Mavzu: Bolalar jismoniy tarbiya predmeti va asosiy tushunchalari Reja 1.Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya predmetining asosiy tushunchalari. 2.Jismoniy rivojlanish, ismoniy tayyorligi, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, sport, jismoniy madaniyat. 3. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya fanlar tizimida tutgan o’rni.
Jismoniy tarbiya nazariyasi inson jismoniy kamolotini boshkarishning umumiy qonunlari haqidagi fandir.Nazariyani egallash jismoniy tarbiyaning barcha bo’g’inlariga tegishli aniq masalalarini karab chiqishga to’g’ri yondashish imkonini beradi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy tarbiya tizimining maksadi, vazifalari, xususiyatlari, tamoyillarni o’rganadi, jismoniy tarbiyaning milliy g’oya ruhidagi tarbiyannng boshqa tomonlari aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi bilan aloqasini ochib ko’rsatadi. Bunda jismoniy tarbiya vositalarini o’rganishga, jismoniy mashqlarga o’rgatish tamoyillarini, usul va metodlarini ochishga, harakat ko’nikmalarini shakllantirishga va jismoniy sifatlarni rivojlantirishga, sport mashg’ulotining umumiy asoslarini ishlab chiqishga, jismoiiy mashqlar bilan o’tkaziladigan mashg’ulotlar turli shakllarining metodikasi (jismoniy tarbiya mashrulotlari, ertalabki gimnastika, harakatli o’yin va boshqalar)ga, shuningdek, jismonpy tarbiya ishini rejalashtirish va hisobga olishga katta e’tibor beriladi. Bundan tashqari, maktabgacha yoshdagi, maktab yoshidagi, katta yoshli bolalar, kattalar va keksa kishilar jismoniy tarbiyasining o’ziga xos xususiyatlari ko’rsatiladi.
Jismoniy tarbiya nazariyasi komil inson tarbiyalash amaliyoti bilan doimo birgalikda rivojlanadi. U ilmiy tadqikotlar, mamlakatimiz va o’zaro hamkorlik mamlakatlarida erishilgan ilg’or amaliyotdan, o’tmishdagi ilg’or tajriba va zamonaviy jahon fanidagi barcha yaxshi narslardan foydalanadi.
Jismoniy tarbiya iazariyasi amaliyotni yagona nazariy asoslar bilan qurollantiradi va bu bilan uning yanada takomillashishiga yordamlashadi.
Jismoniy tarbiya nazariyasida quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi: jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorlik, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, sport, jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya harakati va boshqalar. Bu tushunchalarni o’zlashtirish talabalarga maxsus adabiyotlarni tushunish, yozma ishlarni savodli bajarish, shuningdek, ulardan bolalar va kattalar bilan muomalada foydalanish imkonini beradi. Hozirda ishlatilayotgan tushunchalar jamiyat tarixiy taraqqiyotining turli davrlarida vujudga kelgan. Ular mazmuni jismoniy tarbiya haqidagi fanning rivojlanishi va uning amalda ko’llanishiga ko’ra kengayib va aniqlanib bormoqda. Mazkur bobda faqat asosiy tushunchalargina ko’rib chiqiladi, chunki ularsiz «Maktabgacha tarbiyajismoniy yoshidagi bolalarni jismoniy tarbiyalash metodikasi va nazariyasi» kursini o’rganishga kirishib bo’lmaydi; boshqa tushunchalar ta’rifi ularga tegishli temalarni bayon etishda keltiriladi.
Jismoniy rivojlanish bu kishi organizmi shakl va funktsiyalarining o’zgarish jarayonidir. «Jismoniy rivojlanish» termini tor ma’noda qo’llaniladi, bunda u antropometrik va biometrik ko’rsatkichlarni anglatadi, chunonchi: bo’y, gavda og’irligi, ko’krak qafasi aylanasi, o’pkalarning tiriklik sig’imi, umurtqa pog’onasi egikligining darajasi, qaddijismoniyqomatning holati, kurak uchlari orasidagi masofa, tovon gumbazi o’lchovining ko’rsatkichi, o’ng va chap panja muskullari kuchi, tik tura olish kuchi va boshqalar. «Jismoniy rivojlanish» terminini keng ma’noda qo’llaganda unga jismoniy sifatlar (tezkorlik, epchillik, egiluvchanlik, muvozanat saklay olish, ko’z bilan chamalash, kuch, chidamlilik) ham kiritiladi.
Jismoniy tayyorligi bu harakat ko’nikmalari, malakalari, jismoniy sifatlarning «Alpomish va Barchinoy test me’yorlariga tayyor» Yagona sport klassifikatsiyasi (sport razryadlari va unvon) talablari va normalari bilan belgilanadigan rivojlanish darajasidir.
Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun barcha asosiy jismonny mashq turlari bo’yicha me’yoriy ko’rsatkichlar va ularni bajarish sifatiga qo’yiladigan talablar ishlab chiqilgan. Ular «Bolalar bog’chasida ta’lim va tarbiya dasturi»da ko’rsatib berilgan.
Jismoniy kamolot bu jismoniy rivojlanishning tarixan shakllangan darajasi va sog’likning, hayotga, mehnatga va Vatan ximoyasiga har tomonlama jismoniy tayyorlanganlikning eng yukori bosqichidir.
Davlatimiz dasturilamal hujjatlarida jismoniy kamolotga insonning har tomonlama rivojlanganlik belgilaridan biri sifatida qaraladi. Darhaqiqat, ma’naviy barkamol jamiyat quruvchilari har tomonlama mukammal bo’lishi va shunga intilishi darkor.
«Jismoniy kamolot» tushunchasi belgilari o’sib boradigan ijtimoiy extiyojlar ishlab chiqarish, shuningdek, kishilar ehtiejining o’sishiga qarab o’zgarib turadi. Har bir tarixiy davr o’zining jismoniy kamolot darajasi bilan xarakterlanadi. Jamiyat barcha a’zolari jismoniy kamolotining eng yuqori darajasiga qullik va ekspluatatsiyadan ozod qilingan mamlakatlardagina erishish mumkin. Bizning mamlakatimizda va boshqa davlatlarning insoniyatning shaxsning intellektual, ma’naviy va jismoniy jihatdan garmonik kamolotga erishuvi xaqidagi orzusi ruyobga chiqmoqda.
Jismoniy tarbiya umumiy tarbiyaniig tarkibiy qismi. Bu jismoniy kamolotga erishishga yo’naltirilgan pedagogik jarayondir. Jismoniy tarbiya jarayonida aqliy, axloqiy, estetik tarbiya va mehnat tarbiyasi amalga oshiriladi.
Jismoniy tayyorgarlik bu jismoniy tarbiyaning professional yo’nalganligidir (aktyor, uchuvchi, kosmonavt va boshqalarning jismoniy tayyorgarligi). U aniq kasb xususiyatiga ko’ra o’tkaziladigan jismoniy mashqlarning vazifalari, vositalari, o’tkazish metodikasinnng spetsifikasi bilai xarakterlanadi.
Jismoniy ta’lim jismoniy tarbiyaning maxsus bilimlar, harakat ko’nikma va malakalarini egallashdan iborat bir turi.
Jismoniy mashqlar harakatlar, harakat faoliyatlari, shuningdek, xarakat faoliyatining murakkab turlari (harakatli o’yinlar) bo’lib, ular jismoniy tarbiya vazifalarini hal etish uchun vosita sifatida tanlab olingan. «Mashq» termini harakat faoliyatini bir necha bor takrorlash jarayonini ifodalash ma’nosnda ham ko’llaniladi.
Harakat faoliyati deb xarakterli komponenti kishi harakat apparatining faolligi hisoblanadigan barcha faoliyatga aytiladi.
Sport bu musobaqa jarayonida namoyon bo’ladigan, u yoki bu jismoniy mashq turida eng yuqori natijaga erishishga yo’naltirilgan maxsus faoliyatdir.
Jismoniy madaniyat umumiy madaniyatning bir qismi, jamiyatning ijtimoiy tarixiy amaliyot jarayonida to’plangan inson jismoniy kamoloti sohasidagi moddiy va ma’naviy boyliklari
majmuasidir. Moddiy boyliklarga: sport inshootlari (stadionlar, sport zallari, basseynlar va h. k.), jismoniy tarbiya jihozlari, inventar, maxsus kiyim, poyabzal, shuningdek, kishilarning jismoniy kamolot darajasi (bunga ularning sport sohasida erishgan yutuqlari xam) kiradi. Ma’naviy boyliklarga esa jismoniy tarbiya hakidagi fan va san’at asarlari (adabiyot, haykaltaroshlik, rangtasvir, grafika, muzika va boshqalar) mansub.
Jismoniy tarbiya harakati ijtimoiy harakatning o’z oldiga aholi jismoniy tarbiyasi darajasini oshirish va sportni rivojlantirishga yordam berishni maqsad qilib qo’ygan maxsus turi. U davlat, jamoat tashkilotlari va xalq ommasining jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish sohasidagi maksadga yo’naltirilgan faoliyatini ko’zda tutadi.
Tayonch iboralar: Jismoniy rivojlanish, ismoniy tayyorligi, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, sport, jismoniy madaniyat. Nazorat savollari 1.Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya predmeti va asosiy tushunchalari. 2.Jismoniy rivojlanish, ismoniy tayyorligi, jismoniy kamolot, jismoniy tarbiya, jismoniy tayyorgarlik, jismoniy ta’lim, jismoniy mashqlar, sport, jismoniy madaniyat. 3. Maktabgacha ta’limda jismoniy tarbiya fanlar tizimida tutgan o’rni.