Reja: Kirish. I bob. Kelishiklarning o‘rganilish tarixi haqida


I.2. Turkiy tillarda kelishiklar tizimi



Yüklə 81,9 Kb.
səhifə4/9
tarix02.12.2023
ölçüsü81,9 Kb.
#137859
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kelishiklar

I.2. Turkiy tillarda kelishiklar tizimi
Turkiy tillar kelishiklar tizimi haqida gap borganda, avvalo, turkiy tillarning eng qadimiy bobo til davridagi kelishiklar tizimi ko‘zda tutilsa, ikkinchidan, turkiy tillarning mustaqil tillar va lahjalarga ajralish va undan keyingi taraqqiyoti davridagi kelishiklar tizimining holati ko‘zda tutiladi.
Qadimgi turkiy tillar kelishiklar tizimi hozirgi turkiy tillar kelishiklar tizimiga nisbatan ham sifat, ham miqdor jihatdan farqlangan. Sifat jihatdan qadimgi va hozirgi turkiy tillar kelishiklar tizimi grammatik shakllari va ular anglatadigan ma’nolarga ko‘ra rang-barang bo‘lgan bo‘lsa, miqdor jihatdan ham ular har xil bo‘lgan. Hozirgi turkiy tillar ham bu jihatdan turlichadir.
Turkiy tillar qiyosiy grammatikalarida hozirgi turkiy tillarda 6-8 kelishik mavjudligi haqida gap borsa-da, ayrim til va lahjalarda qaratqich va tushum, jo‘nalish va o‘rin-payt kelishiklarining bir shaklda qo‘llanishi, yoqut tili kabi ayrim tillarda qaratqich kelishigining mavjud emasligini ko‘zda tutib, hozirgi turkiy tillarni 5-7 kelishik tizimiga ega deyish mumkin.
Shunga qaramay, turkiy tillar kelishiklar tizimi quyidagicha tasvirlanadi:

bosh kelishik

Ø

tushum kelishigi

-i ̸ -ї, -ig` ̸ їg, -a̸ ǝ, -ka ̸ -qa, -ra ̸ -rǝ

jo‘nalish kelishigi

-ri ̸ rї, -ari ̸ -arї, -g`ari, -cha ̸ -chǝ, -n

o‘rin-chiqish kelishigi

-ta ̸ -tǝ, -da ̸ -dǝ

qurol kelishigi

-in ̸ -їn, -lig ̸ -lїg

birgalik kelishigi

-la ̸ -lǝ, -lan ̸ -lǝn

o‘xshatish-qiyoslash kelishigi

-cha ̸ -chǝ



Yüklə 81,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin