Reja: Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi. Masofaviy o‘qitishning tamoyillari



Yüklə 166,5 Kb.
səhifə7/9
tarix19.11.2023
ölçüsü166,5 Kb.
#133176
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Masofaviy o‘qitishning didaktik tizimi va tamoyillari

Ta’lim texnologiyasi – bu ta’lim axborotlarini manbadan iste’molchiga uzatishda qo‘llaniladigan didaktik uslublar majmuasidir. Masofaviy o‘qitish tizimida tasviriy fikrlashni faollashtirishga alohida e’tibor berilishi kerak, ya’ni o‘qituvchi fikrini tasviriy obrazlar ko‘rinishida taqdim etishi kerak. Masofaviy o‘qitish tizimi ta’lim texnologiyalarida fikr, axborot, bilimni vizuallashtirish, katta ahamiyatga ega.
Masofaviy o‘qitish tizimida kuyidagi ta’lim texnologiyalarini ishlatish mumkin:
video-ma’ruzalar; multimedia-ma’ruzalar va laboratoriya amaliyotlari; elektron va multimedia-darsliklari; kompyuter test tizimlar; imitatsiya modellari va kompyuter trenajyorlar; telekommunikatsiya vositalaridan foydalanuvchi konsultatsiya va testlar; videokonferensiyalar.
Axborotlarni saqlash, qayta ishlatish, tinglovchiga yetkazish, o‘qituvchi va tinglovchi o‘rtasidagi interfaol muloqot, hisoblash texnikani qo‘llashga tayangan apparat-dasturlar vositasida amalga oshiriladi. Bular – axborot texnologiyalaridir.
Masofaviy o‘qitish tizim texnologiyalari pedagogik texnologiyalar asosida ishlangan bo‘lib, kuyidagi qo‘shimcha talablarga javob berishi kerak:
Adaptatsiya – ta’lim jarayonini o‘quvchi shaxsiga, turar joyi sharoiti, moliyaviy sharoiti, psixologik va fiziologik xususiyatlariga moslashtirish. Bu tinglovchining yakka holda, kompyuter va telekommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda ta’lim olish jarayonida juda muhimdir.
Iqtisodiy muvofiqlik bu talabga rioya etish ta’lim tizimining moliyalash mablag‘lari chegaralanganligidan kelib chiqadi.
O‘zgaruvchanlik – ta’lim sifati va mazmunini tezkor va uzluksiz yangilab borish, o‘quv materiallari va darsliklarni modernizatsiyasi takomillashtirishdir. Ushbu zaruriyat ilmiy-texnik taraqqiyot jadallashuvi talablariga ko‘ra paydo bo‘ladi.
Nazorat – o‘qitishning barcha bosqichlarida natijalarni sifatli nazorat qilish, tinglovchi shaxsini aniqlash.




Yüklə 166,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin