Reja: Kirish O‘z moliyaviy maqsadlarimizni qanday aniqlashimiz kerak?


O‘z moliyaviy maqsadlarimizga erishishda muqobil usullarni qanday tanlab olishimiz kerak?



Yüklə 23,13 Kb.
səhifə4/6
tarix24.11.2023
ölçüsü23,13 Kb.
#134048
1   2   3   4   5   6
4.O‘z moliyaviy maqsadlarimizga erishishda muqobil usullarni qanday tanlab olishimiz kerak?
Bu savolning javobini topishda quyidagi oddiy bir vaziyatga e'tibor beraylik: aytaylik, Sizda faqat birgina maqsad bor. U aniq ifodalangan. Erishish muddati (davri, vaqti) ham aniq. Qancha pul talab qilinishi ham – oldindan ma'lum. Masalan, tanlagan oliy ta'lim dargohida o‘qishingizning birinchi yili haqini to‘lash uchun ikki yildan so‘ng 10,0 mln. so‘m jamg‘armoqchisiz. Bu maqsadga qanday qilib erishish mumkin? Zero, otaonangiz Sizga unchalik ko‘p pul berishmayapti. Katta miqdordagi jamg‘arilmaga esa – shu paytgacha ega bo‘lmagansiz. Agar shunday davom etadigan bo‘lsa, mutlaqo aniqki, Sizda sezilarli jamg‘arilma paydo bo‘lmaydi. Bunday vaziyatda oldingizda qanday muqobil variantlar borligini ko‘ra olasizmi? Mana ularning eng umumiy ko‘rinishlari:
Birinchidan, xarajatlarni qisqartirsa bo‘ladi. Masalan, har oyiga 50,0 ming so‘mdan. Agar ularni jamg‘arilmada to‘plasangiz, bir yildan so‘ng 600,0 ming so‘mga, ikki yildan so‘ng esa – 1 200,0 ming so‘mga ega bo‘lasiz. Bu summa uncha kichik summa bo‘lmasa-da, baribir, Sizga kerak bo‘ladigan summadan ancha kamdir. Buning ustiga, ana shu summaga ega bo‘laman deb, Siz o‘zingizga yoqadigan bir necha “yaxshi” narsalardan voz kechishingizga to‘g‘ri keldi.
Ikkinchidan, daromadlarni oshirish mumkin. Misol uchun, o‘qishingiz sifatida ta'sir ettirmasdan yiliga o‘n oy ishlasangiz bo‘ladi. Buning natijasida esa, oyiga, aytaylik, 400,0 ming so‘mlik daromad ikkinchi yilning oxiriga kelib, 8,0 mln. so‘mni to‘plashga imkon beradi. Ko‘rinib turibdiki, maqsadga erishish – yaqin. Iqtisod qilingan 1,2 mln. so‘mga ishlab topilgan 8,0 mln. so‘mni qo‘shib, qarabsizki, ixtiyoringizda 9,2 mln. so‘mlik mablag‘ga ega bo‘lmoqdasiz. Yetmayotgan 0,8 mln. so‘mni topishga Sizga uchinchi yo‘l – moliyaviy instrumentlardan foydalanish – yordam berishi mumkin. Agar Siz o‘z jamg‘arilmalaringizni bank depozitiga (uni biz 3-bobda muhokama qilamiz) joylashtiradigan bo‘lsangiz, u holda depozit bo‘yicha daromadlar jamg‘arilmalaringizni istalayotgan (izlanayotgan, kutilayotgan) 10,0 mln. so‘m darajasigacha oshirishga imkon berishi – turgan gap. Shunday bo‘lsa-da, bu maqsadga erishish variantlarining tugaganligidan dalolat bermaydi. Zero, tanlagan oliy o‘quv yurtingizda o‘qish – Sizning yakuniy maqsadingiz bo‘lishiga qaramasdan, yiliga 10,0 mln. so‘m to‘lanadigan uning to‘lovli bo‘limiga o‘qishga kirish – masalani hal etishning yakka-yu-yagona yo‘li emas. Masalan, “byudjet”li joyga o‘qishga kirishga harakat qilib, unga muvaffaq bo‘lsangiz, o‘qish Siz uchun “tekin”ga aylanadi. Albatta, buning uchun test sinovlaridan eng yuqori ko‘rsatkichni namoyon etib, o‘tishingiz uchun ko‘proq shug‘ullanishga yoki tegishli olimpiadada “mukofot”li o‘rinni egallashingizga to‘g‘ri keladi. Agar maqsadlaringiz ko‘p bo‘lsa-chi? Unda nima bo‘ladi? Nima ham bo‘lardi – ularni rejalashtirishingiz murakkablashadi, xolos. Masalan, Siz yaqin yillar ichida velosiped sotib olmoqchi ham bo‘lsangiz, u holda yuqoridagi jamg‘arilmalaringizning bir qismini bu maqsadga erishish uchun ham yo‘naltirishingizga to‘g‘ri keladi. Unda birinchi maqsadga erishishingiz “zarar” ko‘rishi, tabiiy. Bunday vaziyatda Siz uchun nimaning muhimligini – bir necha yil yangi velosipedda yurishmi yoki yaxshi oliy ta'lim muassasasiga kirishmi – tanlab olish va shunga muvofiq ish qilish taqozo etiladi. Esda tuting: har qanday vaziyatda ham muammoni yechish variantlari ko‘p bo‘ladi; shu boisdan ham odatiy qarorlar qabul qilish chegarasidan chetga chiqishga uyalmaslik kerak. Buning uchun topishingiz mumkin bo‘lgan ma'lumotlarning (masalan, do‘stlar maslahati, Internetdagi maqolalar va bloglar va h.k.) maksimumi (eng ko‘pi)dan foydalanish zarur. Axir “Kim ma'lumotga ega bo‘lsa, u dunyoga egalik qiladi”,- deb bejiz aytilmagan. Bunda variantlar tahlili natijasida o‘z maqsadingizni qayta ko‘rib chiqishingiz mumkinligidan sira qo‘rqa ko‘rmang. Bunday bo‘lishi mumkinligiga tabiiy hol sifatida qarashga o‘rganish kerak. Shunday qilinsa, Sizning maqsadlaringiz haqiqatdan ham Sizning xoxishingiz va o‘zingiz yo‘l qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan narsalarga nisbatan shunchalik yaqin va haqqoniy bo‘ladi.

Yüklə 23,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin