Qanday qilib ko‘kyo‘talning oldini olish mumkin? Eng samarali yo‘li — AKDS emlash.
AKDS — adsorbirlangan ko‘k yo‘tal-difteriya-stolbnyak vaksinasi, demak, emlashning ta'siri bir vaqtning o‘zida uchta qo‘rqinchli yuqumli kasalliklardan himoyalaydi.
AKDS kopleksli vaksinasi, rioya etilishi zarur bo‘lgan qat'iy o‘rnatilgan tanaffuslar bilan ko‘p marta yuboriladi (birlamchi kurs doirasi uchun eng kamida 30 kun). Emlashlar Milliy taqvimiga ko‘ra, AKDS vaksinalash chaqaloqlar 2, 3 va 4 oylik bo‘lganda bir martadan 3 marta, so‘ngra 16 oylikda, 7 va 16 yoshda bir martadan takrorlanadi.
TEPKI KASALLIGI (PAROTIT) — ALOMATLARI, TASNIFI, TASHXISLASH, DAVOLASH, OLDINI OLISH Epidemik parotit (lot. parotitis epidemica,tepki kasalligi) — paramiksovirus tomonidan chaqiriladigan bez a’zolarni (so’lak bezlari, oshqozon osti bezi, moyaklar) va markaziy asab tizimining yiringsiz zararlanishi bilan tavsiflanadigan o’tkir infektsion kasallikdir.
«Epidemik parotit» nomi eskirgan deb hisoblanadi. Hozirda kasallik ko’pincha «parotit» deb ataladi. Lotin tilida quloq yonidagi so’lak bezlari glandula parotidea deb ataladi, uning yallig’lanishi esa parotit hisoblanadi; kasallikning nomi shundan kelib chiqqan. 3 yoshdan 15 yoshgacha bo’lgan bolalarda tepki kasalligi eng ko’pi aniqlanadi.
TEPKI QANDAY YUQADI? Tepki kasalligi (glandalarning shishishi) kasallik alomatlari boshlanmasidan 9 kun oldin va boshlanganidan keyin 5-9 keyingi vaqt davomida infektsiyalangan bemordan havo-tomchi yo’li orqali yuqadi.
KASALLIK QO’ZG’ATUVCHISI Parotit qo’zgatuvshisi paramiksoviruslar (Paramyxoviridae) oilasi, Rubulavirus avlodiga mansub RNK-saqlovchi virus hisoblanadi. Kasallik qo’zg’atuvchisi 1934-yilda E. Gudpacher va K. Jonson tomonidan ajratib olingan va o’rganilgan.
Virionlar polimorf, yumaloq virionlar 120-300 nm diametrga ega. Bitta ipli va fragmentatsiyalanmagan «minus»-RNK 8 ta oqsilni kodlaydi, jumladan superkapsid qobiqning H-, N- va F-oqsillarini.
Virus gemagglyutinatsiyalovchi, neyraminidaz va gemolitik faollikka ega. Virus tovuqlar, o’rdaklar, dengiz cho’chqalari, itlar va boshqalarning eritrotsitlarini agglyutinatsiyalaydi. Laboratoriya sharoitida virus 7-8 kunlik tovuq embrionlarida va hujayrali madaniyatda yetishtiriladi. Virusga tovuq embrionlarining fibroblastlari, maymun, dengiz cho’chqasi, suriya xomyagining birlamchi-tripsinlangan buyrak hujayralari madaniyati sezgirdir. Laboratoriya hayvonlari tepki virusiga kam sezgir. Faqat maymunlarda insonnikiga o’xshash tepkini kuzatsa bo’ladi. Virus barqaror emas, u issiqlik, ultrabinafsha nurlanish ta’sirida, yog’ erituvchilari, 2% formalin eritmasi, 1% lizol eritmasi bilan aloqada bo’lganda inaktivatsiyalanadi. Virusning zaiflashtirilgan shtammi (L-3) jonli emlash sifatida ishlatiladi.
Virusning antigen tuzilishi barqarordir. Unda neytrallashuvchi va komplement-bog’lovchi antitanalar hosil bo’lishiga olib kelishi mumkin bo’lgan antigenlar, shuningdek, intradermal sinovini o’rnatish uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan allergen mavjud.