Mamlakatimizda kuchli demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etish uchun ijtimoiy yо’naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish, kо’p ukladli iqtisodiyotni vujudga keltirish, iqtisodiyotda tarkibiy о’zgarishlarni amalga oshirish, ya‘ni iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishgina emas, insonlarda, ayniqsa, yoshlarda yangicha iqtisodiy tafakkurni shakllantirish muhim rol о’ynaydi. Chunki iqtisodiy tafakkur jamiyat a‘zolarining dunyo qarashini shakllantirishda mustaqil fikr yuritish, vaziyatga kо’ra qaror qabul qilishga, о’rganishiga asos bо’ladi.
Ma‘lumki, tafakkur keng qamrovli tushuncha. U о’zida falsafiy, sotsiologik va psixologik ma‘nolarni ifodalaydi. In‘ikos sifatida olib qaraladigan tafakkur voqelikni bevosita va umumlashgan tarzda bilish, ma‘naviy jihatdan о’zlashtirish va uni о’zgartirishning alohida omili sifatida qaralib, unga turlicha ta‘rif beriladi. Fan tafakkurni turli tomondan ilmiy yoritadi, uning ziddiyatli jarayon ekanligini e‘tirof etadi. Tafakkur jarayon sifatida taxlil, sintez, abstraksiyalash, umumlashtirish va hokazo umumiy mantikdy amallarni qamrab oladi, yagona qonuniyatga bо’ysunadi va yagona psixologik mexanizm yordamida amalga oshiriladi. Inson intellekti va tafakkurning asosiy mexanizmlari ham yagona, lekin aqliy faoliyati shakllari qо’yiladigan masalaga qarab turlicha.
Inson u yoki bu kasbni о’rganar ekan, unda kasbiy tafakkur shakllanadi va u aqliy faoliyatning yetuk shakli hisoblanadi.
Shaxs faoliyati, uning oldiga qо’ygan maqsadi, kasbiga doir muammo va masalalarni yechish mazmuniga, uning vosita va amallariga kо’ra tafakkurning u yoki bu qirralari asosiy о’rin tutadi va u amaliy tafakkur, matematik tafakkur, tahliliy tafakkur, intuitiv tafakkur, abstrakt tafakkur, iqtisodiy tafakkur, kasbiy tafakkur va hokazolar sifatida tavsiflanadi.
Bizni kо’proq tafakkurni iqtisodiy va pedagogik jihatdan о’rganish qiziqtiradi. Uning boshqa jihatlarini boshqa fanlar о’rganadi. Boshqacha aytganda, uni iqtisodiy jihatdan tarbiyalovchi funksiyasi, uni iqtisodiy fikrlovchi insonni shakllantirishini о’rganish nazarda tutiladi.
Mamlakatimizda bozor iqtisodiyotiga о’tilar ekan, sifat jihatdan tubdan farq qiluvchi, yangicha iqtisodiy fikrlovchi, yangi tipdagi mutaxassisni shakllanitirish lozim bо’ldi.
‘Buni hisobga olgan holda mamlakatimizda kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shakllantirish, ularning dunyoqarashini о’zgartirish iqtisodiyotni isloh qilishning strategik maqsadlaridan biri sifatida qо’yildi’. 1
Yangicha tipdagi iqtisodiy fikrlash iqtisodiyotdagi muammolarni prinsipial jihatdan yangicha, sifat jihatdan totalitar buyruqbozlikka asoslangan tizimdan farqli tarzda yechishni obyektiv zarurligiga asoslanadi. Iqtisodiy tafakkur deganda, nimani tushunamiz degan savol tug’iladi.
‘Iqtisodiy holatning mohiyatini, iqtisodiy rivojlanishning qonun-qoidalarini, о’ziga xos tomonlarini tushunib yashash, bu iqtisodiy nazariyalarni bilish va ulardan samarali foydalanish qobiliyati iqtisodiy tafakkurni vujudga keltiradi’, - deyishadi bir guruh olimlar2.
Ularning fikricha iqtisodiy tafakkurning mohiyati va xususiyatlariga qarab, uning uch xil turini kо’rsatib о’tish mumkin:
Oddiy kuzatish va anglash tamoyillariga asoslangan iqtisodiy tafakkur.
Chuqur bilimlar va g’oyalarga asoslangan iqtisodiy tafakkur.
Talaba muammolar, murakkab jarayonlar tahlili bilan bog’liq iqtisodiy tafakkur. 3
Yangicha iqtisodiy tafakkur esa yana bir tadqiqotchi olim tomonidan quyidagicha ifodalanadi: ‘Yangicha iqtisodiy tafakkur, bizning nazarimizga kо’ra, uchta asosga ega. Birinchidan, insonning bozor sharoitida muhim bо’lgan shaxsiy fazilatlari.
Dostları ilə paylaş: |