Reja: Maktab o'quv rejasidagi biologik ta'limning o'ziga xos tomonlari


Biologiya darslarida no'ananaviy usullarni qo'llash metodologiyasi Texnika vositalaridan foydalanish



Yüklə 55,49 Kb.
səhifə7/8
tarix10.12.2022
ölçüsü55,49 Kb.
#120726
1   2   3   4   5   6   7   8
metodika MI 2

5. Biologiya darslarida no'ananaviy usullarni qo'llash metodologiyasi Texnika vositalaridan foydalanish.
Bugungi zamonaviy ta’limni interfaol metodlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Dars mazmunini ochib beruvchi faol usullar ham talabaga ham pedagogga amaliy ko‘makchi vazifasini o‘tamoqda. An’anaviy darsdan farqli o‘laroq metodlar dars jarayoniga jon kiritib, eng muhimi o‘quvchi ongni o‘stirmoqda. Endi talaba sherigining soyasida soyalab emas, o‘z nuqtai nazarini ommaga etarlicha bayon eta olayapdi. Demakki, interfaol usullar darsning jon tomiriga aylanmoqda. Maqolada ham ushbu metodlardan namunalar asosida izlanishlar olib borilib ahamiyati tahlil qilingan.
Eng avvalo, interfaol metod - ta'lim jarayonida o'quvchilar hamda o'qituvchi o'rtasidagi faollikni shirish orqali o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo'llash dars samaradorligini oshirishga yordam berishini anglashimiz lozim. Demakki, Interfaol ta'limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o'tkazish, o'quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma'ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko'pligi, o'quvchilar tashabbus ko'rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo'lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo'lib, ular ta'lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o'ziga xos ahamiyatga ega. Quyida eng ilg'or pedagogik interfaol usullardan namuna keltirib tahlil qilar ekanmiz, bu usullarning amaliy ahamiyati, foydasi to'xtalib o'tmoqchimiz.
Baliq skeleti metodi. Bu metod muammoni qo yish va hal qilishning mazkur modeli bir qator muammolarni ta'riflash va yechib ko'rishga imkon beradi.
Strategiya:
Bir varaq oq qog'ozda (vatman yoki A-3 varag'i) baliq skeleti chiziladi (boshi, kemirchagi, qovurg'alari).
Noananaviyda mashg'ulot shakllarining ham ahamiyati boshqacha, ya'ni unda ma'ruza, guruh yoki juft bo'lib ishlash, taqdimotlar, bahs, munozara, davra suhbati, amaliy ishlar olib boriladi.
Eng muhimi noan'anaviyda mavzu bo'yicha o'quvchilarning o'z fikr, xulosalarini shakllantirish, ularni mustaqil bilim olishga o'rgatish kabi kutilgan natijalarga erishiladi.
O’quv fani o’zining asosiy bilim va ma’lumot berish funksiyasidan kelib chiqqan holda ma’lum tartib asosida tuzilgan. Oliy maktab biologiya o’qitish metodikasi darsligi o’z tuzilishi va mazmuniga ko’ra fanga yaqinroq. U o’z tarkibiga ilmiy ma’lumotlardan tashqari fandagi ayrim munozarali masalalarni yechishga qaratilgan turlicha qarashlarni, xaqiqatni topishda muvafaqkiyatli yo muvafaqqiyasiz izlanishlarni ham o’zida ifoda qiladi.
Biologiya fanining yutuqlari ishonchli tarzda insoniyat yangi asrga biologiya asriga kirib borganligi hakida dalolat bermokda. Biologiya fanining yutuqlari ko’p jihatidan tabiiy fanlar fizika, ximiya, matematika, astronomiya sohasida yerishilgan yutuklardan foydalanish natijasida yuz bermoqda.
Biologik ta’lim insonning qalbi va aqliga ijobiy ta’sir qilish uchun hamma imkoniyatlarga egadir. Tabiatni idrok qilish u bilan yaqinroq tanishayotgan kishiga juda katta huzur baxsh etadi. Tabiat vositalari bilan yestetik tarbiya berish yosh avlodning umumiy yestetik tarbiyasiga ko’maklashadi.
Olimlarning diqqat e’tibori hayot hodisalarining mohiyatini aniqlashga, moddalar almashinuvi, irsiyat va o’zgaruvchanlikni boshqarishning turli usullarini ishlab chiqarishga qaratilgan. Hujayra va uning organoidlarida boradigan ko’p jarayonlarining fizik kimyoviy va biologik moxiyatini ochib bergan fan yutuqlari hayotiy jarayonlari borishiga aktiv aralashishi imkoniyatlarini bermoqda. Biologiya fanining yutuklari medisina oldiga rak, virus, yurak, qontomir va boshqa kasalliklarni davolash kabi vazifalarini ko’ymokda va bu xastaliklar astasekinlik bilan o’z davosini topmokda.

Yüklə 55,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin