Reja: kirish unning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Un ishlab chiqarish texnalogiyasi



Yüklə 228,9 Kb.
səhifə6/9
tarix20.04.2023
ölçüsü228,9 Kb.
#125694
1   2   3   4   5   6   7   8   9
KURS ISHI OZIQ OVQAT XAVFSIZLIGIDAN kish

Arpa uni
Arpa uni. Arpa unini ishlab chiqarish texnalogiyasi javdar unini ishlab chiqarish texnalogiyasiga juda yaqin. Arpa uni elangan (seyanoy) va dag’al (oboynoy) tiplarda ishlab chiqariladi. Elangan arpa unining chiqishi 70-73% ni, undagi kul moddasi miqdori esa1,0 – 1,2 % ni tashkil etadi. Dag’al tortilgan arpa unining chiqishi esa 82-85 % ni, undagi kul moddasi miqdori esa 2% ga yaqinni tashkil etadi.
Arpa unlarida oqsil miqdori 10% dan 16% gacha bo’ladi. Ular lizin, valin, metionin, sistin va sistein aminakislotalariga juda boy hisoblanadi. Arpaning ko’p navlaridan olingan unning kleykovinasi kam cho’ziluvchan va uvalanuvchan bo’ladi.
Makkajo’xori uni
Makkajo’xori uni. Bugungi kunda makkajo’xori uni tayyorlashda don murtakfan xalos etilib, un navli maydalash usulidan foydalaniladi. Bunda unning umumiy chiqish miqdori 85% ni, shulardan unning “Eksta” tipi 15%, dag’al tortilgan 60, mayin tortilgan esa 10% ni tashkil etadi. Makkajo’xori unlarining sifat ko’rsatkichlarini aniqlashda organaleptik ko’rsatkichlari, namligi, kul moddasi miqdoridan tashqari murtagidan qanchalik xalos etilganligini bildiradigan ko’rsatkich yog’ miqdori ham aniqlanadi.

So’ya uni.
Soya uni. Dunyo miqyosida dukkakli ekinlar orasida ishlab chiqarish hajmi va ekin maydonlari bo’yicha ham soya birinchi o’rinni egallaydi. Respublikamizda soya asosiy ekin hisoblanmasada, keying yillarda soya ekini maydonlarini uzluksiz kengaytirib borilmoqda.
Kimyoviy tarkibi bo’yicha soya boshqa donlardan farq qiladi. Uning tarkibida oqsilning miqdori o’rtacha 40% ni tashkil etadi. Aminokislota tarkibi bo’yicha soya oqsili go’sht oqsiliga, hazm bo’lish darajasi bo’yicha esa sut kazeiniga juda yaqin turadi.
Soyadan xilma-xil maqsadlarda foydalanish uning kimyoviy tarkibining o’ziga xosligi bilan tushuntiriladi. Soyadan ozuqabop yog’ olinadi. Yog’ olingandan keyin qolgan yog’sizlantirilgan massadanesa oqsil izolyatlari va konsentratlari olinadi. Ba’zi mamlakatlarda esa soya suti, soya tvarogi va boshqa mahsulotlar olishda qo’llaniladi.
Soyadan asosan uch xil un olinadi: yog’sizlantirilmagan, yarim yog’sizlantirilgan va yog’siz unlar. Yog’sizlantirilmagan un soya urug’idan, yarim yog’sizlantirilgan un avval yog’ini presslab moyi olingandan keyin qolgan massadan olinadi. Yog’siz unlar olishda esa soya urug’idan ekstraksiya usuli bilan moyni ajratgandan keyin qolgan massadan foydalaniladi.
Yog’ miqdori soya unining turini belgilovchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Bu ko’rsatkich yog’sizlantirilmagan unda 17% ni, yarim yog’sizlantirilgan unda 5-8% ni, yog’sizlantirilgan unda esa 2 % dan kamroqni tashkil etadi.
Oqsil miqdori unning yog’ligiga bog’liq bo’lib, bu ko’rsatkich yog’sizlantirilmagan unda 38 % ni, yarim yog’sizlantirilgan unda 43 % ni, yog’sizlantirilmagan unda esa 48 % ni tashkil etadi.

Yüklə 228,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin