Ijtimoiy pedagogik faoliyat jarayonida qo`llaniladigan metodlar. Ma'lumki, metod-bu grekcha so`z bo`lib, ma'lum masalalarni hal etishga qaratilgan yo`l degan ma'noni anglatadi. Ijtimoiy pedagogikada metod (methodos)-bu shaxsning ijtimoiylashuviga va ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya ishlarini olib borishga, pozitiv ijtimoiy tajribalarni o`zlashtirishga qaratilgan bola qamda ijtimoiy pedagogning hamkorlik faoliyatidir. Ijtimoiy pedagog tomonidan qo`llaniladigan asosiy metodlar quyidagicha tasnif etiladi:
1.Ijtimoiy ish metodlari. Bunga ijtimoiy tashxis metodlari (intervyu, monitoring, sotsiologik savol-javob ishlari, ekspertizadan o`tkazish va h.k.), ijtimoiy reabilitatsiya metodlari (mehnat terapiyasi, guruhli terapiya va h.k) kiradi.
2.Psixologik metodlar. Bularga psixodiagnostika (intellekt va qobiliyatlarni aniqlovchi testlar, savol-javoblar, loyiqa testlari, sotsiometriya), psixokorrektsiyalar (psixogimnastika treninglar, psixologik konsultatsiyalar berish) kiradi.
3.Pedagogik metodlar (pedagogik tajriba, pedagogik nazorat, ta'lim-tarbiya berish metodlari)
4.Ijtimoiy pedagogik metodlar (ijtimoiy tarbiya, ta'sir ko`rsatish, ijtimoiy pedagogik hamkorlik qilish va h.k). Olimlarning fikricha ijtimoiy pedagogik amaliyotidagi metodlar- bola ijtimoiylashuvi yoki reabilitatsiyasiga yordam beruvchi ijobiy ijtimoiy tajriba to’planishini ta’minlovchi ijtimoiy pedagogik va bolaning o’zaro bog’liq faoliyati bo’lganligi uchun ijtimoiy pedagogika metodlari haaqida gapirish hali erta. Ular hozir shakllanish bosqichidalar. SHuning uchun ijtimoiypedagog o’z amaliy faoliyatida pedagogika, psixalogiya va ijtimoiy ishda qo’llanayotgan metodlardan foydalanadi. Metoddan tashqari ijtimoiy pedagogikada “usul” va “vositalar” tushunchalari qo’llaniladi. usul metodning ifodasi sifatida tushunilib, metodga nisbatan xususiy, bo’ysunuvchan xarakterga ega. Aslida har bir metod amaliyot tomonidan to’plangan, nazariya tomonidan umumlashtirilgan usullar majmuasi orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy pedagogning u yoki bu usulni qo’llashi aniq ijtimoiy pedagogik vaziyatga, bola xulq-atvoriga, zahiradagi usullarga bog’liq.vosita usul va metoddan ko’ra kengroq tushuncha hisoblanadi. CHunki usul va metod faqatgina muayyan holatlarda vosita vazifasini bajarishlari mumkin. Vositalar-ijtimoiypedagog tomonidan oldiga qo’yilgan maqsadga erishishi uchun qo’llanadigan moddiy, emotsional, aqliy va boshqa shartlar majmuasidir. Vositalar o’z mohiyatiga ko’ra faoliyat usullari hisoblanishmaydi, faqatgina biror-bir pedagogik maqsad (masalan, o’yin, suhbat, disput, konferensiya, trening va boshqalar)ga yetishishi uchun qo’llanilganida faoliyat usuliga aylanishadi.
Ba’zi olimlar ijtimoiy pedagogika metodlarini umumiy pedagogika metodlariga mos qilib tasniflashadi:
-ishontirish
-talabqilish
-hikoya
-suhbat
-jazolash
-maqtash
Biroq ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini qamrab oluvchi metodalr tasnifi quyidagi ko’rinishga ega:
Ijtimoiy pedagog tomonidan qo’llaniladigan asosiy metodlar tasnifi