MAVZU:MAKTABDAGI JISMONIY TARBIYA DARSLARIDA O’QUVCHILARNING MOTOR FAOLLIGI BELGILOVCHI OMILLARNING XUSUSIYATLARI
REJA:
KIRISH
1.Bolalar sporti nazaryasi
2.Jismoniy sifatlarni tarbiyalash
3.Bolalar sportini tashkil qilish
4.Yosh sportchilar bilan olib boriladigan mashg’ulotlar
5. Turli yoshdagi bolalar uchun sport musobaqalarini tashkil qilish.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYAOTLAR
KIRISH
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilanoq, bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohatlar yosh avlodni har tomonlama aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya va sport asosiy o’rinni egallaydi. Mamlakatimizda yosh avlodni sog’lom ruhda tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning birinchi prezidenti I.A.Karimov takidlaganidek “Kelajak avlod haqida qayg’urish sog’lom, barkamol naslni tarbiyalab etishtirishga intilish bizning milliy xususiyatimizdir”.
Xukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish to’g’risida»gi Qarori «Sog’lom avlod uchun» davlat dasturi, «O’zbekistonda bolalar sportini rivojlantirish jamg’armasini tuzish to’g’risida»gi Farmoni va boshqa bir qator qarorlari sport harakatini rivojlantirishga keng yo’l ochmoqda.
2017 yil 3 iyundagi PQ 3031-sonli “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori asosida 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish dasturida berilgan topshiriqlardan kelib chiqgan holda respublikamizda bolalar sportini dolzarb masalalarini hal qilish uchun aniq vazifalar belgilab berilgan. Darxaqiqat, Respublikamiz miqiyosida sportni rivojlantirish dasturi asosida uch bosqichli: oliy o’quv yurtlari talabalari o’rtasida “Universiada”, kasb-hunar kollejlari talabalari o’rtasida “Barkamol avlod” va maktab o’quvchilari o’rtasida “Umid nihollari” sport musobaqalari o’tkazib kelinmoqda.
Yurtimizda sog’lom va barkamol avlodni voyaga etkazish, davlat siyosatining ustivor yo’nalishlaridan biri bo’lib, millat genafondini asrash, oilada, jamiyatda sog’lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va madaniyat darslarining sifatini yaxshilash, maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni samaradorligini oshirish, sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni tanlash hamda yuqori malakali murabbiylarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir.
Umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi xisoblangan milliy madaniyatimizni, yoshlarning axloqiy tarbiyasini ongli ravishda yondashishsiz tasavvur etish qiyindir. Inson ijtimoiy xayotda ongli ravishda o’z o’rnini egallashi uning voyaga etishi, farzandlik burchini, ota-onalik burchini ato etishi, o’zidan keyin ma’lum bir iz qoldirishi jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Shundan kelib chiqib yosh sportchi bolalar va o’smirlar sport turlaridagi sport turlariga o’rgatish jarayonida umumiy va maxsus jismoniy tarbiyalash muammosiga yanada chuqurroq kirib borishga va bu muammoga ilmiy-amaliy jihatdan oydinlik kiritishga asos bo’la oladi.
Bolalar va o’smirlar uchun jismoniy tarbiya va sportning tarbiyaviy ahamiyati to’g’risida ulug’ allomalarimizning qoldirgan noyob asarlari va ularning o’gitlariga bog’liq bo’lib, ularning jismoniy tarbiya va sportga qo’shgan ulkan xizmatlarini o’rganish va uni amalga tadbiq etish bugungi kunning, ayniqsa jismoniy tarbiya fanining dolzarb vazifasi hisoblanadi.
Jismoniy tarbiya va sport turlari tarixini o’rgangan (A.Istomin, F.A. Kerimov, K.Yusupov, A.Atoev) olimlar turli davrlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari qanday yo’lga qo’yilganligi haqida ham o’zlarining fikrlarini bildirgan.
P.F.Lesgaft, V.V.Gorinevskiy, A.D.Novikov, L.P.Matveev, A.Istomin, F.Kerimov, T.Usmonxajaev, K.Yusupov, A.K.Ataev, A.Abdullaev, K.Yarashev kabi olimlar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi muammolarini ilmiy asoslashga o’zlarining chuqur xissalarini qo’shganlar. Shu jumladan yoshlar sporti nazariyasini asoslab bergan olimlardan F.Kerimov, A.Atoev, R.Salomov, R.Istominlar yoshlarni jismoniy tarbiyalashdagi ro’lini ochib berishda chuqur ilmiy izlanishlar olib borganlar. Qator olimlarning (V.A.Ashmarin. Ch.T.Ivankov, R.S.Ueynberg va boshqalar) ishlarida jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining ma’naviy-ma’rifiy va psixologik jihatlari tadqiq etilgan. Aksariyat ko’pchilik tadqiqotlarda jismoniy tarbiya mashg’ulotlari pedagogikadan ajratib o’rganiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, yuqoridagi olimlar tomonidan bolalar va o’smirlarni sport turlariga o’rgatish jarayonida umumiy va maxsus jismoniy taryorgarlikni o’rni, to’liq ilmiy masala sifatida yoritilmagan. Ilmiy tadqiqotlar, berilgan adabiyotlar va maktablarda jismoniy tarbiya darslarini o’rganish xozirgi kunning dolzarb masalalaridan biri hisoblanmoqda.
Ommaviy sport harakatini rivojlantirish bilan bir qatorda, hozirgi kunda respublikada faoliyat ko’rsatuvchi sport turlari bo’yicha yetishib chiqayotgan va mamlakat bolalar va o’smirlar jamoalarida faoliyat ko’rsatayotgan iqtidorli yosh sportchilardan Olimpiya va Osiyo o’yinlari hamda jahon chempionati birinchilik musobaqalarida yuqori natijalarni ko’rsata oladigan mahoratli bolalar va o’smirlarning sport bilan shug’ullanishlari uchun shart-sharoitlarni yaratish, ularning sport mahorati ko’rsatkichlarini jahon talablari darajasiga ko’tarish borasida tayyorlashga uzviy bog’liq bo’lgan yuqori malakali sport mutaxassislari bilan ta’minlashga alohida ahamiyat berilmoqda.
Vatanimizda mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq xalq farovonligini oshirish, mamlakatimizni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatdan rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.
Respublika rahbariyati tomonidan ko’rsatilayotgan barcha g’amxo’rliklar va talablar aholini, ayniqsa jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ulanuvchi bolalar va o’smir yoshlarning milliy qadriyatlarni o’rganishga, ularning ma’naviy va ma’rifiy dunyo qarashlarini yangilanishiga hamda bu borada vazifalarni bajarishda barcha o’quv yurtlari, ayniqsa oliy ta’lim tizimida yuksak g’oyaviylik hamda o’z ixtisosligining yetuk xodimi bo’lish darajasida tarbiyalashni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: |