Reja: Musulmon maktablarini isloh qilish sohasida harakatlar. Ismoil G’aspiralining


I. G’aspiralining barcha g’oyalari Markaziy Osiyoga keng tarqalishi



Yüklə 35,19 Kb.
səhifə2/3
tarix26.11.2023
ölçüsü35,19 Kb.
#135411
1   2   3
Ismoil Gaspiralining panturkistik g\'oyalari referat

2. I. G’aspiralining barcha g’oyalari Markaziy Osiyoga keng tarqalishi.

Buxoro, Samarqand, Farg’ona, Namangan, Qo’qon, Toshkent kabi shaharlardagi ziyolilar jadidchilik harakatiga qo’shildilar.


Jadidchilar harakatining namoyondalari maktab, maorif sohasida juda katta targ’ibot-tashviqot ishlarini olib bordilar. Saod chiqarish uslubining yangicha shakllarini kashf qildilar.
Ular tomonidan barcha fanlar uchun dasturlar ishlab chiqildi.

Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan biri jahonga mashhur bo’lgan o’zbekning yagona jug’rofiyashunosi, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, ulug’ pedagog va axloqshunos, yuksak didli jurnalist Mahmudxo’ja Behbudiy 1874 yil 10 martda Samarqandning Baxshitepa qishlog’ida ruhoniy oilasida tavallud topdi.


Mahmudxo’ja Behbudiy 6-7 yoshlarida xat-savod chiqargach, otasi uni qori qilish maqsadida Qur’onni yodlata boshlaydi. Mahmudxo’ja Behbudiy Qur’onni yod olgach, qorilik bilan qanoatlanmay 15 yoshlarida tog’asi mufti mulla Odil huzurida dars olishga kirishishdi. Bu erda u «Kofiya», «Shahri mullo», mantiqdan «Shamsiya», «Muhtasar al-vakoya», «Hoshiya» va hisob ilmini ham o’rganadi. Mahmudxo’ja Behbudiy o’quvchilar orasida ibratli hisoblangan, o’tkir zehni va o’qishga havasi balandlardan edi.
Mahmudxo’ja Behbudiy otasi vafot etganidan so’ng, o’qishni tark etib, kasbkorlik qilishga majbur bo’ladi. Samarqand muzofati «CHashmi ob» da endigina qozi bo’lgan tog’asi Muhammad Siddiq huzurida mirzolik xizmatida ishladi. Bu erda 2 yil xizmat chog’ida, qozixona ishlari bilan keng tanishdi. Ish yuritish, huquqqa xos hamda muftilikka tegishli barcha yumushlardan xabardor bo’ldi. U 2 yildan so’ng «Kobud» bo’limiga o’tib mirzolik qiladi va tez orada mutfilikka ko’tariladi. 1916 yilgacha shu erda ishlaydi.
Sharq xalqlarining ma’naviy hayotida, maktab maorifida chinakam to’ntarish yasagan, turkiy qavmlarning chinakam iftixori bo’lgan Ismoilbek G’aspirali tomonidan ishlab chiqarilgan «Usuli jadid»ida nomi tarixda katta o’rin tutgan singari, Mahmudxo’ja Behbudiyning nomi ham Turkiston maktab-maorifida keng o’rin egallaydi. U birinchi bo’lib o’lkada yangicha usuldagi maktablarni tashkil etish targ’ibotchilaridan hamda amaliyotchilaridan hisoblanadi. Bu sohada Mahmudxo’ja Behbudiy Ismoilbek G’aspiraldan ko’p yangi tomonlarni o’rgandi. «Tarjimon» gazetasi Mahmudxo’ja Behbudiy uchun vaziyatni anglashda zaruriy vosita bo’ldi. Gazetaning dastlabki sonlarida: «Bir bechora faqirni ko’rsak, yuragimiz iztirobdan og’riydi. Hatto biror hayvonning qiynalishi rahmimizni keltiradi. Lekin bir emas, minglab kishilarning butun bir xalqning jaholatdan mislsiz qiynalayotganini ko’rmaymiz ...», deb yozilgan satrlar bor. Keyin «Tarjima» sahifalarida yangi maktablar tashkil etish, ilg’or va yangi fikrlarni berish keng o’rin egalladi. Bu esa Ismoilbek G’aspiralining birinchi tomondan millatlar qardoshligini himoya etsa, ikkinchi tomondan umumdemokratik xarakterga ega ekanligini ko’rsatadi. Shuning uchun ham Mahmudxo’ja Behbudiy o’ziga G’aspiralining tutgan yo’lini tanlaydi va undan maslahatlar oladi, hamda maslakdosh bo’ldilar.
Mahmudxo’ja Behbudiy «Usuli jadid» maktabining zarurligi, uning qonun-qoidalari, maktabda o’tiladigan darslar, qanday imtihonlar olinishi, maktabning qay tarzda tuzilish, unga qanday asbob-uskunalar kerakligi, muallimning vazifalari, ularning ta’minot masalalari va boshqa ko’p jihatlarini G’aspiralidan va uning asarlari hamda maqolalaridan o’rgandi. Shular asosida Turkistonda «Usuli jadid» maktablarini tashkil etish uchun bor kuchini sarfladi. Nafaqat tashkil etish, u shu maktablarni kitoblar bilan ta’minlashda ham jonbozlik ko’rsatdi. U Samarqandning eski shahar qismida bepul kutubxona, qiroatxona, o’z hovlisida maktablar ochdi. Mashhur pedagog Abdul Qodir Shakuriyning yangi usuldagi maktabini o’z hovlisiga ko’chirib keldi.
Mahmudxo’ja Behbudiy «Usuli jadid» maktablari uchun bir qancha darsliklar yozadi. «Muntahbai jo’g’rofiyai umumiy» («Qisqacha umumiy jug’rofiya»), «Kitobatul-atfol» («Bolalar maktubi»), «Muhtarasi tarixi islom» («Islomning qisqacha tarixi»), «Matxali jo’g’rofi umroniy» («Aholi jug’rofiyasiga kirish»), «Muhtarasi jo’g’rofiyai rusiy» («Rossiyaning qisqacha jug’rofiyasi»), «Amaliyoti islom» va hokazo kitoblari darslik sifatida o’qitilgandi.



Yüklə 35,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin