Korrupsiya va men
Reja:
1. Korrupsiya - jirkanch illat.
2. Taraqqiyot kushandasining yurtimizga keltirayotgan zarari.
3. Oʻzbekistonda ushbu illatga qarshi kurash.
4 . Men korrupsiyaga qarshiman!!!
Biz yashayotgan davrda korrupsiya haqida ilmiy maʼlumot keltirish shart emas - u hayotimizning ajralmas qismi va eng ogʻriqli nuqtasidir . Ha , afsuski , shunday , "ajralmas qismi"! Inson omili bor joyda u ham hamisha mavjud ! Korrupsiya faqatgina pora olish bilan cheklanib qolmagan , un turli koʻrinishlarda , turli nayranglari bilan namoyon boʻladi.
Baʼzida oʻylanib qolamiz, "Bu ishni qiynalib qilib yurgandan koʻra, odamini topib oson bitkazsam nima boʻladi ? Hech nima.", deymiz oʻzimizga oʻzimiz. Aslida ham shundaymi, hech nima boʻlmaydimi? , Ha , hech nima boʻlmaydi! Hech nima!!! Koʻchma maʼnoda ham hech nima ! Yaʼni hech qanday oʻsish, rivojlanish boʻlmaydi! Jamiyat oldinga emas orqaga yuradi. Afsuski, mana shu "hech nima" bizning qon- qonimizga singib ketgan. 130 yillik tutqunlik davrimizda ushbu illat vujudimizda tomir otgan , gurkirab oʻsgan .
Yurtimiz mustaqillikka erishib , katta hayotga qadam qoʻyar ekan , boshqa koʻplab illatlar singari "oʻta rivojlangan" korrupsiyani ham sovet ittifoqidan meros qilib oldi . Natijasi esa hammaga ayon.
Sir emas , yaqin yillarga qadar yurtimiz korrupsiya botqogʻiga bota boshlagan , adolatsizlik kuchaygan edi . Har qanday shaxs rahbarlik kursisiga oʻtirishi bilan oʻz lavozimidan imkon qadar koʻproq foyda olishga urinar , maoshga umuman qanoat qilmas edi .
Misol tariqasida oʻzimga tanish boʻlgan soha - oliy taʼlimda korrupsiya qanday oqibatlarga olib kelishini keltirsam: yaqin yaqingacha oliy taʼlim ham korrupsiya botqogʻiga ancha chuqur botgan edi . Chetdan qaraganda juda oddiy koʻringan talabalarning baholarni bilim emas pul evaziga olishi aslida juda mudhish oqibatlarga olib keladi. Axir oliygohda oddiy inson emas , ertaga davlatning qanoti boʻlishi kerak boʻlgan kadrlar yetishtiriladi ! Ertaga u zavodda , dalada , maktabda , sexda , qoʻyingki hayotning turli jabhalarida oʻz ilmi asosida faoliyat olib borishi kerak ! Yurtimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning jahon bozorlaridagi raqobatga bardosh bera olmayotgani , eng umumdor , zarrasi oltinga teng tuprogʻimizdan undan 10 baravar unumsiz tuproqlarga qaraganda ancha kam hosil olinishi , yoʻllarimizda mudhish falokatlarning kundan kunga koʻpayib borayotgani korrupsiya mevasi emasmi!? Bu roʻyxatni , ming afsuslar boʻlsinki, uzoq davom ettirish mumkin.
Shu oʻrinda haqli savol tugʻiladi- xoʻsh , bu illatdan qutulishning yoʻli bormi, boʻlsa ,qanday? Ha , albatta, bor!!! Metin iroda, vijdon va korrupsiyaning har qanday koʻrinishiga murasasiz boʻlish!
Qadimdan ota bobolarimiz haromdan hazar qilishgan , yegan bir luqmasini ham halol mehnatdan yegan . Oʻgʻrilarni qattiq jazolashgan , bolalarni yoshlikdan halol kun koʻrishga oʻrgatishgan .
Soʻnggi yillarda yurtimizda korrupsiyaga qarshi keskin kurash bormoqda . Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida butun xalqimiz unga qarshi kurashmoqda. Jinoyatchilik kodekslariga oʻzgartirishlar kiritilib , poraxoʻrlik uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda, maxsus agentlik tashkil qilinib, har bir rahbar kadr, davlatning, toʻgʻrirogʻi xalqning bir soʻm puli ham kimlarningdir qornini qappaytirishga sarflanmasligi , jamiyatda adolat oʻrnatilishi ustidan qatʼiy nazorat olib borilmoqda.
Kasallikni davolagandan koʻra , uning oldini olgan afzal. Xalqimizga "halollik vaksinasi"ni yuborish, korrupsiyaga moyillkni yoʻqotish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda . Bunda jamiyatning barcha boʻgʻinlari: bogʻcha , maktab , oliygoh , mahalla, jamoatchilik, televideniye, internet ishtirok etmoqda.
Ishonchim komilki , yaqin kelajakda yurtim korrupsiya atalmish illatdan butunlay xalos boʻladi. Bu yoʻlda biz yoshlardan qatʼiyat, shijoat va kuchli iroda talab etiladi, va bularning barchasi bizda yetarli . Demak , kurash va yorqin ,korrupsiyasiz kelajak sari olgʻa!!!
Dostları ilə paylaş: |