Reja: Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi



Yüklə 23,48 Kb.
tarix09.10.2023
ölçüsü23,48 Kb.
#129880
iqt.nazar.must.15


Mavzu:Turkiya iqtisodiyoti.


Reja:
1.Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi.
2.Turkiyaning siyosiy ahvoli.

Turkiya iqtisodiyoti joriy yilning dastlabki choragida 7 foizga o’sdi.


Bu haqda Turkiya statistika qo’mitasi (TÜİK) ma’lum qildi.
Qo’mita hisobotida joriy yilning dastlabki choragida (yanvar-mart) amalga oshirilgan yalpi ichki mahsulot natijalari qayd etilgan.
Bunga ko’ra, yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning dastlabki choragida o’tgan yilning ayni davriga nisbatan 7 foiz ortish ko’rsatdi.
Iqtisodiy o‘sish sur’ati iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarida kuzatilgan ijobiy dinamika bilan bog‘liqdir.
Iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida jumladan, ishlab chiqarishda yalpi ichki mahsulot hajmi joriy yilning dastlabki choragida 29.1 foizga oshib, 1 trillion 386 mlrd 347 mln lirani tashkil qildi.
Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush ushbu xabarni twitter orqali "quvonarli voqea" deb baholadi. Vazir eksport mamlakatda o'sish sur'atining yetakchisi bo'lishda davom etganligini ma'lum qildi.
"Tovar va xizmat sektori bo'yicha eksportimiz ushbu o'sish ko'rsatgichiga 1.1 foizlik hissa qo'shdi. Mana shunday yuqori ko'rsatgichni ta'minlashda mehnati singgan barchaga minnatdorlik bildiramiz",-dedi Turkiya savdo vaziri Mehmet Mush.
Turkiyaning eksporti aprel oyida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 109,2 foizga oshdi va 18 milliard 786 million AQSh dollarini tashkil etdi.
Turkiya Statistika qo‘mitasi (TUIK) va Savdo vazirligi hamkorligida tuzilgan aprel oyi haqidagi vaqtinchalik tashqi savdo ma’lumotlari e’lon qilindi.
Ushbu ma’lumotga ko‘ra, eksport aprel oyida o‘tgan yilning huddi shu oyiga nisbatan 109,2 foizga oshgan holda 18 milliard 786 million AQSh dollariga yetgan.
Eksport yanvar - aprel oylarida esa o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 33,1 foizga ortgan holda 68 milliard 739 million AQSh dollari deb qayd etilgan.
Milliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan Qurolli haydovchisiz dengiz transporti (SIDA/ Silahlı İnsansız Deniz Aracı), Egey va Sharqiy O‘rta yer dengizidagi DENIZKURDU – 2021 mashg‘uloti doirasida ilk otishini yo‘lga qo‘ydi va nishonni aniq urdi.
Milliy Mudofaa vazirligining ijtimoiy tarmoq hisobi Twitter orqali bo‘lishilgan ma’lumotda,
“DENIZKURDU – 2021 mashg‘uloti chog‘ida milliy imkonlar bilan ishlab chiqarilgan SIDA, ilk ortishini yo‘lga qo‘ydi va nishonni aniq urdi”.– degan ifodalarga o‘rin berildi.
Turkiyadan Xitoyga eksport yuki tashigan Xitoy eksport blok poyezdi Erzinjan poyezd stansiyasiga yetib bordi.
Turkiyaning Izmit viloyatiga qarashli Ko‘jaeli tumanidan 24 - may kuni marosim bilan kuzatilgan va Xitoyga qarab yo‘l olgan 2 ta eksport poyezdidan biri personal almashuvi uchun Erzinjan poyezd stansiyasida qariyb 30 daqiqa to‘xtadi.
Poyezd Erzinjandagi tanaffus ortidan Erzurumga qarab yo‘l oldi.
Ikkinchi poyezdning ham Sivasdan Erzinjan tomon yo‘l olgani ma’lum bo‘ldi.
Turkiya Respublikasi Davlat temir yo‘llariga oid 41 konteynerdan iborat va mamlakatda ishlab chiqarilgan 2 ming 250 tonna yukni tashigan 2 ta eksport poyezdi 24 - may haftaning yakshanba kuni Ko‘jaelidan Xitoyga yo‘lga chiqqandi.
Ushbu poyezdlar Gruziya, Ozarbayjon, Kaspiy dengizi va Qozog‘istondan o‘tib jami 8 ming 693 kilometrlik masofa ortidan qariyb ikki haftada Xitoyning Shian shahriga yetib boradi.
Turkiya joriy yilning dastlabki to’rt oyida 40 davlatga 9.5 mln dollar qiymatida asal eksport qildi.
Sharqiy Qora dengiz eksportchilar ittifoqi ma’lumotiga ko’ra, yanvar-aprel oyida amalga oshirilgan asal eksporti avvalgi yilning ayni davriga nisbatan 24 foiz oshib, 2502 tonnani tashkil qildi.
Turkiyadan asal eksport qilingan davlatlar ro’yxati quyidagicha;
AQSh – 2 mln 825 ming 250 dollar (707 tonna)
Germaniya – 2 mln 802 ming 956 dollar
Quvayt – 412 ming 530 dollar
Shuningdek, Belgiya, Qatar, Ispaniya va Yaponiya ham Turkiyadan asal sotib olgan davlatlar qatoriga kiradi.
Eslatish joizki, o’tgan yilning ayni davrida Turkiyadan Belgiya, Bolgariya, Hong Kong, Italiya, Marokash, Dubay, Slovakiya, Polsha, Pokiston, Afg’oniston, Keniya, Isroil va Ruminiyaga asal eksport qilingandi.
Antaliyaga joriy yilning dastlabki to’rt oyida 129 davlatdan ko’plab sayyohlar keldi.
Mamlakatda koronavirus pandemiyasiga qarshi olinayotgan chora-tadbirlar natijasida Antaliya sayyohlarga xavfsiz va sifatli xizmat berib kelmoqda. Shu sababli pandemiya sharotiga qaramay xorijlik sayyohlar Antaliyada dam olishni afzal ko’rishmoqda.
Dengiz, qum va quyoshning zavqini chiqargan sayyohlar ayni vaqtda, Antaliyadagi tabiiy va tarixiy go’zalliklardan ham bahramand bo’lmoqdalar. Shahar madaniyati bilan tanishish va o’ziga xos tansiq taomlaridan iste’mol qilish bahtiga ham muyassar bo’lishmoqda.
Bu yil pandemiya tufayli sayyohlar ko’pincha bir oila uchun ajratilgan villalarda dam olmoqda. Qolaversa, karavan yoki yaxta turizmiga ham qiziqish juda katta.
Pandemiyaga qaramay, o’tgan yili taxminan 3.5 mln sayyohga mezbonlik qilgan Antaliya, joriy yilning yanvar-aprel oylarida 129 davlatdan 445 ming 671 nafar sayyohni kutib oldi.
Joriy yilda Antaliyaga asosan quyidagi davlatlardan sayyohlar keldi.
Rossiya – 296 ming 131ta
Germaniya – 39 ming 485ta
Ukraina – 30 ming 409ta
Qozog’iston – 12 ming 908ta
Polsha – 8490ta
Eron – 5869ta
AQSh – 485ta
Istanbul aeroporti kecha yo‘lga qo‘ygan 633 qatnovi orqali Yevropa aeroportlari orasida birinchi o‘rinni egalladi.
Yevropa aeronavigatsiya xavfsizligini ta’minlash tashkiloti (EUROCONTROL) tomonidan tayyorlangan parvozlar harakati to‘g‘risidagi hisobotga ko‘ra Istanbul aeroporti kecha amalga oshirilgan 633 qatnov bilan Yevropadagi liderligini saqlab qolgan.
Istanbul aeroportidan keyingi o‘rinni 569 qatnovi bilan Frankfurt, 548 qatnovi bilan Amsterdam Schipol aeroportlari oldi.
Parijdagi Sharl de Goll aeroporti 497 qatnovi bilan to‘rtinchi o‘rinni egalladi. Kundalik 494 qatnovi bilan Madrid Barajas aeroporti ro‘yxatda beshinchi o‘rinni egalladi.
“Dunyoning bir necha nuqtasida ayniqsa G‘arbda islom dushmani kasalligi saraton kasalligidek tez tarqamoqda”. - dedi.
Erdo‘g‘an, Birinchi Xalqaro media va islomofobiya simpoziumida nutq so‘zladi.
Prezident Erdo‘g‘an, Amerika yetakchiligi tomonidan 11 - sentabrdagi hujumlar ortidan boshlatilgan “Musulmonlarni shaytonlashtirish” strategiyasining ko‘plab jamiyat madaniyati tuzilishida zotan mavjud bo‘lgan islom dushmanligi virusini qozg‘aganini qayd etdi.
“Kechagi kungacha ‘marginal’ deb qabul qilingan ba’zi irqchi oqimlarning bugungi kunga kelib siyosat markaziga o‘rnashib olishlari, G‘arb botgan botqoqlikdan qutulish o‘rniga yana - da chuqurga ko‘milishni afzal ko‘rganligidan dalolat beradi". - degan Erdo‘g‘an:
“Ikkinchi Jahon urushi paytida yuz bergan yahudiylar qirg‘inini o‘zlaricha maxsus qavsga olganlar, bu gal nishon taxtasiga musulmonlarni qo‘ydilar.
Erkinlik yo‘q joyda farovonlikning ham uzoq yasholmasligi haqidagi haqiqatdan yuz ogirganlar aslida islomga emas, balki o‘zlarining kelajagiga dushmanlik qilmoqdalar”. - degan ifodalarga o‘rin berdi.
Prezident,
“Musulmonlarga qaratilgan bu yangi irqchilik, g‘arbliklarning o‘zlari tomonidan islomofobiya degan nom bilan yumshatilishni xohlasa ham biz, uning aslida islom dushmanligi ekanini yaxshi bilamiz”. - dedi.
Barcha fuqarolarning xavfsizligini ta’minlashdan mas’ul davlat organlarining (G‘arbda) deyarli islomga qarshi kurash musobaqasida qatnashayotganini ifoda etgan Erdo‘g‘an.
"(Islomofobiya) G‘arbning bu tahdidning o‘lchamlarini muhokama qilish o‘rniga irqchi va kamsituvchi oqimlar ta’siri ostiga kirishi, ishning qulayiga qochishdan boshqa narsa emasdir”. - deya gapirdi.
Prezident, “Asrlar davomida shaxsan ziyolilaridan foydalangan holda o‘z xalqini islom bilan bir tutgan turk qo‘rquvi bilan voyaga yetkazgan Yevropa, bu orqali siyosiy uyushmasligidan kelib chiqqan muammolarni yashirishga muvaffaq bo‘ldi”. - degan ifodalarga o‘rin bergan holda dunyodagi 7.5 milliarddan ortiq insonning har biriga islomni emas, islom dushmanligining global xavf tug‘dirishi haqida gapirishi kerakligini ta’kidladi.
Erdo‘g‘an,
"Butun insoniyatning tinchligi, xavfsizligi uchun hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan islomofobiyaning oldini olish bo‘yicha chora - tadbirlar, umumiy aql mexanizmlari orqali amalga oshirilishi kerak”. - dedi.
"(Islomofobiya) Ushbu tahdidga duchor bo‘lgan barcha jamiyat va mamlakatlarning birlashishi va xalqaro maydonda kuchli aloqa tarmog‘ini o‘rnatishi shart”. - degan Erdo‘g‘an o‘z so‘zini quyidagicha davom etdi:
"Islom dunyosi o‘zaro birdamlikni o‘rnatganida, islomofobiyaga qarshi kurash tez orada o‘z natijasini berishi mumkin. Dunyoning har bir nuqtasidagi vijdonli siyosatchilar, ziyolilar, ommaviy axborot vositasi xodimlari va o‘z din olimlarimizni ushbu kasallikka qarshi safarbar qilishimiz kerak”.
Polsha Turkiyadan tankka qarshi raketalar bilan qurollangan 24 dona uchuvchisiz boshqariladigan qurilma (dron) sotib olishga qaror qildi. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Mariush Blashchak ma'lum qildi.

Dronlarni sotib olish bo‘yicha kelishuv Polsha prezidenti Anjyey Dudaning bugun, 24 may kuni Turkiyaga tashrifi chog'ida imzolanadi.


Mudofaa vaziri Mariush Blashchakning so‘zlariga ko‘ra, "Bayraktar" dronlari "Yevropa sharqida o‘zini ko‘rsatgan va Yaqin Sharqda keng foydalanilmoqda.
"Polsha qurolli kuchlari endilikda ilgari hech qachon bo‘lmagan, sinovdan o‘tgan, samarali, tajovuzkorlarni qo‘rquvga soluvchi qurolga ega bo'ladi", - deb ta'kidladi Blashchak.
Ma'lumot berilishicha, dronlarni sotib olish bo‘yicha kelishuv Polsha prezidenti Anjyey Dudaning bugun, 24 may dushanba kuni Turkiyaga tashrifi davomida imzolanadi.
Turkiyada ishlab chiqarilgan "Bayraktar TB2" – harakat radiusi 150 km, kreyser tezligi 130 km/s va 50 kggacha foydali yuk tashuvchi dron hisoblanadi
Turkiya Amerikaning Pfizer va Germaniyaning BioNTech kompaniyasi birgalikda ishlab chiqargan yangi turdagi koronavirusga (Covid - 19) qarshi vaksinadan 30 million doza opsion jami yana 90 million doza sotib oldi.
Mavzu haqida Pfizer va BioNTech tomonidan berilgan bayonotda avvalgi shartnomada qarorlashtirilgan 30 million doza opsion jami 90 million doza qo‘shimcha vaksina yetkazib berilishi qayd etildi.
Bayonotda, jami 120 million doza vaktsinaning 2021 - yilda tarqatilishi kutilayotgani ta’kidlandi.
Bayonotda ko‘z qarashlariga o‘rin berilgan BioNTech yetakchisi va asoschi sherigi professor doktor Ug‘ur Shahin maqsadlarining pandemiyani to‘xtatish, kasalxonaga yotishlarni kamaytirish va oddiy hayot sharoitiga qaytishda yordam berish uchun dunyoning to‘rt burchagidagi insonlarga iloji boricha ko‘proq Covid - 19 vaksinasi yetkazib berish ekani qayd etilgan holda:
“Turkiyaning fuqarolarini emlashi uchun katta hissa qo‘sha olayotganimiz va bizga bo‘lgan ishonch uchun xursandmiz”. - degan ifodalarga o‘rin berildi.

,
Yüklə 23,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin