) moddasida
110, 120, 130, 140, 150, 160, 170-satrlarning plyus bilan yozilgan summalarini
jamlab «Kirim» ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «CHiqim»
ustunida ko‘rsatiladi.
«To‘langan daromad (foyda) solig‘i» (190-satr.) moddasida to‘langan
daromad (foyda) solig‘i summasi ko‘rsatiladi.
«To‘langan boshqa soliqlar» (200-satr.) moddasida daromad (foyda)
solig‘idan tashqari to‘langan soliqlar, boj to‘lovlari va ularga tenglashtirilgan
yig‘im va ajratmalar summasi ko‘rsatiladi.
«Jami to‘langan soliqlar» (210-satr.) moddasida 190 va 200 satrlar summasi
aks ettiriladi.
«Jami moliyaviy–xo‘jalik faoliyatining sof pul kirimi/chiqimi» (220-satr.)
moddasida 050, 100, 180, 210-satrlarning plyus bilan yozilgan summalarini jamlab
«Kirim» ustunida, minus bilan yozilgan summalarini jamlab «CHiqim» ustunida
ko‘rsatiladi.
«Yil boshidagi pul mablag‘lari» (230-satr.) moddasida korxona balansining
320-satr 3-ustunida ko‘rsatilgan pul mablag‘larini hisobga oladigan (5000, 5100,
5200, 5500, 5600, 5700) schyotlarning qoldiq summalari aks ettiriladi.
«Yil oxiridagi pul mablag‘lari» (240-satr.) moddasida korxona balansining
320-satr 4-ustunida ko‘rsatilgan pul mablag‘larini hisobga oladigan (5000, 5100,
5200, 5500, 5600, 5700) schyotlarining qoldiq summalari aks ettiriladi.
«CHet el valyutasidagi pul mablag‘larining harakati to‘g‘risida ma’lumot»
bo‘limida hisobot davrida korxonaning valyuta mablag‘larining harakati
ko‘rsatiladi.
Valyuta mablag‘lari muomalalar sodir bo‘lgan paytda, valyuta
mablag‘larining qoldiqlari esa hisobot davrining oxirgi sanasiga O‘zbekiston
Respublikasi Markaziy bankining belgilagan kursi bo‘yicha O‘zbekiston
Respublikasi milliy valyutasida aks ettiriladi.
«Yil boshiga qoldiq» (250-satr) moddasida korxonaning valyuta schyoti va
kassasida hisobot davri boshiga qolgan valyuta mablag‘lari ko‘rsatiladi.
«Jami valyuta mablag‘larining tushumi» (260-satr) moddasida 261, 262, 263,
264-satrlarda ko‘rsatilgan valyuta mablag‘larining hisobot davridagi umumiy
tushumi aks ettiriladi.
«Jami sarflangan valyuta mablag‘lari» (270-satr) moddasida 271 dan 273-
gacha satrlarda ko‘rsatilgan korxona tomonidan turli maqsadlarga sarflangan
valyuta mablag‘larining umumiy summasi aks ettiriladi.
«Yil oxiridagi qoldiq» (280-satr) moddasida 250+260-270 satrlarning
ma’lumotlari bo‘yicha aniqlanadigan hisobot yili oxiriga qolgan korxonaning
valyuta schyotlarida va kassasida turgan valyuta mablag‘lari summasi aks
ettiriladi.
Moliyaviy hisobot tizimida balans muhim ahamiyatga ega bo‘lib, yillik hisobot tarkibida unda katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, chunki xalqaro andozalar talablariga yaqinlashdi va bozor munosabatlariga qaratildi. Balansning aktiv va passiv moddalarining mazmuni ichki hamda tashqi foydalanuvchilarga undan foydalanish imkoniyatini berdi. Ichki va tashqi qiziquvchilar uchun korxona faoliyatining moliyaviy natijalari, uning moliyaviy barqarorligi, kreditor qarzlarining hajmi, bank kreditlari bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar
zarur.
Korxona ichida balansda keltirilgan axborotlar xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish,
xarajatlar va yo‘qotishlarni qisqartirish zaxiralarini qidirib topish, korxona
hisobidan to‘lanadigan jarimalar sabablarini bartaraf etish uchun keng qo‘llaniladi.
Yillik hisobotga tushintirish xati, korxona rahbarining faoliyat yo‘nalishi
to‘g‘risidagi ma’lumoti ilova qilinadi. Bu korxonaning asosiy analitik hujjatlaridan
biri hisoblanadi. Bunda asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha reja bajarilishiga ta’sir
etuvchi quyidagi omillar ochib tashlanadi: mahsulot miqdori, assortimenti, sifati,
mahsulot sotish hajmi, foyda summasi, tannarxni pasaytirish, mehnat
unumdorligini oshirish, samaradorlik, ilmiy - konstruktorlik ishlarining natijalari
va istiqbollari va shu kabilar. Tushintirish xatining mazmuni ishlab chiqarishni
tashkil etish va texnologiya xususiyatlari bilan belgilanadi. Bugungi kunda
moliyaviy hisobotlarning yangi shakllari tasdiqlangan.5
Balansga asosan korxonaning to‘lov qobiliyati va boshqa bir qancha sifat
ko‘rsatkichlarini hisoblab tahlil qilish mumkin.
Balans ma’lumotlariga asosan korxonaning mutlaq to‘lov qobiliyati
quyidagicha aniqlanadi:
Korxona mutlaq to‘lov qobiliyati = Pul mablag‘lari / Korxonaning qisqa
muddatli majburiyatlari
Bu ko‘rsatkich 0,2 yoki 20% dan kam bo‘lmasligi kerak. SHu yo‘l bilan
hisoblab chiqilgan koeffitsent korxonaning qisqa muddatli qarz majburiyatlarining
qanchasi zudlik bilan qaytarilishini ko‘rsatadi.
Balans ma’lumotlari bo‘yicha korxonaning sof aylanma mablag‘lari yoki
kapitalini aniqlab olish uning istiqboldagi rivojlanishini ta’riflaydi.
Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital = Aylanma aktivlar - qisqa muddatli
majburiyatlar Sof aylanma mablag‘lar yoki kapital hajmi korxona tomonidan o‘z qarzini to‘lagandan so‘ng uning potensial rivojlanish qobilyatini ta’riflaydi. Sof aylanma mablag‘lar yoki kapitalning koeffitsenti quyidagicha topiladi:
Sof aylanma = Mahsulot ishlab chiqarish / Sof aylanma kapital
Bu koeffitsent bir so‘mlik sof aylanma kapitaliga necha pullik hali ishlab
chiqarishga sarflanmagan moddiy zahiralar to‘g‘ri kelishini ta’riflaydi. Bunday
ma’lumotlarga asosan korxona menedjerlari korxona holatini rivojlantirish
bo‘yicha tegishli qarorlarni qabul qilishadi.
Balans ma’lumotlaridan foydalanadigan tashqi qiziquvchilar uchun korxona
kapitalining tuzilishi ko‘rsatkichlari muhim ahamiyatga ega.
Kapitalning tuzilishi ko‘rsatkichlari korxonaga uzoq muddatli qo‘yilmalar
qo‘ygan investorlar va kreditorlarning manfaatlarini himoya qilish darajasini
ta’riflaydi. Ular korxonaning uzoq muddatli qarzlarini to‘lash qobiliyatini aks
ettiradi.
Mulk koeffitsenti (yoki xususiy kapitalni konsentratsiyalash koeffitsenti)
quyidagicha topiladi:
Mk = Xususiy kapital / Aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati
Bu koeffitsent bir birlikka teng yoki undan ortiq bo‘lishi mumkin. U korxona
egalarining korxonaga qo‘yilgan mablag‘lari umumiy summasidagi ulushini
ko‘rsatadi. Korxona egalarining ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik korxona
moliyaviy barqaror, iqtisodiy mustahkam bo‘ladi va tashqi kreditorlarga qaram
bo‘lmaydi.
Korxonaning moliyaviy qaramlik (Kmq) koeffitsenti quyidagicha aniqlanadi:
Kmq = Qarz kapitali / Xususiy kapital
Ushbu koeffitsent 0,5 dan kam bo‘lishi, lekin ko‘p bo‘lsa, 1 dan oshmasligi
kerak. Bu korxonani tashqi qarz beruvchilardan moliyaviy qaramligini ta’riflaydi va uning o‘sish dinamikasi korxonani moliyalashtirishda qarzga olingan
mablag‘lar ulushini ko‘payib borayotganini ko‘rsatadi.
Pul mablag’lari hisobini to’g’ri tashkil qilish va yuritishni ta’minlashda,
avvalo, hisob oldiga muayyan vazifalar qo’yiladi. Pul mablag’larini hisobga
olishning vazifalari quyidagilardir:
- korxona uchun maqbul bo’lgan hisob-kitob shaklini to’g’ri tanlash;
- korxona va tashkilotlarda pul mablag’lari harakati hisobini to’g’ri tashkil
qilish;
- kassadagi pul mablag’lari kirimi va chiqimini o’z vaqtida hujjatlarda
rasmiylashtirish;
- korxona kassasidagi mablag’larning naqdligini ta’minlash maqsadida
inventarizatsiyalarni muntazam o’tkazib turish;
- muayyan maqsadlar uchun ajratilgan pul mablag’larining o’z vaqtida
hisobdan chiqarishni ta’minlash;
- hisob-kitob va valyuta hisobvarag’idagi pul mablag’larining o’z vaqtida
kirim va chiqim qilinishini ta’minlash;
- hisob-kitob va valyuta schyotlaridagi mablag’lar harakati bilan bog’liq
muomalalarni o’z vaqtida hujjatlarda rasmiylashtirishni ta’minlash;
- akkreditivlar va cheklar bilan hisoblashuvlarni to’g’ri yo’lga qo’yish;
- pul mablag’larini hisobga olishda BHMAlarini keng qo’llash;
- pul mablag’lari harakati bo’yicha umumlashgan ma’lumotlarni «Pul
oqimlari harakati to’g’risidagi hisobot»da to’g’ri aks ettirilishini ta’minlash.
Pul mablag’laridan samarali foydalanishni tashkil etish ko’p jihatdan
korxonalarda pul mablag’larining harakatini optimal boshqarishni tashkil etish va
ular ustidan nazoratni yaxshilashga bog’liq. Pul mablag’lari nazoratini tashkil
etishning asosiy elementlaridan biri bo’lib esa korxonaning hisob-kitob schyoti
hisoblanadi. Ya’ni hisob-kitob schyotidan samarali foydalanishni maksimal
darajada ta’minlash, barcha kirib kelayotgan pul mablag’larini, albatta, bank orqali
hisobga olish, barcha turdagi to’lovlarni banklar chiqargan cheklar yoki shunga
o’xshash yozma topshiriqnomalar va ularning maxsus pul mablag’lari fondi orqali
amalga oshirish lozim. Agarda ko’rsatilgan tartib qat’iy amal qiladigan bo’lsa, u
holda pul mablag’larining hisobi ikki tomonlama bo’ladi: birinchisi-korxonaning
o’zida, ikkinchisi - bankda.
Buxgalter tomonidan tuziladigan har qanday hisobot o’z maqsadiga ega.
Masalan, buxgalteriya balansi, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot va
hokazolar. Sanab o’tilgan hisobotlar korxonaning moliyaviy holatini o’rganish
bo’yicha qaralganda hamma savollarga ham etarli darajada javob bera olmaydi.
Masalan kompaniya dividendlarini to’lash uchun etarli miqdordagi bo’sh pul
mablag’lariga egami, korxona kreditorlik majburiyatlarini to’lash imkoniyatiga
egamiq, korxona hisobot davrida qanday moliyaviy yoki investitsion faoliyat bilan
shug’ullandi, va nihoyat, korxona oborotga (muomalaga) yangi aktsiyalar
chiqardimi, agarda ha bo’lsa aktsiyalar chiqarishdan olingan mablag’larni qaysi
maqsadlar uchun yo’naltirgan.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarining
rivojlanishi jarayonida shartnomaviy asoslarda mehnat vositalari va kreditlarini
xarid qilish, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ni sotish bobida valyutada bitimlar
tuzayotgan korxonalar o’rtasida munosabatlar kengayib bormoqda. Bundan
tashqari, byudjet, banklar, sug’urta organlari, turli jamoat tashkilotlari, bevosita
xodimlar va hokazolar bilan valyutada to’lov muomalalari amalga oshirilmoqda.
Shu boisdan valyuta mablag’larini hisobga olishni ham dolzarb qilib qo’ymoqda.
Valyuta mablag’larini hisobga olishda buxgalteriya hisobi quyidagilarni
ta’minlashi lozim:
* Zarur valyuta hisob-kitoblarini naqd pulsiz o’tkazishlar yo’li bilan ham,
naqd pulli to’lovlar tarzida ham o’z vaqtida va to’g’ri bajarish;
* Valyuta mablag’larining miqdori, harakati hamda valyuta hisob-kitob
muomalalarini hisobga olish registrlarida to’liq va tez aks ettirish;
* valyuta mablag’larini limitlar, smetalarga muvofiq mo’ljallangan amaldagi
qoidalarga rioya qilish;
* valyuta mablag’lari va hisob-kitoblarning ahvolini yo’qlama
(inventarizatsiya) dan o’tkazishni tashkil qilish va belgilangan muddatlarda
o’tkazish;
* banklardagi chet el valyutasidagi kassa hamda valyuta hisobvaraqlaridagi
pulning miqdorini but saqlanishini nazorat qilish;
* hisob-kitob va to’lov intizomiga rioya qilinishini, moddiy boyliklar va
xizmatlar uchun to’lanadigan valyuta summalarini, shuningdek, kreditlash tartibida
olingan mablag’larning o’z vaqtida o’tkazilishini nazorat qilish.
Turli mulkchilik tizimiga asoslangan iqtisod bozor mexanizmlarining muhim
shartlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Uning sub’ektlari bo’lgan korxona va
tashkilotlar, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi sub’ektlar mulkning egasi
va tasarruf etuvchisi sifatida uni to’g’ri boshqarishdan manfaatdordir. Bu esa,
albatta, sodir bo’layotgan xo’jalik jarayonlari va hodisalarni davriy kuzatishni,
faoliyat natijaviyligini batafsil o’rganishni, iqtisodiy tahlil qilishni talab etadi.
Pul mablag’lari harakatini yo’lga qo’yishda, albatta, tahlilning roli kattadir,
buni bevosita mavjud pul mablag’lari harakati va oqimini baholashda ham ko’rish
mumkin. Pul mablag’lari oqimini ilmiy va iqtisodiy jihatdan asoslashda ham tahlil
muhim rol o’ynaydi. Shuningdek, korxonalarning iqtisodiy faolligi va uning
mustaqilligi, moliyaviy barqarorlik darajalarini o’rganish pul oqimlarini to’g’ri
belgilashda zarur hisoblanadi.
Ma’lumki, auditning har bir ob’ekti ustidan nazoratni tashkil qilishda
auditning standartlariga keng ahamiyat qaratiladi. Pul mablag’lari auditini
o’tkazishda ham auditning milliy standartlarini amaliyotga keng tatbiq qilish
maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
tomonidan tasdiqlangan auditning 21 ta milliy standartlari pul mablag’lari auditini
o’tkazish muhim vosita bo’lib xizmat qiladi. Quyidagi chizmada pul mablag’lari
auditida qo’llaniladigan auditning milliy standartlari tasnifi keltirilgan:
Hozirgi kunda yuqorida keltirib o’tilgan auditning milliy standartlari
amaliyotda to’la-to’kis qo’llanilmayapti. Bu esa pul mablag’lari auditi o’tkazishda
ham talaygina kamchiliklarni ro’yobga chiqarmoqda. Bundan tashqari, auditning
milliy standartlarining xalqaro audit standartlariga nisbatan ancha-kamchiliklarga
ega ekanligi ko’zga tashlanmoqda.
Respublikamiz milliy valyuta qadrini oshirishda naqd pul muomalalari
muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan ham keyingi paytlarda naqd pul
muomalalarini tartibga solish bo’yicha ko’pgina chora-tadbirlar amalga
oshirilmoqda.
Pul muomalasini yanada takomillashtirish, naqd pulsiz hisob-kitoblar
tizimini kengaytirish, bankdan tashqari muomalani qisqartirish va soliq to’lashdan
bo’yin tovlashning oldini olish maqsadida 2002 yil 3 avgustda O’zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Pul mablag’larining bankdan tashqari
muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Qarori qabul
qilindi. Ushbu Qarorning 5-bandiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat
Soliq qo’mitasi va Markaziy banki zimmasiga alohida yirik miqdordagi pul
mablag’lari muomalasi, shu jumladan, naqd pul berilishi bo’yicha axborotlarni
elektron ayirboshlash tizimini ishlab chiqish va joriy etish vazifasi yuklatilgan.
Bundan tashqari, ushbu Qarorning 10-bandiga muvofiq, O’zbekiston Respubikasi
Markaziy banki zimmasiga tijorat banklari bilan birgalikda 2002 yil 1
oktyabrigacha kredit plastik kartochkalarni muomalaga chiqarish yuzasidan
kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan.
Tijorat banklari zimmasiga chakana savdo va xizmatlar ko’rsatish bilan
shug’ullanuvchi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar bilan birgalikda tovarlar va
xizmatlarga haq to’lash sifatida plastik debet kartochkalari qabul qilinishini
ta’minlovchi terminallar tarmog’ini kengaytirish vazifasi yuklatilgan.
Naqd pul muomalasini tartibga solish to’g’risidagi ushbu Qaror korxona,
tashkilot va muassasalarda kassa muomalalarini yuritishda talaygina yangiliklarni
keltirib chiqaradi. Masalan, ish haqi, mukofot, xizmat safari xarajatlari uchun pul
mablag’lari berilishining elektron kartochka tizimiga o’tilishi kassa muomalalarida
hujjatlar oqimining kamayishiga olib keladi. Xususan, pul mablag’lari berilishida
kassa chiqim orderlari rasmiylashtirilmasdan, balki yagona hujjat - to’lov
qaydnomasining to’ldirilishi kassa muomalalari ishini engillashtiradi.
Hozirgi kunda amaliyotda buxgalteriya hisobida valyuta muomalalarini aks
ettirish O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining 2001 yil 7 noyabrda
chiqarilgan № 119 sonli «Chet el valyutasidagi muomalalarni buxgalteriya hisobi,
statistik va boshqa hisobot turlarida aks ettirish tartibi to’g’risida»gi Nizomga
muvofiq amalga oshirilmoqda. Ushbu Nizomga muvofiq valyuta mablag’lari,
qiymatliklari va chet el valyutasida amalga oshirilgan muomalalar xo’jalik
muomalasi amalga oshirilgan kundagi O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki
kursiga muvofiq aks ettirilishi lozim.
Xususan, ularga quyidagilar kiradi:
A) kassadagi valyuta mablag’lari, bankdagi depozit va ssuda hisobvaraqari,
akkreditivlar, valyutadagi ssuda qarzlari;
B) chet el valyutasidagi debitorlik va kreditorlik qarzlari;
V) imzolangan shartnomalar bo’yicha keltirilgan tovar- moddiy
qiymatliklarni bojxona-yuk hujjatlari rasmiylashtirilgan sana bilan kirim qilinishi;
G) bojxona to’lovlarini amalga oshirish;
D) chet el valyutasida ifodalangan pul hujjatlari;
E) chet el valyutasidagi qimmatli qog’ozlar;
Buxgalteriya hisobida valyuta mablag’larini baholash xorijiy valyutalarning
so’mdagi ekvivalentini aniqlash orqali amalga oshiriladi. So’mdagi ekvivalent
xorijiy valyutani valyuta kursi asosida qayta hisoblash (valyuta ayirboshlash) yo’li
bilan aniqlanadi. Bunday qayta hisoblash algoritmi quyidagilardan iborat:
- xorijiy valyutani so’mga qayta hisoblashda foydalanish lozim bo’lgan
kurs turini izchillik bilan aniqlash;
- qayta hisoblashni amalga oshirish kerak bo’lgan sanani aynan
tenglashtirish;
- hisoblashni amalga oshirish;
- kursdagi farqni hisoblab chiqish va hisobga olish.
Valyuta kursi – boshqa milliy yoki xalqaro valyutalarning so’mda
ifodalangan narxidir. U kimoshdi savdolarida, birjalar, banklararo bozorda, tijorat
banklari hamda boshqa yuridik shaxslar va fuqarolar valyutani sotganlarida yoki
xarid qilganlarida, ya’ni ichki bozorda talab hamda taklif asosida yuzaga keladi.
O’zbekistonda kurslarning quyidagi asosiy turlari qo’llaniladi:
- O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi (rasmiy kurs);
- tijorat banklarida naqd valyutani xarid qilish va sotish kursi;
- kim oshdi savdolari kursi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki kursi davlat byudjeti kirimlari va
chiqimlarini, davlatning korxonalar, tashkilotlar va fuqarolar bilan to’lov-hisobkitob munosabatlarining barcha turlarini hisoblashda, soliq solishda va buxgalterlik hisobi uchun foydalaniladi.
Milliy so’mga nisbatan rasmiy kurs belgilanmaydigan valyutada
muomalalarni amalga oshirish ikki bosqichda o’tkaziladi. Olingan yoki to’langan
valyutani oldin ayirboshlanadigan valyutaga (AQSh dollari, evro va boshqalarga)
ana shu valyutalarning butun jahon tomonidan tan olingan xalqaro tashkilotlar
(Reyter axborot agentligining valyuta-moliya xizmati) e’lon qiladigan kurs
munosabatlari asosida o’tkaziladi. Shu yo’l bilan ayirboshlanadigan valyutada
hosil qilingan summa umumiy belgilangan tartibda so’mga qayta hisoblanadi.
Hozirda O’zbekiston Respublikasida valyuta kursi o’zgarib turadi. Shu bois
xorijiy valyutani so’mga almashtirish (yoki aksincha) muomalasini bajarishda
qaysi kunning kursidan foydalanish lozimligini aniqlab olish kerak.
Umumiy qoidaga ko’ra, qayta hisoblash muomala amalga oshiriladigan
kundagi kursdan foydalanib bajariladi. Masalan, bankdagi valyuta hisobvarag’iga
mablag’ yozish yoki undan o’chirishda bu maqsad uchun muomala amalga
oshiriladigan kunda, bankning valyuta hisobidan ko’chirmasida ko’rsatilgan
sanada amalda bo’lgan kursdan foydalaniladi. Aynan shu summa mablag’lar kirimi
va chiqimi sifatida hisobga qabul qilinishi zarur.
Amaliyotda ko’pincha xo’jalik muomalasi amalga oshiriladigan sanani
aniqlash murakkab bo’ladi. Quyida keltirilgan misol xorijiy firmadan tovar xarid
qilishi xo’jalik muomalasiga turli sanalar va ularga muvofiq ayirboshlash kurslari
ahamiyatga ega bo’lishi mumkinligini ko’rsatadi
Xulosa
Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning pul mablag’laridan foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yishda, avvalo, pul mablag’larining hisobi, auditi va tahliliga muhim e’tibor qaratish lozim. Ma’lumki, mustaqillikka erishilgan vaqtdan boshlab respublikamiz buxgalteriya tizimida muhim islohotlar o’tkazilib, uni bosqichma-bosqich xalqaro andozalarga moslashtirmoqda. Buxgalteriya hisobi uzoq vaqtlar davlat mulki ustidan markazlashtirilgan hisob olib borishning vositasi bo’lib keldi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan keyin buxgalteriya hisobi sohasida ham bir qator o’zgarishlar sodir bo’ldi. Bugungi kunda buxgalteriya hisobining ayrim tomonlari davr talabiga to’la javob bermay qoldi. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tish va bozor munosabatlarini rivojlantirish buxgalteriya hisobini ham isloh qilishni taqozo etmoqda. Bu masalada iqtisodchi olimlarimiz o’z fikr mulohazalarini bildirib, turli xil qarashlar, munozaralar olib borishmoqda. Bozor iqtisodiyoti sharoitida buxgalteriya hisobini tashkil qilish va yuritishni isloh qilish, shuningdek buxgalteriya hisobi hisobvaraqlar rejasini xalqaro hisob standartlariga
moslashtirish, buxgalteriya hisobi va auditning milliy standartlarini ishlab chiqish
va ularni amaliyotda qo’llash hamda har bir tarmoq xususiyatlariga mo’ljallangan
hisob uslubiyatlarini ishlab chiqish borasida bir talay ishlar qilinmoqda.
Hozirgi kunda dunyodagi 100 dan ortiq mamlakatda buxgalteriya hisobi
yagona yondoshuv asosida yuritilmoqda, ammo har bir alohida olingan
mamlakatda uning iqtisodiyoti, mulkchilik tizimi va xo’jalik yuritish tizmining
xususiyatlarini hisobga olgan holda, mana shu xususiyatlarni nazarda tutuvchi
milliy andozalarni qabul qilish orqali hisobga olinadi.

Buxgalteriya hisobi va hisobotini xalqaro talablarga muvofiq o’zgartirish


keyingi vaqtlarda O’zbekiston uchun tobora dolzarb ishga aylanmoqda. Bunga,
birinchidan, xalqaro bozorlarda ish olib boradigan kompaniyalar o’rtasida munosib
muomala tili bo’lishini talab qiluvchi jahon iqtisodiyotining rivojlanishi,
ikkinchidan, xalqaro andozalarni chuqur o’rganish va ularni mamlakatimiz
amaliyotida keng qo’llanish zarurligi sabab bo’lmoqda. Shu boisdan ham
buxgalteriya hisobining milliy andozalarini ishlab chiqishda bevosita xalqaro
andozalarga tayanmoqda.
Buxgalteriya hisobining milliy andozalarini amalga kiritish zarurati asosan
buxgalteriya hisobining bazaviy qoidalari va tamoyillarini tushuntirish va
umumlashtirish, asosiy tushunchalarni bayon qilish, u yoki bu buxgalteriya
usullarini hisobga olgan holda O’zbekiston Respublikasida hisobning o’ziga xos
xususiyatlarini qo’llashdan iboratdir. Respublikamizda pul mablag’larini
buxgalteriya hisobida aks ettirishni tartibga solish maqsadida buxgalteriya
hisobining milliy andozalari ishlab chiqilgan.
Pul mablag`lari - bu korxonaning asosiy tulov vositalaridan biri hisoblanadi. Korxonalarning pul mablag`lari asosan hisob-kitob schyotida, kassada, valyuta schyotida va maxsus schyotlarda saklanadi. Pul mablag`lari hisobi kassa kitobi, kassa kirim-chiqim orderlari, hisob-kitob schyotidan ko`chirmalar va boshqa hujjatlar yordamida yuritiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Me’yoriy-huquqiy hujjatlar
1. O’zbekiston Respublikasi “Buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Qonuni. 2016 yil, 13 aprel yangi tahrir. O’zRQ 404-son (lex.uz).
2. O’zbekiston Respublikasi “Masuliyati cheklangan hamda qo’shimcha masuliyatli jamiyatlar to’g’risida”gi Qonuni 20-son, 222-modda; 2015., 33-son, 439-modda)
3. O’zbekiston Respublikasi “Soliq Kodeksi” O’zRQ (lex.uz).
4. “Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarni shakillantirish to’g’risida Nizom” 2020 yil, 5 fevralda Vazirlar Mahkamasining 54-son qarori bilan tasdiqlangan.
5. O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq Qo’mitasi 2019 yil, 5 dekabr “Ishlab chiqariladigan va sotiladigan tovarlar bo’yicha qo’shilgan qiymat solig’ini hisoblash va to’lash tartibi to’g’risida” yo’riqnoma.
6. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kichik biznis va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakillantirishga doir qo’shimcha chora tadbilari to’g’risida” 2011 yil, 2 avgustda chiqarilgan PF-4354-sonli Farmoni.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va maruzalari
7. SH.Mirziyoev “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo’lishi kerak” mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yunalishlariga bag’ishlangan Vazirlar mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruza 2017 yil, 14 yanvar. T.: – “O’zbekiston”- 2017.
8. SH.Mirziyoev “Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz” O’zbeliston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutq. T.: –“O’zbekiston” – 2016. -15 b.
Darslik va o’quv adabiyotlari
9. “Xo’jalik yurituvchi subektlarda moliyaviy-xo’jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo’llash bo’yicha yo’riqnoma” (№21- son BHMS) mazkur schyotlar rejasi O’zR Moliya Vazirligi Buyrug’iga muvofiq o’zgartirishlar kiritilgan, O’zR AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro’yxatga olingan. T.: O’zbekiston buxgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi, 2009.-189 b.
10. Dusmuratov R.D. “Buxgalteriya hisobi nazariyasi”. T.:”Iqtisod-moliya”2020 -425 b.

11. G’ulomova F.G’. “Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma T.:“Norma”. 2021.-426 b.


12. Ibragimov A.K., Ochilov I.K., Qo’ziev I.N., Rizaev N.K. “Moliyaviy


va boshqaruv hisobi: o’quv qo’llanma”.-T.:”Iqtisod-moliya”, 2021. -444 b.

13. Karimov A.A., Islomov F.R., Avlaqulov A.Z. “Buxgalteriya hisobi”


SHarq nashriyoti matbaa aktsiyadorlik kompaniyasi., T.: 2020.-169 b.

14. №18-son BHXS “Odatdagi faoliyatgdan olingan daromad” 1995 yil, 1- yanvar.


15. “Buxgalteriya hisobining milliy standartlar” fanidan kompleks. “Toshkent Moliya Instituti” 2012.
16. O’razov K.B. “Savdoda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” Iqtisodiyot va huquq dunyosi nashriyoti uyi, 2021.-336 b.

17. O’zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi bo’yicha me’yoriy- huquqiy hujjatlar to’plami: Tuzuvchi M.M.Meliboev. T.:2021.-272 b.


18. Бахатов А.П. Междунородные стандарты учета и финансовой очетности: учебник –М.: Издателъско-торговая корпорация «Дашков и К», 2020.-484 с.
19. Палий В. «Современный бухгалтериский учет» М: Инфра-М: 2021.-792

20. Нацоналные стандарты бухгалтериского учета Республика Узбекистана: Спецвыпуск №2. Ю.М.Иткин. Т: фссоциация бухгалтеров и аудиторов узбекистана, 2020.-194 с.


21. Родионова В.М., Федатова И.А., «Финансовая утойчисть предпрятия в условиях инфляци – М.:Изд-во Преспективаю 2021.-156 с.
Davriy nashrlar (gazita va jurnallar)
22. “Moliyaviy buxgalteriya hisobi va hisoboti: xalqaro va milliy
23. jihatlari”. Monografiya S.N.Tashnazarov. T.: “Iqtisod-Moliya” 2020. -167 b.
24. Sh. B. boltaeva, BuxDU U.A. Kuljanov, UzDJTU tadqiqotchisi “O’zbekistonda Kichik biznis va xususiy tadbirkorlikning rivojlanish istiqbollari” mavzusidagi maqolasi 04.04.2013.
Internet saytlari
25. http://www.mf.uz (O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi sayti)
26. http://www.lex.uz (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi sayti)

27. http://www.norma.uz (O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari namunalari va tahlilmatreallari bazasi sayti)


28. http://www.my.soliq.uz (Eliktron soliq xizmatlari sayti)
29. http://www.tfi.uz (Toshkent Moliya Instituti sayti)

1 G’ulomova F.G’. “Buxgalteriya hisobini mustaqil o’rganish uchun qo’llanma T.:“Norma”. 2021

2 O’razov K.B. “Savdoda buxgalteriya hisobi va soliqqa tortish” Iqtisodiyot va huquq dunyosi nashriyoti uyi, 2021

3 “O‘zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblar to‘g‘risidagi” Nizom.(YAngi tahrirda) O‘zR AV tomonidan 13.12.2004 yilda 1122-2-son bilan ro‘yxatga olingan.

4 O‘zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank hisobvaraqlari to‘g‘risida yo‘riqnoma. O‘zR AV 24.03.2017 y. 1948-12-son bilan ro‘yxatga olingan

5 O‘z.R. AV tomonidan 2003 yil 24 yanvarda ro‘yxatga olingan O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-sonli buyrug‘i


Yüklə 55,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin