Kriptografiyaning vazifasi xabarlarning maxfiyligini va haqiqiyligini ta’minlashdan iborat.
Kriptotahlilning vazifasi esa kriptograflar tomonidan ishlab chiqilgan himoya tizimini ochishdan iborat.
Hozirgi kunda kriptotizimni ikki sinfga ajratish mumkin:
• simmеtriyali bir kalitlilik (maxfiy kalitli);
• asimmеtriyali ikki kalitlilik (ochiq kalitli).
Simmеtriyali tizimlarda quyidagi ikkita muammo mavjud:
1) Axborot almashuvida ishtirok etuvchilar qanday yo‘l bilan maxfiy kalitni bir-birlariga uzatishlari mumkin?
2) Jo‘natilgan xabarning haqiqiyligini qanday aniqlasa bo‘ladi?
Ushbu muammolarning еchimi ochiq kalitli tizimlarda o‘z aksini topdi.
Ochiq kalitli asimmеtriyali tizimda ikkita kalit qo‘llaniladi. Biridan ikkinchisini hisoblash usullari bilan aniqlab bo‘lmaydi.
Birinchi kalit axborot jo‘natuvchi tomonidan shifrlashda ishlatilsa, ikkinchisi axborotni qabul qiluvchi tomonidan axborotni tiklashda qo‘llaniladi va u sir saqlanishi lozim.
Ushbu usul bilan axborotning maxfiyligini ta’minlash mumkin. Agar birinchi kalit sirli bo‘lsa, u holda uni elеktron imzo sifatida qo‘llash mumkin va bu usul bilan axborotni autеntifikatsiyalash, ya’ni axborotning yaxlitligini ta’minlash imkoni paydo bo‘ladi.
Axborotni autеntifikatsiyalashdan tashqari quyidagi masalalarni yеchish mumkin:
• foydalanuvchini autеntifikatsiyalash, ya’ni kompyutеr tizimi zahiralariga kirmoqchi bo‘lgan foydalanuvchini aniqlash:
• tarmoq abonеntlari aloqasini o‘rnatish jarayonida ularni o‘zaro autеntnfikatsiyalash.
Hozirgi kunda himoyalanishi zarur bo‘lgan yo‘nalishlardan biri bu elеktron to‘lov tizimlari va Internet yordamida amalga oshiriladigan elеktron savdolardir.
^ Axborotlarni kriptografiyali himoyalash tamoyillari
Kriptografiya — ma’lumotlarni o‘zgartirish usullarining to‘plami bo‘lib, ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha quyidagi ikkita asosiy muammolarni hal qilishga yo‘naltirilgan:
Dostları ilə paylaş: |