Reja: Maktabda "Fonetika" bo’limini o’qitishning maqsad va vazifalari


Grafika haqida tushuncha Grafika grekcha grafikas co`zidan olingan bo`lib, yozuv degan ma’noni bildiradi



Yüklə 83,5 Kb.
səhifə2/4
tarix31.12.2021
ölçüsü83,5 Kb.
#112779
1   2   3   4
Fonetika o’qitish metodikasi

Grafika haqida tushuncha Grafika grekcha grafikas co`zidan olingan bo`lib, yozuv degan ma’noni bildiradi.


Grafika og`zaki nutqni turli shakllar, belgilar, raqamlar va chiziqlar yordamida aks ettiruvchi tilshunoslikning bir sohasi hisoblanadi. Grafik vositalarga harflar, belgilar va tinish belgilari kiradi. harf – tovush ifoda etuvchi shakl. Tutuq (’) belgisi tovush ifoda etmaydigan shakl. Yozuvda qo`llanadigan (,) (.) (!) (?) (:) (…) (-) («») (;) (‘) shartli belgilar tinish belgilari deb yuritiladi. Yozuvda 1, 2, 3 kabi raqamlar ham qo`llanadi.

Til va yozuv o`zaro uzviy bog`liq va aloqador hodisadir. Til jamiyat bilan bir vaqtda yuzaga kelgan. U jamiyatning bo`lishida muhim omillardan biridir. Tilsiz jamiyat bo`lmaydi.

Yozuv – jamiyatning madaniy yutuqlaridan biri. U jamiyat taraqqiyotining keyingi bosqichlarida hayotiy zarurat natijasi sifatida yuzaga keldi, yaratildi. YOzuv ham til kabi jamiyat a’zolarining aloqa-aralashuvida asosiy vosita sifatida xizmat qiladi. Ko`p hollarda yozuv tilning o`rnini bosadi. Lekin til va yozuvning o`ziga xos ahamiyatli tomonlari bor. Yozuv fikrni etkazishda masofa jihatidan chegara bilmaydi. Til esa vaqt va makon jihatdan chegaralangan. U yaqin masofada turgan suhbatdoshiga eshitiladi.

Yozuv madaniy, ma’rifiy va adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga meros sifatida qoldirish imkoniyatiga ega. Og`zaki nutq esa aytilayotgan paytdagina qabul qilinadi. Biroq yozuv maxsus yozuv qurollari, sharoit, vaqt va shartli belgi, shakllarni talab etadi. U tilni barcha nozikliklari bilan aks ettira olmaydi. Shunga qaramay, jamiyatda yozuvning o`z o`rni bor; yozuv masofa bilan ajralgan odamlar orasida aloqa munosabatini ta’minlashda, barcha uchun tushunarli bo`lgan adabiy tilning yuzaga kelishida, madaniy-adabiy boyliklarni keyingi avlodlarga etkazishda katta imkoniyatlarga ega.

Xorazmiy yozuvi ham o`zbek xalqi ajdodlari tomonidan qo`llanilgan yozuv bo`lib, bu yozuv II asrning oxiri III asrning boshlarida xorazmshoh chiqargan pullarda uchraydi.

V-VIII asrlar davomida turkiy xalqlar O`rxun-Enasoy nomli yozuvdan foydalanganlar. Bu yozuv yodgorliklari Janubiy Sibirning Enasoy daryosi havzalarida va Mo`g`ilistonning O`rxun vodiysida topilgan. Shunga nisbatan qadimgi turkiy yozuv o`rxun-Enasoy obidalari yozuvi deb ham yuritilgan. Turkiy xalqlarning jahon xalqlari orasida etuk madaniyatga ega bo`lganliklaridan dalolat beradi. VI-VII asrlardan boshlab turkiy xalqlarda uyg`ur alfaviti qo`llangan. XIV-XV asrlarda yaratilgan «Baxtiyornoma», «Merojnoma», «Tazkirai avliyo» kabi asarlar uyg`ur yozuvida ko`chirilgan.

VII-VIII asrlarda arablar istilosi bilan bog`liq holda o`rta Osiyoda arab yozuvi tarqala boshladi. Bu yozuvdan 1200 yil davomida to 1929 yilga qadar foydalanildi. Arab yozuvi o`zbek tili xususiyatlariga ko`p jihatdan muvofiq kelmas edi. Arab yozuvi bilan birga uyg`ur yozuvi ham iste’molda bo`ldi. Bu asrlarda arab va uyg`ur yozuvi baravar ishlatildi. 1929 yildan lotin alifbosi asosidagi yangi yozuvga o`tildi. Bu yozuvdan qisqa muddat, 11 yil ichidagina, 1940 yilgacha foydalanildi.

1940 yil 7 maydan rus grafikasi asosidagi kirill yozuviga o`tildi. Bu yozuv o`zbek tili tovushlar tizimini to`liq ifodalay olmagani uchun unga qo`shimcha shakllar kiritildi (o`, q, g`, h).

1993 yil 2-3 sentyabrda O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashida lotin alifbosiga o`tish to`g`risida qonun qabul qilindi. Lotin yozuvidan jahon xalqlarining 30 foizi foydalanadi. Bu esa o`zbek xalqining jahon tizimiga kirishini tezlashtiradi.

1996 yildan lotin alifbosi asosidagi o`zbek yozuvi amalga joriy etildi.



Yüklə 83,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin