Reja: Lug’atshunoslik haqida tushuncha Leksikografiya nimani o’rganadi "Sanglox" va boshqa lug’at turlari



Yüklə 49,84 Kb.
səhifə1/3
tarix03.02.2023
ölçüsü49,84 Kb.
#122958
  1   2   3
77kjdjnjkl7fgbdfbfdfvf4gd


Mavzu: “Sanglox” lug‘atini o‘rganish.

REJA:
1.Lug’atshunoslik haqida tushuncha


2.Leksikografiya nimani o’rganadi
3. “Sanglox” va boshqa lug’at turlari

Turkiy tillarning keyingi taraqqiyotida XV1-XIX asrlarda qator filologik xarakterdagi lug’atlar yozilgan. Tol’ye Hirotiyning "Badeul lug’at" (1500), Alisher Navoiy asarlari uchun muallifi noma’lum va lug’atdagi birinchi so’zi bilan yuritiladigan "Abushqa" (er kishi va erkak) nomli lug’at XVI asrning birinchi yarmida vujudga kelgan. 1736—1747 yillarda Mirza Mahdixon tomonidan "Sanglox" nomli "Chig’atoycha—forscha" lug’at tuzildi. Bu lug’atning qisqartirilgan variant! "Xulosai Abbosiy" deb ataladi. Unda 8000 so’z bor. 1880-yilda Shayx Sulaymonning "Chig’aytoicha —turkcha lug’ati" maydonga keldi. L.Budagovning 1868- 1871 yillarda rus tilida nashr qilingan ikki tomlik "Turkcha —tatarcha qiyosiy lug’af’i va V.V.Radlovning "Turk tillari lug’ati tajribasi" nomli lug’atlari nashr etildi.


Markaziy Gsiyoning Rossiya tomonidan istilo qilinishi mcmosabati bilan harbiy va ma’muriy ishlarning talablariga ko’ra o’zbek tilini o’rganish ehtiyoji tug’ildi. Shu munosabat bilan o’zbek tiliga doir grammatika va lug’atlar nashr gilindi. Bu davrda o’zbek xalqi "Sart", uning till "Sart tili" deb yuritilar edi. Shuning uchun VJ.Nalivkin, M.Navlivkina "Russko — sortovskiy’ (sortovsko — russkiy slovar" lug’atini 1907- yil Toshkentda nashr ettirdi.
--. M.Priobrajenskiyning "Karmansh russko—.sortovskiy slovar" kicliik lug’ati 1917-- yil Toshkentda nashr ettirildi.
Oktabr to’ntarishidan so’ng lug’atchilikka katta e’tibor berildi. Turli tarjima. va atama lug’atlar vujudga keldi. Jumladan, 1933—1940 yillar davomida T.N.Qori Niyoziy "Ruscha —o’zbekcha matematika terminlari so’zligi’" (1933), V.V.Reshetovning "Qisqacha o’zbekcha— ruscha lug’at" (1936} va boshqalar nashr etiidi.
Ikkinchi jahon urushi va keyingi davrda leksikografik ishlar yanada rivojlandi. 1941- yilda A.K.Borovkov va Qori Niyoziy tahriri ostida "Qisqacha o’zbekcha-mscha lug’at" nashr etildi. 1959- yilda Moskvadan "O’zbekcha —ruscha lug’at" chiqarildi.
O’zbek leksikografiyasi oldiga yangi vazifalar qo’yildi. O’zbek tili bo’yicha orfografik, orfoepik, terminologik va qomusiy lug’atlar yaratish vazifasi qo’yildi. Va bu ishlar o’z o’rnida amalga oshirildi. 1956-, 1965-, 1975- yillarda "O’zbek tiliuing imlo lug’ati" nashr etildi. 1983- yilda "O’zbek tilining adabiy talaffuzi lug’ati" nashr etildi.
1963- yilda A.Hojiyevning "O’zbek tili sinonimlarining qisqacha lug’ati" nashr qilindi. 1978- yilda SH.Rahmatullayevning "O’zbek tili fzeologik iboralarining izohli lug’ati", 1976- yilda "O’zbek tilining morfem lug’ati", shunirigdek, qator toponimik va antroponim lug’atlar vujudga keldi.
1971 —1980 yilllar oralkj’ida "OV.bek sovet ensiklopediyasi"ning !4-tomi ntishrdan rhiqdi. 60 miny so’/Ji "O’zbok mining izohli iiuj/iti" Ikki lomda 1981- yilda Moskvada nashr qilindi. Buleirning hainirmsi keying! davrdn lug’atsliunoslikning (jay darajada rivojlanganligini k(j’rsatib turibdi.
Mustaqillikkii erishganimizdan keyin lunn hig’atshunoslik sohasiga katta e’Ubor berildi. O’?,bek tilining etimologik lug’ati Sh.RahmatuJlayev tomonidan nnshrdan cliiqdi. "O’zbek milliy ensikfopediyasi", "O’/,bek lilming izohli lug’afi" uslida kolla ishlar olib borilayapli. Bir qancha Uirjima tug’allari chop ofildi va chop etilmoqda.
Lingvistik lug'atlar adabiy til leksikasining ma'lum qatlami bilan chegara-lanish-chegaralanmasligiga ko'ra quyidagi ikki asosiy tipga bo'linadi: 1)umumiy lug'atlar; 2) maxsus lug'atlar. Umumiy lug'atlar so'zligida adabiy tilning barcha soha va qatlamga oidleksikasi aks etadi. Masalan, «Ruscha-o'zbekcha lug'at», «O'zbek tiliningizohli lug'ati», «Imlo lug'ati» kabilar.Maxsus lug'atlarning so'zligi biror sohaga yoki ma'lum bir qatlamga oidso'zlar bilan chegaralangan bo'ladi. Masalan, «Sinonimlar lug'ati», «Frazeo-logik lug'at», «Matematika terminlari lug'ati» kabilar.Tartibga solingan lug'aviy birliklar, ularga berilgan ta'rif-tavsiflar aynanbir tildan yoki boshqa-boshqa tillardan bo'lishiga ko'ra lug'atlar ikkigabo'linadi: 1) tarjima lug'atlari; 2) o'z til (bir tilli) lug'atlari
Tarjima lug'atlari ikki tilli va ko'p tilli bo'lishi mamkin. Ko'p tilli lug'at-larda bir tilning lug'aviy birligi ikki va undan ortiq tilga tarjima qilibberiladi. Tarjima lug'atlarining asosiy qismini ikki tilli lug'atlar tashkil etadi.Tarjima lug'atlari o'zga til lug'at boyligini o'rganish, o'zlashtirishdamuhim qo'llanma – manba sifatida yaratiladi. O'z til (bir tilli) lug'atlarining so'zligi va ularga beriladigan ta'rif-tavsiflaro'z til materialidan bo'ladi. Turli maqsadlarda tuzilgan lug'atlarning asosiy-lari quyidagilar: izohli lug'at, imlo lug'ati, talaffuz lug'ati, morfem lug'at,chastotali lug'at, frazeologik lug'at, omonimlar lug'ati, sinonimlar lug'ati,ters (chappa) lug'at, antonimlar lug'ati, paronimlar lug'ati, evfemizmlarlug'ati, dialektal lug'at, terminologik lug'at va b.Bir tilli lug'atlarning ham umumiy (izohli, imlo, talaffuz lug'ati kabilar) vamaxsus (omonimlar, sinonimlar, frazeologizmlar, evfemizmlar lug'ati kabi)tiplari mavjud.Lug'at turlari yuqoridagilar bilan chegaralanmaydi. Bu lug'atlarningvazifa ko'lami kengligidan dalolatdir. Lug'atlar muhim madaniy boylikdir.Ular o'zga tillarni o'rganishda, savodxonlikni oshirishda, nutq madaniyatinioshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Turkiy tildagi so‘z va iboralarni to‘plash, ularni ilmiy asoslash an’anasi X asrda yaratilgan “Devonu lug‘otit turk” asarining boy tajribasiga borib taqaladi. Zero, lug‘at muallifi Mahmud Koshg‘ariy o‘z davridagi turli qabila-urug‘lar tiliga mansub so‘z va iboralarni yig‘ish printsiplarini belgilab, o‘z asarida aks ettirgan. Bu borada lug‘atshunos shunday yozadi: “Men turklar, turkmanlar, o‘g‘uzlar, chigillar, yag‘molar, qirg‘izlarning shaharlarini, qishloq va yaylovlarini ko‘p yillar kezib chiqdim, lug‘atlarini to‘pladim, turli xil so‘z xususiyatlarini o‘rganib, aniqlab chiqdim. Men bu ishlarni til bilmaganim uchun emas, balki bu tillardagi har bir kichik farqlarni ham aniqlash uchun qildim. Ularni har tomonlama puxta bir asosda tartibga soldim”.
O‘rta asrlarda turkiy qabilalar tillarini bu qadar keng qamrovli o‘rganganlardan Koshg‘ariyga faqat Alisher Navoiyni qiyoslash mumkin. Zotan, ulug‘ shoir asarlarida “Devonu lug‘otit turk”dagi ko‘plab etnonimlar, sof tilshunoslikka oid lingvistik atamalar, qadimgi ilmiy-badiiy, yozma va og‘zaki ijod namunalari bilan birga kenagas, qovchin, qo‘ng‘irot, chig‘atoy, barlos, qiyot, tarxon, arlot, jaloyir, turkman, nayman, mang‘it va boshqa turkiy urug‘, elatlarning nomi takror-takror keladi.
Shoirning boy adabiy, ilmiy merosidagi so‘z va iboralarni to‘g‘ri sharhlash, chuqur talqin qilishda lug‘at manbalarning o‘rni beqiyos. Shu jihatdan Navoiy asarlari yuzasidan o‘tmishda va hozirda ham bir qancha lug‘at manbalar yaratilgan. Masalan, “Badoe’ ul-lug‘at”, “Xamsa bo halli lug‘at”, “Abushqa”, “Sanglox”, “Lug‘ati atrokiya”, “Lug‘ati turkiy”, “Lug‘ati chig‘atoyi va turkiy-usmoniy”, “Halli lug‘ati “Xamsa”yi Navoiy”, “Halli lug‘oti chig‘atoyi “Xamsa”yi Navoiy”, “Nisobi Navoiy”, “Lug‘ati Amir Navoiy”, “Dar bayoni lug‘ati Navoiy”, “Halli lug‘oti chig‘atoyi” hamda Porso Shamsiev, Sobirjon Ibrohimov tomonidan tuzilgan “O‘zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug‘at”(1953) va yana shu mualliflar ishtirokida “Alisher Navoiy asarlari lug‘ati”(1972), “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”(1983 — 1985), Botirbek Hasanov tomonidan tuzilgan “Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at”(1993) kabi lug‘atlar shular jumlasidandir. Bu lug‘atlarda Navoiy asarlarida qo‘llanilgan minglab turkiy, forsiy, arabiy so‘z va iboralarni izohlash maqsad qilib qo‘yilgan. Shulardan hozircha nisbatan to‘larog‘i “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” (4 jildli) hisoblanadi. Ushbu lug‘at buyuk mutafakkir shoirning bebaho asarlarini o‘qish va tushunish uchun kitobxonlarga katta yordam beruvchi fundamental tadqiqotdir.
60-yillarning ikkinchi yarmida akademik Ergash Fozilov rahbarligida O‘zR FA Til va adabiyot institutida tarixiy etimologik lug‘atlar bo‘limi ochilib, izohli lug‘atni tuzish ishlari boshlab yuboriladi. Keng jamoatchiligimizga yaxshi tanish bo‘lgan, arab, fors, turkiy tillar bilimdoni Qutbiddin domla Muhiddinov ham lug‘atni tuzishda faol ishtirok etadi. Domla lug‘atni tuzishda qatnashgan turkiyshunos olimlardan Hamidulla Dadaboev, Ziyodulla Hamidov, Nishonboy Husanov, Ishoqjon Nosirov va boshqalarga qadimgi turkiy hamda forsiy lug‘atlarni o‘rganish, Navoiy asarlari tilining asl hamda ko‘chma, majoziy ma’nolarini anglash borasida o‘z qimmatli o‘git va maslahatlarini beradi. Keyinchalik lug‘at Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining tarixiy leksikologiya va leksikografiya (1983 — 1985) bo‘limida tayyorlanib, nashr etiladi. Uning nashr qilinishi o‘z davrida tadqiqotchilar uchun ham boy faktik materiallar beradi. Izohli lug‘atdan faqat o‘zbek mumtoz asarlari tilinigina emas, balki ko‘pgina boshqa turkiy xalqlarning adabiy va tarixiy qo‘lyozma manbalarini o‘rganishda ham foydalaniladi. Ammo shoir asarlarining til xususiyatlarini o‘rganish, uning yangi-yangi qirralarini kashf etish davom etaveradi. Zero, Alisher Navoiy merosi mangulikka daxldor so‘z maxzani hamdir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, diniy qadriyatlarga, ota-bobolarimizning merosiga munosabat o‘zgardi. Ilgari mumtoz asarlarda “xudo”, “payg‘ambar” so‘zlari, g‘azallardagi hamd, na’tlar tushirib qoldirilgan bo‘lsa, mustaqillikdan so‘ng ularni yozish, o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ldik. Bu esa shoir asarlarini to‘laroq anglashga, tushunishga yordam beradi. Shoir asarlarini to‘la nashr qilinishi uning lug‘atini ham to‘la holda nashr qilinishini taqozo qiladi. Darhaqiqat, biz ana shu imkoniyatdan foydalanib, asliyat asosida shoirning 20 jildlik asarlar to‘plamidagi so‘z va iboralarni qariyb chorak asr muqaddam yaratilgan “Alisher Navoiy tilining izohli lug‘ati”ga qiyoslab chiqdik. Natijada hali juda ko‘p so‘z va iboralar izohlanishi zarurligi ma’lum bo‘ldi va biz ularni aniqlab, izohlashga kirishdik. Shu ma’noda Navoiy asarlari tilidagi yangi aniqlangan so‘z va iboralarni ilmiy asoslab to‘plash, ularning shoir nazarda tutgan ma’no inkishofi esa alohida ilmiy ahamiyatga ega.
Darvoqe, til lug’at boyligining nisbatan to’liq tahlili faqat lug’atlar orqali amalgam oshirilishi mumkin. Lug’atlar tuzishning nazariy va amaliy sohalari bilan shug’ullanuvchi fan leksikografiya deb nomlanadi.
Lexikographie - grek tilidan olingan bo’lib, lexicon - Worterbuch, grapho- ich schreibe, ya’ni so’zni izohlash, ifodalash ma’nosini beradi.
Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarihga ega bo’lsada, uning asosiy rivoji keyingi ikki-uch asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar va iboralardangina tashkil topgan qo’l yozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz ming so’zlarni o’z ichiga olib, minglab adadda chop etilmoqda. Keyingi yillarda leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas, balki nazariy yo’nalishi, obyekti, predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazriyasi, amaliyoti tilshunoslikning mahsus sohasiga aylandi. Lug’atshunoslik tilshunoslikning mana shunday o’ta mashaqqatli, o’ta masulyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu savobli yo’nalish bilan yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanmoqdalar.
Lug’at tuzish ishining naqadar mashaqqatli ekanligi, tuzuvchilarning fozil, sabrli , har qanday mayda-chuyda elementlarga ham o’ta sinchkovlik bilan yondashuvchilar ekanligini professor
M.E. Umarxo’jayev Berlin akademiyasi lug’atshunoslik bo’limida kuzatgan edi. “Worterbuch der deutschen Gegenwartsschrache” lug’ati tuzilishi jarayonini kuzatganda, ustoz lug’atshunos olima Rut Klappenbax va uning rahbarligidagi lug’at tuzuvchilar har bir so’zning fo’netik shakli, morfologik qurilishi va ma’no turlarini bir necha yuzlab, xatto minglab uzoq tarixiy manbalardan olingan tasdiqlovchi misol- kartotekalar orqali hozirgi kundagi aniq holatni ifodalaganlariga guvoh bo’lgan. Rut Klappenbachning ish stoli yonidagi devorda orta asrlarning mashhur filologi Yustus Skaligerning lug’at tuzishning naqadar mashaqatli, og’ir va sharafli ish ekanligini betakror o’xshatishlar orqali ifodalagan ushbu misralari joy olgan edi:
Agar kimdir og’ir mehnatu, azoblarga mahkum etilgan bo’lsa, unga temirchi-yu, konchilar mashaqqatini ravo ko’rmay qo’yaqol-da, unga lug’at tuzishni buyur: shu I ishning o’ziyoq barcha mashaqqatlarning mashaqqatlirog’idir. Ushbu sh’erning ruscha tarjimasi nazariy leksikografiyaning asoschilaridan biri mashhur tilshunos akademik L.V. Sherbaning ham e’tiborini tortgan ekan
An’anaga ko’ra jahon leksikografiyasi amaliyotida lug’atdagi bosh so’zlar ikki hil usulda joylashtiriladi.
Birinchi yo’l so’zlarni alfavit tartibida joylashtirish yo’li bo’lib, biror ilmiy prinsipga asoslanmagan bo’lsa-da, kerakli so’zni izlab topish uchun qulaydir hamda bir va ikki tilli lug’atlar tuzishda keng qo’llanadi.
Ikkinchi yo’l ideografik, tematik prinsiplar asosida tanlangan leksemalarning joylashuvidir.
Ilmiy-tematik prinsiplar asosida tuzilgan lug’atlarning soni ko’p emas, lekin ularning til o’rgatish jarayonidagi ahamiyati katta. Ayniqsa o’quv- leksik, frazeologik.sinonimik va boshqa maxsus lug’atlar shunday tematik prinsiplar asosida tuzilsa, ularning lingvodidaktik qimmati beqiyos ortadi.
Bir tilli lug’at tuzish jarayonida bosh so’zning ma’nosini ochib berish masalasini ishlab chiqish katta ahamiyatga ega. “Bir til ichidagi tarjima” deb ham yuritiladigan izohlash yo’llari lug’atshunoslikda chuqur bilim va tajriba talab etadi. Bu borada zarur o’rinlarda sinonimlar, antonimlar, ma’noni ochib beruvchi kichik tekstlar, turli stilistik-grammatik belgilardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Bosh so’zning ma’nosini ochish hamda qo’llanish ko’lamini ko’rsatishda turli badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar, ommaviy ahborot vositalari materiallaridan olingan illyustrativ misollar katta ahamiyat kasb etadi.
Ikki va ko’p tilli lug’atlar tuzishning markaziy masalalaridan biri ikki til o’rtasidagi so’z va iboralarning ekvivalent munosabatlarini o’rnatish masalasidir.
Har qanday lug’atning qimmati, ahamiyati bosh so’zlarga berilgan stilistik belgilar qay darajada amalga oshirilganligi bilan ham o’lchanadi. Chunki stilistik tomondan qandaydir xususiyatga ega bo’lgan ma’lum so’zning qachon?, qayerda?, kimga nisbatan?, qo’llanish dunyosini ochib berish stilistik belgilar zimmasiga tushadi. Bu narsa ayniqsa ikki tilli lug’at tuzishda katta ahamiyatga egadir.
Shu bilan birga stilistik jiloga ega bo’lgan bir qator so’zlarning xususiyatini ifodalovchi abwertend, gespreizt, ironisch, scherzhaft, spöttisch, übertrieben, verhullend, vertraulich va shu kabi belgilar qo’llanadi.
Zarur o’rinlarda so’zning grammatik xarakteristikasi beriladi. Masalan, bei Substantiven-Genitivflexion Pluralform; bei Verben- transitiv – intransitiv; yoki so’zning territorial sotsial, terminalogik bog’liqligini ifodalash uchun quyidagi belgilar ishlatiladi: landschaftlich, norddeutsch, österreichisch, veraltet, historismus, neuwort, Studentensprache, Medizin.
Alohida ta’kidlash lozimki, taraqqiy etgan mamlakatlar leksikografiyasida, ayniqsa Amerika, Angliya, Fransiya, Ispaniya, Italiya, Rossiya hamda Germaniya lug’atshunoslik amaliyotida lug’atlarning o’ziga hos tizimli sistemasi yaratilgan. Misol tariqasida quyidagi sistem lug’atlarni keltirish mumkin: 1880-yili Konrad Duden tomonidan chop etilgan “Vollständiges ortographisches Wörterbuch der deutschen Sprache” lug’atidan boshlab to hozirgi kungacha “Duden” nomi bilan qator lug’atlar chop etildi.

Yüklə 49,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin