2.Daromadning asosiy manbalari nimalardan iborat? Agar daromad oila xazinasiga borib tushadigan hamma narsa bo‘lsa, u holda uning daromadlar manbai oila a'zolari tomonidan pulni topishning turli shakllaridir. Ularni quyidagi to‘rt asosiy guruhlarga ajratish mumkin: Yollanma mehnat uchun taqdirlanishlar (ish haqi, mukofotlar, bonuslar, gonorarlar va h.k.lar); Sotsial nafaqalar, stipendiyalar; O‘z biznesi evaziga olinadigan (ko‘riladigan) daromad (foyda); Investitsiya qilishdan olinadigan daromad (foyda) (xonadon yoki uy-joyni o‘zgalarga ijaraga topshirishdan olinadigan renta, qimmatli qog‘ozlardan daromadlar va sh.k.lar). Agar Siz o‘zingizni oilaning boshqa a'zolaridan ajratib, o‘z daromadlaringizga aniqlik kiritmoqchi bo‘lsangiz u holda daromadlaringiz manbai bo‘lib cho‘ntagingizdagi pullar, tug‘ilgan kuningizga olingan sovg‘alar, bobongiz yoki buvingizdan navbatdagi marta olingan summalar, ta'til davrida ishlab topgan pullaringiz va h.k.lar bo‘lishi mumkin.
3.Oilada qanday xarajatlar bo‘lishi mumkin? Oilaning barcha xarajatlarini quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin: • Majburiy xarajatlar; • Nomajburiy xarajatlar. Ular o‘rtasida farq oddiygina izohlanadi: ayrim xarajatlarning qilinishiga nisbatan absolyut zaruriyat bor; boshqalari esa bizning xoxish-istaklarimizni bajarish bilan bog‘liq. Masalan, xonadon yoki uy-joy uchun ijara haqi. Agar bu uy-joy Sizning yagona yashaydigan joyingiz bo‘lsa, u holda ijara haqini to‘lashga majbursiz. Aks holda, xonadon (uy-joy)dan ajralib, ochiq osmon ostida to‘nashingizga to‘g‘ri keladi. Agar Sizda ota-onangiz bilan yashash imkoniyati bo‘lsada, shunga qaramasdan, Siz alohida yashashni ixtiyor etdingiz, deylik. Buning uchun, avvalo, ijaraga xonadon (uy-joy) topishingiz zarur bo‘ladi. Uning haqini to‘lash esa Sizning byudjetingizdagi nomajburiy xarajatlar tarkibiga kiritiladi. Zero, bu o‘rinda Siz o‘zingizning xoxishistagingiz narxini to‘layapsiz. Oilaviy xarajatlarning asosiy moddalari tarkibiga quyidagilar kiradi: • Uy-joy (xonadon haqi, kommunal to‘lovlar, elektroenergiya, telefon va b.); • Oziq-ovqat (do‘kondan mahsulotlar xarid qilish, oshxonada ovqatlanish va b.);
Transport (jamoatchilik transportidan foydalanish, elektropoyezd, poyezd yoki o‘z avtomobilidan foydalanish); • Kiyim-kechak va oyoq kiyim (sovg‘a sifatida taqdim qilingan holatlar bundan mustasno); • Xo‘jalik xarajatlari (sovun, yuvuvchi kukunlar, chang yutgich, supurgi, tozalovchi vositalar va h.k.); • Tibbiyot (dori-darmonlar, vrachlar, muolajalar); • Dam olish va ko‘ngil ochar mashg‘ulotlari (kafe va restoranlar, kino va kontsertlar, diskoteka va tungi klublarga tashriflar, turli-tuman sovg‘alar taqdim etish); • Boshqa, shu jumladan, ko‘zda tutilmagan xarajatlar.
O‘z byudjetini yanada aniqroq va to‘g‘ri tushunish uchun xarajatlarni quyidagi ikki toifaga bo‘lish mumkin: • Qat'iylashtirilgan (o‘zgarmaydigan) xarajatlar; • O‘zgaruvchan xarajatlar. Qat'iylashtirilgan (o‘zgarmaydigan) xarajatlar doimiy ravishda bir xil ko‘lamda takrorlanadi. Masalan, oila yil davomida har bir oyga ijaraga olingan xonadon uchun bir xil summani to‘laydi. Agar bu yashashning yagona joyi bo‘lsa, xarajat majburiy va qat'iylashtirilgan (o‘zgarmaydigan) bo‘ladi. Yashash joyi tez-tez o‘zgarib turadigan bo‘lsa, u xolda xarajat nomajburiy, lekin qat'iylashtirilgan (o‘zgarmaydigan) ko‘rinishga egadir. Bunday xarajatlarni oson rejalashtirish va oila byudjetiga oldindan “joylashtirish”ning iloji bor. O‘zgaruvchan xarajatlar turli omillarga bog‘liq ravishda o‘zgaradi. Masalan, elektr energiya uchun haq yorug‘ kunning davomiyligiga, energiyani tejovchi lampochkadan foydalanilganligiga, elektroyorug‘likni o‘chirish borasidagi unutuvchanlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Kelgusi oyda bunday xarajatlar summasining qancha bo‘lishi mumkinligini aniq bilmaymiz. Lekin uni taxminan baholashimiz mumkin. Uzluksiz qaytariluvchan o‘zgaruvchi xarajatlar uchun buni bajarish unchalik murakkab emas. Buning uchun o‘tgan sarflar darajasiga nazar solishning o‘zi yetarli.
Kam sodir bo‘ladigan, katta xarajatlar taqozo etuvchi va ko‘zda tutilmovchi hisoblanadigan o‘zgaruvchan xarajatlarni byudjetda hisobga olish ancha murakkab sanaladi. Bunga misol tariqasida kariyes paydo bo‘lgan holda tishni davolash xarajatlarini ko‘rsatishimiz mumkin. Bunday xarajatlarni oldindan ko‘ra bilish (aniqlash)ning iloji yo‘q. Shuning uchun ham ularning ko‘lami noaniq bo‘ladi.