Reja: kirish unning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Un ishlab chiqarish texnalogiyasi


UNNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI



Yüklə 228,9 Kb.
səhifə2/9
tarix20.04.2023
ölçüsü228,9 Kb.
#125694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISHI OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGIDAN kish

1.UNNING XALQ XO’JALIGIDAGI AHAMIYATI
Ma’lumki serquyosh o’lkamizda un va un mahsulotlari o’zining munosib o’rniga ega bo’lgan mahsulot hisoblanadi. Bizning mehnatkash xalqimiz hayotida un va un masulotlari muhim axamiyatga ega, o’z o’rnini boshqa mahsulotlar bilan qoplash juda qiyin bo’lgan ne’matdir.
Un – turli ekinlar donini tegirmonda tortib hosil qilinadigan oziq – ovqat masulotidir. Unlar shulardan ko’pincha bug’doydan tayyorlanadi. Shuningdek, javdar, arpa, makkajo’xori, suli, marjumak (grechixa), soya, no’xat va boshqa ekinlar donidan ham un ishlab chiqariladi. Undan non, nonbulkalari, konditer mahsulotlari va makaron mahsulotlari, turli xil xamirli taomlar kabilar tayyorlanadi. Un kepagi esa chorva mollariga yem sifatida beriladi.
O’rta Osiyoda, xususan O’zbekistonda ham g’alla qadimdan mayda suv tegirmonlarida tortilgan. 1870- yilda hozirgi O’zbekiston hudida kepakli jaydari un tortiladigan, unumdorligi bir sutkada bir necha sentner bo’lgan 5 mingdan ortiq tegirmon bo’lgan. 1903-yilda 1970dan ziyod kichik suv tegirmonlari ishlagan. Birinchi kata tegirmon 1883-yilda Toshkentda, ikkinchisi 1898-yilda Samarqandda qurilgan. Keyinchalik yirikroq tegirmonlar 1901-yilda Andijonda va boshqa shaharlarda ham paydo bo’ldi. 1908- yilda Turkiston o’lkasida 26,4 ming tonna, 1913- yilda 37,9 ming tonna un tayyorlangan.
Shu tariqa un ishlab chiqarish hajmi ko’payib brogan. Bu esa o’z navbatida un va un mahsulotlariga xalqamiz talabining anchayin yuqori ekanligini bildiradi.


2. UN ISHLAB CHIQARISH TEXNALOGIYASI.

Un – bu boshoqli, dukkakli va grechixa donlarini kukunsimon holatga kelgunicha maydalash yo’li bilan olingan mahsulot hisoblanadi. Hozirgi kunda un ishlab chiqarish fan va texnikaning eng so’ngi yutuqlariga asoslanadi.


Un tiplarga, turlarga va navlarga bo’linadi. Un turi u qaysi dondan olinganligi bilan aniqlanadi. Shu asosda bug’doy javdar, makkajo’xori, arpa, soya, grechixa, suli, guruch unlari ishlab chiqariladi. Har bir un turi qaysi dondan olinganligiga qarab ma’lum bir xususiyatlarga ega bo’ladi. Shuningdek, bug’doy va javdar donlarining aralashmasidan ham unlar tayyorlanadi.


Yüklə 228,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin