Reja: Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va madaniyat


PSIXIKA MATERIYA EVOLYUSIYASINING NATIJASI SIFATIDA



Yüklə 356,55 Kb.
səhifə20/62
tarix31.12.2021
ölçüsü356,55 Kb.
#113393
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62
1-semestrda o’tiladigan mavzular ro’yhati

PSIXIKA MATERIYA EVOLYUSIYASINING NATIJASI SIFATIDA.

Psixikaning paydo bo`lishi materiyaning uzoq taraqqiyoti bilan tushuntiriladi. Jamiki materiya, jonsiz anorganik materiyadan tortib, to materiyaning yuksak hamda murakkab shakli - inson miyasigacha moddiy olamning umumiy xususiyati bulmish aks ettirish xususiyatiga, ya`ni ta`sirlarga javob qaytarish qobiliyatiga ega. Aks ettirish shakllari materiyaning yashash shakllariga bog`liqdir.

Jonsiz tabiatda harakat jism yoki moddalarning o`zaro mexanik, fizik yoki ximiyaviy munosabatlari tarzida nomoyon bo`lishi mumkin. Masalan, suvning daryo qirg`oqlarini, qoyalarni yuvishi va emirishi, quyosh nurining oynadan aks etishi (sinib qaytishi).

Tirik materiyaga o`tishda harakatning shakllari sifat jihatdan o`zgaradi. Tirik materiyaga aks ettirishning biologik shakllari xosdir. Tirik materiyada aks ettirishning yangi shakli - psixik aks ettirish paydo bo`ladi.

Materiyaning evoltsiyasida jonsiz materiyadan jonli materiyaga o`tishni turli nazariyalar turlicha tushuntiradilar.

Shular orasidan akademik A.I.Oparin tomonidan ilgari surilgan nazariyani ko`rsatib o`tish mumkin. Oparin gipotezasiga muvofiq, bundan taxminan 2 milliard yillar muqaddam atmosferada kislorod ajralib chiqqan. Bu organik moddalarda fotoximik reaktsiya va fotosintez jarayonlarning yuzaga kelishiga sabab bo`lgan. Oqibatda KOATSERVATLAR deb atalgan faol oqsil molekulalari paydo bo`lgan. Koatservatlarda hayotning asosiy belgilari - assimilyatsiya va dissimilyatsiya jarayonlari paydo bo`lgan. Koatservatlar tashqi muhitdagi "ozuq" moddalarni tanlab o`zlashtirganlar. Ular YAShASh UChUN ZARUR BO`LGAN (BIOTIK) MODDALARGA ma`lum darajada SESKANISh bilan javob berganlar va hayot faoliyati uchun bevosita kerak bo`lmagan (ABIOTIK) moddalarga nisbatan INDIFFERENT (BEFARQ) munosabatda bo`lganlar.



Yüklə 356,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin