2. Konkursli
3. Ekspertli
4. O‘quv
5. Ko‘rgazmali
1. Ishlab chiqarish degustatsiyasi sharob ishlab chiqarish bilan birga sistematik o‘tkaziladi. Ishlab chiqarish degustatsiyasi sharoblardagi har-xil o‘zgarishlarni kuzatib borishga imkon beradi. Bunda degustatsiya uchun namunalar har bir ishlov berishdan oldin va keyin olinib, sharobdagi kasalliklarni o‘z vaqtida oldini olishga yordam beradi. Degustatsiyada sharoblarga ishlov berishni aniq muddatlari belgilanadi, masalan: yosh xom-sharoblarni bijg‘itishdan keyingi birinchi qayta quyish (perelivka), xurushlashdan keyingi cho‘kmadan ajratishda, shisha idishlarga quyishda .
Ishlab chiqarish degustatsiyasi texnologni o‘zi va bir necha mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilishi mumkin
2. Konkursli (tanlov) degustatsiya xalqaro, respublika miqyosidagi ko‘rgazma va konkurslarda eng yaxshi sharoblar namunalarini tanlash uchun o‘tkaziladi. Bu degustatsiyani maxsus qoidalarga asoslanib o‘tkaziladi
3. Ekspertli degustatsiya yoki arbitrajli masus maqsadlarida o‘tkaziladi bunda sharoblarni qaysi tipga xosligi, tabiiyligi aniqlanadi. Bu degustatsiyada ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlar orasidagi sharoblarni sifati, yoshi, texnologik ishlov berishni to‘g‘riligi haqidagi munozarali masalalar echiladi. Degustatsiyada yuqori malakali degustatorlar ishtirok etadi
4. O‘quv degustatsiyasi bo‘lajak yosh degustatorlarga degustatsiyani to‘g‘ri o‘tkazish, ko‘p turdagi va markadagi sharoblar bilan tanishtirio‘, ularni xossalarini o‘rgatish maqsadida olib boriladi. Bu degustatsiya faqatgina sharobchilik o‘quv yurtlari kafedralarida emas balki xamma ishlab chiqarish korxonalarida o‘tkazilishi kerak. Bunda kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy e’tibor berish muhimdir
5.Ko‘rgazmali degustatsiya sharoblar assortimenti, sifati ishlab chiqarish texnologiyasi bilan qiziquvchi keng doiradagi kishilar uchun o‘tkaziladi. Bu degustatsiyani malakali sharobsozlar o‘tkazishi kerak.
Degustatsiya ochiq va yopiq turda bo‘lidi. Ochiq turdagi degustatsiyada sharoblarning nomlanishi, saqlanish muddati, assosiy konditsiyasi, ishlab chiqaruvchi korxona to‘g‘risida ma’lumot beriladi. YOpiq turdagi degustatsiya konkursli degustatsiyada, ilmiy maqsadlarda o‘tkaziladi. Bunda sharob to‘g‘risida xech qanday ma’lumot berilmaydi, faqatgina namunaning raqami , hosil olingan yil, sharobning turi beriladi xolos.