Reja: Kompyuter interfeyslari turlari. Isa tizimli magistral Kompyuterning resurslarini taqsimlash Kompyuter interfeyslari turlari


Kompyuterning resurslarini taqsimlash



Yüklə 0,58 Mb.
səhifə5/7
tarix16.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#128198
1   2   3   4   5   6   7
Shaxsiy kompyuterlarning interfeyslari

Kompyuterning resurslarini taqsimlash.
Apparat vositalarning arxitekturasidan tashqari va tizimli shina kо‗rsatgichlari xar qandek kompyuterning xususiyatlarini uning resurslarini standart tomonidan taqsimlanishi aniqlab beriladi. Bu taqsimlash orqali о‗rnatilgan qoidalarga dasturlovchilar xam rioya qilishlari kerak (tizimli va amaliy dasturlarni loyixalashtiruvchi dasturchilar) va qо‗shimcha vositalarni loyixalashtiruvchilari xamda xatto kompyuterga yangi kengaytirish platasini о‗rnatuvchi foydalanuvchilari xam. Bu qoidalarni ozgina bо‗lsa xam buzilgan xollarda kompyuterning ishida bashorat qilib bо‗lmaydigan buzilish bо‗lishi mumkun va dastlabki yuklashni amalga oshirib bо‗lmasligi xamda kompyuterni butkul ishdan chiqish xolati yuzaga kelishi mumkun.
Bu xolda resurslarni taqsimlash deganda quydagilarni tushinish kerak bо‗ladi:
-tizimli xotirani manzillar maydonini taqsimlash, xotirani aloxida xududlarini maxsus maqsadlar uchun ajratish;
-kiritish/chiqarish qurilmasining manzillar maydonini taqsimlash, shuningdek kompyuterning tizimlik vositalari uchun xam;
-uzulishlarni sо‗rash kanallarini taqsimlash, shu jumladan tizimli qurilmalar uchun xam;
-xotiraga bevosita ega bо‗lishga sо‗rash kanallarini taqsimlash.
Tushunarliki, agarda dasturlovchi xotira manzilining tizimli ishlarga ajratilgan qismini (masalan, displey xotirasi uchun yoki tizimli jadvallarga) ishlatishni xoxlasa, u xolda kompyuterning ish faoliyati buziladi. Agarda bajarilayotgan dastur qandaydir axborotni standart tomonidan tizimli xotiraning doimiy xotiraga (ROM) ajratilgan manzillariga yozishga urinishi bо‗lsa, u xolda yozilayotgan axborot yoqoladi va dastur ishlashdan tо‗xtaydi. Agarda xaborotni vidio xotira uchun ajratilgan xotira manzillariga yozilsa, u xolda vidiomonitor ekranida tasvir siljigan xolda aks ettiriladi.
Agarda kompyuterga о‗rnatilayotgan kengaytirish platasi xotiraning manzillar maydonini notо‗g‗ri (boshqa qurilmalar band qilgan) manzillarini ishlatsa, u xolda uning ishlashi mumkun bо‗lmay qoladi va xatto kompyuterning qurilmalari xam ishdan chiqishi extimoldan xoli emas (chunki о‗qish siklida xotirani manzillar maydonidagi ikki qurilma о‗z axborotlarini bir vaqtda shinaga bersalar, bu xolat bufer mikrosxemalarining kuyishiga sababchi bо‗lishi mumkun). Agarda kengaytirish platasi xamda kiritish/chiqarish qurilmasini loyixalashtiruvchisi yoki yangi kengaytirish platasini о‗rnatayotgan foydalanuvchi о‗z qurilmasini manzilini tizimli qurilmalardan birining manzili bilan yoki boshqa kengaytirish platasining manzili bilan bir xil qilib о‗rnatib qо‗ysa, u xolda bu qurilmaga murojat bо‗lganda konflikt yuzaga keladi. Bu xolda yozish siklida axborot bitta qurilmaga emas ikkita yoki undan kо‗p qurilmaga yozilishi mumkun, о‗qish siklida esa axborotlar shinasiga bir vaqtda о‗z axborotlarini bitta qurilma emas bir necha qurilma beradi. Yani yozish siklida tizimli qurilmalarning о‗rnatilgan ish tartibi buzilishi mumkun (masalan, uzulish kontrolleri yoki XBEB kontrolleri) yoki о‗qish siklida yangi о‗rnatilgan kengaytirish platasining notо‗g‗ri ishlashi, xatto magistralga bir vaqtda axborot bergan qurilmalarning birini ishdan chiqishiga olib kelishi mumkun.
Agarda kompyuterga yangi kengaytirish platasini о‗rnatilish vaqtida uning uchun uzilishni sо‗rash kanalini notо‗g‗ri о‗rnatilsa, bu xol ushbu sо‗rovga xizmat kо‗rsatmaslikka olib keladi. Shuningdek yangi plata konflikt xolatda bо‗lgan tizimli qurilmadan bо‗ladigan sо‗rovlarga xam xizmat kо‗rsatmaslikka olib keladi. Eng yomon xolatda bu yangi kengaytirish platasini yoki tizimli qurilmani ishdan chiqishiga olib keladi.
Xuddi shuningdek xotiraga bevosita ega bо‗lish sо‗roviga kanal nomerini notо‗g‗ri tanlanganda, tizim qurilmasining XBEB sо‗roviga xizmat kо‗rsatish tо‗xtatilishi mumkun, yoki tizimli qurilma yoki yangi kengaytirish platasi ishdan chiqishi mumkun. Yani kompyuterning resurslarini standart qoidalariga amal qilgan xolda taqsimlanishi bu kimningdir injiqligi emas, xayotiy zaruratdir.
Tо‗g‗ri, oxirgi vaqtda ushbu muammoni xal qiluvchi avtomatik ravishda resurslarni taqsimlash texnologiyasi keng tarqalmoqda Plug-and-Play (PnP,
P&P). Bu xolda foydalanuvchi faqat kerakli platasini kompyuterga ulashining о‗zi yetarlidir, barcha resurslarni taqsimlash operatsiyasini kompyuterning о‗zi mustaqil ravishda bajaradi va xar qandek konflikt xolatni avtomatik ravishda bartaraf etiladi.
Lekin buning uchun ikkita shartni bajarish kerak bо‗ladi. Birinchidan, PnP texnologiyasini ushbu kompyuter va uning dasturiy ta‘minoti quvvatlashi kerak. Ikkinchidan, bu texnologiyani kompyuterga ulanayotgan qurilma xam quvvatlashi kerak bо‗ladi. Buni aniqlash ancha oson: agarda platada plata kо‗rsatgichlarini о‗rnatuvchi ulash moslamasi yoki mexanik о‗chirib yoquvchi moslama bо‗lsa (kiritish/chiqarish portlarining manzillari, ishlatilayotgan uzulish nomeri, xotiraning asos manzili, XBEB kanalining nomeri), u xolda dadil aytish mumkunki tarkibini tanlash, kompyuterning resurslarini standartga asosan taqsimlanishini xisobga olish foydalanuvchining zimmasiga tushadi.
Albatta kompyuterga yangi kengaytirish platasini о‗rnatishdan oldin diqqat bilan qurilmaning yо‗riqnomasini о‗qib chiqish va unga aniq rioya qilish kerak bо‗ladi. Batafsil PnP ish tartibini ishlashi keyinroq bayon qilinadi.
Endi kompyuterda qabul qilingan standart resurslarni taqsimlashni kо‗rib chiqamiz.
Xotirani standart belgilaganidek taqsimlashni oldingi bobda bayon qilingan edi. 8.3. jadvalda sag‗al batafsilroq xotira manzillarini taqsimlash bayon qilingan.


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin