Reja: Madaniyatning mohiyatini bilish «Sivilizatsiya» atamasi va madaniyat


Bozor iqtisodiyotiga о„tish jarayonida ma’naviy barkamol avlod tarbiyasi



Yüklə 356,55 Kb.
səhifə5/62
tarix31.12.2021
ölçüsü356,55 Kb.
#113393
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
1-semestrda o’tiladigan mavzular ro’yhati

3.Bozor iqtisodiyotiga о„tish jarayonida ma’naviy barkamol avlod tarbiyasi


Mamlakatimiz ham mustaqillikni qо’lga kiritmagan, bozor iqtisodiyotiga о’tmagan davrda boshqa tizim hukmronlik qilgan. Bu tizim ‘rivojlangan sotsializm’ deb atalib, iqtisodiy munosabatlar, jahon mamlakatlari bilan о’zaro iqtisodiy aloqalar ham shu tizimga xos bо’lib, iqtisodiy rivojlanish yо’li markazlashgan, qatiy rejalashtirilgan, iyerarxik tarzdagi buyruqbozlikka asoslangan edi.

Eskicha yashash tamoyillariga ham mafkuraviy, ham amaliy jihatdan kо’nikib qolgan kishilarimiz dastlabki paytlarda bozor iqtisodiyoti sharoitida yashashga tayyor emas edi. Markazlashgan rejali iqtisod odamlarni boqimanda, yuqoridan beriladigan buyruqni kutish va uni bajarishga odatlantirgan edi. Shuning uchun ham boqimandalikka mutlaqo о’xshamaydigan, har bir kishidan mustaqil fikr yuritib, qaror qabul qilishga, tashabbusga asoslangan yangicha iqtisodiy tafakkurni qaror topishini talab qiladigan bozor iqtisodiyotiga о’tishning va mustaqilligimizning dastlabki yillari anchayin qiyin kechdi.

Umuman olganda, odamlarni yangicha iqtisodiy-siyosiy tizimga tayyorlash – unga moslashishlik vazifasi nihoyatda murakkab ziddiyatli jarayon, uzoq vaqtni talab qiladi va jamiyatning hamma sohalari: iqtisod, siyosat, mafkura, ma‘naviyat, madaniyat, ta‘lim-tarbiya va boshqalarni qamrab oladi.

Bozor sharoitida insonga tashabbuskorlik, tadbirkorlik, noaniqlik va о’zgarib turuvchi vaziyatlarga moslasha olish, muqobil variantlarni kо’ra bilish, ulardan eng ratsionalini tanlay bilish kо’nikmasini hosil qilish, mag’lubiyatdan ruhini tushurmaslik, darhol, yangi yо’llarni izlash fazilatlarini tarbiyalash zarur. Mag’lubiyatni tan olish, chekinish, raqobatda yutib chiqish uchun yangidan kurash boshlash va boshqa shu kabilar bozor psixologiyasining о’ziga xos xususiyatlaridir. Ammo har qanday kishi ham bunga tayyor emas. Aytish mumkinki, bozorga о’tish davrining qiyinchiliklari, bozorning riskka asoslanganligi kо’p jihatdan aynan kishilarning psixologik jihatdan tayyor emasligi, ularda tegishli shaxsiy fazilatlarning rivojlanmaganligi bilan izohlanadi.

Agarda shaxs tafakkuri mos ravishdagi aqidalarga asoslanmasa olingan iqtisodiy bilimlar unga naf bermaydi.

Albatta, hamma insonlarda tadbirkorlik qobiliyati bir xil emas, psixolog olimlarning tadqiqotiga kо’ra riskka moyil bо’lgan kishilardan hamda intuitiv va tahliliy tafakkuri yuqori kishilardan kо’proq muvaffaqiyat bilan ish olib boruvchi tadbirkorlar chiqar ekan.


  1. Xonlik davri madaniyati



  1. XV asr boshlariga kelib Dashti qipchoqdagi qabilalar. Mustaqil davlat tuzish harakatlarining boshlanishi.

  2. Shayboniylar davri madaniyati va me’morchilik.

  3. Hattotlik san’atining rivojlanishi. Kitob bezash hamda miniatyura ishlash borasidagi yutuqlar.

Muhammad Shayboniyxon Abulxayrxonning o’g’li Budoq sultonning o’g’li edi. Otasidan yetim qolgach, Muhammad SHayboniyxon ukasi Maxmud Sulton bilan birga Abulxayrxon tarbiyasida bo’ladi. Keyinchalik temuriy amirlardan biri, Turkiston hokimi Muhammad Mazid tarxon homiyligida bir qancha vaqt Turkistonda yashadi. Turkiston urushlar girdobida qolgan bir vaqtda SHayboniyxon ukasi bilan Sulton Axmad Mirzo panoxida Buxoroda yashadi va ilm oldi. XV asr 90-yillarida Muhammad SHayboniyxon Dashti Qipchoqqa bordi va siyosiy kurashlarga qo’shilib ketdi. U bir necha yil davomida kurash olib bordi va Toshkentdagi hukmdorlar yordamida Dashti Qipchoqda mustahkam o’rnashib oldi. Keyinchalik, Sayram va YAssini qo’lga kiritilgach, butun Turkistonda hokimiyatni qo’lga kiritdi. 1498 yilda Sulton Axmad Mirzo vafotidan so’ng Samarqandga yurish qildi, uni qo’lga kirita olmagach, Qarshiga yurish qildi va SHahrisabz bilan birga talon-taroj etdi

Dashti Qipchoq qabilalarining rahnamolari Abulxayrxon vafotidan so’ng boshlangan o’zaro qirg’inlarning yana takrorlanishini aslo istamas edilar. Shu tufayli ular Muhammad Shayboniyxon timsolida bunday qirg’inga yo’l qo’ymaslikka qodir shaxsni ko’rdilar.

Bundan tashqari, Dashti Qipchoq qabilalari ko’pdan buyon o’troq hayot tarzida yashashni orzu qilib kelardilar. Bu orzuning ushalishi o’zgalarning unumdor yerlarini bosib olish tufayligina ro’yobga chiqishi mumkin edi.

Qabilalar rahnamolari Muhammad Shayboniyxonni o’z orzularini ro’yobga chiqarishga birdan bir qodir qudrat deb hisoblardilar. Shu bois ham ular va ruhoniylar kuchli yollanma qo’shinga ega bo’lgan Muhammad Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaydilar.

Ular yerlari unumdor, hunarmandchiligi rivojlangan o’lkalarning bosib olinishi o’troq hayotga o’tish imkonini berishini ham yaxshi bilganlar. Bu omillar Muhammad Shayboniyxon hokimiyatining kuchayishiga yordam berdi. Muhammad Shayboniyxonning Movarounnahrdagi ichki siyosiy vaziyatni yaxshi bilganligi ham uning nufuzini yanada oshirdi. Ayni paytda, Movarounnahr aholisi temuriyzodalarning toj-taxt uchun o’zaro kurashlaridan charchagan ham edi. Shu tufayli Movarounnahr zodagonlari, ruhoniylari va hatto aholining ma’lum qismi ham Muhammad Shayboniyxon timsolida Movarourmahrda tinchlik o’rnatishga qodir yagona shaxsni ko’rganlar. Shu tufayli Muhammad Shayboniyxonni qo’llab-quvvatlaganlar.

Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxonning Temuriylar davlati hududlarida ham o’z hokimiyatini o’rnatishi uchun barcha zarur shart-sharoit yetilgan edi.





Yüklə 356,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin