Reja: Kirish I bob o‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida turli san’at va janrlarning yaratilishi



Yüklə 23,23 Kb.
səhifə1/2
tarix30.06.2022
ölçüsü23,23 Kb.
#117318
  1   2
Doni Zokirov nomidagi davlat xalq cholg‘ulari orkestri


Mavzu: Doni Zokirov nomidagi davlat xalq cholg‘ulari orkestrining yangi izlanishlar davri.
Reja:
Kirish
I BOB O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida turli san’at va janrlarning yaratilishi.
1.1 Kompozitorlarning zamonaviy asarlarida impressionism an’analari
1.2 Musiqa ijodiyotiga xos janrlarida B. Bafoyevning o’rni.
II BOB
1.1
1.2
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


I BOB O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida turli san’at va janrlarning yaratilishi

    1. Kompozitorlarning zamonaviy asarlarida impressionism an’analari.

O‘zbekiston kompozitorlarining 1990-yillarda yaratgan aksariyat asarlarida ma’naviy tiklanish g‘oyasi ilgari surilgan edi. Shu bois ham bu asarlarda ko‘proq o‘tmish manbalariga, xalq qahramonlariga murojaatlar, Vatanga bo‘lgan muhabbat kabi mavzularning ustivorligi kuzatiladi. Bu jarayon M.Bafoyev, T.Qurbonov, F.Alimov, Q.Komilov kabi kompozitorlarning asarlarida o‘z ifodasini topganligini e’tirof etish lozim. O‘z navbatida, bunday urinishlar musiqa ijodiyotida yangi shakl va janrlarni yuzaga keltirdi.
Yangi shakl va janrlardagi asarlar esa, tabiiyki, ijrochilik san’ati oldiga yangi vazifa va maqsadlarni qo‘yadi. Oldingi asarlarda orkestrning to‘la ijrosi ko‘proq qo‘llanilgan bo‘lsa, so‘nggi paytlarda kompozitorlar orkestrdan unumli foydalanib, aniq maqsad sari turli guruhlarni qo‘llaydilar. Aniqrog‘i, yangi mavzu, yangi tembr va yangi ijroviy uslublarni keng joriy etmoqdalar. Xalq cholg‘ulari orkestrining xor jamoasi bilan hamkorligi ham yangi tembr va yangi bo‘yoqlarni kashf etilishiga sabab bo‘ldi. Xorning xalq cholg‘ulari orkestrida turli ko‘rinishda (asosiy yoki jo‘rnavoz va “fon” sifatida) ishlatilishi esa betakror, serjilo ohanglar va tembrlarni taratadi. Kompozitorlarning zamonaviy asarlarida impressionizm an’analariga tayanish tamoyili ham yaqqol sezilib turadi. Chunki ramziy ma’no kasb etuvchi turli ladlar, rang-barang bo‘yoqlar uyg‘unligi orkestr ijrosida behisob zamonaviy jozibalar mujassam bo‘lishiga va yangidan yangi ijrochilik imkoniyatlari kelib chiqishiga ham sabab bo‘lmoqda.
Binobarin, 1990-yillarni O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotida turli san’at va janrlarning o‘zaro uyg‘unlashuvi ustivor bo‘lgan davr sifatida e’tirof etish mumkin. Bunga M.Bafoyevning “Nodira” telebaleti va “Buxoroi-Sharif” teleoperasi hamda Q.Komilovning “Ozod Vatan” oratoriyasi misol bo‘la oladi. Oratoriya janriga murojaat qilish 90-yillarda tabiiy holga aylangan bo‘lsa, telebalet va teleopera janrlarining yuzaga kelishi xalq cholg‘ulari orkestri ijrochiligi tarixida yangilikdir. Teleopera va telebalet orqali orkestr dramatik funksiyalarni bajarishga ham jalb etildi. Shu bilan birga epik shakldagi qahramonlarni ham ta’riflab berdi.
Bunday asarlar xalq cholg‘ulari orkestrida azaldan muammo bo‘lib kelgan repertuar masalasini ma’lum darajada hal qilishga, qolaversa, orkestr ijroligini keng ommalashishiga ham ko‘mak berdi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. “Nodira” telebaleti, “Buxoroi- Sharif” teleoperasi, “Bir siqim tuproq” poemasi va “Ozod Vatan” oratoriyalari orkestr ijrosiga xos go‘zal an’analarni o‘zida mujassam etgan, milliy ruh bilan yug‘irilgan yoqimli tarannumga ega asarlardir.
Buning natijasida orkestr ijrosida bir qancha yangi yo‘nalishlar nvujudga keldi. Buni ikki asosiy yo‘nalishga bo‘lishimiz mumkin. Birinchi yo‘nalish Yevropa san’atida qaror topgan janr va shakllarning milliy mavzular bilan uyg‘unlashuvida, ikkinchisi esa har xil ijro yo‘lidagi badiiy jamoalarning birgalikdagi ijrosida kuzatiladi. Birinchi yo‘nalishga, masalan, M.Bafoyevning “Buxoroi-Sharif” teleoperasi, “Nodira” telebaleti, Q.Komilovning “Ozod Vatan” oratoriyasi kabi asarlarni misol tariqasida keltirish mumkin.
Ikkinchi yo‘nalishda, M.Bafoyevning Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan “Buyuk ipak yo‘li” shou musiqali asarida simfonik orkestr bilan birga chang-qovuz, ud, qonun, nay, nog‘ora, doyra kabi o‘zbek xalq cholg‘ularining ishlatilishini, “Buxoroi-Sharif” teleoperasida esa o‘zbek xalq cholg‘ ulari orkestri tarkibiga fortepiano cholg‘usining kiritilishini, K.Komilovning besh qismli “Ozod Vatan” oratoriyasida o‘zbek xalq cholg‘ulari orkestri simfonik orkestrning kamonli cholg‘ular guruhi va xor jamoasi bilan birgalikda ijro etishini ko‘ramiz. Qolaversa, orkestr jamoalari teatrlashtirilgan ommaviy sahnalarda ham ishtirok etmoqdalar. Ana shunday asarlarni yaratayotgan va ularni keng xalq ommasiga yetkazib berishda orkestr bilan faol ish olib borayotgan ijodkorlardan biri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, A.Qodiriy nomidagi Davlat mukofotining sovrindori M.Bafoyevdir.


    1. Yüklə 23,23 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin