Reja: Kirish Zaxiralar haqida tushuncha. Zaxiralarni baholash zaruriyati Zaxiralarni baholash metodlari. Kirish



Yüklə 27,52 Kb.
səhifə3/4
tarix06.05.2023
ölçüsü27,52 Kb.
#126502
1   2   3   4
moliyaviy bux hisob mustaqil ish...

3.Zaxiralarni baholash metodlari.
Zaxiralarni hisobga olishning haqiqiy xarajatlar bo'yicha hisobga olish va sotish narxida hisobga olish usullaridan qaysi biri tannarx qiymatini aniqroq ifodalasa shu metodni qo'llash o'rinlidir. Normativ tannarx usuli xom-ashyo va materiallar, mehnat va boshqa ustama xarajatlarning normativ miqdoriga asoslanadi. Normativdan farqlanishlar aniqlanib, bu qaysi omillar hisobidan yuzaga kelganligi o'rganiladi. Normativ tannarx muntazam tekshirilib va zaruriyat tug'ilganda o'zgartirishlar kiritiladi.
Haqiqiy tannarxida hisobga olish metodi. Ushbu masalalarga javob topishda jarayonli kalkultsiyani quyidagi beshta bosqichga bo'lish maqsadga muvofiqdir:
• Birinchi bosqich: Birliklarning jismoniy miqdorini hisoblab chiqish.
• Ikkinchi bosqich: Xarajatlar moddalari bo'yicha birlik tannarxini hisoblashda ekvivalent birliklar miqdorini aniqlash.
• Uchinchi bosqich: Xarajat moddalari bo'yicha hamda jami tannarxni Ishlab Chiqarish Jarayoni schyoti ma'lumotlari bo'yicha aniqlash.
• To'rtinchi bosqich: Ekvivalent birlik tannarxini hisoblash.
• Beshinchi bosqich: Tannarxni to'liq yakunlangan birliklar hamda Ishlab Chiqarish Jarayoni oxiridagi birliklarga taqsimlash.
Tashkilot xarakteri va ishlatilishi bo'yicha o'xshash bo'lgan barcha zaxiralar uchun bir xil formulalar qo'llanilishi shart. Xarakteri va ishlatilishi bo'yicha turli xil bo'lgan zaxiralar uchun turli xil formulalarni qo'llashning haqqoniyligi asoslanishi mumkin.Chiqarilgan materiallarning qiymatini va oxirgi zaxiralarni baholashda bir qancha usullardan foydalanadi:
1) Hammasini identifikatsiyalash usuli;
2) FIFO (birinchi kirim birinchi chiqim);
3) LIFO (so'ngi kirim birinchi chiqim);
4) o'rtacha salmoqli qiymat(AVEKO);
5) tannarxdan va realizatsiyaning sof qiymatining eng kichigi metodi;
6) chakana baho metodida TMZ hisobi;
7) yalpi foyda metodi;
8) NIFO (kelgusi kirim birimchi chiqim);
Standartlar talablariga muvofiq zaxiralar tannarxi baholashning hammasini
identifikatsiyalash usulini qo'llash imkoni bo'lmagan hollarda majburiy tartibda birinchi kirim - birinchi chiqim (FIFO), o'rtachasalmoqli qiymat usullaridan foydalanilishi e'tirof etilgan. Zaxiralarni baholash usullarining qo'llanilishi Tannarxni aniqlash metodlarining qo'llanilishini misollarda ko'rib o'tamiz.

Yüklə 27,52 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin