4. Ta'lim to'grisidagi davlat qonunlarini va ko'rsatmalarini o'rganish. Ma’lumki o’qitish prinsplari-o’qitish tizimining tuzilishi,mohiyati,uning qonunlari va qonuniyatlari to’grisidagi ,shuningdek faoliyatni tashkil etadigan,amaliyotni boshqarishda namayon bo’ladigan bilimlar majmuasi sanaladi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risidagi”Qonunida talim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot soxasida ustuvor yo’nalish deb e’lon qilingan.
Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsplari etib,quyidagilar qayd etilgan:
Ta’lim va tarbiyaning insonparvar,demokratik xarakterda ekanligi;
Ta’lim uzluksizligi va izchilligi;
Ta’lim tizimining dunyoviy xarakerda ekanligi;
Davlat ta’lim standardlari doirasida ta’lim olishning hamma uchun ochiqligi;
Ta’lim dasturini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondashuv;
Bilimli bo’lish va istedodni rag’batlantirish;
Ta’lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg’unlashtirish;
O’qitish maqsadi, mazmuni, vositalari va shakillarining ijtimoiy muxitga bog’liqligi qonuni: Mazkur qonuniyat ta’lim tarbiya jarayonining tarkibiy qismlarini tanlash va shakillantirishda jamiyatdagi ijtimoiy-marifiy o’zgarishlar, ijtimoiy munosabatlarning ta’sirini o’zida aks ettiradi. Mazkur qonuniyat ta’lim oluvchilarda yuksak manaviyat,madaniyat va ijdiy fikrlashni shakillantirishga imkon beradi. Oquv fanlari bo’yicha Davlat ta’lim standardlari, o’quv dasturlari, darsliklar va o’quv metodik qo’llanmalarning yangi avlodi yaratildi.
Tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi ta’lim qonuniyati;shaxsning tahsil olish jarayoni,bilim,faoliyat usullarini o’zlashtirishi uning rivpjlanishiga va shahsiy sifatlarining shakillanishiga asoslanadi.Ushbu qonuniyat har tamonlama kamol topgan insonni shakillantirishga imkon beradi.O’qtuvchi biologiyani o’qitishda ta’lim-tarbiyaning uzviyligini ta’minlashi, o’rganilayotgan mavzu mazmuniga bog’liq holda o’quvchilarning ma’naviy-axloqiy, vatanparvarlik, ekologik, estetik, iqtisodiy, xuquqiy, jismoniy, jinsiy, mehnat va baynalminal tarbiyasini amalga oshirishi lozim.
Ta’lim-tarbiya jarayonining tahsil oluvchilarning faoliyati harakteriga bog’liqligi qonuni; Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish usuli va olinajak natja,pedagogik boshqarish va tahsil oluvchilarning faolligini orttirish o’rtasidagi uzviy bog’liqlikni aks ettiradi.
Mazkur qonun Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg’or pedagogik tehnalogiyalarni qo’llash,shu asosda zamonaviy o’quv uslubiy majmualarni yaratish va o’quv tarbiya jarayonini didaktik jixatdan ta’minlashni,o’quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muofiq ravishda talimga tabaqalashtirilgan yondashularni joriy etish,o’quvchilarni o’z o’quv bilish,faoliyatining to’laqonli subyektiga aylantirishni ko’zda tutadi.
O’zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi,jahon hamjamiyatiga yuz tutishi,rivojlangan mamlakatlar bilan qtisodiy,madaniy-ma’rifiy,diplomatik aloqalarning yo’lga qo’yilishi barcha jabxalar kabi ta’lim tizimini islox qilishni talab etdi.
Shu sababli O’zbekiston respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunida ta’lim mamlakatimizning ijtimoiy taroqqiyot soxasida ustuvor yo’nalish deb e’lon qilingan.
Respublikamizda olib borilayotgan ta’lim soxasidagi isloxatlarning muvofaqqiyati uzluksiz ta’lim tizimining barcha turlarida ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladigan o’qitish prinsplari ta’lim soxasidagi davlat siyosatining prinsplarini amaliyotga joriy etishga bog’liq.
Inklyuziv ta’lim — barcha o‘quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’minlashdir