Markaziy mikprotsessorni olib turini aniqlash. Mikroprotsessor qurilmasi funksional jihatdan ShKning eng murakkab qurilmasi
sanaladi. Ushbu qurilma yo‘riqlarning kodli shinasi vositasida mashinaning barcha bloklariga yetib boradigan boshqaruv signallarini shakllantiradi. Mikroprotsessorlar yoki markaziy protsessorlar shaxsiy kompyuterlarning “miyasini” tashkil qiladi. Mikroprotsessorning quyidagi turlari mavjud: 8088/8086 protsessorlari, 80386 protsessorlari, 80486 protsessorlari, Pentium protsessorlari, Pentium MMX protsessori, Pentium Pro protsessori, Pentium II protsessolari, Pentium III protsessolari, AMD K-6 protsessori,Intel CoreI1,2,3,4,5,6,7,8,9,NVIDIA,Elburs,Philips.Harbir mikroprotsessorning ustiga firma nomi va turi yoziladi. Mikroprotsessorlar ham avlodlarga bo’linadi.Bular:1-avlod mikroprotsessorlari DDR1 plataga ishlab chiqarilgan,2-avlod mikroprotsessorlari DD2 plataga ishlab chiqarilgan,3-avlod mikroprotsessorlari DD3 plataga ishlab chiqarilgan.Hozirgi kunda 4-avlod mikroprotsessorlari ishlab chiqarilmoqda.
Mikroprotsessorlarning ishlash va faoliyat ko’rsatish imkonyatlari. Mikroprotsessorlar yoki markaziy protsessorlar shaxsiy kompyuterlarning “miyasini” tashkil qiladi. Tezlik — bu protsessorning hususiyatlaridan biri bo‘lib, uni ko‘p hollarda turlicha talqin qilinadi. Ushbu bo‘limda, umuman, protsessorlarning tezligi va, hususan, Intel protsessorlari xaqida ma’lumot olasiz. Ko‘pincha, kompyuterning tezligi, odatda, megagerslarda o‘lchanuvchi takt chastotasiga bog‘liq bo‘ladi. U uncha katta bo‘lmagan qalaydan yasalgan konteynerida joylashgan, kvars kristali bo‘lgan, kvars rezonatorining parametrlari orqali aniqlanadi. Elektr kuchlanishi natijasida kvars kristalida, kristalning shakli va o‘lchami orqali aniqlanuvchi chastotali elektr tokining tebranishlari hosil bo‘ladi. Shu o‘zgaruvchi tokning chastotasini takt chastotasi deb ataladi. Oddiy kompyuterning mikrosxemalari bir nechta million gerslar chastotasida ishlayd (Gers, bu-sekundiga bir tebranish). Tezlik megagerslarda, ya’ni sekundiga million siklda o‘lchanadi. Buyruqlarining bajarilishiga ketadigan vaqt ham o‘zgaruvchandir. 8086 va 8088 protsessorlarida bitta buyruqning bajarilishiga 12 takt chamasida ketadi. 286 va 386 protsessorlarida bu ko‘rsatgich bitta operatsiyaga o‘rtacha 4,5 takt atrofida,486 da esa 2 taktgacha kamayadi.