Reja: Kirish Daromadning asosiy manbalari nimalardan iborat? Oilada qanday xarajatlar bo‘lishi mumkin?


Xarajatlarni qanday qilib optimallashtirish (oqilonalashtirish) mumkin?



Yüklə 20,23 Kb.
səhifə3/5
tarix24.11.2023
ölçüsü20,23 Kb.
#134036
1   2   3   4   5
4.Xarajatlarni qanday qilib optimallashtirish (oqilonalashtirish) mumkin?
Agar tanga-chaqalarni yerga qadab, yerni sug‘orib va “kufsuf” qilib pul daraxtini o‘stirishning iloji bo‘lganida edi, hamma shu ishni qilardi, albatta. Lekin biz bolaligimizdanoq bilamiz: pullar daraxtda o‘smaydi. Ularni yo ishlab topish kerak yoki topilganlarini iqsod qilmoq lozim. Pullarni turli-tuman yo‘llar bilan ishlab topish va bunga katta kuch sarflash ham taqozo etiladi. Ularni iqtisod qilish esa – ancha yengil. Shu munosabat bilan ta'kidlash joizki, o‘z xarajatlarimizni eng yaxshi nazorat qilishning bir necha usullari bor. Ularning ayrimlari quyidagilardan iborat: • Xarajatlarning har bir moddasiga sinchkovlik bilan qarash va o‘z-o‘zimizga quyidagi savolni berishimiz darkor: nahotki men shunga shunchalik ko‘p pul sarflashim kerak? Agar javobimiz “Ha!”dan iborat bo‘lsa, mayli, xarajatlarning shu moddasi o‘zgarmaydigan bo‘lib qolaversin. Agar shubha paydo bo‘lsa-chi?! U holda, iloji boricha, xarajatlarni qisqartirish variantlarini qidirib topishga harakat qilishimiz kerak. Albatta, transportda uzoq safar qilishdan voz kechish va doim piyoda yurish – noreal: bunday qilinganda kun davomida qilinishi lozim bo‘lgan ishlarning yarmiga ham ulgurmaslik mumkin. Lekin savdo do‘konining kassasi oldida faqat murojaatkorona joylashtirilganligi uchun rejalashtirilmagan mayda
chuydalarni sotib olishdan voz kechish mumkin va bu kerak ham, albatta; • O‘z odatlarini atroflicha va tanqidiy o‘rganib chiqish lozim. Hayot tajribasining ko‘rsatishicha, ularning uchdan bir qismi tejab-tergash yoki iqtisod qilish maydoniga aylanishi mumkin. Ushlanib qolayotgan bo‘lsangiz, uyga qo‘ng‘iroq qilish – yaxshi odat. Undan voz kechmaslik kerak, albatta. Lekin kuniga qirqta SMS jo‘natish shunday odatki, u bog‘liq bo‘lib qolish xavfini keltirib chiqarishga aylanishi hamda Sizni qayta va qayta hisobingizni to‘ldirishga majburlashi mumkin. Undan voz kechish – foydadan o‘zga narsa emas. • Savdo do‘konlariga nisbatan munosabatni qayta ko‘rib chiqmoq maqsadga muvofiq. Zaruriy sotib olinmalar ro‘yxatini qo‘lga olib, do‘konma-do‘kon yurish – zerikarli mashg‘ulot. Agar maqsad iqtisod qilish va unga erishish bo‘lsa, u holda zaruriy sotib olinmalar ro‘yxati so‘ng o‘z pullarini tejab-tergab va oqilona sarflash diplomi kabi ramkadan joy olishi lozim.
Endi smartfon bilan bog‘liq bo‘lgan yuqoridagi misolimizga qaytaylik. Smartfonni sotib olish uchun zarur bo‘lgan 6,0 mln. so‘mni yarim yilda iqtisod qilib topish uchun har oyda 1,0 mln. so‘m iqtisod qilib qolish kerak. Endi ana shu summani iqtisod qilishning turli usullariga muvofiq ravishda taqsimlaylik. Masalan, har oyda 300 ming so‘mlik kamroq chips yoki Coca-Sola sotib olaylik va 200 ming so‘m kamroq telefonga sarflaylik. Bundan tashqari, 3,0 mln. so‘mlik qandaydir sotib olinmadan yoki har oydagi 500 ming so‘mlik nimadandir voz kechishimiz kerak. Mayda-chuyda narsalarga nisbatan oddiy iqtisod qilish o‘z orzumizni amalga oshirishga va orziqib kutilgan smartfonni sotib olishga imkon berishi mumkin. Shuningdek, jamg‘arilgan summaga nisbatan boshqacha munosabatda bo‘lsak ham bo‘ladi: masalan, ularga hayotimizda birinchi marta bo‘ladigan investitsiyalar sifatida ham qarashning iloji bor.

Yüklə 20,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin